January 22

Oʻsha koʻzlar

Oʻsha koʻzlar men uchun oʻzga bir olam edi...

-Birinchi bob- Yoʻqotish.

Yomg'ir tinmay yog'ib atrofni yurib bo'lmaydigan darajaga keltirayotgandi.Hamma uylariga qochib kirish bilan ovora bolgan bir paytda, yuzini hamon yomg'irga tutib turgan qiz faqat uni his etishni istab shalabbo bo'lishni hayoliga ham keltirmay turardi.Ko'chada deyarli hech kim qolmasada hali ham u yerdan ketmay chuqur nafas oldi.
-Qanday ajoyib. Bugun meni eng yomon kunim bolsa ham kichik narsalar shu kunni baxtli onlarga aylantira olyapti.Yomg'ir yog'yapti ustiga ustak odamlar meni yolg'iz qoldirishga qaror qilishibdi deb jilmayib qo'lini tomchilayotgan yomg'irga tutdi.
Hozir unga hech kim halaqit bermasayu, shu yerda haftalab yomg'ir ostida qolsa.
-Ren... Ren bu yoqqa kel.
Ismini eshitgan qiz hech qachon uni tinch qo'yishmasliklarini bilib ortiga qaradi. Akasi. Unga qo'lini ko'tarib soyabon tutib turardi.
Hozir uni jaxli chiqqan bolsa ham uni chaqirgan odamga jaxl qila olmasdi.
U akasiga qarab jim hech qanday ifodasiz tikilib qoldi. Ko'zlari yoshga to'lib, unga qaradi.Uning sokinlik aks etgan tinchlantiruvchi ko'zlari mehrga tolib toshib turadi.Koʻzlariga qarab mehr koʻlida choʻmiladi u.Hozir Ren borib akasini bag'riga otilib uni hech qachon qo'yib yubormaslikni istaydi. U hech qachon hayotidan chiqib ketmasligi uchun uni mahkam ushlab qoyib yubormaslikni istaydi.
-Azizam sovuqqotib kasal bo'lasan axir uyga kiramiz kel dedi uning ustiga kiyimini tashlab.
-Davi...
-Mening atom bombamni kim shunchalar xafa qildi. U bombadan bulutchaga aylanib, akasining bag'rida yig'lashgacha boradigan darajada muxim odammi dedi qizni sochlaridan silab mayin jilmayib.
Davian yana jilmaydi.-Menmi men nima qildim bulutcham. Atom bombasidek tez portlab ketadigan qizni yig'lashiga sabab bola oladigan darajada kim ekanman men.
-Davii... nega aytmadingiz nega.Nima uchun hech bo'lmaganda menga aytmadingiz.Umringiz shunchalar qisqa qolganda...bunday qilish...Davi dedi Ren piqqillab yig'lab, uni yanada mahkamroq quchdi.
-Demak bilibsanda,kordingmi ketganimga qancha arazlab yurganding.Menda sabab bor edida bulutcham dedi Davian xotirjam ovozda.
-Qanday bunchalar xotirjamsiz. Nega o'layotgan bolsangiz ham kulib turibsiz aka...biror narsa desangizchi.Davolanmadingizmi,agar aytganingizda davolangan bolardingiz sizni yo'qotishni istamayman,meni sizdan boshqa yaqinim yoq bilasizku.
Ren kiyim javoni yoniga borib kiyimlarini yig'a boshladi. Hozir u faqat uzoqroqqa akasi bilan ketib,oz fursat bolsada vaqt o'tkazishni istardi.Uning umri yetgancha shaxar kezishni istadi.
O'zini bosh qo'yib chuqur nafas oldi va xonasidan chiqib akasini xonasi tomon keta boshladi.Xonani eshigini ochgandagi manzaradan qotib qoldi.Davian xonani bir chetida turgan pianinoni ustini silayotgandi.U kirishi bilan pianioni ustini yopishga narsa topolmay qoldi.
-Aka...nahotki bu-bu
–Ha~ deya jilmaydi Davian quvonchdan koʻzlari yoshga toʻlib qolgan qizga qarab.
Ren kozlariga ishonmay,maydaqadamlar bilan Davi tomon yurib keldi.Pianinoni silab kozlarida quvonch bilan unga qaradi.
-Bu osha shundaymi. Bu haqiqiysi. "Ronisch"ning asl nusxasimi.
Hozir xursandligidan shift boyi sakrashga tayyor.Bu u yoshligidan orzu qilgan "Ronisch"pianinosining asl nusxasi.Ular yosh bolgan paytlari,Davian Ren 20 yoshga kirganda olib berishini aytardi.Mana u vadasini ustidan chiqyapti.Faqat u hali 20ga tolmadi.
Ren Davianni mahkam quchib,yana pianinosini yoniga turib quvonch bilan kuzata boshladi.Uning hamma gamlari esidan chiqib ketdi.Avaylab pianinoni ochib sekin asta klavishlarini bosib ko'ra boshladi.Birma bir chiqayotgan tovushlarga entikib nafas olib jilmayib qoyardi.
-Esingdami bolaligimizda 20 ga kirsang fortapiano sovg'a qilaman degandim.Mana u faqat 20 ga kirishinga 1 oy borda.Men u paytgacha bormanmi yo'qmi hech kim bilmaydi shuning uchun ketishimdan oldin berib ketmoqchi edim dedi uni o'ziga qarab turgan nigohlarga yoqimli qarab.

