March 16

TEARS OF OCEAN

Seni sevish meni aqldan ozdirmoqda . . . nahot shuni tushunmasang?!

- Ikkinchi bob - Uning ismi.

Begunoh suv parisini xonam ichiga joylashtirishlarini aytdim. U huddi inson kabi, faqatgina oyoqlari yo'qligi va odamlar kabi gunohlarga bulg'anmagani bilan farq qiladi. U shunchalar sofki qayta - qayta qarasamda unga bo'lgan fikrlar meni aqldan ozdirmoqda!

Akvariumini ko'tarishni boshlashganda, oynaning qirg'og'i tomon suzib kelib, barmoqlarini uning ustiga qo'ydi va iltijoli tikildi. Shu zahoti yuragim qinnidan sapchib chiqib ketayotgandek ura boshladi. Demak men uning endi yangi egasi ekanimni his qilgan . Yoki meni u o'zining himoyachisi sifatida ko'rgan . . . ajoyib! Uni xonamdan tashqariga chiqarishni umuman istamayman.
Otam mening yaxshilangan kayfiyatim tufayli, bahonada bir ikki kun qasrda qolishini aytib, xizmatchilarga xona tayyorlashini aytdi. Hozir otamning birorta gapiga jahl qilishga ham toqat qila olmayman. shunchaki e'tiborsiz qoldirib o'z xonamga akvarium ortidan ergashdim. Lekin ikkinchi qavatga qarab, oyoqlarim men o'sha yerni eslab o'tishim kerak ekanini buyurardi. Yo'lak haddan tashqari hashamatli tarzda bezalgan, hattoki otamning "Nokoen'' saroyidagi xonasi ham bu qadar hashamatli emas. Bu yerda barcha o'tgan ajdodlarimni aniq eslash mumkin. Ammo . . . bu yerga qarasam kulgim keladi. Chunki har bir shaxsning rasmi osig'liq turgan ramkalar umuman sog' emas, huddi "Nokoen" oilasining har bir a'zosi nuqsonli bo'lgani kabi . . . men ham ularni pichoq bilan mo'ljalga olib har yerlariga tig' sanchganman. Sur'atlar oldidan yurib borib, eng oxiridagi ikki suratga ko'zim tushdi. Birinchisida bobom va uning 4 o'g'li va yosh xotini tasvirlangan. Ikkinchisida esa bizning la'natlangan oilamiz, Tasvirni aniq ko'rish mushkul bo'lib qolguniga qadar o'ygan ekanman. Hatto hozir hayron qolyapman, shu darajada alamzada edimmi? Ehtimol, mening kasalligim "Nokoen" oilasining "Shoh asari" ekanini anglatar bu chiziqlar.

*
Hafsala bilan uh tortgan Teahyung, xonasidagi devorning ko'chirilib o'rniga ulkan akvarium joylashtirlganini ko'rish uchun yo'lakdan tezroq qutulib, xonasining eshigini surdi. Tahmin qilinganidek, devor o'rnida endi akvarium va Teahyungning yangi sovg'asi turibdi. Xizmatchilar iflos bo'lgan yerlarni yig'ishtirib, uzoqdan suv parisini tomosha qilayotgan yigitga hurmat ko'rsatgan ko'yi xonani tark etishdi.

