October 10, 2023

Harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari uchun o‘quv-seminar o‘tkaziladi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Bojxona boshqarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi, Guliston harbiy prokuraturasi hamkorligida viloyatdagi mavjud harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari hamda yo‘nalish sardorlari malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

O'quv-seminarda Yangi O'zbekiston Konstitutsiyasi, O'zbekiston-2030 strategiyasi mazmun-mohiyati, yetakchilar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangicha metodikalar hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan yangi loyihalar borasida ma'lumot va tushunchalar berildi.

O‘quv-seminar davomida 2023-yilning 9 oyi mobaynida yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan yil yakuniga qadar yosh harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar ishlab chiqildi va yuqori natijalarni ko‘rsatgan hamda o‘quv-seminarda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining sertifikatlari topshirildi.

#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo
#sirdaryo

🤝Bizning sahifalarimiz:
telegram |instagram | facebook