Samarqand non festivali!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-221-son
qarori bilan tasdiqlangan 2022-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual
mulk sohasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq O‘zbekistonni ilmiy-texnikaviy va
ixtirochilik jihatdan taraqqiy etgan davlatlar qatoriga kiritish hamda mintaqaviy
brendlarni har tomonlama rivojlantiruvchi vosita sifatida yuzaga chiqarish
Strategiyaning bosh maqsadi etib belgilangan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, joriy yilning 4-fevral kuni dunyoga mashhur
“Samarqand noni” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat
roʻyxatidan oʻtkazildi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 17-18-may kunlari Samarqand shahrida
“Samarqand noni – xalq brendi” festivali o‘tkazilmoqda.
Festival doirasida ilmiy-amaliy konferensiya, nominatsiyalar bo'yicha ko'rik—tanlovlar, milliy nonlar ko'rgazmasi va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
Mazkur festivalda yurtjmizning barcha viloyatlari qatorida Sirdaryo viloyati ham faol qatnashmoqda.
Ko'rgazmada Sirdaryo viloyatining mohir nonvoylari tomonidan tayyorlangan non va non mahsulotlari namoyish qilinmoqda.
Sirdaryo stendida qo'yilgan non mahsulotlari festivalga tashrif buyurgan xorijiy turistlarda ham katta qiziqish uyg'otmoqda.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan Sirdaryo viloyatining stendi namunali tarzda tayyorlanganligi alohida e'tirof etildi.