March 8

HUNTER | OVCHI

Hech bir go'zal sen kabi bo'la olmaydi, xoh u farishta bo'lsin, xoh o'zgasi

- Birinchi bob -

Men vampirlar ovchisi va qotiliman.
6 yoshimdan beri suyukli otam tomonidan tarbiya qilindim. Har qanday uslub yo'nalish va vampirlar haqida bo'lgan narsalarni 13 yildan beri o'rganib kelaman. Ular haqida faqat biz kabi maxsus xizmatdagilar '' Vampir ovchilari'' bilishadi xolos. Bu xizmatga dadam asos solgan aslida, shu sabab ham men mana shunday narsalar ichida o'sdim.Boshqalar kabi faqatgina oddiy dunyo mavjud deb emas har qadamda vampirlar oyog'im ostidan chiqishi mumkin deb ulg'aydim.

Dadam biznes sohasiga avlodlardan o'tib kelgan bo'lsada qiziqmagan ammo o'zi bilmagan xolda '' Vampir '' biznesiga asos solib qo'ydi. Bu voqealar,dadamning harakatlari qachondan boshlangani aniq ma'lum emas. Bilishim bo'yicha, men tug'ilishimdan 4 oy ilgari onamga kichik vampir hujum qilgan va uni shikastlagan.Uni o'ldirishi ham mumkin edi ammo dadam kelib qolgani sababli bunga chek qo'yilgan va u o'sha mitti hayvonotni o'ldirgan.Aytishlaricha shundan so'ng u juda ko'p vampirlarga duch kelgan, hatto o'lishiga oz qolgan. Onamning qonidan totigan vampircha o'z zahrini uning bo'ynida qoldirgani sabab unda ham vampirlarga xos alomatlar kuzatila boshlagan.Men tug'ilganimdan so'ng esa u o'z joniga qasd qilgaN . . . Shu tariqa men kuchli himoya ostida 6 yil yashadim undan keyin esa o'zimni himoya qilish uchun dadamning yoniga o'tdim.

Avvaliga tushunmasdim..hammasini sekinlik bilan anglab yetib bu mahluqotlarga nisbatan kuchli nafrat hissi uyg'ondi.Men har qanday turdagi vampirni o'ldirdim..kattasini ham kichigini ham hatto kasalini ham. Ular o'lim oldidan menga qattiq yolvorishadi...farzandlari, oilasi borligi haqida bir dunyo qo'yib yuborishim uchun sabablar keltirishadi.Lekin men qo'yib yuborib huddi otamdek hech qachon xato yo'l qo'ymayman!

Dadam bundan 2 yil avval 17 yoshimda vafot etdi. . u vampirni uyda bolalari kutib turgani haqidagi yolg'oniga uchib qo'yib yuborganida, to'satdan hujumga uchragan va shu zahotiyoq jon taslim qilgan. Dadam haqida eslash men uchun bir zavqli bo'lsa bir qayg'uli. U Jozef Hunter judayam zabardast inson edi. Sochlari metalldek tim qora va yuziga tushib turardi. U ham vampirlardek qarimasdi go'yo..mening dadam desam hamma hayratda qolardi va akam deb o'ylaganlarini aytishardi. Mendan farqli ravishda ko'zlarining rangi ham tim qora bo'lgan meniki esa huddi onamnikidek och jigarrang. Uning hayoti mana shularga sarflandi. Arzimas hatto his tuyg'uga ega bo'lmagan la'nati vampirlarga! Ular sabab ikki tog'imni ham yo'qotganman shu sababdan ham ularga nisbatan nafratim juda kuchli.

Men ularni shu paytgacha 78 tasini o'ldirdim va bu ''Vampir ovchilari'' orasida rekord natijada turgan hali ham shunchasini o'ldirgan bo'lsamda, o'lib ketmagan yagona insonligimcha turganimni anglatadi. Ha. . .ularni birortasini o'ldirish ham yana 3 - 4 tasiga bas kelishing kerakligini va uning urug' aymog'i seni ta'qib qilishini bilddiradi. " Vampir ovchilari " ning ko'p qismi shu sabab ham o'lib ketadi.

