THE GOVERNESS
Fransiya - Parij.
Osmonni chulgʻab olgan qora bulut,hademay yomgʻir yogʻishini koʻrsatardi. Qattiq chaqmoq, ayrim paytlarda oʻzining qoʻrqinchli ovozi bilan tahdid qilgancha yashinlarini hadeb osmonda sochardi. Mitti yomgʻir tomchilari tushishni boshlagan on, har bir inson soyabonini axtarib qoldi. Biroz tezlashgan koʻyi davom etayotgan yomgʻir bugun toʻxtamasligini bildirgancha qarsillatib chaqmoq chalishini osmonga buyurardi goʻyo.
Qop qora mashinaning ulkan bino yoniga kelib toʻxtashi bilan tushgan erkak,qarshisidagi binoga nazar tashladi.
"Service de Gouvernantes Grace" - Binoning zarxal harflar bilan yozilgan nomi bu enagalar topish uchun qulay joy ekanini bildiradi.
Eshik yonida biroz turib qatʼiyat va sovuqlik ufurib turgan nigohlarini ichkariga toʻgʻriladi. Eshikning astalik bilan ochilishidan keyingina u yerga qadam bosib,koʻzlari bilan oʻziga kerakli boʻlgan insonni izladi.
– Janob Jeon - egniga och shaftolirang kofta va yubka kiyib olgan,sal qariroq ayol unga vazminlik bilan yurib kelishi davomida,erkakning qattiq nigohlari bilan tutashdi. Darxol qilgan xatosini sezib toʻgʻrilashga kirishdi. – Kechirasiz.. Janob Angelot xush kelibsiz.
Angelot deb atalgan bu odam yuzida mamnuniyat ufurib,ayolning keyingi berishi mumkin boʻlgan takliflarini 2 kutdi.
– Bu yerga oʻtiring. - Ayol yumshoq va vazmin ohangda uni yaiqnroqdan joylashgan stolga oʻtirishni taklif qildi va erkak ham taklif qilingan joyga oʻrnashdi.
– Rasmiyatchilikka hojat yoʻq menimcha Grace xonim.
Grace miyigʻida jilmayib,boshini yaxshi degandek silkib qoʻydi.
– Hoʻsh Jung.. - Ayol biroz toʻxtab gapini toʻgʻriladi. – Edward,bu safar ham enaga uchunmi yoki meni koʻrish uchun keldingmi?
– Har doimgidek enaga uchun. Men sizga telefonda aytgan tafsilotlariga mos tushadigan qiz topilar ekanmi jamiyatingizda - U bir qoshini tepaga koʻtarib,kresloga suyandi.
– Sen juda qaysar boʻlganing kabi oʻgʻling ham shunday. Men undayini topguncha,oqarmagan sochim qolmadi. - dedi Grace norozi ohangda
– Oʻzi sochlaringiz oqku - Edward qarib qolgan ayolni ustidan kulgan boʻlib jilmaydi. Unga parvo qilishni istamay qattiq xoʻrsingan Grace, biroz narida yurgan xizmatchini chaqirdi va uni chaqir deb kirgazib yubordi.
– Men tanlagan bu safargi enaga, nihoyatda mukammal. Shaxsan oʻzimnimg qoʻlimda tarbiyalangan.
– Mukammal boʻlmaganlari nima ahvolga tushganini yaxshi bilasiz - Edward gaplariga urgʻu berib Gracening gezarib ketgan yuziga duch keldi. Oraga kelgan tarang vaziyatni qizning past ovozda tomoq qirishi buzdi. Edward nigohini bir tekis ustiga huddi Gracenikidek och shaftolirang kofta yubka kiyib olgan qizga qaratdi. Biroz qisilgan koʻzlari va nozik yuz tuzilishi koreyslarnikidek edi. Beligacha uzun boʻlib tushgan sochlari bir tekisda yigʻilgan peshonasining yoniga esa biroz kokil tushirilgandi. Edward shu onda Gracening jamiyati qanchalik tartibli ekaniga yana bir bor guvoh boʻldi.
