THE GOVERNESS
Jorj oʻzini katta odamdek tutib har qanday hissiyotlarini boladek koʻrsata olmasdi. Kulish,zavqlanish,yigʻlash unga begonadek. Faqatgina jaxlini kim ekanini koʻrsatib qoʻyish uchun ishga solardi. Balki u dadasiga koʻproq oʻxshashni istab shunday qilar. Oyisi Marianing oʻlimidan soʻng,u bilan qolgan yagona inson dadasi edi. 4 yoshli bola boʻlsada oʻsha damlarda ham oʻzini tuta olgan boladan yana nimani kutish mumkin?
Kichik tez qadamlari bilan Emilini ikkinchi qavatga olib chiquvchi oppoq zina tomon tortqiladi. Zinalardan koʻtarilib ikkinchi qavatning uzun va keng yoʻlakka chiqishdi. Yoʻlakning oʻrtasiga qizil gilam yozilgan, har 2 metrda yashil katta gullar tuvakka ekib qoʻyilgandi. Biroz yurmaslaridan oppoq taxtasifat ammo baquvvat eshikni yonida ikkisi ham toʻxtagach tillarang harflar bilan Jorjino deb yozilganini koʻrishdi. U eshikni bor gavdasi bilan surib ochib,ichkariga kirishdan avval qoʻlini ikki yonga yozib "koʻrib qoʻy" degandek maqtandi. Emili ichkariga kirib, huddi shaxzodalarnikidek bezalgan xonaga tushib qoldi. Xonaga kirgandan soʻng toʻgʻrida ulkan derazani yopib turuvchi oq harir pardalar ilingan, undan sal chaproqda dars qilish uchun stol va kitob javoni, oʻngda esa Jorjning shishib turgan krovati. U qadar hashamatli emas ammo shinamgina xonada Emini eʼtiborini tortgan narsa, xonaning toʻrisidagi devorga ilingan ulkan surat boʻldi.
Suratda goʻyo baxtli oilaning haqiqiy timsoli koʻrinardi. Edward keng gavdasi bilan koʻzlari huddi Jorjnikidek,sochlari sariq jingalak sochlarini yigʻib jilmayib oʻtirgan ayolni yelkasidan ushlab turardi. Ayolning qoʻynida esa mitti Jorjino ogʻzi qay darajada ochilsa shu darajada kulardi. Ularning hammasining yuzida tabassum, Edward ham Jorj ham hozirgidek sovuq gʻalati emas,balki iliqlik bor edi. Ularning bu shaxsiyatga kelib qolishiga manashu yoʻqotish sabab boʻlganmikan. Toʻgʻri,insonlar hech qachon sevgan insonlarini yotganlarida hazm qilishi oson boʻlmaydi. Emili rasmga uzoq tikilib, ayolning quchogʻidagi oʻsha baxtli bolaga achinish bilan qarab qoʻydi. Keyin jim qarab turgan Jorjga qarab jilmaydi. U ham oʻsha suratdan koʻzini uzmay qarab turardi. Biror nima bilan chalgʻitishga harakat qilib,yotoq ustida turgan gʻoz shaklidagi yumshoq oʻyinchoqni koʻrdi. Bilintirmay siljib uni qoʻliga oldi va Jorjning yuziga yaqin keltirdi.
– Bossning gʻozchasi bor ekanmi? - Jorj oʻqrayib qarab,yuzi yonida turgan oʻyincjoqni tezlik tortib oldi va quchoqlab oldi.
– Boss? Faqat men dadamni boss deb chaqiraman! - Jorj norozi ohangda yuzi tengi oʻtirgan enagasiga baqirdi.
– Endi men seni shunday chaqiraman - dedi Emili hotirjam ohangda. Bilardi..bu bola bilan oddiy munosabat oʻrnatishgacha ancha sabr va matonat kerak boʻladi. U oʻrnidan turib, xonani eshigi tomon yaqinlashganda Jorjning yana norozi ohangi yangradi.
– Bu koʻchirmachilik! - Emili hech narsani eshitmagandek jilmayib xonadan chiqib ketdi.
Biroz oʻsha yoʻlakda aylanib yurib xonasi Jorjnikiga yaqinligi haqida taxmin qildi va uning xonasidan sal naridagi xonaga taqillatishsiz kirdi. Katta xona..butun uydan farq qilib, bu yer mutlaqo qop qora rangdan edi. Xonaning yorugʻligi bor,ammo mebelidan tortib pardasigacha qora boʻlgani sabab bori ham yoʻqdek koʻrinadi. Bu uning xonasi ekaniga shubxa bilan qarab oʻsha xonada ham huddi Jorjning xonasida koʻrgan suratni ikki kishilik varianti turganini bildi. Taxminicha,bu ularning oʻgʻli ikkisi alohida tushgan surati. Har xolda ikkisi ham kimgadir chiroyli tabassum bilan qarab turibdi. Tezda bu xonadan surib qolish uchun chiqib ketayotgan payti erkak kishining qattiq tomoq qirishi eshitildi. Emili toʻxtab ortiga oʻgirilgandi hamki sochlaridan chakillab suv tomib,dush halatida turgan yigitga duch keldi va rangi maxluq koʻrgandek oqarib ketdi. Edward unga oʻtkir kesuvchi nigohlarida tikilib turganidan darhol koʻzini pastga qaratdi. U birinchi kundanoq xato qildi. Endi u shubxaga borib qolmaydimi? Shubxalanmagan taqdirda ham bu odobsizlik edi.
