Samuray
Samuray biladiki, hech qachon haqiqiy sharafni va qadr-qimmatini pulga sotib olib boʻlmaydi. Ularning barchasiga oʻz mehnati va jasorati orqali erishiladi
Samuray — Yaponiyada feodal davrda xizmat qilgan harbiy tabaqa vakillari. Ular daymyolarga xizmat qilib,asosan Yaponiyani himoya qilish va hududlarini kengaytirish bilan shugʻullanishgan
Burchaklarini mog'or bosgan yerto'lada o'ljasining ahmoqona harakatlar bilan o'zini oqlashga harakat qilayotganini hech qanday yuz ifodasisiz kuzatib turgan qotil ortiqcha ming'illagan tovushni eshitgisi kelmay so'ngi gapini unga qarata aytdi.
–Nima menga qiziq emas. Gapirsang ham gapirmasang ham baribir o'lasan. Undan ko'ra xudoga gunohlaringni kechirishini so'rab tavba qilsang yaxshi bo'lardi, - dedi uning yuzini qo'lida o'qlangan to'ppincha bilan silab.
– Judayam ko'p gapirib yuborganimgni his qilmayapsanmi? Men ammo men senga juda ko'p etiborimni qaratganimni his qilyapman - Peshonasidan qon oqib rasvosi chiqib ketgan yuzi battar titrayotganidan hatto gapirishga og'iz juftlay olmadi. Bechora nima ham qilardi o'limi qanchalik yaqin turganidan xabardor. O'lsaku mayli lekin u Samurayning qo'lida o'lim topishni yetti uxlab tushida ham ko'rmagandi. Endi hatto qabri tugul jasadi ham bo'lmaydi.
Yuzining chekkasidan yurib iyagiga niqtalgan to'pponchani sezib gapira olmay qoldi.
Qotil hozirning o'zida uning peshonasidan darcha ochib qo'yishi mumkin ammo u bu safar biroz o'ljasini kuzatishni istadi. O'lim shu qadar qo'rqinchli bo'ladimi deb o'ylardi. Shu paytgacha hech narsadan qo'rqmagan uni o'lim qo'rqita olarmikan. Juda qiziq unga hatto yashayotganini o'zi ham qiziq. 24 yoshni qoralagan bo'lsada yashashdan hali hanuz ma'no izlaydi. Nima uchun bu dunyoga kelishi-yu nima uchun o'lib ketishi uni qiziqtiradi.
Nafas olishni ham unutib qo'ygan erkakka qarab turgacha qurolini miyyasinig qoq marlaziga qadadi. Bu ishni takrorlayverganidan hatto zerikib ketgan shungami oxirgi yakunini chiroyli tugashi uchun biroz jumlacha kamlik qilayotgandek his qildi.
– Jaxannamda ko'rishguncha...
Hatto ovozi ham chiqmagan to'pponcha bilan boshini u boshidan bu boshoga yorib o'tgan teshikka egilib qarab ux tortdi.
Nega unday dedi? Jaxannamda ko'rishishlarini aniq bilgandek gapiradi. Shuncha odamlarning hayotiga zomin bo'lgandan keyin jaxannamga bormay qayoqqa ham borardi. U buni boshqalardan ham juda yaxshi biladi.
Qon bo'lib ketgan futbolkasini ustidan kiyim kiyib sochini yig'ishtirish uchun rezina qidirdi. Sochlari... Ular qotilning yigitlardan ajratib turadigan sanoqli narsalaridan biri. Haa u qiz bola garchi hech qachon qiz bola bo'lishni istamagan bo'lsa ham.
Rezinani olib cho'zgandan so'ng sochiga aylantirayotgan chog'i tirsillab uzilub ketdi.
– Jin ursin.