– Edward tanish bu Emili Fleur sen aytgandek koreys tilini mukammal biladi. - Edward uning ismini eshitgach koreysligi haqidagi taxminlarni chippakka chiqib uni yana bir bor sinchiklab tekshirdi.
– Salom Emili - Edwardning qattiq ovozi koreys tilidan yangradi. Albatta u qizni imtihon qilib koʻrmoqchi.
– Salom Janob Angelot - dedi qiz bir tekis jasurlik bilan javob berib.
– Men haqimda va oʻgʻlim haqida allaqachon bilgandirsan. Sen hamma shartlarga rozimisan? - Edward u bilan suxbatni koreys tilida davom ettirdi.
– Albatta. Men allaqachon shartlar va muxim detallar bilan tanishib chiqdim. Va yagona qolgan ish sizning shartnomaga qoʻl qoʻyishingiz. - Edward qizning haqiqiy koreyslardek gapirishiga hayratlanib,Gracega qaradi.Qoʻlini uzatib undan shartnomani soʻradi. Ayol kulib,stolning narigi burchagida turgan katta faylni u tomon surib qoʻydi. Edward shartnomani oʻqimasdan ham qoʻl qoʻyib oʻrnidan turdi.
– Demak Emili Fleur,bugundan eʼtiboran uyimda yashaysan va farzandimga asosiy masʼul shaxs sensan - Emili bosh qimirlatib qoʻydi. Ichida biroz qoʻrquv bor,uning ilk ishi bunday xavfli inson bilan boʻlishi uni ancha bezovta qiladi.
U Gracening ishorasi bilan,yuklarini olish uchun tepaga koʻtarilib ketdi.
– U sizning kimingiz boʻladi Grace xonim - Edwardning sovuq nigohi unga qaratildi. Nimadirdan shubxa qilayotgandek koʻzlarini qisib,javob ber degandek bir qoshini koʻtardi.
– Umuman olganda hech kim. Lekin kichikligidan oʻzimni qoʻlimda katta boʻlgan - dedi Grace eski xotiralarini eslaagancha.
– Xonim menga enaga boʻlganingizni unutmadingizmi? Bizni uyda yashar edingiz qanday qilib unga qaraysiz - dedi Edward turgan joyidan sal yaqinroq kelib.
– Toʻgʻri.Fransiyaga koʻchganimizdan keyin sizlar bilan yashamay qoʻydim. Unda sen ham ancha uylgʻayganding.- Edward uning gaplaridan xulosa qilib, Emilining yoshi ancha kichik ekanini bilib oldi. Xujjatga eʼtiborini qaratib,u haqidagi maʼlumotni ochdi va yoshiga nazar tashladi. "Yoshi - 21 " jumlasini oʻqib,u undan 12 yoshga katta ekanidan biroz hayratlandi.
Chamadonini sudrab chiqayotgan qizga ikkisi ham qaradi. Hattoki chamadoni ham och shaftolirangda,bu ularning ramziy rangimi?
Emili Gracening yoniga kelib hayrlashish uchun qoʻl choʻzdi. Ayol uni bagʻriga tortib olganidan ikkisi ham ajablanib qoldi. Toʻgʻrida,Grace hech qachon hech qaysi enagasi bilan shunday xayrlashmagandi.
– Bir yilga ketasan-u qoʻl berib xayrlashamizmi? - Grace uning sochidan silab,biroz oʻzini nari oldi – Omad Emili Fleur!
Binodan chiqib,unga bir qarab qoʻygan qiz kechagi Grace bilan boʻlgan suxbatni esladi. Yurish davomida Gracening qanchalik Angelotlarga enaga boʻlish foyda keltirishi haqida bir soatdan ortiq nutqini eshitishga majbur boʻlgandi. Ular xavfli butun Parijda "Angelot - Farishta" nomi ostiga berkingan bu odamlarning chirkin tarixi bor deyishadi. Shunga qaramay,qanday qilib bularning hammasiga rozilik bildirganiga oʻzi ham hayron. Balki bu oʻz xohishlari emas taqdirning unga koʻrsatgan yoʻlidir.
