October 6, 2021

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi

Tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
20 dekabrdagi 1023-sonli qarori asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqatgina _«E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 543-son qaroriga asosan, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun beriladi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qaroriga muvofiq davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi tomonidan tayyorlanadi.

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan «YERELEKTRON» AAT orqali vakolatli tashkilotlar bilan kelishiladi.