June 12, 2018

Yangiyer shahar o'z nomiga munosib "Yangicha shahar" bo'lmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Yangiyer shahar Temur Malik mahallasiga mas’ul etib biriktirilgan “O‘zavtotrans” agentligi boshlig‘i D.T.Dehqonov raisligida mahalla ko‘chama-ko‘cha ko‘rib chiqilib, amalga oshiriladigan ishlar dasturi qaytadan ishlab chiqildi. Ish dasturida har bir soha va tarmoq tomonidan amalga oshiradigan ishlar xajmi va moliyalashtirish manbalari aniqlab olindi.

Shahar elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 325,2 mln so‘m, shahargaz ta’minoti korxonasi tomonidan 14.1 mln so‘m, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 3083,3 mln so‘m mablag‘ ajratildi.

Mahallada joylashgan har bir ko‘p qavatli uy va ko‘chaga shahar faollaridan mas’ullar biriktirildi.

Mahallada ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxati tuzilib, ishlab chiqilgan dastur bilan tanishtirilib, davlat xususiy sektor sherikchiligi asosida obodonlashtirish ishlarida qatnashishga taklif etildi.

Xoliqulov Bekzod,

Yangiyer shahar hokimligi