Egasidek sovuq qora rangga burkangan mashinaga oʻtirmasdan avval uning raqamiga koʻzi tushdi."Ange0424" raqami koʻz oldida butun umrga muxirlandi. Mashinaga sekin chiqishi bilan ichkaridagi haydovchi mashina oynasini u tomonga qaratib tirjayib salomlashdi. Yoshi Edwardniki bilan teng boʻlishi mumkin boʻlgan bu insonning koʻrinishi ularnikidan farq qilib haqiqiy Fransuzlardek yuz tuzilishiga ega edi. Jingalak sochlari va biroz qoʻyilgan soqoli mavjud,kulganida esa oʻziga yarashib turuvchi kulgichlari paydo boʻladi. Bir qarashda samimiy va optimist odamligini bilib lish mumkin.
Emili ham u bilan salomlashib mashinaning bir burchagida oynaga boshini qoʻyib keta boshladi. Ertalab kallayi saxarlab turib olgani uchun koʻzini uyqu bosa boshladi.
– Nega uyimda ishlashga rozilik bildirding? Odatda buni hech kim xohlamaydi - Erkakning qattiq ovozi endigina koʻzi ilinay degan Emilini hushyor qildi.
– Bu mening birinchi ishim. Uddalay olsam ancha oʻsish boʻladi menda - Emilining ovozi hech qachon hissiyotga berilib ketmaydigan bir tekis va sovuq. Edwardniki halok emas,lekin unda oʻzgarmas ovoz bor.
– Boshqa takliflar ham talaygina boʻlgandir. Ulardan ham huddi shu foydani olsa boʻlardi - uning hadeb bir savolni turli yoʻllar bilan soʻrashi qizni biroz asablarini qoʻzgʻatdi ammo shunda ham sokinlik bilan javob berishga harakat qildi.
– Yoʻq janob adashasiz. Oʻzingiz bilganingizdek sizga xizmat qilish oson emas va men buni eplay olgan birinchisi boʻlsam qanchalik foyda kelishini tasavvur qilolmaysiz - Emili yetarlicha javob berdim deb oʻylab yana jim keta boshladi.
Mashinaning toʻxtashidan,sekinlik bilan yerga qadamlarini qoʻygan qiz,birinchi navbatda uyga qaradi. Kiraverish qismi panjaralar bilan oʻralib har 5 metrda qoʻriqchilarning saf tortishi, har qanday eʼtiborsiz insonni ham bir daqiqaga qolmay jalb qila olardi. Ichkariga kiraverishda yashil maydon va taxminan 10 metrdan keyin asosiy uy binosiga kirish mumkin. Oq marmardan ishlangan ustunlar eshik oldida qad rostlagan. Uy koʻrinishidan 5 qavatga oʻxhsab koʻrinsada aslida bir yoʻgʻi 3 qavatdan iborat edi.
Edward nigohini qizga tashladi uyni koʻzlari bilan aylanib chiqayotgan qizdan hayratini kutib turdi ammo oʻsha bir xildagi oʻzgarmas yuzga duch keldi.
Ichkari ham tashqi koʻrinishi kabi mukammal tuzilishga ega boʻlib,har bir narsa oʻz oʻrnida joylashgandi. Emili uydan koʻngli toʻlib,chuqur nafas olib qoʻydi. Uyni ichini ham koʻzlari bilan aylanib chiqish chogʻida,xoʻmrayib turgan mitti bolakay bilan toʻqnashdi. Bola taxminan 5 yoshlar atrofida boʻlib, Edwardning kichik nusxasiligidan ular ota-oʻgʻil ekanini ayta olish mumkin. Emilini hayratda qoldirgan narsa bolaning kostyum shimda turishi va qilt etmagan galstugi edi.Uning koʻzlari otasidan farqli ravishda moviy rangda ekanligidan qiz bu koʻzlar onasidan oʻtganligi haqida taxmin qildi.