Men har doim qurollangan tarzda yuraman.Old tarafimning yon qismida pichoq, orqa tarafimning shimimga qistirilgan joyida esa to'pponcha. Biz har doim qurollarimizga bronza aralashtiramiz. Pichoqlarga va to'pponchaning o'qlariga va kerak bo'lsa tirnoqlarga ham. Bronza ularning zaif tarafi agar uni oddiy pichoq bilan xohagan joyiga 12 marta ursangiz ham o'zini regenratsiya orqali tez fursatda tiklaydi. Lekin bronza bilan bir marta yuragiga zarba berishning o'zi yetarli bo'ladi ular shu zahotiyoq jon taslim qiladi. Vampirlarning tanasida qon bo'lmaydi shuning uchun ular insonlar qonidan ichib o'zlarini qon bilan to'ldirib turishlari zarur. Bronza suqilganda esa ular tanasidagi qonni yig'ishga to'sqinlik bo'lib, regenaratsiya amalga oshmaydi va tanasidagi bor qon chiqib ketadi. Umuman olganda ularni shunchaki och qoldirib ham o'ldirish mumkin.

Har kuni dadamni o'ylayman. . .u bilan o'tkazgan xotiralarimni. . va uning o'limini. Uni o'ldirgan vampirni dadamning janozasi o'tmasdan oldinoq gumdon qilganman. Haqiqatdan ham uning bolalari bo'lgan ammo men ularning oilasini bir varakayiga o'ldirdim. Aslida, menga bitta vampir bilan shug'ullanish to'g'ri keladi. O'sha paytdagi vaziyat taqozosi bilan esa hammasini yo'q qildim.

Tunlarimning ko'p qismi hayotimni tahlil qiliosh bilan o'tadi.Ba'zida esa o'zimni depressiyaga yuz tutgandek his qilaman. Shu o'yni hayolimdan o'tkazishim bilan esa o'rnimdan turib ketaman. " Men hech qachon taslim bo'lish kuyini chalishim kerak emas! Men juda kuchliman! Zaif emas " - O'zimga o'zim doim takrorlayman. Hatto hozir ham. . .

Oy shulasiga termulib o'tiribman. Bugun Los Anjelesning chekkasida oy to'lin bo'lib nur sochmoqda. Bahorning so'ngi kunlarida bo'lganimiz sabab tun ham biroz issiq ammo mayin shabada esib yuzlarimni siypalayapti. Bu juda rohatbaxsh..
Chanqoqlikni his qilganim bois pastga oshxona tomon zinalardan harakatlandim. ichkariga kirib iliq suvdan stakanga quyib endigina og'zimga ko'targan edim hamki yonimda shitirlash eshitib to'xtadim. Yurgaimni vahima chulg'ab oldi. Keyingi soniyalarda esa yonimdan sharpa g'uvvilab o'tganini payqashga ulgurmay qo'limdagi stakan yerda chil - chil bo'lganini ko'rdim. Endi rostmanasiga aqlimni yig'ib, shimimni orqasiga qistirilgan to'pponchani sekinlik bilan ushlab, atrofimni zimdan tekshira boshladim. Yana bir bor soya o'tib ketgach esa to'pponchani yuzimdan ustidan chiqardim.

— Sevgilim, to'pponchani tushirishing mumkin. Seni yeyish niyatim yo'q, - huddi uzoqlardan eshitilgandek ovoz quloqlarimni qamrab oldi. Xirillagan ammo haddan tashqari yoqimli yo'g'on ovoz. Ichim titrab ketgandek his qildim o'zimni.