– Nima qilyapsan bu yerda? - dedi Edward oʻzining qoʻrqituvchi ovozida.
Emili gaplarini togʻ tarafga tashlab kelgandek izlanib qoldi. Tutilib nima deyishga ham hayron. Aslida,toʻgʻrisini aytsa boʻladiku dadil boʻlib. Shunda u ham har xil shubxalarga bormasdi.
– Men haligi..xonam Jorjni xonasiga yaqin joyda boʻlsa kerak deb oʻyladim - Axiyri u gaplarini yigʻib kelib gapirdi. Uni bezovta qilayotgan narsa birgina xato ish emas, Edwardning bosim ostiga oluvchi muhiti koʻproq arzigulik sabab edi.
Nogahon koʻzlarino u yoʻq bu yoqqa olib qochayotganda koʻzlari xonaning chap tarafida joylashgan ish stolidagi qurollar toʻplamiga tushdi. Bir tepamga bir Edwardga qarab,qattiq yutindi.
– Xonang Jorjni xonasidan chapda. Chiqishing mumkin - Edward eʼtiborini undan olib ish stoli tomon yurdi. Emiliga biroz shubxa orttirdi ammo u qadar kuchli emas. Chunki ichidagi bir ovoz unga ishonish mumkinligi haqida taskin bera boshladi. Qiz sudralib endi chiqib ketayotganini koʻrib,ogohlantirib qoʻygisi keldi. Hozirgina koʻz oldi shuncha qurolni koʻrgandan keyin gandirab qolmadimikan deb ham oʻylay boshladi.
– Bu hol boshqa takrorlanmaydi degan umiddaman - Edwardning ovozi endigina oʻz joyiga qaytayotgan nerv sistemasini yana qoʻzgʻatdi chunki uning ohangini taʼriflashga til ojiz hatto eng muloyim gapi ham jarangdor eshitiladi. Emili unga nigohini tashlab bosh irgʻadi. – Aytgancha mana bular bu qadar asabiylashishinga arzimaydi - Nahotki u qurollar Emilini qoʻrqitgan deb oʻyladi. Asli qoʻrqitgan narsa uning bosimiku.
* * *
Ovqatlanish xonasining uzun stoliga har doimgi hashamtli dsturxon tuzaldi. Bir soatdan beri stolni tizash,kamchiliklarini ruzatish bilan ovora bo‘lgan Seranna vaqt qanday o‘tganini ham bilmay qoldi. Sal naridan ho‘jayinining sharpasini sezgach tezda o‘zini stol ustidan nari olib burchakka borib turdi. Edward Stolga joylashib,hozirgina joylangan viskini ustini arta boshladi.
--- Fleur xonimni chaqir. Jorjni ovqatini xonasiga oqib bor, - Edward qilayotgan ishidan chalg‘imay burchakda turgan xizmatkorga buyruq bergan bo‘ldi.
Qiz stol ustida turgan bir nechta taomlarni qattiq qisib turgan patnisiga joyladi. Oshxonaga kirib oshpazni yonida turgan xizmatchiga enganing taomini stolga olib borishini aytib,o‘zi Jorjning xonasi tomon zinalardan chiqishni boshladi. To‘g‘ridan o‘ngdagi,o‘ziga tanish bo‘lib ulgurgan xonani taqillatib,ovqatni eshik oldida qoldiridi. Bir metr ham yurmay Emikining xonasini eshigini sekin chertib qo‘ydi. Kiring degan tovushni eshitgach,eshikni ochib qarshisida kitob o‘qib o‘tirgan Emilini ko‘rdi.
--- Xonim,sizni Janob Angelot kechlik uchun chaqirdilar, - uning ovozi shu qadar mayin va silliq chiqadiki, hatto empatiyasi 0 ga teng odam ham e‘tiborini unga qaratishga majbur bo‘ladi. Emili ham o‘sha bir ko‘rishdayoq begunoh tasavvurni shakillantirgan qizga nigohini qadadi.
--- Nega men? - uning ovozida hayrat va savol ifodasi jamlangan. Ajablanishitabiiy emasmi, axir kim ham enaga bilan birga bir dasturxonda o‘tiradi.
Uning savoli javobsiz qoldi. Tabiatdan juda kam gapiradigan Seranna shunchaki boshini qimirlatib qo‘ydi xolos.
Chuqur uh tortib o‘rnidan turdi va xonadan qiz bilan birgalikda chiqa boshladi.
