Profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi Abdaliyev Nabijan Djuraboyevich hamda kadrlar masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi Xamitova Muxabbat Taxirovnalar tomonidan Sayxunobod tumani bo`limi hamda Sayxunobod tumani filialida "KORRUPSIYA – MILLAT TARAQQIYOTINING KUSHANDASI" mavzusida davra suhbati ko`rinishida profilaktika tadbiri o`tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida" gi Qonun mohiyati, tizim rivojlanishga jiddiy taʼsir ko‘rsatayotgan salbiy illatlarga to‘siq bo‘lishi, sohasida xuquqiy madaniyatni yuksaltirish, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida rahbar-xodimlarga tushuntirib o‘tildi.
Shunigdek Agentlik va Palata filialdagi barcha hodimlar ichki ijro-intizomiga rioya qilishlari, hodimlar orasida o`zaro nizo kelib chiqmasiligini oldini olishni, ish joyiga ogoxlantirishsiz kech kelmaslik, ish unumdorligini oshirish, ijro-intizomini qatiy buzmaslik, “Kasb odobnomasi”ga va “Odob axloq” qoidalariga zid ravishda ish olib bormaslik tog`risida so'z bordi.
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi mas’ullari tomonidan Sayxunobod tumani filiallari hodimlarini malakasini oshirishda boshqarma tomonidan tashkil etiladigan o’quv seminarini tashkillashtirish haqida so’z olib borildi.
Ta’kidlandiki, tashkilot faoliyatining shaffoflikni taʼminlash borasida kadrlar masalasi ham juda katta ahamiyatga ega. O’z ishiga mas’ulyatsiz hodimlarning qo’yilishi natijasida yuzaga kelgan oqibatlar misollar orqali ochib berildi.