March 12

TEARS OF OCEAN

TEARS OF OCEAN

Prolog.

1798 - yil - Nokoen asosiy qasri.

โ€” To'g'risini aytganda, bu juda uzoq hikoya. Meni eshit nabiraginam, - yulduzli osmon kabi naqshlar bilan bezalgan tom ostida turgan biroz kichikroq yumshoq yotoq ustida o'tirgan qariya Gabriel, 9 yoshli nabirasi Eirianga " Nokoen oilasi" tarixida bo'lgan afsonaviy voqeani so'zlashga shaylandi. Qariyaning altsgeymer kasalligi borligi sabab, har doim qayta - qayta takrorlasa ham doim jon qulog'i bilan eshitadigan bolakay, hayratlanarli tarzda bu hikoyaga oshiq edi. Bu huddiki, kelajakda bo'ladigan voqealarni oldindan bilib olishdek gap u uchun.
โ€” Butun sulolamizdan farqli ravishda onasi koreys bo'lgan jiyanim Teahyung haqida eshitganmisan? - u gaplarida biroz to'xtalish yasadi va davom etdi. Qari bo'lgani uchun ovozi xiralashgan. -- Uning jozibali suv parisi bor edi . . u shunchalik bizni sulolamizdan bo'lishdan nafratlanardiki, hattoki kasalligi qanchalik tez huruj qilgani sayin, u xursand bo'la boshlardi. Bir gap bilan aytganda, u hayotdan umidi uzib qo'ygandek edi. Akam unga Wildemoor yerlarini hadiya qilgan shu bilan birga o'sha uning ovunchiga aylangan suv parisini ham. Teahyung uni shu qadar asrab avaylardiki, oxir - oqibatda uni akvariumdan ko'lga qamab qo'ygan.
โ€” Lekin bobojon, suv parilari okean va dengizlarda yashamydilarmi? - ovozida biroz qo'pollik sezilgan Eirian, bobosining so'zlariga qattiq qarshilik bildirgandek tuyulardi.
โ€” Eirian o'g'lim, u shunchalik yaxshi odamligidan suv parisini erkinroq yashashini xohlab suvga ko'chirdi, - mayin jilmaygan Gabriel nabirasining boshini silab qo'ygan ko'yi so'zladi. Boshini keskin qimirlatgan bola, unga qarshilik bildirishga kirishdi.
โ€” Suv parilari dengizda sho'r suvda yashaydilar, u esa uni ko'lga, ya'ni chuchuk suvga olib borgan. Bu uchun azobli qafasdan boshqa narsa emas edi, - dedi u qovoqlarini uyib. โ€” O'ylab qarasak, jiyaningiz suv parisini yaxshi ko'rmagan. Shunchaki unga bog'lanib qolgan, - Uning gaplaridan so'ng qattiq yo'talib olgan Gabriel gapni boshqa tarafga burishni istadi.
โ€” Haqiqatdan unga juda o'xshaysan, yuz tuzilishingni gapirmay. Idroking ham uni huddi o'zi, - boshini silagan ko'yi gapirayotgan bobosiga yaqinroq turib boshini quyi solgan Eirian chuqur uh tortdi. Har doim ular bir xil mavzularni gaplashadilar va tortishishishadi. Shunday bo'lsa ham, bunday suhbatlar doimiy ravishda keskin muzokaraga sabab bo'ladi.
Eirian Bobosi doim o'zidan bor yo'g'i bir yoshgina kichik bo'lgan qarindoshini jiyanim deb atab uni yonini olishidan ko'rinib turibdiki, u Teahyungni juda yaxshi ko'rgan. Bobosining tasvirlashiga ko'ra esa, Eirian va u ikki tomchi suvdek o'xshash, hatto ko'zlarining rangigacha . . . balki shuning uchun ham Gabriel ko'proq shu nabirasi bilan vaqt o'tkazar.

*
- Birinchi bob - Og'u kabi ko'zlar.

Wildemoor yerlari - 1738 - yil.

Gertsoglik yerlarida qish o'z hukmronligini o'tkazib, hamma joyga dong'ini yoygan kabi ish ko'rar edi. Qarg'alar, yalang'ochlangan, izg'irindan sinay deb qolgan daraxtlar ustida o'zining yoqimsiz bir alfozdagi qag'illashini qo'ymaydi. Yerlarning o'rtasida joylashgan zulmat kabi ko'rinadigan qasrga esa hatto o'sha qarg'alar ham yaqinlashishga jazm qila olmaydi.
Qasrning nomlanishi ham o'zgacha bir etni junjiktirib yuboradigan sovuqlik olib keladi odamga. " Azrael '' Teahyunga 8 yoshni qarshilagan sovg'a qilinganida u bu yerni shunday nomlagandi. . . huddi jonni oluvchi farishta Azroil kabi Teahyungning ham jonini asta - sekinlik bilan yutib yuborayotgandek tuyuladi.

