January 20, 2020

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish tartibi tasdiqlanadi

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi mintaqalaridagi er uchastkalari va inshootlarida tashqi reklama ob’ektlarini (konstruktsiyalari) joylashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish, ushbu uchastkalardagi ob’ektlarning joylashuvini kelishish hamda umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan foydalanish tartiblari tasdiqlanadi.

Vazirlar Mahkamasining muhokama uchun e’lon qilingan qarori loyihasiga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari davlat mulki bo‘lib, avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilar uchun ochiqdir. Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari aholi ehtiyojlarini, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va mudofaa ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shaharlar hamda boshqa aholi punktlari o‘rtasida yuklar va yo‘lovchilar tashishni ta’minlaydi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobilь yo‘llariga bo‘linadi:

xalqaro ahamiyatdagi avtomobilь yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq xalqaro avtomobilь yo‘llari tarmog‘iga kiradigan yo‘llardir;

davlat ahamiyatidagi avtomobilь yo‘llari – O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va tumanlarining ma’muriy markazlari, viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar, madaniyat hamda sanoat markazlari o‘rtasida transport qatnovini ta’minlaydigan, mazkur markazlarni esa, xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar bilan, aeroportlar, temir yo‘l stantsiyalari, portlar va kema to‘xtash joylari, shuningdek qo‘shni davlatlar bilan bog‘laydigan yo‘llardir;

mahalliy ahamiyatdagi avtomobilь yo‘llari – tumanlarning ma’muriy markazlarini shaharchalar, qishloqlar va ovullar bilan, shuningdek davlat ahamiyatiga molik yo‘llar bilan bog‘laydigan yo‘llardir.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari va ularga ajratilgan mintaqalarda harakat xavfsizligining ta’minlanganligi va to‘g‘ri tashkil etilganligi, harakat xavfsizligi talablariga zid kamchiliklar va noqonuniy qurilishlar bo‘lmasligi, mahalliy hokimliklar, Qurilish vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, yo‘l tashkilotlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari Qo‘mita tarkibidagi viloyat yo‘l tashkilotlari va korxonalari ixtiyorida bo‘lib, ularni ta’mirlash va saqlash ushbu yo‘l tashkilotlari va korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.

Temir yo‘llarni kesib o‘tish joylarini, osma ko‘priklarni, parom kechuvlarini, tramvay yo‘llarini hamda avtomobilь yo‘llaridagi boshqa inshootlarni ta’mirlash va saqlash mazkur inshootlar qaysi yuridik shaxslar ixtiyorida bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘li mintaqalaridagi erlardan foydalanish

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘li va yo‘l inshootlarini joylashtirish uchun ajratilgan mintaqa avtomobilь yo‘li erlaridir. Umumiy foydalanuvdagi avtomobilь yo‘li va u egallab turgan er davlat mulki hisoblanadi.

Avtomobilь yo‘llarining toifalari “Avtomobilь yo‘llari” ShNQga asosan toifalanadi va 5 ta toifaga bo‘linadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari uchun xavfsizlik mintaqasi, yo‘llarning toifalari bo‘yicha qurilish uchun ajratilgan er tasmasi chegarasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobilь yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 342-son qarori hamda “Avtomobilь yo‘llari va yo‘l servisi ob’ektlarini joylashtirish uchun ajratiladigan er maydonlarining normalari” ShNQ talablaridan kelib chiqib belgilanadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘li va u egallab turgan mintaqa erlariga, avtomobilь yo‘l poyi egallab turgan er, transport chorrahasi, yo‘l o‘tkazgich, sun’iy inshootlar, karьerlar, yo‘lga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va yotoq binolari, mintaqadagi dekorativ daraxtlar, buta va boshqa daraxtlar, yo‘l infrastrukturasiga kiruvchi inshootlar erlari kiradi.