Hadeb urunavergach sochini pastga tashlab oldi. To'g'ri yo'lak tomon ketayotib o'lib yotgan odamga bir nazar tashlab chiqib ketdi.Zinalardan tepaga ko'tarilgan sari ko'ziga tushayotgan zaif tushayotgan nuridan yuzini bujmaytirdi.Kiyimining orqasidan chiqqan bosh kiyimni yuziga biroz tushib turadigan qilib kiyib quyoshdan o'zini to'sdi.
Yo'lning bir chetidan ketar ekan eng avval qiladigan ishlarini miyyasida birin ketin tuza boshladi.
– Sanitarni topishim kerak. O'ziga o'zi gapirdi u. U uchun sanitar shunchaki tozalovchi emas u oʻldirgan odamlarni tozalab jasadlarini yo'q qiladigan shaxs edi. Telefonini qoʻliga olib "Haruki" yozuvi ustiga bosdi. Bir ikki chaqiruvdan soʻng yoʻtalganidan qirilib chiqayotgan ovoz eshitildi.
– Eshitaman Yori.
– Eski joyga kelib ishingni bajar taxminan 10 daqiqa oldin oʻlgan kimdir kelib timirskilanmasdan tezroq kel dedi tez tez gapirib qiz.
– Yaxshi dediyu suxbatni shu zahoti tugatdi.
Yori uchun Haruki yaxshi sherik. U shu paytgacha boʻlgan sanitarlari bilan koʻp ishlamagn ammo u bilan bir yarim yildan beri ishlayapti. Chunki u odamlar bilan gaplashishni xush koʻrmaydi, Haruki esa deyarli gapirmaydi eshitaman va yaxshi soʻzi bilan tugaydi ularning suxbati. Hech qanday eʼtirozsiz ishlaydigan sherik kimga ham yoqmaydi deysiz.
Yori odamlar gavjum hududga kelganda hech narsaga qaramay tezlik bilan harakat qila boshladi. Odamlar orsidan yurib ketayotganda xuddi kimdir uni boʻynidan boʻgʻayotgandek nafas olishi qiyinlasha boshladi. Hamma unga qarab turgandek uni taqib qilayotgandek tuyulib yugura boshladi. Katta tezlik bilan yugurayotgani sayin quvvati sustlashib koʻz oldi qorongʻulasha boshladi.
Kutilmagan holatda bir kishiga urilib kishining oyogʻiga qoqildi va yerga orqasi bilan yiqildi.Yerda qanday oʻtirib qolganini ham anglay olmay alanglab unga qarab turgan bir nechta odam va unga turtilib ketgan yigitni koʻrdi. Atrofdagi bor odamning koʻzi menda deb yuragi tez tez ura boshladi. Yana unga qarab turganlarni koʻrib avvalgi holati yomonlashdi. Koʻzi gʻira shiralik ichida qolib boshi orqaga keta boshladi.
–Saito Yori - dedi unga gʻalati qarab turgan yigit qizni nihoyat tanib. Orqa tarafga qarab ketayotganini koʻrib uni tezda yerga orqa miyasi bilan tushish xavfidan saqladi.
2 soatdan soʻng.
Markaziy shifoxona.
Muzdek suvni yuziga tomchilatib sepilishi yordamida oʻziga kelgan qiz tepasida qoʻllarini choʻntagiga solib turgan tanish chehrani koʻrib dovdirab qoldi.
– Men senga aytgandimku yana uchrashamiz deb, - yuzi gʻogʻibona jilmayishdan chekka tomon qiyshayib mazax qilgan ifodani kasb etdi.
Hech narsaga tushunmay qolgan Yori u bilan qanday toʻqnash kelganini esladi.
– Bu yerda nima qilyapman chala detektiv, - qizning achitib gapirgan gapi oʻziga maʼqul kelib oʻrnidan turdi.
