January 21

Oʻsha koʻzlar

Sen bilan boʻlgan har bir narsa yoqimli. Hatto uni men haddan tashqari yomon koʻrsam ham . . .

- Oltinchi bob - Bazm.

Mashinaning toʻxtaganda chiqadigan gʻirchillagan ovoz eshitilgach, oynadan pastga qaragan Nero uning ichidan tushib kelayotgan ikki odamni koʻrib yuzi burishdi. Arkinning Renga qaratilgan nigohlari va qizning ham yigitnikiga hamohang tarzda yumshagan koʻrinishi ichiga gʻugʻula solib qoʻyilgandek loʻqqillay boshladi. Shuncha yillik doʻstini birov bilan bunday oʻzgacha qarashlarga ekani yaxshigina bezovta qilardi uni. Balki doʻsti balki..uning butun borligʻiga aylanib ulgurgan Ren, hech qachon unga bunday qaramagandek, uning munosabatlarni chegaradan oshishiga boʻlgan umidlari manashundan soʻng gʻoyib boʻlgandek edi.

U pardani yopib, devorga suyandi va koʻzlarini tepaga qaratib chuqur uh tortdi.

Ren ichkariga kirib, ustiga tashlangan yigitning kostyumini u bilan barobar kirgan Arkinga tutqazdi. Yigit qoʻliga olar olmas, tez qadamlari bilan oshxona tarafga ketayotgan qizga ogʻzi ochilib, qarab turdi. Birdaniga hayoliga kelib ketgan savollardan oʻzini oʻnglab, tomoq qirib oldi.
– Hoy, sendan soʻramoqchi bilganlarim bor edi, - dedi Arkin Renga murojaat qilib.
Qiz ortiga oʻgirilib, qoʻlida "ortimdan yur" degandek ishora qildi.
Qadamma-qadam ergashib, ikkinchi qavatga olib chiquvchi zinalardan birga chiqa boshlashdi.
– Agar sir boʻlmasa aytchi, tushlik qilgani borganimizda nimalarni yozib olayotganding, - dedi Arkin unga bir qadam tashlab yetib olib.
– Axir aytdimku, boradigan joyimiz eng mashhuri ekanini - dedi Ren havsalasiz ohangda. – Demak uning ustun va bizda yoʻq taraflarini yozib olishim kerakmi? Men anashularni yozib oldim.
Arkin qoshini koʻtarib bosh irgʻab qoʻydi.
– Bilaman, lekin men nimalarni yozib olganinga qiziqaman. Menga koʻrsatasanmi? - dedi Arkin boshqacha yumshoq ohangda.
Ren telefonini yoqib izlashga tushdi. Yozuvlarni yuklashga qoʻyib, kutdi va tayyor boʻlgach yigitga yuzlandi.
– Raqamingni ber - qiz telefonini unga tutdi. Ammo u jim.Arkinning tikilib turgan yuziga bir qoʻlini siltab qoʻydi va yana gapini takrorladi. – Raqamingni ber.
Yigit uning telefonini qoʻliga oldi va raqamini bir tekis tartibda yoza boshladi. Ishini tugatgach unga qaytardi.
Ren uni saqlab olib, yozuvlarning yuklangan holatini xabar shaklida Arkinga yubordi.
– Yozganlarimni senga yubordim. Bularni yaxshilab koʻrib chiq, balki shunday oʻzgarishlarni oʻzimiznikiga kiritarmiz. Agar qoʻshimcha takliflaring boʻlsa aytishing mumkin, - dedi Ren rasmiy soʻzlash uslubiga yopishib olib.

Arkin bosh qimirlatib qoʻygach yana ogʻiz juftlashga shaylandi.
– Menda boshqa ishing yoʻqdir. Ketyapman, - Shu tushlikdan soʻng, yoki yomgʻirdan keyin Arkinda oʻzgarish boʻlib qoldi. Jim unga tikilib qoladi va dovdirab anqayadi. Qiz uning doimgi oʻzgacha harakteriga oʻrgangani sabab bu holat unga yarashmayotganini his qildi. Qattiqlik sovuq va qoʻpol boʻlsa ham, qoʻlidan bir ish kelmaydigan ahmoqdek yurgandan koʻra yaxshi.
– Ha, men ham oshxonaga kirib yigitchaga qahva damlatmoqchiman, - dedi nihoyat tilga kirib.
Ikkisining ham yoʻli bir ekan, birgalikda keta boshlashdi.

