December 16, 2024

Oʻsha koʻzlar 

Sening oʻsha yoqimli koʻzlaring beshavqat yuragimni zumda erita olardi

-Toʻrtinchi bob- Bahorgi qor

Etni biroz junjiktiradigan mayin tongi havoda qahvaxona eshiklarini ochayotgan qizning hayollari kechagi suxbatni oʻylash bilan band edi. Arkin nima haqida gapirganiyu...ayni nimani nazarda tutib gapirganini haligacha tushuna olmadi. Eshikni ochib ichkariga kirish uchun qadam bosishdan oldin yon tarafdagi ulkan mehmonxonaga koʻz yugurtirdi va ichkariga kirdi.

Ichkarida tashqariga mos ravishda havo harorati tushgan. Oynalar yopiqligi sababli qorongʻu boʻlib qolgandi. Ren toʻgʻrima-toʻgʻri joylashgan oynalarining pardalarini ikki yonga ochib quyosh tushadigan qilib qoʻydi. Dengizga qaragan oynadan biroz vaqt tashqaridagi mexmonxonaga qarab oʻylanib qoldi. Uning koʻngli biroz gʻash huddi biror yomon narsa boʻladigandek tuyulyapti.

Eshik nogahon tiriqlab ochilgani sabab eʼtiborini u yerga qaratdi. Eshikdan 25-30 yoshlardagi yigit kirib,salomlashdi.

– Siz Ren Klarksiz shundaymi? Siz bilan gaplashib olsak boʻladimi.

– Albatta. Nimadir kerakmi?

Ren va oʻsha yigit duch kelga birinchi stolga oʻtirishdi.

– Bilasizmi Klark xonim...bu yerlar Kianlarga tegishliligini

Ren biroz sukut saqladi. Umuman olganda eshitilishi tanish ammo qayerda eshitgan eslay olmayapti.

– Yoʻq dedi u ikkilanib.

– Bilamagan boʻlsangiz bildiray. Sohil oldi yerlarning barchasi Kianlarga tegishli va qahvaxonangiz yerlari esa Kian Arkinga qarashli dedi gaplarini dona dona qilib yigit.

– Bu bilan nima demoqchisiz? - Uning yuragi dukkilab urib asabiylasha boshladi.

– Bu yerni boʻshatib qoʻyishingiz kerak demoqchiman.

Ren asabiy lablarini tishlab chuqur nafas oldi va boshini ortga tashladi.

– Ammo menda allaqachon hujjatlar bor. Istasangiz koʻrsatishim mumkin.

– Koʻrsating ammo menda ham yetarli darajadagi hujjatlar bor.

– Biroz kuting - Ren oʻrnidan turib telefonini oldida Neroga tera boshladi. Allaqachon siqilishni boshlagan yuragi, asabiylikdan titrab ketayotgan qoʻllari bugun nega bunchalik koʻngli gʻash boʻlganini izohlardi goʻyo.

Besh marta chaqiruvdan soʻng Neroning uyqusiragan ovozi eshitildi.

– Eshitaman - dedi Nero esnab.

– Tez yetib kel qahvaxonaga hujjatlarini ham olib kel

– Nima...nima boʻldi.

– Savol bermasdan tez kel iltimos - bu safar Renning ovozida titroq va alam bor edi. Nero yaxshi degancha qoʻngʻiroqni yakunladi.

Nero kelishini kutib soniya sanayotgan Ren oynadan koʻz uzmasdi. Bugun oʻzgacha kunga oʻxshaydi...bahorning oʻrtasiga yaqinlashayotganda qor yogʻyapti. Juda qiziq emasmi allaqachon 20-mart ammo iliq qor oʻzining mayin parchalarini odamlarga hadiya etyabdi. Havo ham u qadar sovuq emas. Ammo bularning hech biri u koʻngliga sigʻdira olmayapti. Omadsizlik ketidan omadsizlik kelishi uni sillasini qurita boshladi allaqachon.

Eshik ochilib hovliqqancha Nero kirib keldi. Ren unga eʼtiborini qaratib,qoʻlidagi bir dunyo hujjatlarga koʻzi tushdi.

– Nima boʻldi yana Reni dedi Nero haliyam nafasini toʻliq rostlab olmay.

– Qahvaxonani yopishmoqchi - Ren ancha tinchib qolgan sokin ovozida gapirdi.

– Nima?! Qanaqasiga? - Nero hayratini ichiga sigʻdira olmay baqirdi.

– Bu yerlar qandaydir Kianlarga tegishli emish.