U tez qadamlar bilan qizning yonidan burnini jiyirib oʻtib ketib, dadasining oyoqlariga yopishdi. Emili bolakay bilan chiqishib keta olish qiyinligi haqida oʻygʻab,unga achchiq tabassum qilib qoʻydi.
– Bu sening yangi enagang. Umid qilamanki bu safar eski hunarlarini qilmaysan - Edwardning biroz qoʻpol ovozibor ammo oʻgʻliga qaratilgan nigohlaridan mehrga joʻshib turganini sezish qiyin emas.
Emili unga yaqin keldi. Boʻyi tengi oʻtirib yuzini burib olgan tarafdan oʻziga qaratdi.
– Salom kichik Angelot. Mening ismim Emili - U qizning qoʻlini mitti qoʻlchalari bilan qattiq qisib yuzidan pastga tushirdi. U ham xuddi otasi kabi qoʻpol...
– Qoʻlingizni yuzimga olib kelmang. Zarar koʻradi. - Emili uning bolalarga xos shirin ovozini eshitib yuziga keng tabassumini oldi.
– Yaxshi,kichik Angelot. Ismlarini bilsam boʻladimi? - Qoʻlini koʻksiga bogʻlab turib olgan bola,eʼtiborini unca qaratdi. Koʻzlaridan bilish mumkin boʻlgan narsa faqat norozigarchilik va nafrat. Ancha injiq va erka ekanligi koʻrinib turgani uchun Emili yaxshi muomala qilishga urindi.
– Jorjino..Jorjino Angelot - biroz vaqt oʻtgandan soʻng uning ovozi istamaygina chiqdi. Ammo ancha dadil va magʻrurona yangraydi uning ovozi.
– Hoʻsh unda men seni Jorj deb chaqiraman boʻladimi? - Emili uning bir biriga boʻliq turgan qoʻllaridan ushlab unga kulib qaradi.
– Agar meni shunday chaqirsangiz men ham sizni Emi deb chaqiraman - Jorjning talabchan ohangi yangradi. Emili shunchaki bosh irgʻab qoʻydi. Oʻrnidan turish davomida uning yodiga tushgan xotiralardan eti jimirlab ketdi.
Emi - otasi uni Emi deb chaqirardi. Va otasidan eshitgan soʻngi soʻzi ham shu boʻlgan. Oʻsha damlar koʻz oldidan daxshatli kino kasetsidek 13 yildan beri aylanadi. Bu uni bezovta qila oladigan yagona hodisa edi.
Hushini oʻziga keltirgan qiz,boyagi haydovchini yengil kulgu bilan uning chamadonini olib kelayotganini koʻrdi va uni olish uchun biroz oldinga surildi. Qoʻliga narsalarini olgach halitdan beri uni kuzatib turgan oʻtkir nigohli ota va ogʻimga murojaat qilish uchun ularga qaradi.
– Mening xonam qayerdaligini bilsam boʻladimi?
– Yuklaringni xizmatchilar oladi. Senga ham koʻrsatib qoʻyishadi - Edward Seranna ismli qizni baland ovozda chaqirib Emilining qoʻlida turgan chamadonini olishga undadi. Biroz jingalak sochlari, yuzining tabiiy qizarib turishi va uning ustidagi mayda sepkillar uni jozibali koʻrsatardi. Koʻrinishidan yoshi 18 lar atrofida boʻlgan Seranna undan yuklarni olib ortimdan yuring degancha ikkinchi qavatga boshladi. Ammo nimadir esidan chiqqandek toʻxtab qolgan qiz,ortga oʻgirildi.
– Jorj menga xonangni koʻrsatmaysanmi? - Emili biroz gapidan toʻxtalib Serannaga ketishi mumkinligi haqida xabar berdi.
– Hali xonamni koʻrsatishchalik yaqin emasmiz - dedi Jorj oʻqrayib qarab. Emili gaplariga biroz qitmirlik va hazil qoʻshib uni rozi qilishga undamoqchi boʻldi.