• • •

2 haftadan soʻng.
Bayramga hozirlik koʻrayotgan mehmonxona xizmatchilari kechki soat 8 ga tayyor boʻlishi kerak boʻlgan bu tezlikda uyushtirilayotgan bazmni qanday taxt qilish boʻyicha aqllari shoshib qoldi. Yangi boshliqning tugʻilgan kuni hamda haqiqiy munosib vorisdek Kianlarning barcha mol mulkini qabul qilish kuni edi bugun. Bunday ahamiyatga ega kunni nega buncha tezlikda qilish kerak ekanligi haqida boshi qotib qolganlar anchagina.
Mehmonxonaning ichki dizayni oq va qaymoqrang aralashuvi natijasida yuzaga kelgan boʻlib, mehmonxona egasi vintaj uslubini yoqtirishi yaqqol bilinadi. Haddan tashqari keng zalda, xodimlar oq rang klassik uslubdagi formalari bilan bu yerni yanada yorqinlashtiradi.

Devorga yopishtirilgan oyna qarshisida turgan qiz yelkasidan arang tushib turadigan jingalak sochlarini ikki yonga yoyib oʻziga nazar tashlab qoʻydi. Uni har tarafdan kuzatayotgan Nero haqiqatdan ham bu oʻzi ekanligiga ishonqiramasdi.
– Bu rostdan ham men bilgan Renmi? - Neroning ovozi va yuzi hayratlanganidan gʻayrioddiy tarzda burishib gʻalati ifodani shakllantirgandi. Ren qorachiqlarini bir unga tashladiyu kinoyali jilmaydi.
– Boshqasi boʻlganda sen bunday turmasding, - Qizning zaxarhanda ovozi yangragach, Nero bu ekanligiga amin boʻlib chuqur uh tortdi. – Bu qadar hayratlanishga hojat yoʻq. Shunchaki bazmga tayyorgarlik koʻryapman xolos, - Neroning koʻzlari katta katta boʻlib ochilib ketdi. Uning gaplarini hazm qila olmay, koʻzlarini qisdi.
– Bu bazm kim uchun boʻlsa, sen ham u uchun tayyorgarlik koʻryapsan - dedi u hazil qilgan ohangda. Albatta, oqibatlarini oʻylamay gapirdi desak notoʻgʻri boʻlar. U biladi hozir ogʻzidan olov purkaydigan ajdarhoga duch kelishini.
Nero qoʻllarini bir-biriga birlashtirib, gʻolibona nigohda orqaga oʻgirilidi - yu juftakni rostlamoqchi boʻldi.
– Hoy sen! - Renning baqiriqli ovozidan Nero turgan joyida qotdi. – Sen nega ogʻzinga erk beryapsan-a! - Bu safar yigit unga qaradi. Qaradi-yu yonib ketayotgan qaqnus qushiga duch keldi.
" Tamom boʻldim " Nero hayolidan shu gaplarni oʻtkazishi bilan, boshi qizning qoʻllari orasiga qisildi.Ren unga boʻyi yetmagani sabab beligacha sindirgudek uni egib, sochidan qattiq torta ketdi.
– Hoy hoy boʻldi - Neroning boʻgʻiq ovozi eshitildi. Bu holat u uchun ham kulgili ham gʻalati holat edi. U qizlar tugul yigitlardan ham kaltak yeb yuradiganlardan emas. Ammo boshqa qizlardan 180° ga farq qiladigan doʻstiga kelganda hammasiga koʻnuvchan boʻlib qoladi.
– Yana bir marta shunday be'mani gaplarni gapirasanmi? - dedi Ren qoʻlini biroz boʻshatib, ammo uning sochidan qoʻyib yubormay.
Nero birdaniga qattiq ovozda kulib yubordi. Uning kulgusi baxtiyorlikni shunchalik yaxshi ifodalardiki, hatto Ren ham uni jinni boʻlib qoldi deb oʻyladi. Sekin qizning qoʻlidan chiqib kulaverganidan yosh chiqib ketgan koʻzlarini artib qoʻydi va nigohlarini ola qarash qilib turgan qizga olib oʻtdi.
Unga qaradi-yu kulgusi yana yangradi. Bu safar jilmayish bilan kifoyalanib, devorga suyanib oldi.
– Notoʻgʻri tushunma. Shunchaki seni yana avvalgi holatda anchadan beri koʻrmagandim, - Yigit hali hamon qarab turgan qizga nimadir kam boʻlgan deb oʻylab ikkala qoshini ham tepaga koʻtardi va orqaga endi rostdan oʻgirildi.Bir narsa yodiga tushgandek yuzini biroz qiyashytirib dedi:
– Aytgancha haligi gapim hazil edi. Bunchalik oʻzinga olma, - u yurib ketarkan yana kulib, tomoq qirib qoʻydi va u yerni tark etdi.

