Oʻsha koʻzlar
Meni yomgʻirdan ham koʻra koʻproq seva olasanmi...
Koʻzini hali u yoqqa hali bu yoqqa borib kelayotgan qizdan uzmay oʻtirgan yigit,yarim soatdan beri u bilan gaplashishga harakat qilyapti.
– Ren dedi u yana ismini chaqirib.
Qiz bir nazar tashlab ha degandek boshini qimirlatdi.
– Nima deb oʻylaysan bu yer ishga tushgach mehmonlarning qay darajada eʼtiboriga tusha olasan?
Ren biroz oʻylanib turgach,bu mavzu aynan u javob berishi uchunligini his qilgan holda javob bera boshladi.
– Menimcha bu yerda sokin muhit hukm suradi va ortiqcha shovqinli musiqalarni yangrashini xohlamayman. Balki koʻpchilikni koʻnglini ola olmasman dedi u hoʻrsinib keng stolga orqa tarafi bilan suyanib.
Uni haqaiatdan oʻylantira olgan savol berganidan hursand holda Arkin jilmaydi. U nafaqat bu savol uchun balki endi u bilan davomli gaplashish imkoniyati boʻlganidan xursand edi.
– Bu yerda barcha mehmonlar dam olish uchun kelishadi menimcha koʻpchiligi shovqinni xohlamaydi. - Arkin oʻzicha dalda bergandek boʻldi.
Ren bilmayman degandek lablarini burib qoʻydi. Endi u koʻzini bir nuqtadan uzmasdi.
Arkin oʻrnidan turib, uni yoniga bordi va barmoqlarini shaqillatib uni oʻziga keltirdi.
– Nimani buncha koʻp oʻylab qolding ?
– Hech narsa - Ren harakatga kelib hozirgina keltirilgan pianinosini ustini tozalashga kirishdi.
Asosiy eshik ochilib Nero yuzi koʻrinmas darajada boʻlib, yuklar bilan kirib keldi. Arkin yordam uchun borib birin ketin qutilarni olib pastga joyladi.
– Reni hammasini olib keldim hech narsa qolmadi.
Ren javoban boshini silkib qoʻydi.
– Bularni joylashtir,keyin bu yerni tozalashga qarashib yubor - Uning ovozi bir tekis va sokin chiqdi.
ylashga qarashib yubor - Uning ovozi bir tekis va sokin chiqdi.
Nero burchakda ularni kuzatib turgan Arkinga ola qarash qilib oʻtib ketdi. Narsalarni birma-bir omborga tashiy boshladi.
Ren ancha muddat bir xonani ichida qolganiga koʻngli aynib boshi ogʻriy boshladi. Balki bu qorni ochganidandir ham lekin koʻproq miyyasiga havo yetib bormayotganini oʻyladi.
Devorga tiralgan narvonga chiqib, teparoqda joylashgan oynani ochdi va toʻyib-toʻyib nafas oldi. Tush payti boʻlib qolgani uchun quyosh oʻz nurlarini aniq sochib,uning yuziga tushiryapti. Ren tabiatning ajoyibotlarga toʻlaligini doim oʻz-oʻziga takidlab,koʻzlarini yumib mayin ob-havodan bahra oldi.
– Ren tushlik qildingmi?
U eʼtiborini ovoz kelgan tarafga qaratmoqchi boʻlib ortga oʻgirildi.
– Yoʻq senchi Nero - Ren hali unga qaramasdan turib gapirdi.
Neroning oʻrnidagi Arkinni koʻrib adashganidan koʻzlari katta katta boʻlib ketdi. Ularning ovozi juda oʻxshash eshitiladi..
– Ehtiyot boʻl! - Arkin oyogʻi tolib ketayotgan qizga qarab baqirdi.
Ren muvozanatni ushlay olmay,sirgʻalib ketdi. Endigina yerga tushib ketdim deb koʻzlarini yumib olganda Arkinning quchogʻida ekanini payqadi.
Qoʻllari kiyimining yoqasini mahkam qisib olgan,ogʻriqni his qilmaslik uchun lablarini qimtib olgandi u. Ikkisi ham jim boʻlib qoldi.Renning miyyasi shok holatdan shunday boʻlsa Arkinning sukuti u naqadar goʻzal va yoqimli ekanidan edi. Yaqqol sezilib turgan,begona hislarni olib keluvchi uning oq magnoliya gulini eslatuvchi yoqimli ifori Arkinni sarmast qilishga ulgurdi. Yodida..bu iforga birinchi marta duch kelganda qay darajada aqldan ozgani.
Arkin uni pastga qoʻyishni istamaygina tushurayotganda yoqasini qattiqroq qisilishi sabab toʻxtadi.Nihohlarini begunoh qoʻrquv aralash koʻzlarga tikdi haa u hali ham yiqilishi xavfidan chiqmagan.