Yotoq ustida rangpar yuzini berib uxlab yotgan yigitning, och sarg'ish rangdagi sochlari bo'ynigacha yetib borgani tuayli yuzini to'liq ravishda yopib turibdi. Tanasining tepa qismi kiyimsiz bo'lib, mushakdor qo'llarini yostiqning ichiga bamaylijotir kiritilgan.
Uni uyg'otish yoki uyg'otmaslik to'g'risida tepada bahslashayotgan xizmatkorlar, qaysi birini qilsa to'g'riroq bo'lishini o'ylashmoqda. Qo'llarida bir - ikkitasi toza va dazmollangan kiyimlar tutgan, boshqalari esa shunchaki yordam sifatida kelishgandi.

Hech birining bu injiq Gertsogga ximzat qilgisi yo'q, ammo qo'llaridan nima ham kelardi. Qirol o'tgan safar qasrga tashrif buyurganda arzandasiga qanchalik yaxshi e'tibor berib qarashlarini takidlaganlari umuman eslaridan chiqmaydi. Rostdan, 5 - shahzoda Nokoen Teahyung otasining eng sevimlisi bo'lishi mumkinmi? Uning umuman boshqa "Nokeon oilasi" dagilardan ancha - munchaga farqli ravishda ko'rinishi, xulq - atvori va hatto ularga qaraganda bu vakil anchayin zaif ekaniga qaramasdana. . .

Biroz vaqt o'tgach, Teahyungning o'zi g'ingshib uyg'onar ekan, xizmatchilarning hammasi bir titrab tushdi. Sekinlik bilan o'rnidan siljib, g'ira - shira ko'rinayotgan tasvirlarni yorqinroq ko'rinishini kutib turdi, so'ngra bir chiziqqa terilib turgan xizmatchilarining unga bo'ysungan ko'yi turishganini ko'rib burnini jiyirib tezda turib ketdi.

Nokoen Teahyung

โ€” Janob Nokoen, o'rningizdan turishingiz bilan ichishingiz kerak bo'lgan dorilaringiz bor, - dedi ularning orasidan birinchida turgan biroz yoshi kattaroq ayol. Teahyung uncha e'tiborini qaratmay, bir xizmatchini qo'lida turgan dush halati va toza kiyimlarni olib, hammom tomon yo'l ola boshladi. Ketish davomida ustiga ilib olgan sochiq ortidan orqaga qarab, ifodasizlik bilan ularga qarab turdi.
โ€” Dorilarni o'sha yerda qoldiring , bugungi kundagi jadvalimni ham. Shu bilan faqat nonushtani tashlab keting. Bilasizku, ko'pchilik bo'lishini yoqtirmayman, ammo . . . ha mayli, - ortiga o'girilib, eshikdan kirib, ichkaridan qulfladi u.
Sokin tarzda ho'rsinib qo'yib, sochiq va dush halatini ilgichlarga ildi va sochlarini biroz to'zg'itib qo'ydi.
Oldindan tayyorlanib iliq suvni ochgan ko'yi vannaga quyilishini kuzatib turib, hayolga berila boshladi.
Teahyung tilidan :
Tug'ilgan kunimdan beri, boshqacha ekanim sezila boshlagan. Dadam tug'ilganimda qo'llariga olishi bilan yig'layotgan joyimdan huddiki suv quyib yuborgan kabi jimib qolganimni enagam ko'p bora aytardi. O'shandan keyin ancha paytgacah ovozim ham chiqmagan ekan. Balki bu dadamning aurasi tufaylidir. Balki "Nokoen oilasi" dan o'sha paytadayoq begonasirashni boshlagandirman. Avvaliga hammasi ajoyibdek tuyulardi, onam ikkimiz birga vaqt ko'proq o'tkazardik. Ammo. . . kunlardan bir kun, dadam taxtga o'tirdi va bizni ''Nokoen'' qasriga ko'chirdi.
Bu juda daxshatli eshitilmaydi, to'g'ri lekin keyinchalik dadamning aqldan ozgan kabi harakat qilishi, onamga bo'lgan ''Sevgi'' si jo'sh urib ketgani tufayli bir xonadan chiqmas qilib, kishanlab qamab qo'yishi . . daxshatli tushga o'xshardi.
'' Nokoen'' oilasi jinnilar, aqldan ozganlar bilan to'lib toshgan, ehtimol men ham ulardan farq qilmayman . . . ammo shuni bilamanki, men dadamga o'xshamayman. Otamning onamga bo'lgan noto'g'ri muhabbati, balki muhabbat deb atash unga nisbatan hurmatsizlikdir, uni hech qachon tushunmaganman. Hech kim o'z sevganini xonaga qamab qo'yishni muhabbat deb atamagan bo'lardi. Aslida esa bu sevgi emas . . . obsessiya. Shunchaki onamga nisabatan katta ishtiyoq uyg'onib, unga uy hayvoni sifatida qaragan. Telbalik! yo'q, yo'q shunchaki telbalik emas, Telbalikning eng oliy darajasi.
Agar men qachondir o'z sevganimni uchratsam, hech qachin uni qamab qo'yish kabi ahmoqona ishni qilmayman !
Hayron qolaman, bularning barchasi, shuncha e'tibor va mansab menga nimaga kerak aslida. Bularning hech biri ahmaiyatga ega emas, men ham onam kabi o'lib ketaman. Shu darajada kuchli va zabardast bo'lsamda ichimda meni kemirib tashlovchi zaiflik yashiringan. Uni chiqarib tashlash uchun bor yo'gi bir necha yillar kerak xolos. O'sha kun kelganida . . ruhim tanamdan ko'tariladi va men mana shu la'natalagan oiladan qutulaman!