Xonada yolgʻiz qolgan qiz soatiga nazar tashlab qoʻydi. Allaqachon millar 18 tomon ketmoqda ammo hali ham yetarlicha mehmonxonaning restoranini tayyorlamaganidan tashvishlanayotgan qiz uh tortdi. Yana bir bor oynaga qarab qoʻyib, och moviy rangdagi koʻylagiga nazar tashladi. Koʻylakning yelkasi ochiq boʻlib bu qizga anchagina noqulaylik tugʻdirardi. Biroz pastdan boshlanib ketgan shaffof yengi uning nozik va oppoq qoʻllarini biroz boʻlsada oshkor qilardi. Koʻylakning etagi tizzasidan bir qarich pastgacha tushadi. Aslida, uzun tovonigacha tushadigan olsa ham boʻlardi ammo juda hashamatni xohlamasligi sabab buni qilishni maʼqul koʻrmadi.

Bir tekisda toʻgʻrilanib olgach, eshikdan yurib, sevimli boʻlishga ulgurgan restoraniga qadam qoʻydi. Hamma yugur-yugur bilan band boʻlib ketganidan hatto kim bu yerda bor-u kim yoʻqligini sezish qiyin kechmoqda.
Dovdirab u yoq-buyoqqa qarayotgan qiz koʻzlari bilan doʻstini izlay boshladi. Tez harakat bilan yugurib oʻtib ketayotgan xizmatkor uni turtib yuborishi natijasida,biroz ortga siljib ketdi. Yerga yiqilishini kutgandi ammo ortida turgan Arkin sabab unga tiralib, xavfdan holi boʻldi.
Choʻntagiga qoʻlini solib turgan yigit bir urinishda bazoʻr tiralib turgan qizni joyiga qaytardi. Uning yonidan oʻzining taxtasifat hissiyotsiz yuzi bilan oʻtib ketdi.
Ren uning ortidan yaxshigina qargʻab olib, naq ikki soat toʻgʻrilashga sarflagan kiyimining etaklarini bir siltab qoʻydi.
– Laʼnati oʻzini kim deb oʻylayapti. Hokimni oʻgʻliman deb kekkayishini - Ren pianinosining zal markaziga olib chiqilganini koʻrib hayron qoldi. Axir u bugun chekkaroqqa orkestr bilan kuy ijro etishi kerak emasmidi.
U alanglagunicha qoʻlining orasidan oʻtkazilgan qoʻllar sabab bir choʻchib tushdi. Yonidagi jilmayib turgan Neroni boshiga bir urib qoʻyib, shovqin boʻlganligi sababli qulogʻiga yaqin kelib gapirdi.
– Nero, nega pianino u yerda, - dedi u iloji boricha baland ovozda. Yigit ham uning harakatlarini takrorlab, qulogʻiga yaqin keldi.
– Arkinning aytishi boʻyicha, dadasi seni chalishingni eshitmoqchi ekan, - dedi u eshik tomon ishora qilib.
Ren eʼtiborini u tarafga qaratdi. Eshik yonida Arkin bilan gaplashib turgan uning qari versiyasi ajinlarni hisobga olmasa bir xil koʻrinadi. Sochlarining rangi qora ammo siyraklashib ketgan, qora uzun oq yoʻllar tushirilgan koʻrinishidan qimmatbaholigi bilinib turgan kostyumi va uning ustgi choʻntagidan chiqqan gʻayrioddiy soat, u ham oʻgʻlidan qolishmagan holda klassikaga mukkasidan ketganini koʻrsatadi.
Ren unga tikilib qolgani uchun Nero biroz maʼlumot bergisi keldi.
– Thomas Kian, - pichirladi Nero. – Kianlar sulolasining haqiqiy vakili deb atashadi. Bunga sabablar juda koʻp. Misol uchun u ota-bobolari singari hokimiyatga intiluvchan va qudratli, - Ren boshini qimirlatib qoʻydi va stollarni tekshirib chiqishni istab, sekin harakatlana boshladi.

• • •
Bazm allaqachon boshlanib restoranda kulgu va baxtiyorlik ovozlari bilan birgalikda pianinoning mayin tovushlari ham yangramoqda. Zal markazidan biroz narida oʻtirgan ikki Kian ham kuy ohangidan sehrlanib, undan koʻzini uzgani yoʻq. Muhit sokin emas ammo qandaydir odamga tinchlik bagʻishlayotgandek edi. Allaqachon bazmning asosiy qismi oʻtishlari kerakligi sabab oʻrnidan turgan Thomas Kian musiqani toʻxtatishiga imo qildi. Sekinlik bilan kuchayib ketgan notadan tushgan qiz ham eʼtiborini unga qaratdi.