– Nima demoqchi boʻlayotganding?- dedi u bir qoʻlida turgan bilagini qisib qoʻyib.
– H..haligi - Ren uning bagʻrida ekanidan yuragi lovullab yonib,titrashni boshladi.
– Hoʻsh - U gap topolmagani sayin paysalga solayotganidan mamnun jilmayib qoshini koʻtardi.
– Boshqa bir restoranda yoki qahvaxonada tushlikka nima deysan - Ren aytgan gaplarini miyyasida tahlil qilib xato aytib qoʻyganini payqadi.
– Baxona topa olmadingmi? - Uning ovoz past va shivirlash ohangida chiqdi shuning uchun Ren buni eshitmadi.
– Nima?
Arkin uni sekinlik bilan yerga qoʻydi ammo oʻsha ifor qurshovida chiqqani uchun biroz gʻalati boʻldi.
U qizdan qayerga borishni soʻaraganida telefonini tita boshladi.
Koʻzlari yorishib qoʻli bilan Arkinni yoniga kelishiga imo qildi. Telefonidagi restoranlar roʻyxatidan kerakligini bosib saytga kirdi va u bilan bir nechta rasmlarni boʻlishdi.
– Manashu yer odamlar tomonidan eng koʻp yoqtirilgani ekan. - Ren uning nafasini shundoqqina boʻynida his qilib biroz boshini yon tomonga egdi. Arkin qoshini chimirib hali ham bu restoranda nima maxsuslik bor ekanini kuzatish bilan band.
– Yaxshi - dedi qisqagina qilib.
• • •
Uncha katta boʻlmagan ammo ajoyib bezatilgan restoran oldida kelib toʻxtagan mashinadan tushgan yigit va qiz obdon uning tashqi koʻrinishini tekshirishdi. Endigina ichkariga kirish uchun harakatlanayotgan yigitni Renning ovozi toʻxtatdi.
– Seni bu yerda hamma taniydi shundaymi? - Unga yongan koʻzlari bilan qarab yaqinlashdi. – Bu yerga kelishdan asl maqsadimiz qanday qilib ular odamlarni jalb qilayotganini bilish shunday ekan seni tanib qolmasalar yaxshi ish boʻlardi.
– Yoʻq..meni uncha koʻpchilik tanimaydi faqat dadamni yuzini eslay oladilar - dedi u boshini Ren turgan tarafga qaratib.
Ichkariga ohista qadamlar bilan kirib borish bilan birga koʻzlarini har yeriga sinchiklab tekshirib chiqishardi. Qizning burniga yoqimli ifor urilib mayin skripka tovushi eshitilishida u bu muhitga singib kirishni boshladi. Qaynoqlik bilan ham sovuqlik bilan ham qoplanmagan bu joy faqat iliqlikni oʻz ichiga olgandi.
Ren Arkinga yaqinroq kelib uni qoʻli bilan sekin turtib qoʻyib,skripka kuyi eshitilayotgan tomonga imo qildi. Mahorat bilan chalinayotgan kuy silliq ravishda har qanday odamni tinchlantirishga qodir va kuy ijrochisi ham noodatiy sokinlik aurasi va yumshoq yuzga ega edi. U tik turgan holatda faqatgina qoʻllarini ishga solib tovushni muvozanatlash bilan ovora edi.
Arkin yuzasi nim jigarrang boʻlgan stollardan biriga joylashib telefoniga nimadirlarni yozayotgan qizni yengidan tortib stulga oʻtirishga imo qildi. Ren hamon koʻzini telefonidan uzmay,stulga joylashdi.
– Nima qilyapsan? - dedi Arkin sal u tomon yaqinroq surilib. Telefon klaviaturasi bosilgani sayin shiqirlagan ovoz chiqarardi.
Qiz qoʻli bilan jim ishorasini qilib yana oʻz ishiga kirishdi. Bir daqiqa oʻtar oʻtmay telefoni joyiga qoʻyib,yana har bir detalni koʻzdan qochirmay kuzata boshladi.
Arkin uning bu harakatlaridan norozi boʻlib qoʻlini yuziga tirab olib zerikkan ifodada bir qoʻlini koʻtargan koʻyi ofitsantni chaqirdi. Uning kelayotganini ikkisi ham atrofida kamida 5 ta ofitsant taomlarni tortish mahoratini namoyon qilib yuzidagi mehr va eʼtibordan joʻsh urayotgan tabassumini qoʻymasdan hizmat qilayotganlarini koʻrdi. Ren Arkinni yana turtib ofitsant kelganiga ishora qildi. Oʻzi esa yana telefoniga yozishga kirishdi.
