Sirdaryo viloyati ishchi guruhi tomonidan Guliston shahridagi barcha umumiy ovqatlanish shaxobchalarida o'rganish ishlari olib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishlariga muvofiq, viloyatdagi barcha turizm namoyish obyektlari (madaniy meros obyektlari, ziyoratgohlar, turizm zonalari, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, ommaviy namoyish joylari, madaniyat va istirohat bogʻlaridagi xatlovdan oʻtkazilgan obtektlarni oʻrganish koʻzda tutilgan.
Mazkur farmoyish ijrosini sifatli ta'minlash maqsadida joriy yilning 15-16-may kunlari Guliston shahrida joylashgan hamda mahalliy va xorijiy turistlar tashrif buyurishi ehtimoli yuqori bo'lgan barcha umumiy ovqatlanish shaxobchalarida Sirdaryo viloyati ishchi guruhi tomonidan o'rganish ishlari olib borildi.
O'rganish davomida har bir umumiy ovqatlanish shaxobchalari mas'ul xodimlariga ishchi guruh tomonidan shaxobchalardagi sanitariya gigiyena jihatdan kamchiliklar ko'rsatilib ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko'rishlari uchun kerakli ko'rsatmalar berildi.
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari mas'ullari chaqirilib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishlari mohiyati va uning talablari aytib o‘tildi, farmoyishda berilgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish, tashkilotlarning me’yoriy hujjatlardagi talablarni tashkil qilish masalalari qo‘yib berildi.