October 21, 2021

"Ogohlik - davr talabi"

Joriy yilning 21-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hamda Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarmalari maʼmuriy binosida “Bomba” shartli nomidagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad boshqarmaning kuchaytirilgan tartibda navbatchiligini o‘tayotgan masʼul navbatchilari hamda qo‘riqlash xizmatining o‘z xizmat vazifalariga qay darajada eʼtibor bilan qarayotganliklari, idoraga tashrif buyurayotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish bilan bir qatorda ularning qo‘llarida bo‘lgan buyum va ashyolarga, yelim xaltalar ichidagilarni sinchkovlik bilan tekshirish jarayoni qanday tartibda amalga oshirilganligini aniqlash, shuningdek, hodimlar xona va tashkilot hovlisida bo‘lgan qarovsiz buyumlarga qay darajada eʼtibor bilan qaratishlari o‘rganildi.

Jumladan, bugun soat 11:20 larda reja asosida avvaldan tayyorlangan “mulyaj” kadastr idorasiga o‘z ishi bilan kelgan fuqaroning qo‘lida bo‘lgan yelim xaltaga joylashtirilib, nazoratdan o‘tish joyida qorovul va navbatchi e'tiborsizligidan foydalanib o‘tib borgan fuqaro, binoning birinchi qavati zinapoyasining oldiga “mulyaj” o‘ralgan yelim xalta tashlab chiqib ketildi.

Afsuski fuqaro idoradan soat 11:25 larda chiqib ketganidan so‘ng, oradan 25 daqiqa vaqt o‘tganiga qaramasdan, binodagi navbatchi va qorovul hamda zinapoyadan o'tayotkan hodimlar begona buyum paydo bo‘lib qolganiga eʼtiborsizlik bilan qaraganlikari kuzatildi.

Oradan 30 daqiqa o'tgach boshqarmaning Komplaens-nazorat xizmati bo'yicha bosh mutaxassisi N.Abdaliyev boshchiligida kadrlar bo‘limi xodimi, yuristlar, xo‘jalik bo‘limi, axborot xizmati xodimi hamda masʼul navbatchi va qorovul ishtirokida “mulyaj” solingan yelim xalta ochib ko‘rilganida unda “bomba” deb yozilgan quti borligi aniqlandi.

Shundan so'ng Agentlik va palata boshqarma rahbar xodimlari hamda Guliston shahar bo'lim va filial hodimlari ishtirokida "Ogohlik davr talabi" mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda yurtimizda joriy yilning 24 oktyabr yakshanba kuni muhim siyosiy tadbir - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazilishi belgilanganligi, shu munosabat bilan va qolaversa undan keyin ham doimo hushyor va ogox bo‘lishga, begona shaxslarning idoraga ruxsatsiz kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik, har bir tashrif buyurayotgan fuqaroni sinchkovlik bilan o‘rganish, uning qo‘lida bo‘lgan buyum va ashyolarga eʼtiborli bo‘lish lozimligi tushuntirildi va yig‘ilish qatnashchilariga yana bir ogoh bo‘lishga chaqirildi.

Shuningdek, tashrif buyuruvchi murojaatchilar soni tobora ortib borayotganligidan kelib chiqib, aloxida grafik asosida murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislar (Аgentlik va Palata xodimlaridan iborat) ning ish kunlarida kunduzgi navbatchiliklari tashkil qilinishi belgilandi.