– Agrofobiyang borligi meni hayratga solib qoʻydiku Saito, - U hech qachon fobiyasi borligi haqida hech kimga gap ochmagan hatto sezdirmaslik uchun umuman odamlar bilan juda yaqin boʻlmasdi. Ammo bugungi haddan tashqari gavjumlik va unga qadalgan nigohlar fobiyasini boshqara olmasligiga sabab boʻldi. Gap shundaki uning fobiyasi odamlarga nisbatan yaʼni odam juda koʻp boʻlgan vaqtlarda shunday holatlar yuz beradi.
– Nimasi hayratlanarli ekan senda menga nisbatan fobiya bor detektiv. Hammada boʻladigan narsa - dedi va ketishga shaylanib eshik tomon yurdi.Chetda uning harakatlarini kuzatib turgan detektiv gapirmoqchi boʻlib ogʻiz juftladi.
– Umid qilamanki eski ishingni tashlagansan.
Yori uning gapidan ortiga qaradi. Choʻntagiga solib olgan ovoz yozuvchi ruchkani chiqarib unga miyigʻida kulib qaradi.
– Umidlaring puchga chiqadigan boʻldiku, - dedi va qoʻlida turgan ruchkani unga qaratib otdi.
Detektivning besh daqiqa oldin ham kostyumining ustgi choʻntagida turgan ruchkani qizda koʻrib u avvalgi ishlarini tashlash oʻrniga yanada mukammal boʻlganini bildi. Rejasi oʻxshamadi. Qotilning yuzlab qotilliklarga iqror qoldirmoqchi boʻlib olgan ovoz yozgich ham unda ish bermadi. Nahotki u shunchalar hushyor boʻlsa. Sekin qadam tashlab ketayotgan qizning ortidan qarab turishdan boshqa ish kelmay bekorga harakat qilib uni bu yerga olib kelganiga afsus chekdi.
• • •
Yori yondirgichni olib ogʻziga ilib olgan sigaretaga yaqin keltirib yoqdi. Fobiyasi anchadan beri huruj qilmagani uchun u haqida deyarli unutib qoʻygandi. Ammo bugungi voqealar sarhisobiga kelganda juda koʻp voqea boʻlib ketgandek tuyuldi unga. Ertalabdan oʻljasini yertoʻlaga keltirib yarim soat unga vaqt sarflagani u uchun odatiy hol emasdi. Odatda u nishonga olingan odamlarga buncha koʻp vaqtini isrof deb bilardi. Ammo bugun unga oʻsha odamni tomosha qilib fikr yuritishga nimadir undadi. Va bugungi fobiyasi oʻz oʻzidan qattiq huruj qilgani ham unga gʻalatidek edi. Bugun u uchun odatiylikdan yiroq kun boʻldi.
Ufqdan quyoshning olovrangga kirib borishini tomosha qilib turib,bugun uchrashgan bir yarim yil oldingi tanishini esladi.Detektiv u bilan eng koʻp suxbat olib borgan kishi hatto bir birlarini oʻldirib qoʻygudek yomon koʻrsa ham. Yodida oʻsha paytlar uni salkam oʻdiray degandi...
Tutatib tugatgan sigaretasini pastga tashladi allaqachon qorongʻu tushib qolgani sabab tomga olib chiquvchi zinadan uyi tomon tushdi. Uyiga kirib stol ustida sochilib yotgan suratlardan birini oldi. Rasmni hali ustini koʻrmasdan turib orqasiga razm tashladi.
– Takeda Ryuji 05.02-sana uchun. Nomaʼlum shaxsdan pul hisobga tushirilgan.
Yori izohni oʻqib tezda rasmni ortiga oʻgirdi. Shu zahoti qoʻlidan rasm pastga tushdi.
– Nahotki u boʻlsa yoki adashyapmanmi, - Hayratdan katta katta boʻlib bir paytlar burchakka otib qoʻygan xatjildni qidira boshladi. Stol ustidagi rasmlarni sochib xatjild ustidagi ismlarni bir bir koʻra boshladi.
– Shu yerda boʻlishi kerak axir hammasi shu yerdaku...Takeda... Takeda...Takeda...qayerda endi bu.