Markazda Arkinning qari versiyasi soʻzga chiqib gapirarkan, hatto uning ovozlari ham u bilan bir xilda qatʼiy edi ammo samimiy va kulgu bilan birga aralash chiqadi. Arkinga esa bunday holat kamdan-kam uchraydi.
– Tugʻilgan kuning bilan oʻgʻlim. Mana 30 yoshga qadam qoʻyding shu bilan birga Kianlar sulolasining ogʻir yukini ham yelkanga olyapsan. Men ishonaman sen buni aniq uddalaysan, - Thomas unga qarab turgan oʻgʻliga jon kuydirgan boʻlib tabrikladi. Qoʻli bilan yoniga chorlab, oʻzi mehmonlar orasiga bir nazar tashladi. Arkin vazmin qadamlari bilan yurib kelar chogʻi, pianinoga qoʻlini suyab oʻtirgan qizga oʻtkir nigohlarini tutib oʻtib ketdi.
– Raxmat dadajon, albatta ishonchingizni oqlashga qoʻlimdan kelganicha harakat qilaman, - Arkin soʻzida toʻxtalish qildi. – Sizning gaplaringiz balki, butun avlodlarimizning ham pand nasihatlariga amal qilaman. Va shu oʻrinda kelgan barcha mehmonlarga raxmat aytaman, - u kulib nutqini yakunladi.
Thomas xursandlik va faxr tuygʻusini his qilib, mamnun jilmaydi. Endi uning koʻzlari pianinochini izlaydi.

va faxr tuygʻusini his qilib, mamnun jilmaydi. Endi uning koʻzlari pianinochini izlaydi.
– Xuramatli mehmonlarimiz, bizda pianinochimizdan ajoyib tuxfa bor. Diqqatingiz markazida, "Turk marshi" kuyi mujassam, - Thomas Renga boshla degandek imo qildi. Ammo kuy nomini eshitishi bilan qotib qolgan qiz nima qilarini bilmay qoldi.

Unga aslida boshqacha maʼlumot berishgandi, "Turk Marsh"iga emas, Shopinning "Bahor Valsi"ni ijro qilishini tayinlab aytishgandi. Ammo nega aynan bu kuy. Ustiga ustak bu eng qiyinlaridan bir boʻlsa...boshqasi boʻlganda ham eplasa boʻlardi.
Thomas bir qarab boshini qimirlatib qoʻygach, yanada sarosimaga tushib Arkinga qaradi. Uning yuzidan koʻrinib turibdiki, u ham bilmagan bunday boʻlishini. Narigi tarafda barmoqlarini qattiq siqib turgan Nero esa Rendan battar asabiylashib tishlarini jagʻiga qattiq bosib olgan. Endi qoʻlini koʻtarib vaziyatni oʻz qoʻliga olaman degan edi hamki, Arkinning ovozi uni bosib ketdi.
– Qarshi boʻlmasangiz men ham bu kuyni sinab koʻrmoqchiman, - dedi Arkin kutilmagan yangilik qilib. Dadasi yaxshi degandek bosh silkidi. Yigit Ren tomon yaqin kelib uzun pianino stoliga joylashdi. Yopib qoʻyilgan pianinoning ustini sekinlik bilan koʻtarish davomida pichirlab Renga gapirdi.
– Tugʻilgan kunimga hatto bitta tabrikni koʻp koʻrding. Manashu birga chalgan kuyimiz balki men uchun unitilmas sovgʻa boʻlib qolar, - Arkin baʼzida faqatgina Renga koʻrsatadigan tabassumini yuzida jilvalantirdi.

Yigit qoʻlida bir ishorasini qilishi bilan ikkisi ham oʻziga ajratilgan tomonlarda barmoqlarini raqsga tushgandek harakatlantira boshlashdi. Arkinning bunchalik mahorati borligini kutmagan Ren baʼzida unga qarab qoʻyib, tez chalinishi kerak boʻlgan joyida eʼtiborini klavishlarga qaratardi. Yigitning uzun va jozibali barmoqlariga chalgʻib qolishdan choʻchib iloji boricha u tarafga qarashni kamaytirdi.
Arkin biroz surilib, Ren qoldirib ketay degan notani bosib ketdi. U tugʻilgan kunidan juda ham mamnun. Mol-mulk unga oʻtganidan emas, manashunday kuyni bir stolda oʻtirib "u" bilan chalayotganidan...
– Hoy, ismingni maʼnosi nima? - hali tugatishmay turib, beʼmani savol bergan Arkinga oʻqrayib qaragan qiz oʻlim nigohlarini koʻzlariga koʻchirdi.
– Agar bitta xatolik ketadigan boʻlsa ham seni oʻzim oʻldiraman,ishonaver - Ren unga zaxarhanda kulgusini qilib oxirgi daqiqalarda kuyni yakunlashga shaylandi.
Naqd 4 daqiqa davom etgan musiqa sadosiga mahliyo boʻlgan odamlar, birgina uni emas birgalikda harakat qilib chalishgan pianinochilarni ham olqishlashdi.

  • - Oltinchi bob - tugadi.

•Sirelle|Gathering all my feelings in one place~🦢