June 6, 2018
Kollej hovlisidagi issiqxonada nimalar yetishtirilmoqda?
Sardoba tumani, Paxtaobod qishloq xo'jaligi kasb-hunar kollejida tashkil qilingan "Biznes-klub" a'zolari tomonidan kollej hovlisida issiqxona barpo qilingan.
Mazkur issiqxonada pomidor, bulg'or qalampiri, qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ekilgan. Biznes klub a'zolari darsdan bo'sh vaqtlarida bu issiqxonada mehnat qilishadi. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki xozir bu issiqxonada ekilgan poliz ekinlari hosil bermoqda.