U shaffof oyna yoniga yaqinlashib, bir necha yillardan buyon birinchi marta porlayotgan nigohlari bilan unga tik qaradi. Qo'llarini oyna ustidan yuritib, naqsh chizgandek uni tomosha qildi.
β€” Chiroylisan . . . - chuqur ohangda tovush chiqardi yigit. Qattiq qo'rqib ketganidan hali hamon qaltirayotgan pari esa qo'llarini musht qilib tugib, yig'lashga tayyor turgan ko'zlarini naqsh chizgandek harakatlanayotgan barmoqlarga tikdi. β€” Ayniqsa ko'zlaring . . . onamning ko'zlariga o'xshar ekan. Sen menga uni eslatib yubording, - Teahyung noodatiy tarzda mayin jilmayib akvariumni quchgan kabi turib oldi.
Uni indamay tinglayotganiga, Teahyung ichida so'nmas sokinlik bilan, ko'zlarini pastga tikdi.
β€” Onam . . u juda baxtsiz inson edi, - dedi ovozida munglilik yangrab. U ortiga o'girilib stol ustida turgan ko'k qushchaga imo qildi.
β€” Anavi qushchani ko'ryapsanmi? U tulum deb ataladi. Bu uning tanasi chirib yo'q bo'lib ketmasligi uchun qilinadi, - ko'zlari ichida vahima va achinish hissi ko'rina boshlagach, Teahyung kulib qo'ydi. β€” Noto'g'ri tushunma, buni men qilmaganman. Uni "Otam" onamga tirik jonivorlarni sovg'a qilar paytlari olib kelgan. Agar onam bular kerak emasligini aytsa, otam shu zahoti ulardan tulum yasattirib eksponat sifatida yig'ib kelgan, - suv parisining tinchlangan nigohini ko'rib, yana gapirishda davom etdi u.
β€” Onam . . . otamning shunday eksponatlaridan biri edi xolos . . . xonaga qamalgandi. Hech narsa qila olmay, kasal bo'lib vafot etdi. Bunday sevgi ahmqona . . . - dedi u uh tortib qo'yib. Ortiga o'girildiyu tomog'ini ho'llab olish uchun stakanga qo'l cho'zdi. Suvni yaxshilab ichib olgach esa, kursini akvarium oldiga surib qulay o'rnashib oldi.
β€” Sen dengizdan kelgansan, shundaymi? U yerlar ham senga o'xshab chiroyli bo'lsa kerak.

β€” Men dengizni ko'rmaganman. Faqat ko'ldan kattaligini bilaman xolos. Manashu qasrdan chiqishim taqiqlangan. G'alati - a? - o'zi o'lar holatda bo'lasanu tashqi olam ham sendan xavfsiraydi, - dedi u o'yga tolgan qiyofasi bilan. Suv parisi faqat uni diqqat bilan eshitib, qo'llarini oynaga tirab olgandi xolos. Kim biladi? Balki bu odamga nisbatan chuqur qayg'u va achinish hissini his qilayotgandir . . hech narsa aniq emas. Qarashlaridan hech narsani uqib bo'lmaydi.
β€” Menimcha sen gapira olmaysan, - qo'lini iyagiga tirab, uni gapirtirish uchun nimalar qilishi mumkinligi haqida bosh qotira boshladi.
β€” Balki hozircha, biror belgi bilan ismingni ifodalarsan, buni iloji borku. Hech bo'lmasa chiziqlar orqali, - ko'zlarida umid bilan, tushunqiramay turgan qizning yoniga yaqinlashdi. Qo'llarini uning qo'llariga oyna ustidan qo'yib, tikildi. β€” Buni qila olasan. Men bilaman, - Suv parisi og'zini oynaga olib kelib bug'lantirdi va barmog'i bilan turli shakldagi chiziqlarni ifodaladi. Xursand bo'lib ketgan Teahyung, qog'oz va qalam olib tezda bostirib oldi.

- Teahyung


Oradan kunlar bir alfozda o'ta boshladi. Shuncha kunlar davomida suv parisining yozgan belgilarini o'qish uchun yuzlab kitoblarni o'qib chiqqan Teahyung, faqat u bilangina cheklanmay, ovqat yemayotganining sababini ham izladi. Suv parilari shu paytgacha faqat afsona bo'lgani uchun, tuzukroq ma'lumot topishning ilojisi bo'lmadi.
U akvariumga har doim orqasini berib, dumini quchoqlaydi va shu harakatda qimirlamay o'tiradi. Ba'zida bu Teahyungning u o'lishi mumkin degan qo'rquvlarini oshirib yuboradi. Shu paytda esa o'zini nazoratda ushlab turishga juda qiyin bo'ladi u uchun. U ham faqat vaqtini unga qarab o'tirish va kitob titish bilan o'tkazyapti.Shu sababdanmi . . . Asablari ham shiddatli tarzda yemirilib ketdi.

Bugun ham shunday kunlardan biri. . Teahyung ovunchog'ining tobora yomonlashayotgan ahvoli tufayli bir - bir unga nazar tashlab qo'yib kitobini o'qishda davom etdi. Turli hildagi belgilarni o'rganish bilan bosh qotirar ekan, bir qo'lida kitob, ikkinchi qo'lida esa qachonlardir yozilgan belgilar. Ko'plab kitoblarni o'qish davomida, "Suv parilari gapirishni bilishadi" degan jumlalarga duch keldi, ammo aqlsizlik bilan qaror qilishni istamay, ancha vaqt izlanishda davom etdi.