– Shoshmachi...balki sen xonangni qizlarni oʻyinchoqlari
bilan toʻldirganingni koʻrsatgich kelmayotgandir - dedi Emili ovozini mugʻombirlik bilan oʻzgartirib. Koʻzini qisib shubxalanayotgandek koʻrinishga oʻtib oldi. Jorj ham juda gʻururli emasmi, uning gaplaridan darxol jaxli chiqdi. Emilining hayolida esa uning mitti ajdarxodan olov purkayotgan koʻrinishi gavdalandi.
– Umuman unday emas! - U Emilining oyogʻi tagiga zarb bilan qadam qoʻydi. Kichkina qoʻllari bilan uning qoʻlini ushlab,xonasini koʻrsatish uchun keta boshladi. Ularni ortidan kuzatib turgan Edward esa miyigʻida kulib qoʻydi.
Jorj oʻzini katta odamdek tutib har qanday hissiyotlarini boladek koʻrsata olmasdi. Kulish,zavqlanish,yigʻlash unga begonadek. Faqatgina jaxlini kim ekanini koʻrsatib qoʻyish uchun ishga solardi. Balki u dadasiga koʻproq oʻxshashni istab shunday qilar. Oyisi Marianing oʻlimidan soʻng,u bilan qolgan yagona inson dadasi edi. 4 yoshli bola boʻlsada oʻsha damlarda ham oʻzini tuta olgan boladan yana nimani kutish mumkin?
Kichik tez qadamlari bilan Emilini ikkinchi qavatga olib chiquvchi oppoq zina tomon tortqiladi. Zinalardan koʻtarilib ikkinchi qavatning uzun va keng yoʻlakka chiqishdi. Yoʻlakning oʻrtasiga qizil gilam yozilgan, har 2 metrda yashil katta gullar tuvakka ekib qoʻyilgandi. Biroz yurmaslaridan oppoq taxtasifat ammo baquvvat eshikni yonida ikkisi ham toʻxtagach tillarang harflar bilan Jorjino deb yozilganini koʻrishdi. U eshikni bor gavdasi bilan surib ochib,ichkariga kirishdan avval qoʻlini ikki yonga yozib "koʻrib qoʻy" degandek maqtandi. Emili ichkariga kirib, huddi shaxzodalarnikidek bezalgan xonaga tushib qoldi.
Xonaga kirgandan soʻng toʻgʻrida ulkan derazani yopib turuvchi oq harir pardalar ilingan, undan sal chaproqda dars qilish uchun stol va kitob javoni, oʻngda esa Jorjning shishib turgan krovati. U qadar hashamatli emas. Ammo shinamgina xonada Emini eʼtiborini tortadigan narsa bo edi. Bu xonaning toʻrisidagi devorga ilingan ulkan surat boʻldi.
Suratda goʻyo baxtli oilaning haqiqiy timsoli koʻrinardi. Edward keng gavdasi bilan koʻzlari huddi Jorjnikidek,sochlari sariq jingalak sochlarini yigʻib jilmayib oʻtirgan ayolni yelkasidan ushlab turardi. Ayolning qoʻynida esa mitti Jorjino ogʻzi qay darajada ochilsa shu darajada kulardi. Ularning hammasining yuzida tabassum, Edward ham Jorj ham hozirgidek sovuq gʻalati emas,balki iliqlik bor edi. Ularning bu shaxsiyatga kelib qolishiga manashu yoʻqotish sabab boʻlganmikan.
Toʻgʻri,insonlar hech qachon sevgan insonlarini yotganlarida hazm qilishi oson boʻlmaydi. Emili rasmga uzoq tikilib, ayolning quchogʻidagi oʻsha baxtli bolaga achinish bilan qarab qoʻydi. Keyin jim qarab turgan Jorjga qarab jilmaydi. U ham oʻsha suratdan koʻzini uzmay qarab turardi. Biror nima bilan chalgʻitishga harakat qilib,yotoq ustida turgan gʻoz shaklidagi yumshoq oʻyinchoqni koʻrdi. Bilintirmay siljib uni qoʻliga oldi va Jorjning yuziga yaqin keltirdi.
