November 13, 2024
Turizm sohasida jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim etilayotgan imtiyoz, afzallik (preferensiyalar), kompensatsiya to‘lovlari hamda boshqa xil ko‘rinishdagi imtiyozlar haqida MA’LUMOT
- Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash bilan bog‘liq
xarajatlarni subsidiyalash, toifasi (yulduz) bo‘lmagan joylashtirish vositalari uch va
undan yuqori toifa olganda muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish bo‘yicha
xarajatlarni qoplash tartiblari tasdiqlandi.
- Turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan import
qilinadigan avtobus va mikroavtobuslar bojxona bojidan ozod etildi.
- Mehmonxona va turoperatorlar tomonidan to‘langan qo‘shilgan qiymat
solig‘ining 20 foizi “keshbek” sifatida qaytarib berish belgilandi. - Quyidagi jadval orqali turizm sohasida jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan barcha imtiyoz, afzallik (preferensiyalar), kompensatsiya to'lovlari hamda boshqa ko'rinishdagi imtiyozlar haqida ma'lumotlardan xabardor bo'lishingiz mumkin.