U gapirganidan keyin aqlim o'zimni tark etay dedi ammo yuzimni o'sha holatda saqlab to'pponchani yanada qattiqroq siqdim.Tan olaman qo'rqdim. Chunki bu mening uyim hech bir vampir bu yerni bilmagan va hatto kira olmas edi. Ammo bunisi meni qanday topganiga qiziqaman. Balki uning biror yaqini o'ldirganim uchun qasos olish uchun kelgandir.
— Bu yoqqa chiq ! - baqirdim men. U atrofimda soyadek ikki - uch marotaba aylangan bo'ldi. Uning mazahona kulgusi quloqlarim atrofida jaranglardi. G'azabim shu qadar kuchli ediki, qo'llarim to'pponchani siqib tashlagandi.
— Sevgilim, chiqsam nima qilishingni ikkimiz ham yaxshi bilamiz shunday emasmi? - yana uning o'sha g'alati ovozi eshitildi. Ichimgacha kirib borgan sovuqlikdan biroz to'xtab qoldim. Aqllilik bilan ish tutish kerakligini o'zimga o'zim ta'kidlardim. Bu vampir, uni aldash oson kechadi.
— Yaxshi, agar chiqsang senga hech nima qilmaslikka va'da beraman - asabiylikdan aqldan oza boshlagan bo'lsam ham unga iloji boricha odatiy holda gapirishga harakat qildim. U jim qoldi. Menimcha aytganimdek uni ham aldash oson.
— Mmm. . .ayollarning va'dalariga unchalik ham ishonib bo'lmaydi. Qani buni isbotlash uchun to'pponchani tashla, - yaramas! U o'ylaganimdan ko'ra pishiqlik bilan harakat qilyapti. Qo'limdagi qurolni o'zimdan sal nariga tashladim.
— Bu ancha yaqin masofa. Hisob kitoblarimga ko'ra men chiqqan zahotim yana qaytib qo'linga olishinga 2 soniya ham vaqt ketmaydi, - uning ovoz to'nida umuman havotir yo'q qanddir sovuq va mazahona. Asablarim taranglashdi. Ovozidan aniqlab shartda o'q uzishim mumkin edi, lekin uning ovozi har qayerdan jaranglayapti.
To'pponchani zarb bilan tepib yubordim. Mendan qancha nariga uchib tushganini bilmayman. Endi u yerga qo'lim yetmaydi, vaqtim ham. Boshqa rejaga o'tish kerak.
U qilgan harakatimdan sekin kulgu chiqardi.
— Barakalla, aqlli qizcham. Qani endi, ichki cho'ntagingdagi hanjarni ham huddi shunday uloqtirib tashla - miyyam o'zimga bo'ysunmay qoldi. Nafasimni qanday ichkariga tortganimni bilmayman ham. U qanday qilib bu haqida bilishi mumkin axir. Harakatdan to'xtadim bunday qila olmayman. Chiqmasa shunday tezligi bilan meni o'ldirib ketishi hech gap emas. Agar chiqadigan bo'lsa ham menda qurol yo'q. Qanchalar zaiflik!
Taqdirga tan bergan xolda, hanjarni chiqardim. Ustidagi o'yib tushirilgan " S.H' harflariga tikilib uni ham yerga tashladim. Vanihoyat, uning qadam tovushlari eshitila boshladi. Bitta, ikkita va uchinchi qadamni bosgandan so'ng bo'g'zimga nafasim tiqila boshladi. Uning aurasi o'diruvchi. .hatto nafas olishimni sustlashtiryapti.

Xonani nim qorong'ulik egallagani sabab uning yuzi hali beri ko'rinmadi. Ammo shuni aytishim mumkinki, tanasi chidam bo'lmas darajada kelishgan. Qadamlarini shoshilmay bosib, har yurganida yuragimni taka - puka qilib yuboryapti. Men undan qo'rqanim yo'q u qadar ammo oddiy kelishi shunday hissiyotga berilib ketishimga sababchi.
Yaqinlashgani sayin ortga tisarila boshladim. Oxirgi qayergada to'xtashim noma'lum.Oyoqlarim o'z - o'zidan qaltirab yurishda davom etyapti. Uning yuzi ko'rina boshladi. Sochlari tim qora bo'lib bo'yniga biroz tushib turardi. Yuzi mukammal tuzilishga ega edi go'yoki bu vampir emas go'zallik timosli. Ko'z botiqlari pastga biroz qayrilib to'xtatagan qorachiqlari esa zulmat kabi qora. Unga qaraysan - u domiga tortib ketadi seni. Lablari nim pushti, jag' suyaklari esa bo'rtib chiqqan, og'zini ochganida esa ko'rishim mumkin bo'lgan narsa uning vampirligini eslatuvchi ikki yonidagi uzun tishlari. Boshqa vampirlarnikidek lablaridan chiqib turmaydi, shunchaki kulganida bazor bilinadi. Unga qarab vampirligini ham untasan kishi.

