June 12, 2018

Savobli ishni har kim, har kuni qilishi kerak!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1-dekabr "Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5270-son Farmoni qabul qilingan.

Qabul qilingan Farmon nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish, qulay va maqbul muhitni ta’minlash, tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilashga xizmat qiladi.

Prezidentimizning mazkur Farmon va joriy yilning 11 may “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o’tkazish to’g’risida”gi PQ-3716-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Guliston shahar hokimligi tomonidan bir qator ezgu savobli ishlar, amaliy tadbir va loyihalar o'tkazilib kelmoqda.

Xususan bugun ham, bu kabi ezgu amallar davomiyligi sifatida, shahar hokimligi rahbariyati ishtirokida - nogironligi mavjud bo'lgan bir guruh shahar aholisiga iftorlik dasturxoni yozilib, ularning holidan xabar olindi.

Muqaddas ramazon oyida bu kabi ezgu ishlar amalga oshirilishi an'ana tusini olgan. Nuroniy otaxon va onaxonarning duolari olinib, kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari va sovg'a salomlar ulashildi.

Zokir Sultonov,

Guliston shahar hokimligi