Viloyat ishchi guruhi tomonidan Sayxunobod tumanidan o'tuvchi A-373 avtomagistral yo'li bo'yidagi hamda Guliston shahridagi bir nechta umumiy ovqatlanish shaxobchalarining sanitariya-gigiyena holatini xatlovdan o'tkazish ishlari olib borildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishiga muvofiq viloyatdagi barcha turizm obyektlari, ziyoratgohllar, madaniy meros obyektlari, turizm zonalari, sihatgoh va dam olish zonalari, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari, umumiy ovqatlanish maskanlari, madaniyat va istirohat bog'laridagi sanitariya-gigiena holatini xatlovdan o'tkazish ko'zda tutilgan.
Mazkur farmoyish ijrosini sifatli ta'minlash maqsadida Sirdaryo viloyati ishchi guruhi tomonidan Sayxunobod tumanidan o'tuvchi A-373 avtomagistral yo'li bo'yidagi hamda Guliston shahridagi bir nechta umumiy ovqatlanish shaxobchalarining sanitariya-gigiyena holati o'rganib chiqildi.
O'rganish davomida har bir umumiy ovqatlanish shaxobchalari mas'ul xodimlariga ishchi guruh tomonidan shaxobchalardagi sanitariya gigiyena jihatdan kamchiliklar ko'rsatilib ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish choralarini ko'rishlari uchun kerakli ko'rsatmalar berildi.
Umumiy ovqatlanish shaxobchalari mas'ullari chaqirilib, ularga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 203-F-sonli farmoyishlari mohiyati va uning talablari aytib o‘tildi, farmoyishda berilgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish, tashkilotlarning me’yoriy hujjatlardagi talablarni tashkil qilish masalalari qo‘yib berildi.