– Xush kelibsiz. Nima buyurasiz? - dedi ofitsant yuzidagi yorqin tabassumini qoʻymay.
– Sen nima istaysan? - Arkin sherigiga ishora qilib jim qoldi.
– Oʻzing nima istasang buyuraver - dedi Ren qilayotgan ishidan qoʻymay.
– Kechirasiz, janob xonimingiz biror narsa ustida tanlov qila olmas ekan men sizlarga bir nechta variantlar keltirib oʻta olaman. Foie Gras - ushbu taom restoranimizning mashhur taomlaridan biri shuningdek bu sizlarning romantik muhitingizga yanada joʻshqinlik kiritadi.
Ren yozishdan biroz toʻxtadi. – Biz juftliklar emasmiz - u yana yozgan koʻyi javob berdi.
– Oh shundaymi? Kechirasiz unda men sizlarga doʻstlar davrasida yeyiladigan taomni taklif qilaman - dedi u shoshib qolib.
– Biz doʻstlar ham emasmiz - Ren yana eʼtiroz ohangida soʻz qotdi.
Ofitsant bir nima deyishga oʻylanib ularni maroq bilan tomosha qilayotgan Arkinga yuzlandi.
– Balki sizning oʻz taʼmingiz bilan buyurtma berishga urunib koʻrarsiz - yigit yana jilmaydi. Arkin oʻylab oʻtirmay buyurtma berishga shoshildi.
– Pekin oʻrdagi va Merlot - ofitsant uning ogʻzidan chiqqan har bir soʻzni tez yozib olib,bosh irgʻadi.
– Buyurtmangiz tez orada tayyor boʻladi.
U ketgach Ren ham telefonini qoʻyib yana kuzatishni boshladi. Arkin Renning ovqatlanish taklifi ostidagi asl maqsadini tushunib unga qarab qoʻydi.
– Biz hecham tushlik qilish uchun kelmaganga oʻxshaymiz.
Ren soniyalar oʻtmay unga nigohlarini koʻtardi.
– Umuman olganda bu yerni tekshirish uchun keldik. Aslida Nero bilan kelmoqchi boʻlgandim lekin oʻzing oyogʻim ostidan chiqib kelding.
– Shunday de. Ofitsant yoqmagan koʻrinadi dedi u hotirjam stulga suyanib.
– Yoʻq aksincha u juda yaxshi hizmat qiladi.
Arkin uning sal avval ofitsantga qilgan muomilasi oldida hozirgi gaplarini solishtirib boʻlmasligini bilib,yana bir bor uning gʻalati harakteri guvohi boʻldi.
Yigirma daqiqa oʻtgandan soʻng oʻsha ofitsant kelib taomlarni ikkinchi qoʻlidan birinchi qoʻliga oʻtkazgan holda sirgʻaltirib stolga torta boshladi. Ikkisining koʻzi ham uni sinchkovlik bilan kuzatib bitta xatosini ham aniqlab olishga chiranishdi. U qoʻyib boʻlgach vinoni ochib stakanga yarim holatda quydi.
– Yoqimli ishtaha - dedi va bir tekis sochiqlarni joylashtirib ketdi.
Arkin dasturxonga tortilgan sirti tillarang tusga kirgan oʻrdakni asta tekshirdi. Aslidan umuman farq qilmaydigan tarzda koʻrinishga keltirib pishirilgani sabab hayratlangancha pichoq yordamida bir qismini kesib olib likopga joylashtirdi. Renga ham olib bergach uni yeyishga kirishishdi.
– Tan berish kerak,haqiqatdan ajoyib - dedi Arkin ogʻzini sochiq bilan tozalab.
Ren indamay ikkinchi marta stakaniga quyilgan vinoni ham simirdi.
– Merlot ham asl nusxasida ekan. Bunaqasini topa olishiga shubxa qilgandim - dedi qiz yana bir bor vinodan quyib.
Ular oʻtirga stol ulkan derazaning oldida joylashgani sabab atrof bemalol koʻrinardi. Oʻsha derazadan koʻchaga qaragan Ren zarrin quyosh nurlari oʻrnida quyuq kulrang bulutlar turganini sezdi. Mayin derazaga yopishayotgan tomchilarni koʻrib oʻrnidan qoʻzgʻalib ketganini bilmay qoldi. Bu oʻsha u sogʻingan tomchilar edi.
Arkin unga hayron qarab nimadir notoʻgʻrimi degandek qaradi.
– Keta olamizmi? Men tugatdim - dedi Ren shoshib.
– Albatta..lekin nega birdan - Arkinning gapini ogʻzida qoldirib tashqariga chiqish uchun shoshilib eshik tomon yurdi.
