November 3, 2022

HUQUQIY MADANIYAT—TARAQQIYOT MEZONI

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Shirin shahar bo'lim hamda filiali tomonidan "Sohaga oid qonunchiliklar va undagi o'zgarishlar" yuzasidan Shirin shahar hokimligining majlislar zalida seminar bo'lib o'tdi.

Seminarda Shirin shahar hokimi o'rinbosari, Kadastr agentligi Shirin shahar rahbari, Davlat kadastrlari palatasi Shirin shahar mas'ul xodimi, hamda Shirin shahar IIB mas'ul xodimi shuningdek Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Shirin shahar xodimlari va Shirin shahar hokimligining xodimlari va fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Kadastr agentligi Shirin shahar bo‘lim rahbari Sh.Ibragimov tomonidan Prezidentimizning joriy yilning 24-avgustdagi "Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-198-son Farmoni" va joriy yilning 20-oktabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-405-son Qarorining mazmun-mohiyati tushintirildi.

Shuningdek tadbir so'ngida “Shirin shahrida amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan 10 oylik hisoboti tinglandi hamda fuqarolar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

Ma'lumot uchun bu kabi tadbirlar viloyatimizning har bir tuman va shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.