– Bossning gʻozchasi bor ekanmi? - Jorj oʻqrayib qarab,yuzi yonida turgan oʻyincjoqni tezlik tortib oldi va quchoqlab oldi.
– Boss? Faqat men dadamni boss deb chaqiraman! - Jorj norozi ohangda yuzi tengi oʻtirgan enagasiga baqirdi.
– Endi men seni shunday chaqiraman - dedi Emili hotirjam ohangda. Bilardi..bu bola bilan oddiy munosabat oʻrnatishgacha ancha sabr va matonat kerak boʻladi. U oʻrnidan turib, xonani eshigi tomon yaqinlashganda Jorjning yana norozi ohangi yangradi.
– Bu koʻchirmachilik! - Emili hech narsani eshitmagandek jilmayib xonadan chiqib ketdi.
Biroz oʻsha yoʻlakda aylanib yurib xonasi Jorjnikiga yaqinligi haqida taxmin qildi va uning xonasidan sal naridagi xonaga taqillatishsiz kirdi. Katta xona..butun uydan farq qilib, bu yer mutlaqo qop qora rangdan edi. Xonaning yorugʻligi bor,ammo mebelidan tortib pardasigacha qora boʻlgani sabab bori ham yoʻqdek koʻrinadi. Bu uning xonasi ekaniga shubxa bilan qarab oʻsha xonada ham huddi Jorjning xonasida koʻrgan suratni ikki kishilik varianti turganini bildi. Taxminicha,bu ularning oʻgʻli ikkisi alohida tushgan surati. Har xolda ikkisi ham kimgadir chiroyli tabassum bilan qarab turibdi. Tezda bu xonadan surib qolish uchun chiqib ketayotgan payti erkak kishining qattiq tomoq qirishi eshitildi. Emili toʻxtab ortiga oʻgirilgandi hamki sochlaridan chakillab suv tomib,dush halatida turgan yigitga duch keldi va rangi maxluq koʻrgandek oqarib ketdi. Edward unga oʻtkir kesuvchi nigohlarida tikilib turganidan darhol koʻzini pastga qaratdi. U birinchi kundanoq xato qildi. Endi u shubxaga borib qolmaydimi? Shubxalanmagan taqdirda ham bu odobsizlik edi.
– Nima qilyapsan bu yerda? - dedi Edward oʻzining qoʻrqituvchi ovozida.
Emili gaplarini togʻ tarafga tashlab kelgandek izlanib qoldi. Tutilib nima deyishga ham hayron. Aslida,toʻgʻrisini aytsa boʻladiku dadil boʻlib. Shunda u ham har xil shubxalarga bormasdi.
– Men haligi..xonam Jorjni xonasiga yaqin joyda boʻlsa kerak deb oʻyladim - Axiyri u gaplarini yigʻib kelib gapirdi. Uni bezovta qilayotgan narsa birgina xato ish emas, Edwardning bosim ostiga oluvchi muhiti koʻproq arzigulik sabab edi.
Nogahon koʻzlarino u yoʻq bu yoqqa olib qochayotganda koʻzlari xonaning chap tarafida joylashgan ish stolidagi qurollar toʻplamiga tushdi. Bir tepamga bir Edwardga qarab,qattiq yutindi.
– Xonang Jorjni xonasidan chapda. Chiqishing mumkin - Edward eʼtiborini undan olib ish stoli tomon yurdi. Emiliga biroz shubxa orttirdi ammo u qadar kuchli emas. Chunki ichidagi bir ovoz unga ishonish mumkinligi haqida taskin bera boshladi. Qiz sudralib endi chiqib ketayotganini koʻrib,ogohlantirib qoʻygisi keldi. Hozirgina koʻz oldi shuncha qurolni koʻrgandan keyin gandirab qolmadimikan deb ham oʻylay boshladi.