-Aytmadimmi hali.Meni tanamda avj olgan kasallik yuqumli boʻlishi mumkin shuning uchun sen bilan ko'p qola olmayman. Los anjelesga ketyapman.Galivudga deb kulib yubordi.Bundan esa Ren hech qanday ifodasiz qaradi.
-Men ham sizga hali aytmadim shekili.Men siz bilan boraman.Chikagodan Los Anjelesga bir o'zi borish oson emas dedi ko'zlarini qisib.
-Men o'zim eplay olaman. Judayam xavotir olsang qo'ng'iroqlashib turamiz axir dedi havotirlangan ifoda bilan.
-Meni kulganimga ishonib,jaxlimni chiqarmang.Agar meni olib ketmasangiz sumkangizga tushib ketaveraman.Agar unda ham bolmasa ketayotgan transportingizga o't qoyib yuboraman.Meni yaxshi bilasiz aka dedi olim nigohi bilan unga qarab
-Nima qilyapsan deya hayrat aralash ifoda bilan sordi.
-Hozir birga nonushta qilib olamiz,undan so'ng buni olib ketish uchun alohida mashina chaqiramiz boladimi dedi tinchlantirishga urunib.
Oshxonada nonushta qilayotgan aka singilar jim edi.Faqat ovqatlanishardi.Vanihoyat sukutni buzib Ren gapira boshladi.
-Soat ikkilar atrofida airoportda bo'lishimiz kerak dedi soatga imo qilib.Airoportgacha esa 2 soatlik yo'l shunday qilib, 12ga tayyor bolib ketamiz.
-Uni olib ketish muammo bolmaydimi dedi qors ovozda.
Hadeb chaynalayotgani uchun,Davian shunchaki bosh silkidi.
Mashinada ko'chalarni kuzatib ketayotgan qiz,yuziga urilayotgan havodan ko'zlarini yumib olgandi. Tongi sakkiz bolishiga qaramay hali quyosh to'liq chiqib yubormagn va ajoyib manzara hosil qilgandi.
-Oynani yop, shamollysan dedi Davian o'qib turgan jurnalidan boshini ko'tarib.
Ren qovog'ini uyib unga yomon qarash qildiyu,oynani yopib,qollarini bir biriga chalishtirib oldi.
-Hozir deyarli kelib qoldik.Bu yerda uy sotib olganimda hatto kormagandim,endi sen bahona bir muddat osha yerda yashaymiz dedi singlisini boshini silab qoyib.
-Janob yetib keldik dedi haydovchi xirillagan ovozda.
Uyning ichida ham gullar bilan hamohang bo'lib ketgan har bir narsa.Uyga kirgan odam u yerning iforidan sarmast bolib qolar darajada ajoyib.Ikkinchi qavatga olib chiqadigam aylanma zina tutqichlariga nilufar guli naqshi tushirilgan.Birinchi qavatagi keng zalning ong tomonidan oshxona va tushlik qiladigan xonaga olib chiqadigan yo'l,chap tarafida esa issiq xonaga o'xshatib qurilgan bog'ga olib chiquvchi eshik.Ikkinchi qavatda yotoqxona va shunga o'xshash zarur xonalar mavjud bolib,Renning xonasi uchinchi qavatda joylashgandi.Uchinchi qavat deyarli bosh.Renning xonasi va u uchun ajratilgan ijod xonasi bor xolos.
Ren yuklarini olib uchinchi qavatga sudray boshladi.Davian ham kelib uning yuklari yarmini olib tepaga chiqishdi.U eshikni ochib xonasiga qadam qo'yib xuddi avvalgi xonasini eslatuvchi narsalar bilan to'lganini ko'rdi.
Narsalarini birin ketinlik bilan joylab,xonaning burchak qismidagi oynali eshikka qaradi.Uni yoniga borib sekin ochdi. Eshik uyning balkoniga olib chiqardi.Undan bogni beamlol korish mumkin,Ren ham balkonga chiqib pastdagi gozallikdan bahra ola boshladi.Bog' o'simliklarnig manbai bo'lib xizmat qilardi.Uning ortasida o'tirish uchun kursilar va stol qoyilgan.Aynan hozir Davian osha yerda boshini yerga egib otirardi.Ren uni bu holatidan kulgisi kelib baqirdi.
U javob bermadi o'sha holatian qimirlab ham qo'ygani yo'q. Ren unga biroz sinchkovlik qarab turgach qo'liga qaradiyu shu zahoti past tomon yugurdi.Uning qo'lidagi oppoq ro'molcha qonga belanib turardi.
Ren otilib bog'ga kirib Davian tomon yugurdi.Darhol yoniga kelganida uni hushsizligini ko'rib battar jazavaga tusha boshladi.Qollari ko'karib,nafas olyaptimi yo'qmi bilish qiyin edi.
-Davi Davi ozinga kel.Nimalar bo'lyapti xudoyim dedi yig'lab nafas ololmaydigan darajada.
Bo'yniga qo'lini olib borib pulsini tekshirib,jim qotib qoldi.Nafas ola olmay qoldi.Uni yurak urushi to'xtagandi.
-Davian Davian bo'lishi mumkin emas.Hoy KO'ZLARIGNI OCH! deb baqirib yig'lay boshladi.

-Akaaaa....
U butun borligini hozirgi soniyalarda yoqotdi.Uning o'likdek sovub qolgan tanasiga qarab butun hayoti ko'z oldida jilvalandi.Akasi bilan har bir otkazgan oni,har bir laxzasi oqar daryo kabi o'tib ketdi.Uni akasidan boshqa hech kimi yo'q edi.Hozir esa uni ham yo'qotdi.
Uning yuzidan silab ko'z yoshlarini oʼsha yerga joyladi.
-Hali o'lmayman deganding hali ketmayman deganding.Shuning uchun ekanda,shuning uchun meni tashlab ketmoqchimiding yaramas ko'zingni nega yumib olding bo'laqol och.Meni Tashlab ketmaaa...

  • - Birinchi bob - tugadi

Muallif: Sirelle|Gathering all my feelings in one place~🦢