Qo'l kaftlarini iyagiga tirab, chuqur ho'rsindi va kitobni surib qo'ydi. Ko'zlarini asta yumib, charchab holdan toygan jismiga qo'shilib, yangi narsalarni qabul qilaverib pachoqlanib ketgam miyasini tin oldirdi. Hatto ko'zlarini yumib olganda ham yirtilib ketay deb turgan qog'ozdagi yozuvlar unga ko'rinib turgandek bo'lardi. Olgan bilimlariyu, o'rgangan iyerogliflari yordamida so'zni bor kuchi bilan o'qishga chirangandek qoshlarini chimirdi.

Birdaniga qattiq nafas chiqarib yuborib ko'zlarini ochdi. Hali hanuz unga orqasini berib o'tirgan qizga ko'zlari porlab qaradi. Miyyasi yordamida tuzgan so'zni, baqirgan holda tiliga chiqardi.
-- Shiku . . . - Teahyungning yuragi negadir gursillab urar, hech o'zini bosa olmasdi go'yo. Aniq shu ismmi yoki yo'q? Ishonch hosil qilguncha porlab ketadigandek edi.
Yigitning ovozidan biroz qalqib ketib, ortiga qaragan qiz hech narsani tushunmay, hozirgina eshitgan ohangi quloqlari ostida jarangladi.
-- Shiku, shundaymi? Sening isming Shikumi? - ifodasiz qotib qolgan suv parisi, akvarium oynasiga yaqin keldi. Bu haqiqatdan ham uning ismi edi. . .
Javob olishni istagan Teahyungni uzoq kuttirgisi kelmay, boshini qimirlatdi. Negadir, u haligina xursandchilik bilan boshdan kechirgan hayajonini yo'q qilib, yuzida bo'shliq paydo bo'lgandek uning oldiga yurib kela boshladi. Oynaning ustidan qizning qo'llari ustiga qo'llarini qo'yib, telbanamo tabassum qildi. Qo'lida esa haligini qo'yib qo'ygan kitobi . . .

- Shiku


β€” Meni aldamaysan deb . . . yo'q, yo'q to'g'rirog'i aldashni bilmaysan deb o'ylagandim, - dedi Teahyung, oynada barmoqlarini yurgizib. Uning gaplaridan hech vaqoni tushunmayotgan qiz shunchaki tikilib, uning harakatlarini tomosha qilardi xolos.
β€” Gapirishni bilasan, shundaymi? - qo'lidagi kitobni siqimlab, buzilib ketgan asabini ushlab turishga harakat qildi. Shikuning ko'zlari katta - katta ochilib, labi beixtiyor titray boshladi. Teahyung kitobni akvarium oynasiga zarb bilan uloqtirdi. Shu zahoti qo'rquv bilan uzoqlashgan qiz esa nima qilarini bilmay, hatto suvning ichida bo'lsada titrardi.
β€” Nega gapirmaysan?! Gapir! - ovozi tomog'i qirilib ketar darajada baqirdi u. β€” Nega qochyapsan - a?! Nega?! Sen uchun deyarli bir oy vaqtimni sarfladim! Na uxlaysan, na ovqat yeysan va na qimirlaysan! Bunday qilishingdan o'lib qolasanmi deya qanchalik qo'rqib ketganimni bilasanmi?! O'sha paytda ham bosim o'tkazishni xohlamay, faqat sening o'rganib ketishingni kutdim. Senchi? Sen nima qilding? Bilishim kerak edi aslida. Axir odam tilini tushuna olgan, odam tilida gapira olmaydimi deb o'zimga savol berishim kerak edi! - qattiq hansirab nafas olayotgan yigit, akvariumni jaxl ustida sindirib tashlamaslik uchun, qo'llarini musht qilib tugib oldi. Yanada orqaga tisarilgan Shiku, nafas olishni unutib qo'ygan kabi harakat qila boshladi.
β€” Shunda ham gapirmaysanmi? Qoyil! - o'zini bosib olgandek, past va chuqur ohangida so'zladi u. β€” Agar bir og'iz so'z aytganingda, men balki shuncha vaqtimni sen haqingdagi boshqa narsani o'rganishga sarflagan bo'lardim . . . yo'q, balki ilk kundayoq gapirganingda, hamma narsani bilib olardim. Sening ehtiyojlaringdan tortib, nima bilan shug'ullanishingacha, - boshini quyi solib, musht qo'llarini oyna ustiga qo'yib olgandi. Uning bu qadar chegaralarni kesib o'tishi to'g'rimi? Albatta to'g'ri, Tez bitadigan ish uchun, shuncha kunlardan beri qo'rquv bilan o'tirgan va miyasiga sig'mas darajada ko'p bilimlarni olgan ekan, albatta jaxli chiqishi tabiiy hol.
Avvaliga nima yeyishini ham bilmay, baliqlarni akvariumga soldi. U ham ish bermagach esa boshqa dengiz mahsulotlarini solib ko'rdi. Ammo . . . shuncha qilsa ham hammasi natijasiz. Bir og'zim so'z bilan hal bo'ladigan muammoni katta qilib ko'rgandi u.