– Bu hol boshqa takrorlanmaydi degan umiddaman - Edwardning ovozi endigina oʻz joyiga qaytayotgan nerv sistemasini yana qoʻzgʻatdi chunki uning ohangini taʼriflashga til ojiz hatto eng muloyim gapi ham jarangdor eshitiladi. Emili unga nigohini tashlab bosh irgʻadi. – Aytgancha mana bular bu qadar asabiylashishinga arzimaydi - Nahotki u qurollar Emilini qoʻrqitgan deb oʻyladi. Asli qoʻrqitgan narsa uning bosimiku.
* * *
Ovqatlanish xonasining uzun stoliga har doimgi hashamtli dsturxon tuzaldi. Bir soatdan beri stolni tizash,kamchiliklarini ruzatish bilan ovora bo‘lgan Seranna vaqt qanday o‘tganini ham bilmay qoldi. Sal naridan ho‘jayinining sharpasini sezgach tezda o‘zini stol ustidan nari olib burchakka borib turdi. Edward Stolga joylashib,hozirgina joylangan viskini ustini arta boshladi.
--- Fleur xonimni chaqir. Jorjni ovqatini xonasiga oqib bor, - Edward qilayotgan ishidan chalg‘imay burchakda turgan xizmatkorga buyruq bergan bo‘ldi.
Qiz stol ustida turgan bir nechta taomlarni qattiq qisib turgan patnisiga joyladi. Oshxonaga kirib oshpazni yonida turgan xizmatchiga enganing taomini stolga olib borishini aytib,o‘zi Jorjning xonasi tomon zinalardan chiqishni boshladi. To‘g‘ridan o‘ngdagi,o‘ziga tanish bo‘lib ulgurgan xonani taqillatib,ovqatni eshik oldida qoldiridi. Bir metr ham yurmay Emikining xonasini eshigini sekin chertib qo‘ydi. Kiring degan tovushni eshitgach,eshikni ochib qarshisida kitob o‘qib o‘tirgan Emilini ko‘rdi.
--- Xonim,sizni Janob Angelot kechlik uchun chaqirdilar, - uning ovozi shu qadar mayin va silliq chiqadiki, hatto empatiyasi 0 ga teng odam ham e‘tiborini unga qaratishga majbur bo‘ladi. Emili ham o‘sha bir ko‘rishdayoq begunoh tasavvurni shakillantirgan qizga nigohini qadadi.
--- Nega men? - uning ovozida hayrat va savol ifodasi jamlangan. Ajablanishitabiiy emasmi, axir kim ham enaga bilan birga bir dasturxonda o‘tiradi.
Uning savoli javobsiz qoldi. Tabiatdan juda kam gapiradigan Seranna shunchaki boshini qimirlatib qo‘ydi xolos.
Chuqur uh tortib o‘rnidan turdi va xonadan qiz bilan birgalikda chiqa boshladi.
Stol yoniga kelganlarida u yerda faqatgina Edward borligi uni asabiylashtirdi. "Nega Jorj yoʻq" oʻziga oʻzi savol berib stulga o`tirdi.
— Jorj nega tushmadi? - dedi u sokin ovqatlanishda davom etayotgan Edwardga qarab.
— U bilan kelishganimizdek o`zini tutmadi.Shuning uchun jazoda u, - u hatto qizga bir bor qaramasdan davom etdi.
Emilining tanasi negadir qo`zg`alib ketdi.Jorjning qanchalik mehrga muhtojligiga xonada ekanida guvoh bo`ldi.Qanday qilib ota bunday sovuqqon bo`la olishi haqida bir muddat o`yladi,balki Jorjning bu harakter va xulq-atvorga ega bo`lib o`sayotganiga sababchi o`ziligini bir ,uddat o`ylab ko`rar.
— Janob Angelot,lekin Jorj hali bolaku.Jazo biroz qo`pol emasmi? - Emili qo`liga ushlab olgan qoshiqni g`ijib o`zida gapirish uchun kuchdi topdi.Uning gaplari Edwardda qanday hosil qilishiga qiziqib,qarab turdi.Ammo o`zgarishsiz,sochiq bilan bilan og`iz atrofini artib unga o`tkir nigohlarini qadadi.