Shivirlab tushayotgan mayin tomchilar har bir tovushida sogʻinchdan yonayotgan qalblarni oʻzining suvlari bilan yuvib tushardi goʻyo.Har doim qilganidek yomgʻir yuzini yuvishga ruxsat bergan qiz koʻzini yumdi. Yomgʻirning hidi va ajoyib sokinligi hamma odamga yoqadi ammo Ren..u yomgʻirni chindan sevadi. Hech kim uchalik yomgʻirni his qilishga qodir emas.Yomgʻir har safargidek biroz tezzlashib shitirlash yanada kuchaydi lekin kuchayish biroz pastlab bir maromda yogʻa boshladi.
– Sen pluviofilsan - Arkin uning ustiga soaybon tutgancha yelkasiga kostyumini tashladi.
Ren soyabondan chiqib dedi:
– Men soaybon soʻramadimku.
Arkin uning qaysar boʻlib qolganiga hayron qolgancha yomgʻirni qanchalar sevishini tushundi.
– Ketamizmi? - dedi u mashinaga ishora qilib.
Ren biroz oʻylanib turgach yomgʻirga qarab qoʻyib javob berdi.
– Men qolmoqchiman yana. Istasang ketaver.
–Yomgʻir uchun qolmoqchimisan? Agar shunday boʻlsa yomgʻirni his etishni boshqa yoʻlini sinab koʻrishni tavsiya berardim.
– Qanday - Ren tushunqiramay qaradi.
U mashina tomon imo qilib yura boshladi. Qiz ham uning ortidan havsalasiz ergashdi. Albatta u uchun qandayligi qiziq boʻladi.
– Mashinaga chiq - Arkin mashina eshigining yon oʻrindiq tomonini ochdi.
– Lekin.. - uning gapi tugamay Arkin orqasidan ohista turtgan koʻyi mashina ichiga kirgizib oʻzi old tomon joylashdi.
Yoʻlga chiqishlari bilan ichki muhitning boʻgʻiq havosi va yomgʻir yogʻib turganda koʻchaga chiqib tura olmaganini gʻami bosa boshladi.Nega shuncha payt qarshilik koʻrsatib kelayotgan Ren endi unga boʻysundi. Nima uchun oyoq tirab turib oladigan qiligʻini hozirgi lahzada unutib yubordi. Bu savol uni qiynaydi.
Arkin ham uning betoqat boʻlayotganini yuzidan oʻqib olgach har doimgi sokin jilmayishini qildi.
– Hozir ajoyib ish boʻladi pluviofil - Arkin mashinaning markazida joylashgan tugmani bosib qizning reaksiyasini kuzata boshladi. Mashinaning tepa qavati koʻtarilib tepasi ochiq mashinalardek holatga keldi. Renning koʻzlari quvnab tabassum qildi.
Arkinning koʻz oldida boʻlgan bu jarayondan kutilmagan hayajonni his qildi. U bunchalar goʻzal tabassumga ega ekanini kutmagandi.
Uning hursandchililigini,shu paytgacha koʻrsatmagan tabassumini koʻrishdan oʻzga baxt yoʻq edi u uchun. Agar u butun dunyoni shu birgina tabassum soʻrasa bera olar darajada ishtiyoqmand boʻldi unga. Mashinaning musiqalarga kirib yomgʻirga mosroq musiqa tanladi va mashina ustidan setka qoplash rejimini yoqdi.
– Setka halaqit bermaydi deb oʻylayman. Ayrim joylarga hoʻl tegmasligi kerak - dedi Arkin harakatlarini tushuntirib.
Ren suyanib koʻzlarini yumgan koʻyi keta boshladi. Hamma narsani unutib,faqatgina namlik musiqa va xotirjamlikdan oʻzga narsani his etishni istamay qoldi. Lekin ayni damda uning hayollarida bitta savol aylanib tinchlik bermay qoldi.
– Sen yomgʻirni yoqtirmaysanmi? - Ren hayolidagini yuzaga chiqarib yubordi. Ortiq u chalkashib oʻtirishga toqat qilib oʻtira olmaydi.
Yigit uning yomgʻirdan dona dona boʻlib terilib qolgan sochlariga qaradi va yana nigohini yerga qaratib yoʻlda davom etdi.
– Aslini olganda bilmayman. Mujmal, yoqtirmayman ham yoqtiraman ham. Lekin..ayni damda u yoqa boshladi.
– Nega hozir yoqa boshladi - dedi Ren qiziquvchanlik bilan biroz egilib.
– Yomgʻir tepaga koʻtaroyotgan ajoyib oq magnoliya ifori va yomgʻirning hidi aralashmasi yomon boʻlmaydi. Balki shuning uchun yoqadi...