Stol yoniga kelganlarida u yerda faqatgina Edward borligi uni asabiylashtirdi. "Nega Jorj yoʻq" oʻziga oʻzi savol berib stulga o`tirdi.
— Jorj nega tushmadi? - dedi u sokin ovqatlanishda davom etayotgan Edwardga qarab.
— U bilan kelishganimizdek o`zini tutmadi.Shuning uchun jazoda u, - u hatto qizga bir bor qaramasdan davom etdi.
Emilining tanasi negadir qo`zg`alib ketdi.Jorjning qanchalik mehrga muhtojligiga xonada ekanida guvoh bo`ldi.Qanday qilib ota bunday sovuqqon bo`la olishi haqida bir muddat o`yladi,balki Jorjning bu harakter va xulq-atvorga ega bo`lib o`sayotganiga sababchi o`ziligini bir ,uddat o`ylab ko`rar.
— Janob Angelot,lekin Jorj hali bolaku.Jazo biroz qo`pol emasmi? - Emili qo`liga ushlab olgan qoshiqni g`ijib o`zida gapirish uchun kuchdi topdi.Uning gaplari Edwardda qanday hosil qilishiga qiziqib,qarab turdi.Ammo o`zgarishsiz,sochiq bilan bilan og`iz atrofini artib unga o`tkir nigohlarini qadadi.
Goʻyo ayb ish qilib qo
ʼygandek pastga qarab javob kutishni boshlagan qiz,stulning gʼichirlagan tovushini eshitdi.Soniyalar oʼtmay yelkasiga teggan qoʼldan bir choʼchib tushib,orqasidagi qoʼlni tezlik bilan qattiq qisdi va tezlikda yuqoriga koʼtarib qayirmoqchi boʼlganda qarshisida turgan Edwardning yuzidan rangi boʼzarib ketdi.Bugunning oʼzida ikkinchi notoʼgʼri harakati boladi bu.
Unga har qanday begona qoʼl teginishi bilan boradigan ishlarda u doim shunday,tezlik bilan ozining xavfsizlik yuzasidan oʼrgatilgan kurashish salohiyatini ishga soladi.
Qoʼlini sekinlik bilan qoʼyib yuborib,jim qotib qolgan Edwardni yuzini yoniga qoʼlini olib kelib silkidi.Darhol koʼzini ochib yumib,nihohini qizdan uzoq burchaklarga olib qochdi.
— Jorjning kelajagi uchun qaygurish meni zimmamda.Shunday ekan qanday jazo qollashim, qanday usulda uni kiyintirishim, umuman olganda men Jorjga qiladigan ishlarga aralashma.Shunchaki oʼz ishingni qil, - Edward aslida qilmoqchi boʼlgan ishidan toʼxtatoilganiga biroz garangsib qolgandek koʼzlarini bir burchakka qarab gapirdi.
Emili tezda unga qarshi javob berish uchun ogiz juftladi. — Lekin bu qilayotgan ishlaringiz uning psixologiyasiga yomon tasir qiladi.Axir u shundoq ham...
— Nima shundoq ham? - gaplarini oxiriga yetkazmay toxtatgan qizga tezlikda savol berdi. U javobni biladi ammo biroz bosim ostiga olish hech qachon ziyon qilmaydi. Indamay turgan qizga qarab gapini ozi yakunlashga qaror qildi. — Onasiz demoqchimisan? Uning onasi boʼlmasa ham hech kimdan kam bolgani yoq.Kerak bolsa ortiq taraflari kop.
Shuncha paytdan beri tishini tishiga qo`yib kelayotgan Emili dast oʻrnidan turib,uning koʻzlariga tik qaradi.
– Bolangiz bilan ishlashni qiyinlashtiryapsiz. Unga shunday jazo,gʻalati ishlar qilsangiz menga qiyin boʻladi! - Qiz tez harakat bilan Edwardning yonidan zardali qadam bosib oʻtib ketdi.
• • •
Oʻsha tanish ikkinchi qavatdagi Shahzodaning xonasidan bugun ilk bor kulgu ovozi eshitildi. Hamma hayratda bunchalar begʻubor kulgu ovozi Jorjinoga tegishli ekanini kim ham oʻylabdi deysiz. Xizmatkorlar birin-ketin kelib tomosha qilishar xona ichidagi ust boshi rasvo boʻlib ketgan enagadan minnatdor jilmayib qoʻyishardi.
Emiliga topishmoq aytish navbati kelgan oʻtkazib yuborishni tanlab,Jorjdan yana bir un bilan toʻldirilgan idishdan peshonasiga oʻqdek zarba yedi. Ogʻriq bor ammo bolaning shirin kulgusini eshitganda,u ham unga qoʻshilib kulib qoʻyardi.
Ular tashqaridan juda chiroyli koʻrinishardi,ularni chetdan tomosha qilayotgan Edwardning ham hatto yuziga keng tabassumi yoyildi. U notoʻgʻri tanlov qilmaganiga amin boʻldi. Emilining ilk kuniyoq qaytarib boʻlmas deb oʻylagan begʻubor kulguni qaytardi.