December 5, 2025

Konstitutsiya — huquqlarimiz kafolati, kelajagimiz poydevori

Har yili 8-dekabr sanasi mamlakatimizda ulug‘ va qutlug‘ bayram O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni sifatida katta shodiyona bilan nishonlanadi. Aynan shu kuni 1992-yil 8-dekabrda xalqimiz irodasi va ezgu orzularining ifodasi bo‘lgan Asosiy Qonun-O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hisoblanadi.

Bugun, 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan boshqarmada ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati hamda tuman shahar bo'lim hamda filial rahbarlari hamda mas'ul xodimlar ishtirok etib, Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, undagi asosiy tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga doir bandlar hamda Asosiy Qonunning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berishdi.

Tadbir yakunida davra suhbatini qiziqarli va interaktiv o‘tkazish uchun xodimlar bilan savol-javob o‘tkazib, ularni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.

Shuningdek 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilingani, unda javobgarlik muqarrar ekkanligi, har bir xodim o‘ziga yuklatilgan vazifani vijdonan halol bajarib, mansab vakolatini suiisteʼmol qilmasligi haqida taʼkidlab o‘tishdi.