June 9, 2018

Kitobxonlar uchun - “Wi–Fi” hududi tashkil etildi

✅Xalqimizda Obod joyda pok odamlar yashaydi, degan ibratli hikmat bor. “Obod mahalla” davlat dasturiga kirititlgan “Bunyodkor” mahallasida barpo etilayotgan kichik istirohat bog‘ida aholi o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida “Xalq kutubxonasi” tashkil etilgan edi. Shahar aholisi ushbu kutubxonadan xozirgi kungacha unumli foydalanib kelmoqda. Joriy yilning 6 iyun kuni kitobxonlarni imkoniyatini yanada oshirish maqsadida shahar hokimligi tomonidan “Wi–Fi” hududi tashkil etildi. Natijada tashkil etilgan ushbu zonada kitobxonlar internet tarmog‘i orqali turli saytlardan o‘zini qiziqtirgan adabiyotlar va kerakli axborotlarni bepul olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shirin shahar hokimligi