Ajratilgan mintaqadagi er uchastkalari atrof-muhitni muhofaza qilish va harakat xavfsizligi qoidalari talablarini ta’minlash sharti bilan servis ob’ektlarini joylashtirish uchun vaqtincha foydalanishga belgilangan tartibda berilishi mumkin.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llari va ularning xavfsizlik mintaqalaridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobilь yo‘llari to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qarori hamda “Avtomobilь yo‘llari va yo‘l servisi ob’ektlarini joylashtirish uchun ajratiladigan er maydonlarining normalari” ShNQ talablari asosida amalga oshiriladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:

umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan muttasil, yil davomida, xavf-xatarsiz, erkin va qulay sharoitlarda harakatlanish;

avtomobilь yo‘l sharoitlari to‘g‘risidagi barcha axborotlarni olish;

avtomobilь yo‘llaridagi nosozliklar tufayli etkazilgan zararni belgilangan tartibda undirib olish;

avtomobilь yo‘llarida yo‘l harakati qoidalariga asosan belgilangan tezlikda harakatlanish;

umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilarning majburiyatlari:

O‘zbekiston Respublikasining “Avtomobilь yo‘llari to‘g‘risida”gi, “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda yo‘l harakati qoidalariga amal qilish;

avtomobilь yo‘li va undagi sun’iy inshootlarga ziyon etkazmaydigan, harakat xavfsizligi talablariga javob beradigan, texnik jihatdan soz mashina va transport vositalaridan foydalanish;

avtomobilь yo‘lini va ajratilgan mintaqani ifloslantirmaslik va ularga shikast etkazmaslik;

avtomobilь yo‘lining elementlari shikastlanishiga yo‘l qo‘yganda belgilangan tartibda shikastlangan elementlarni va ularni tiklash ishlari qiymatini qoplash;

avtomobilь yo‘llarida va yo‘l inshootlarida harakat xavfsizligiga zid nosozliklar va buzilishlar haqida yaqindagi yo‘l tashkilotlari yoki ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar berish;

avtomobilь yo‘lidan uy hayvonlarini olib o‘tishda, uy hayvonlari aravalarini avtomobilь yo‘li bo‘ylab harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalarining ushbu ishtirokchilarga taalluqli bandlariga qat’iy rioya qilish;

avtomobilь yo‘lidan piyodalarni avtomobilь yo‘li bo‘ylab harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalarining ushbu ishtirokchilarga taalluqli bandlariga qat’iy rioya qilish;

avtomobilь yo‘lidan bir sathda harakatlanuvchi boshqa turdagi transport vositalari (temir yo‘l transporti, tramvay, trolleybus)ni avtomobilь yo‘li bo‘ylab harakatlanish vaqtida yo‘l harakati qoidalarining ushbu ishtirokchilarga taalluqli bandlariga qat’iy rioya qilish;

umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar yuklatiladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llariga tutash bo‘lgan er uchastkalarining mulkdorlari (foydalanuvchilari):

avtomobilь yo‘liga qo‘shiladigan va shoxobcha yo‘llarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;

ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga ko‘maklashishlari;

avtomobilь yo‘liga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari;

avtomobilь yo‘llarida uy hayvonlarining harakatlanishini oldini olishga qaratilgan choralarni ko‘rishlari;

umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llariga tutash bo‘lgan er uchastkalarida qurilish, rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirishdan oldin tegishli yo‘l tashkilotlaridan texnik shart olishlari lozim;

umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘liga tutash er uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobilь yo‘li o‘qidan 50 metrdan kam bo‘lgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruktsiyalar va boshqa materiallar to‘planishiga yo‘l qo‘ymasliklari shart.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarida katta hajmli va og‘ir vaznli, shuningdek xavfli yuklarni transport vositalarida harakatlanish

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarida katta hajmli va og‘ir vaznli, shuningdek xavfli yuklarni transport vositalarida harakatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobilь yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 342-son qarorining 2-ilovasida tasdiqlangan “Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobilь transportida tashishda harakat xavfsizligini ta’minlash Qoidalari” hamda 2002 yil 21 fevraldagi 62-son “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” qarori talablari asosida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining o‘lchamlari Qoidalarda va amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan o‘lchamlardan oshganda Qo‘mita tomonidan yuk tashishga maxsus ruxsatnoma va harakatlanish yo‘nalishi aniq belgilangan yo‘nalish chizmasi beriladi.

Bunda yuk tashuvchi yoki yuk jo‘natuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (yoki ularning vakillari) maxsus ruxsatnoma va yo‘nalish chizmasini olish uchun Qo‘mitaga tashuvni amalga oshirishdan kamida 10 kun oldin transport vositasining rusumi, turi, davlat raqami belgilari va yukning o‘lchamlari, haydovchi va yuk tashishga mas’ul bo‘lgan xodimlarning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan yozma xat (elektron pochta yoki exat elektron tizimi) bilan murojaat etishlari zarur.

Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining parametrlari belgilangan o‘lchovlardan oshganda umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llaridan harakatlanishi uchun avtomobilь yo‘llariga va yo‘l inshootlariga etkazilgan zararlarni to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalari tomonidan avtomobilь yo‘llariga va yo‘l inshootlariga zarar etkazilganda bu haqida tegishli yo‘l tashkiloti, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasining inspektori hamda avtotransport vositasi haydovchisi (yoki avtotransport vositasining mulkdori) ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirilib, zarar miqdori aniqlanadi.

Dalolatnomaga avtomobilь yo‘li va yo‘l inshootlariga etkazilgan zararning foto, video tasvirlari, zararni bartaraf etish uchun qilinadigan yoki qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa dalillar ilova qilinadi.

Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasi tasarrufida bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxsga rasmiylashtirilgan dalolatnoma nushasi ilova qilingan holda etkazilgan zararni to‘lash to‘g‘risida talabnoma yuboriladi.

Etkazilgan zarar miqdori katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositasi tasarrufida bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan ixtiyoriy qoplanmagan taqdirda tegishli yo‘l tashkiloti tomonidan sudga murojaat qilinadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarida transport harakatini vaqtincha cheklash

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarida yoki uning ayrim bo‘laklarida harakatlanishni vaqtincha cheklash, avtomobilь yo‘llarida yoki uning ayrim bo‘laklarida tabiiy va texnogen texnologik o‘zgarishlar oqibatlari bartaraf etilgunga qadar, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, avtomobilь yo‘li va yo‘l inshootlariga zarar etishini oldini olish maqsadida, yo‘l tashkilotlari va davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarida yoki uning ayrim bo‘laklarida transport harakati vaqtinchalik cheklansa, yo‘l tashkiloti ushbu holat yuzasidan yo‘ldan foydalanuvchilarni ogohlantirishi shart.

Quyidagi holatlarda umumiy foydalanishdagi avtomobilь yo‘llarida transport harakatini vaqtincha cheklash belgilanadi:

avtomobilь yo‘llarini qayta qurish, mukammal ta’mirlash va ta’mirlashda;

ommaviy tadbirlar o‘tkazish paytida (mahalliy davlat hokimiyati organlarining farmoyishi bilan);

katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarini noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida avtomobilь yo‘li va uning ayrim bo‘laklaridagi konstruktiv elementlarning ko‘tarish imkoniyati pasayganida;

avtomobilь yo‘lining qurilmaviy elementlari o‘ta namlangan bahor mavsumida (O‘zgidromet ma’lumotiga asosan);

avtomobilь yo‘lining ta’mirlash ishlari rejasiga kiritilgan, lekin ta’mirlash ishlari boshlanmagan ayrim bo‘laklari va qismlarida muzlama, tabiiy va texnogen xususiyatdagi ofatlar davrida;

qish oylarida muzlama va yog‘ingarchilik davrida tog‘li, dovonli va tik nishablik va keskin burilishi mavjud yo‘l qismlarida (mahalliy hokimliklar va Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vakillarining tegishli farmoyish va ko‘rsatmalariga asosan);

avtomobilь yo‘llarida yilning 15 mayidan 15 oktyabrigacha bo‘lgan davrlarida kunduzki soat 11-00 dan 23-00 gacha avtotransport vositalari va (yoki) avtopoezd (tirkama)ning umumiy og‘irligi 20 tonnadan ortiq bo‘lganlarini havoning harorati 300S.dan yuqori bo‘lganda harakati cheklanadi.

Cheklov avtobus yo‘nalishlarida, shu jumladan, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvonlar, dori-darmonlar, o‘g‘itlar, pochta va pochta yuklarini tashish, tabiiy ofatlarni tugatish yoki oldini olish yoxud favqulodda vaziyatlarda kerakli yuklarni tashish, Hukumat topshiriqlariga asosan belgilangan yo‘nalishlar, Mudofaa vazirligiga tegishli transport vositalarining, yo‘l tashkilotlariga tegishli maxsus texnikalarining harakatlanishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.