Go'yo ayb ish qilib qo
ʼygandek pastga qarab javob kutishni boshlagan qiz,stulning gʼichirlagan tovushini eshitdi.Soniyalar oʼtmay yelkasiga teggan qoʼldan bir choʼchib tushib,orqasidagi qoʼlni tezlik bilan qattiq qisdi va tezlikda yuqoriga koʼtarib qayirmoqchi boʼlganda qarshisida turgan Edwardning yuzidan rangi boʼzarib ketdi.Bugunning oʼzida ikkinchi notoʼgʼri harakati boladi bu.
Unga har qanday begona qoʼl teginishi bilan boradigan ishlarda u doim shunday,tezlik bilan ozining xavfsizlik yuzasidan oʼrgatilgan kurashish salohiyatini ishga soladi.
Qoʼlini sekinlik bilan qoʼyib yuborib,jim qotib qolgan Edwardni yuzini yoniga qoʼlini olib kelib silkidi.Darhol koʼzini ochib yumib,nihohini qizdan uzoq burchaklarga olib qochdi.
— Jorjning kelajagi uchun qaygurish meni zimmamda.Shunday ekan qanday jazo qollashim, qanday usulda uni kiyintirishim, umuman olganda men Jorjga qiladigan ishlarga aralashma.Shunchaki oʼz ishingni qil, - Edward aslida qilmoqchi boʼlgan ishidan toʼxtatoilganiga biroz garangsib qolgandek koʼzlarini bir burchakka qarab gapirdi.
Emili tezda unga qarshi javob berish uchun ogiz juftladi. — Lekin bu qilayotgan ishlaringiz uning psixologiyasiga yomon tasir qiladi.Axir u shundoq ham...
— Nima shundoq ham? - gaplarini oxiriga yetkazmay toxtatgan qizga tezlikda savol berdi. U javobni biladi ammo biroz bosim ostiga olish hech qachon ziyon qilmaydi. Indamay turgan qizga qarab gapini ozi yakunlashga qaror qildi. — Onasiz demoqchimisan? Uning onasi boʼlmasa ham hech kimdan kam bolgani yoq.Kerak bolsa ortiq taraflari kop.
Shuncha paytdan beri tishini tishiga qo`yib kelayotgan Emili dast oʻrnidan turib,uning koʻzlariga tik qaradi.
– Bolangiz bilan ishlashni qiyinlashtiryapsiz. Unga shunday jazo,gʻalati ishlar qilsangiz menga qiyin boʻladi! - Qiz tez harakat bilan Edwardning yonidan zardali qadam bosib oʻtib ketdi.
• • •
Oʻsha tanish ikkinchi qavatdagi Shahzodaning xonasidan bugun ilk bor kulgu ovozi eshitildi. Hamma hayratda bunchalar begʻubor kulgu ovozi Jorjinoga tegishli ekanini kim ham oʻylabdi deysiz. Xizmatkorlar birin-ketin kelib tomosha qilishar xona ichidagi ust boshi rasvo boʻlib ketgan enagadan minnatdor jilmayib qoʻyishardi.
Emiliga topishmoq aytish navbati kelgan oʻtkazib yuborishni tanlab,Jorjdan yana bir un bilan toʻldirilgan idishdan peshonasiga oʻqdek zarba yedi. Ogʻriq bor ammo bolaning shirin kulgusini eshitganda,u ham unga qoʻshilib kulib qoʻyardi.
Ular tashqaridan juda chiroyli koʻrinishardi,ularni chetdan tomosha qilayotgan Edwardning ham hatto yuziga keng tabassumi yoyildi. U notoʻgʻri tanlov qilmaganiga amin boʻldi. Emilining ilk kuniyoq qaytarib boʻlmas deb oʻylagan begʻubor kulguni qaytardi.