Qoʻliga ilingan xatjildni olib keraklisini topganidan koʻngli joyiga tushdi. Takeda Ryuji nomi tushirilgan xatjildni yirtib ochdi. Br parcha qogʻozdagi xatni oʻqiy boshladi.
–Takeda Ryuji ismli detektivni 5-fevral sanasida oʻldirilishi kerak. Hisobni sening narxingda toʻladim. Oʻylaymanki bu borada muammo boʻlmaydi. Ishonchimni oqlaysan degan umiddaman har xolda menga Samuray eng zoʻri deyishgandi. – — Romano.
Nahotki u eslay olmaydi? Romanodan olgan taklifniya . Axir Romano Italiyaning eng mashhur qotillar guruhining raxbari boʻlsa, yonida shuncha tajribalilar turganda, Yaponiyadagi bir qizga qanday buyurtma berishi mumkin? Yana unga buyurtma berish uchun kamida bir oy oldindan aytilar edi. Bugun 4-fevral buni esa biroz oldin koʻrgandi. Qiziq,uyiga kimdir kirganmikin.
• • •
Xonaning burchagidagi ish stolida oʻtirgan yigit,dalillar bilan ishlab har bir guvohning gaplarini qayta qayta oʻqir edi. Mana 2 yildirki bitta qotilning qilmishlarini oshkor qilish uchun harakat qiladi. Ammo yetarlicha isbot topa olmaydi. Bundan bir yarim oldin isbot topgandi, tergov ham boʻlgandi. Ammo oʻxshamadi. Uning qoʻlidan osongina chiqib ketdi. 10 yillik detektivlik tajribasi shu joyidayoq yoʻqqa chiqqandi oʻsha paytda. Topshiriq bekor qilingan boʻlsada u izlanishdan toʻxtamaydi.
Komputerda "Saito Yori"nomli faylni ochib koʻzdan kechira boshladi. Deyarli bu maʼlumotlar u uchun yod boʻlib ketgan shuni ham oʻzi toʻplagan aslida. Oxirgi tugagan joyidan qoʻshib qoʻydi. "Uning Agrofobiyasi bor odamlar gavjum joylarda huruj qila boshlaydi. Alomatlari:nafasi boʻgʻilib hansirab,boshi aylana boshlaydi tezroq odamlar orasidan ketmasa nafas ola olmay qolishi yoki hushidan ketishi mumkin".
Soʻzlarini yakunlab koʻzini ishqalab qoʻydi. Endigina 30dan oʻtgan boʻlsa ham koʻrish qobiliyati allaqachon sustlashib qolgandi. Ammo haligacha koʻzlarini shifokorga koʻrsatmaydi. U uchun koʻz shifokoriga borish qarilikni boʻyniga olishdek gap. Aslida yoshi oʻtib borayotganini biladi shunday boʻlsa ham oʻzini navqiron yosh yigit dek tutadi.
Stulni orqasiga qoʻyib koʻzlarini tin oldirmoqchi boʻldi. Shu bilan qanday uxlab qolganini ham sezmadi.
Nim qorongʻulik aks etgan osmonga qarab sigaretasini tutayotgan Yori bogʻliq holda hali ham uxlayotgan qurboniga qaradi. Unga uzoq tikilib turib,oyoqlari yordamida tepdi. Oʻziga kelgan yigit boshi aylanib koʻzini arang ochdi.Kechagina hujjatlar ichra qalashib yotgan ishidan bu 157 qavatli bino tomida paydo boʻlib qolishi aqlga sigʻmas edi.
– Saito Yori.
Uning koʻzlari hayratdan katta katta ochildi. Oʻrnidan turmoqchi boʻlganida chirmoviqdek chigallashtirib boʻgʻlangan arqonga koʻzi tushdi. Hali ham sukutda unga qarab turgan qizga olazarak koʻzlari bilan qaradi.
