July 5, 2022

⚡️KORRUPSIYA DAVLATNI YEMIRUVCHI, INSONNI TUBANLASHTIRUVCHI ILLAT

🔰Ma'lumki bugungi kunda yurtimizda Korrupsiya degan illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan va bu masalaga Keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qarshi kurashilmoqda. Xususan Kadastr sohasida ham Korrupsiya degan baloga qarshi jiddiy eʼtibor qaratilgan.

🔹Joriy yilning 5-iyul kuni Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Guliston shahar filial rahbar xodimlari ishtirokida Korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlarda immunitetni shakllantirish maqsadida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassis N.D.Abdaliev tomonidan profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

🔹Ushbu profilaktik tadbirda Komplayens-nazorat xizmati tomonidan yig'ilish qatnashchilariga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʼrsatish jarayonida tamagirlik, poraxoʼrlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik, aksincha oʼz xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarib, aholining kadastr idoralariga boʼlgan ishonchlarini yanada mustahkamlash va sifatli xizmat koʼrsatishga chaqirildi.

🔹Bugungi kunda har bir fuqaroda: “poraxo‘r mansabdor shaxs bo‘lish nafaqat xavfli balki sharmandali hamdir, ammo halol yashash foydali va obro‘lidir”degan ichki ishonchni shakllantirish korrupsiyaga qarshi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.