Eshik gursillab ochilib, qurollangan bir nechta qo'riqchilar xonaga tilib kirishdi.
-- Janob Nokoen, biror narsa bo'ldimi? - dedi ulardan biri boshini ko'tarmay turgan Teahyunga murojaat qilib. Uni bunday baqirganini hali hech kim shu paytgacha ko'rmagan. U har doim bir xil ifodasiz va sovuqqon bo'lgan. Jaxlini chiqarish esa amrimahol edi. Hozirgi holatda balki ulkan narsa sodir bo'lgandir deya bostirb kirishdan tiya olishmadi ular.

Sekingina yuzini ko'targan yigit, ko'z qontomirlari qizarib ketgan holda, ularga yuzlandi. Jaxl va alam ustida hammasini o'ldirib yuborib, bor g'uborlarini chiqarib tashlash hayolining burchagidan silliq o'tib ketar ekan, ko'zlarini yumdi.
β€” Chiqib keting - iloji boricha sokin ovozda, qo'lini eshikka tikib dedi Teahyung.
β€” Lekin Janob . . . - sarg'ish tillarang sochlari hurpayib ketganidan, uning oddiy ohangi ham qo'rqinchli eshitildi qo'riqchilarga.
β€” Yana takrorlashim kerakmi? Chiqib keting deyapman! - ularning so'zlarini, shiddatli tarzda chiqqan ovoz yo'q qilib yubordi. Qo'riqchilar uning vajohatidan qo'rqishib, tezlik bilan xonani tark etishdi. Tundlashgan nigohlarini endi qizga olib o'tdi.
-- Shiku . . . men otamga o'xshagan vaxshiy bo'lishni hech qachon xohlamaganman, - dedi u qizning ko'zlariga tik qarab.

-- Ammo, ayni damda . . . seni gapirishing uchun nimalar qilishim kerakligi, hatto o'zimga ham jirkanch tuyilyapti, - jiddiylikdan, kayfiyati tezlikda cho'ziq tabassumga almashib, avvalgi holatidan ham odamni yuragiga o'lim urug'larini sepib yuboradigan holga o'tdi. Qizning nigohlari qotib qolgan, joyidan qimirlamay turibdi.
β€” Ho'sh . . . qaysi biridan boshlashimiz kerak? Ha topdim! Avval manashu sutdek oppoq bo'yningdan tortib chiqarib, toza havodan nafas olishda majbur qilaman, - u qo'lini Shikuning bo'yni joylashgan joyga olib borib, sekinlik bilan tepaga sirg'altirdi. β€” Keyin esa, manashu tovlanayotgan tangachalaringni, bitta - bittalab yulib chiqaman. Qalay?! Yoqdimi? Balki shunday qilsam, og'riqdan chinqirib yolvorgan ovozingni eshita olarman - a, nima deb o'ylaysan? - dedi u xirillagan ovozini keng yoyilgan og'zidan chiqarib.
Qiz asta - sekinlik bilan qaltirashni boshlab, o'ziga ohangrabodek tortadigan ko'zlari atrofiga yoshlar to'planib, ortga tissrildi. Ikki qo'lning akvarium oynasiga qayta urilishi bilan, ko'zlaridagi yoshni ham qo'yib yuborib, eng oxiriga qadar tisarildi, ammo nailoj. Uning qo'lidan qutulib qolish amri mahol.
β€” Ko'z yoshlaring . . . aytilganidek marvariddan emas ekan. Lekin ularni ko'rish, hamma narsadan ham yoqimliroq, - dedi u pichirlab. Sekin qo'lini yurgiza boshlaganda esa suv parisining titroq ovozi yangrab uning jim qolishiga sabab bo'ldi.
β€” M..mayli, gapiraman. F..faqat to'xtang.

- Ikkinchi bob - tugadi.

Muallif: Sirelle | Gathering all my feelings in one place ~ 🦒