– Saito nima qilmoqchisan? Tongda chap tomonini bilan turdingmi?
Yori miyigʻida kulib unga yaqin keldi.
– Saito emas Samuray deb orqaga qilib turgan qoʻlidagi toʻpponchani sal oldinga surdi.
Ryujining ichidan alanga misol jaxl va gʻazab kela boshladi. Jaxli chiqishiga sabablar juda koʻp lekin aynan qaysi ekanligini hatto oʻzi ham bilmaydi. Ayni damda qalbi singandek his qilyapti oʻzini. Balki bu qarshisidagi qotilga yetarlicha ishonch berib qoʻyganidandir.
–Qanday oʻldirishni rejalashtirding yoki bu qoʻrqitishmi?
–Senga qanday usulda oʻlish qulay boʻlsa shunday qadrli chala detektiv.
Ryuji alam bilan kulib jim qoldi. Hozirgi vaziyatda baribir qoʻlidan hech narsa kelmaydi. Jimgina oʻlimini qabul qilish eng yaxshi qaror edi chunki birgina qochishga yoki qutulishga qilgan harakati yer bilan bitta boʻlib ketishiga olib kelishi mumkin. Yori toʻpponchani chiqarib uning peshonasiga tiradi. U hali ham qimir etgani yoʻq hattoki boshqalar kabi bir titrab ham qoʻymadi. Yoriga bu juda qiziq tuyulyapti. Uning oʻlimdan ham qoʻrqishiga yoʻl qoʻymaydigan gʻururi va jasurligiga tan bermasdan iloj yoʻq edi.
–Kimga shunchalik yomonlik qilgan edingku seni tanlashdi? - dedi unga yaqin oʻtirib.
–Bilmayman.
Yori hech qachon topshiriqlarni bajarayotganda bunday hissiy qiyinchilikka duch kelmagandi. Hozir Ryujiga qarasa uning sovuq va qatib qolgan ifodasi biroz boʻlsa-da mujmal hislarni bera olyapti. Gʻalati...juda chalkash uni oʻldirishni istamaydi ammo tan olmaydi ham.
U toʻpponchani Ryujining boshiga tiradi u hali hanuz oʻsha savuq ifodasidan siljigani yoʻq.
–Faqat bugun vaqting bor - dedi Yori tilga kirib.
–Ketishni istaysanmi?
Ryuji unga qaradi. Miyyasining chakkasiga tiralib turgan toʻpponcha endi uning peshonasiga oʻtgandi.
–Qochish niyatim yoʻq oʻldir.
Yori tishini labiga qattiq bosdi va oʻrnidan turib toʻpponchani oʻqladi.
–Soʻngi soʻzlaring...
Boshini biroz qimirlatib qoʻygach bir nuqtaga termulib turgan yigit hali ham peshonasiga oʻq joylanmaganidan tepaga koʻz tashladi. Boʻyniga pichoq tiralib toʻpponchani unga qaratib turgan Yorini koʻrib hayratdan qotdi.
Yorining ortida bir qotil, qarshisida esa uning qotili...bir zumga tin olgan miyyasiga necha xil oʻy keldi. Qizning ortidan turgan erkak pichogʻini ichkariroq botirdi. Bu Ryuji uchun tub burilish edi. Axir har doim ham bunday odamning jonini sugʻurib oluvchilar, bir paytda kelib qolmaydi.Qiziq joyi shuki, biri ikkinchisini, ikkinchisi esa oʻzgasini oʻldirmoqchi. Ammo shunday chigal holatda ikkisi ham hotirjam.
– Oldinga yur.
Vanihoyat uning hunuk ovozi eshitildi. Pichoqni Yorining bizga qattiqroq tirab uni oldinga itardi. Shundoq ham tomning chekkasida oʻtirgan Ryujini yoniga turgʻazildi u.
– Nima istaysan dedi Yori boʻgʻiq ovozda.
– Oʻlimingizni...