Scarlet hunter


— Bilaman juda ham kelishganman - dedi u g'urulangan ohangda. Shunchalik uzoq termulganimdan yuzimga shunchalar yaqin kelganini ham sezmadim. Bir muddat aqlimni yo'qotib qo'ydim. Ey xudoyim! U vampir! Vampir! Qanday es hushimdan ayrila olaman.
U juda mag'rur va kalandimog'ligini bir qarashda ilg'ay olaman. Oshxona stoliga tiralib turgunimchgacha yaqinlashdi menga. Men qo'lim ortga uzatib pichoqni izlay boshladim. Soniyalarga bo'lsada jarohatlab, uni ushlab turishim kifoyda qiladi. Uni chalg'itishim zarur.
— Maqsading nima nega bu yerdasan? - tishlarim orasidan shu so'zlarni sidirib chiqardim. Uning yuz ifodasi o'zgarmadi yana o'sha miyig'ida kulgan ko'yi uzun barmoqlarini yuzimga olib keldi. Tezlik bilan boshimni undan burib, qattiq nafas oldim.
— Scarlet Hunter - u mening ismimni jaranglatib dona - dona qilib aytdi. Yanada o'sal qiladigan vaziyatga duch kelib qoldim. Qanday qilib u mening ismimni biladi. Shuncha yillar davomida hech kimga ismim haqida og'iz ochmaganman.Hattoki '' Vampir ovchilari '' ham meni shunchaki " Hunter " deb chaqiradi. Bu kelishgan mahluq qayoqdan bila qoldi. Jaxlim chiqib keta boshladi. Zaifligimdanmi yoki u boshqalarga o'xshmasligidanmi Bilmayman. . . Lekin haqiqatdan qattiq jaxlim chiqyapti.
Odatda vampirlar bu qadar tez harakat qilishmaydi, ba'zida odamlardan ham sekinlarini uchrataman ammo bunisi shamoldan ham tez ! Yana hamma narsani oldindan ko'rib bilib turibdi. Yoki u vampir emas boshqa mavjudotmi?
— Ismimni senga kim aytdi ? - yuzimni unga keskin burdim. U juda yaqin bo'lishiga qaramay, men kuchsizdek ko'rinishni istamayman.
— Buni ayta olmayman, lekin o'zimni ismimni senga bajonidil aytishim mumkin, - ovozida sovuqlik bilan birga sho'xlik ham yangraydi. Kulimsiragan yuz ifodasi esa bir paydo bo'lib bir yo'qoladi. — Ace Kaplin, mening ismim Ace Kaplin! - uzoq vaqt gapni cho'zib o'tirishni istamayman, shu sababdan men yana tilga kirdim.
— Yaxshi, Ace Kaplin! Meni yonimga kelishdan asl maqsading nima ekanini bilmoqchiman, - dedim dadil ohangda. Qo'limga allaqachon oshxona pichog'i ilingan faqatgina qulay fursat bo'lsa bo'lgani. Tanamdagi titroq hali o'tib ketmadi, chunki u hali ham menga yaqin.
Savolimga javob berish uchun u lablarini tishlab boshini egdi va qo'lini suyanib turgan stolimga tiradi. Menga shu qulaydek tuyulib, shartda pichog'ni oldinga uning bo'yniga tiramoqchi bo'ldim.
Nima bo'lganini bilmayman ammo tezda tanam bo'g'ilib qoldi. Qo'larini ishlatmasdan u meni havo bosimi bilan bo'g'ib oldi. Tepaga qarab oyoqlarim yerdan uzulgani sayin ongim xira tortishni boshladi. Bo'ynimga qo'limni olib kelib pitirchilashni boshladim. U haqiqatdan ham boshqalarga o'xshamaydi. Hozir o'lishimni hayolimdan o'tkazdim. Albatta u meni o'ldiradi, bu qilgan ishimdan so'ng esa yanada ravshanlashdi. Endigina ko'zlarim yumila boshlaganda, yengillab qoldim va pastga tizzalarim bilan o'tirib qoldim. Havo endi nafas yo'llarim uchun ochiq, undan to'yib - to'yib nafas ola boshladim. Ora - sirada qattiq yo'talishni kanda qilmasdim. Birinchi marta meni kimdir o'lim yoqasiga olib kelib u yerdan o'zi qaytarib oldi. Balki hozir o'larman yana.

Ace Kaplin

— Kechir sevgilim, haddan oshib ketdi. Senga zarar yetkazmoqchi emasdim, - dedi u qattiq nafas olib chiqarar ekan. Hozir men uni o'ldirmoqchi bo'ldim, u parvosigaham keltirmay mendan uzur so'rayaptimi? Qanday bedodlik bu?!

- Birinchi bob - tugadi. Asl muallif : Mad

Muallif : Sirelle | Gathering all my feelings in one place~🦢