August 15, 2018

"Yoshlar kelajagimiz" Davlat dasturining ijrosi bo'yicha, Guliston shahrida o‘quv-seminar tashkil etildi.

👉 t.me/Sirdaryo

"Yoshlar kelajagimiz" Davlat dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston shahar Kengashi tomonidan shahar Adliya bo‘limi, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda "Hamkorbank" bilan hamkorlikda, Dastur asosida imtiyozli kredit olib o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

O‘quv-seminarni tashkil etishdan maqsad, bo‘lg‘usi yosh tadbirkorlarda ilk tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, start up loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashish, Davlat dasturining mazmun mohiyatini tushuntirish, biznes rejalarni tuzishni o‘rgatish, bank imtiyozlari hamda tadbirkorlikning huquqiy asoslari to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirishdan iborat.

Bekzod ALMAMATOV,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston shahar Kengashi raisi