*

Bir soatlardan so'ng sochlarini sochiq yordamida artib chiqaytgan Teahyung, stol ustidagi dorini stkanagan quyib ketilgan suv yordamida qabul qildi. Hammasi og'riqlarni vaqtinchalik og'riqlardan halos qilish uchun. Unga hech ham foyda beradigan dori mavjud emas.
Uning yonida turgan uzun varoqqa yozib chiqilgan tartibni ko'rib, chuqur uh tortgan yigit, zarda bilan uni stol ustiga qayta qo'ydi.

Chamasi 10 daqiqalardan keyin, poytaxtdan dadasi jo'natgan odamlar bilan ko'rishishi kerak. Ehtimol, bu safar ham unga ajoyibdan - ajoyib sovg'a jo'natishda davom etgandir. O'ziga ajrtatilgan shkaf yoniga kelib, qora rangdagi smokingni qo'llariga olgan ko'yi, oynaga qarab uni egniga tutdi. Mos tushadi degandek, ustiga birin - ketinlik bilan kiyimlarini kiyib, kostyumning ikki yoqasini to'g'riladi. Ichidagi oq ko'ylagining qisqa yoqalarini ko'tarib, bog'ichni galstugdek bog'ladi. Oynaga razm solib, bir qarashda mukammal ko'rinadigan ko'rinishiga tikilib, o'zidan mamnun holda eshikdan pastgi zalga salmoqli qadamlari bilan zinalardan tusha boshladi. Xizmatchilari nonushtani xonasiga olib kelmagan, uni ustiga vaqti oz qolgani sabab ham pastda ovqatlanishga qaror qildi.

Oq marmardan qilingan pillapoyalarning har bir pog'onasida o'z aksini ko'ra oladigan darajada toza qilib artib chiqilgan, qo'l tiragichlari esa chiroqning nuri sabab yarqiraydi. Haddan tashqari keng zalda hech kim ko'rinmasligi sabab, o'zini yolg'iz qolib ketgandek his qilib yuborgan Teahyung tomoq qirib o'ziga kelib oldi. Bir oz narida joylashgan nonushta uchun 12 kishiga moslangan stolga dasturxon bezalganini ko'rib, o'sha tomonga yurib bordi. Erkak xizmatchilardan biri uning soyasini sezishi bilan, jon holatda kelib stolning boshida joylashgan stulni surib, o'tirishiga hozirladi. Indamay kelib o'tirgan Teahyung esa soniyalar ichida oldida paydo bo'lgan taomlardan ta'tib ko'rish uchun qo'lini uzatdi. Afsuski, atayin qilgandek, ertalabdan kayfiyatini buzishmoqchiday, xonaning ikki boshiga qo'yilgan xizmatchining baqirig'i yangradi.
โ€” Qirol, zoti oliylari tashrif buyurdilar! - eshikning ikki tabaqasi lang ochilib, gerdaygan sochlari huddi Teahyungniki kabi sarg'ish ammo ko'zlarining rangi ilonnikidek ingichka sariq kishi orqasidan bir dunyo odamlari bilan kirib keldi. Tashqi ko'rinishidan birorta ham xato topib bo'lmaydigan bu kishi qo'lidagi uzun qora metall bilan sirti o'ralgan hassani yerga gursillatib urib kelardi. Yoshi 50 dan o'tganiga qaramay, qaddi qomati kelishgan,hech kim bir bor qarshga ham jur'at eta olmaydigan nigohlarida hali - ham yoshlik va qaynoqlik ufurib turibdi.

Barchaning boshi egik tarzda, unga hurmat ko'rsatdi. Ammo pinagini ham buzmay o'tirgan Teahyung bir bora ko'zini pastga qaratgani ham yo'q. O'g'lining mag'rur harakatlaridan yuziga keng tabassum yugurgan ota, qo'llarini keng ochdi.
โ€” Otang bilan salomlashmaysanmi o'g'lim? - dedi o'tkir ovozi bilan. Teahyung qo'lidagi qoshiqni siqimlagancha bir uyog'ini bir buyog'ini stolga urib yuzini burdi.
โ€” Kelganingizdan mamnun emasligimni bilasiz ! - yuziga qaramay gapida davom etgan yigit, o'rnidan turdi. Birdaniga baland ovozda kulib yuborgan erkak qo'lini pastga tushurib hassasiga ikki qo'lini ham birlashtirdi.
โ€” Huddi o'zimga o'xshaysan - deya u tomon yurib kelib, 3 qadam narida to'xtadi. โ€” Bu safar senga ajoyib narsa keltirdim, - bu gaplarini aytib bo'lganidan keyin, hech qanday hissiyotsiz turgan Teahyung, birdaniga katta stolni ag'darib yubordi. Hamma unga qarab oh tortib yuborar ekan, hech kimga e'tibor bermay otasiga yaqinlashdi.
โ€” Men sizga necha marotaba aytdim. Menga hech narsa kerak emas ! - dedi u erkakka yaqinroq joyda to'xtab. Uning qilgan ishidan boshqalar kabi ta'sirlanmagan ota, yuzidagi tabassumni o'sha holatda ham yo'qotmadi.
โ€” Bunisi senga aniq yoqadi. Uni olib keling, - dedi xizmatchilariga hayqirib. Daqiqalar o'tmasdan, sakkiz tarafdan ko'tarilib olingan, taxminan 7 metrlik kvadrat shakldagi ulkan quti usti yopilgan holda olib kirildi. Bugun qanday ahmoqona narsa ko'tarib kelganiga hayron qarab turgan Teahyung, peshonasiga qo'lini olib kelib, uh tortdi.
โ€” Nahotki nimaligini bilishni istamasang? Buni olish uchun juda ko'p qiyinchiliklarga duch keldim, - dedi u ayyorona jilmmayib, hali hanuz e'tibor bermayotgan o'g'liga qaradi.
โ€” Kerak emas, shunchaki olib keting, - ko'zini yumib olgancha, qoshlarini chimirib, ortga qaytib ketmoqchi bo'lganida, qattiq silkinish bilan yerga qo'yilgan buyum sabab to'xtadi. Otasi buyumning ustiga yopilgan baxmal matoni bir urunishda tortdi.
Teahyungning nigohlari shaffof akvarium ichiga tikildi. Uning ichida joylashgan, go'yo moviy marvariddek porlayotgan farishta ko'rindi uning ko'ziga. Ko'zlari olmosdek tovlanib, insonni o'z domiga yutib yuboradigandek his qilishga olib keladi. Biroz titrab turgan nam lablar esa shu qadar uni begunoh ko'rsatardiki, bunday yuz yer yuzida mavjudligi uchun uyalishni istaydi kishi. Terisi shu qadar oppoqligidan nur taratayotgandek tuyuladi.

Suv parisi - Shiku

Teahyung uning yuzini zimdan hayrat bilan tekshirib, belidan pastgi qismidagi dumiga qarab, joyidan siljiy olmay qoldi. Kumushrang va moviy tangachalar suvda porlab, nur sochadi. Yigit beixtiyor akvariumga teginish uchun yaqinlashdi, barmoqlari bilan oynaga tegib, mayin tikilib turgan suv parisi bilan nigohlarini birlashtirdi.
โ€” Ota . . . bu axir . . .
โ€” Suv parisi, - dedi gapini yakunlay olmayotgan o'g'lining so'zlarini yakunlab. โ€” Bu oldingi sovg'alarimga o'xshamydi, shunday emasmi? - mamnun yuz ifodasi bilan Teahyungning yuzini kuzatish davomida, akvariumga qo'lini qo'ydi. โ€” Buni " Nokoan" qasri yaqinida joylashgan jarning o'rtasidagi dengizdan topdik. O'yladimki, bu senga munosib sovg'a bo'lardi. Bugundan boshlab, u seniki! -

Teahyungning hayratdan qotgan yuzi, iblisona jilmayish bilan almashdi. Keng va yoyiq tabassum qilib, otasiga qaradi.
โ€” Rahmat ota !

  • Birinchi bob tugadi.

Sirelle | Gathering all my feelings in one place . . .