Nero Kian familiyasini eshitib jim qoldi. Ha...u taxmin qilgandi kecha ularning bir vakilini koʻrgandayoq nimadir boʻlishini koʻngli sezgandi.

– Ular kim bilmaysanmi? Anavi yigitni aytishi boyicha yonimizdagi mehmonxonani egasi ekan.

– Umuman olganda bilaman. Ularni butun Los-Anjeles aholisi taniydi chunki Kianlar 100 yillardan beri bu yerda hokim boʻlishni davom ettiradi.

– Lekin qanday? Avloddan avlodga meros boʻlib qolishi faqat monarxiya davlatlarida boʻladiku.

– Bundan hech kimni xabari yoʻq. Ammo bilganim shuki ular bilan oʻchakishib boʻlmaydi.

Ren umidsizlik botqogʻiga botib qolgandek his qilardi oʻzini. Nimadir notoʻgʻri ekanini yuragida his qilgandi ammo hozir ham aniq emas. Nimani oʻtkazib yubordi u.

– Bilgandim dedi Nerodan sado chiqib.

Ren shu zahoti unga savolli nigoh bilan qaradi. –Nimani bilganding? - Nero chuqur nafas olib Renga yaqinroq oʻtirdi.

– Kecha ulardan birini koʻrdim...qahvaxonada. - Renning koʻzlari katta katta boʻlib ochilib ketdi. Miyyasida qoʻngʻiroq chalinib ketgandek boʻlib, kechagi dengiz boʻyidagi suxbatni esladi. Oʻrnidan darhol turib eshik tomon shaxd bilan qadam bosa boshladi. Bu yerda hayron qarab turgan Nero uni ismini chaqirgancha qoldi.

Oʻzini mehribon tutib oʻzicha ogohlantirib qoʻygan odam aslida undan hamma narsani topib olmoqchimi? Gʻalati...kechagi gapi nima edi. " Mening vazifam seni ogohlantirish katta odam. Tezroq biznesingiz hal qilmasang oldingdagi qoʻshnilaring seni yanchib tashlashadi" Nega endi men seni yanchib tashlayman demadi. Shunchaki tan olib qoʻya qolmadi yoki u shu qadar qoʻrqoqmi?...tan ola olmaydimi oʻz ishini.

Ren hashamatli mexmonxona oldiga kelib toʻxtadi. Alam va gʻazab uni qamrab olib,hech narsadan qaytmas darajada kuchli his qamrab oldi uni.

"Arkian ocean" mexmonxonaning ustiga chiroyli naqsh bilan tushirilgan nomi unga hozir shu qadar hunuk koʻrinayotgandiki qoʻlidan kelsa oʻsha yozuvni uzib olsa.

Ikki tarafga ochiladigan eshikdan kirib duch kelgan odamdan boshligʻini soʻradi. Uning vajohatidan qoʻrqqan hodim qoʻli orqali tepaga ishora qilib dudilib gapira boshladi.

– Eng yuqori qavat 7-xona..lekin

Uning gapini tugashini kutmay liftga oʻzini otdi. 30 raqami ustiga bosib asabiylik qaltirayotgan qoʻllarini bir biriga bogʻladi. Chuqur-chuqur nafas olib liftdan chiqdi. Toʻgʻrida turgan oq ustida tilla rangli naqsh bilan oʻyib yozilgan 7 raqamli xonaga soʻroqsiz qadam bosdi.

Xonasida hotirjam teskari sanoqni yakunlayotgan yigit eshikdan kirib kelgan qizga qaradi. Jaxldan burnidan tutun chiqayotgandek tasavvur qilib tabassum qildi.

– Senga rostdan ham odobni oʻrgatishmagan dedi u qattiq nafas olib turgan qizga qarab.

– Sendek jirkanch odam yoʻq - Ren unga nafrat bilan tikildi. Goʻyo u jumlalariga ichidagi bor hissiyotlarni jam qoʻygandek edi. Dard alam gʻazab nafrat..hammasi oʻsha ohangda chiqib ketdi.

Arkin yuzida hech qanday yuz ifodasini yaratmay beʼtibor qaradi.

– Senga ogohlantirish berib qoʻydim. Bu qadar jaxling chiqmasin.

Uning xotirjam ohangda aytilgan gaplaridan ikki baravariga oshgan jaxli sabab yonishga ham tayyor boʻlib turgan qiz uning stoli tomon yaqinlashdi.

– Nima qilishimni kerak? Axir men sendek kuchga emasman. Nima ham qila olardim sendek odamlarni oldida Janob Kian - dedi Ren kesatigʻli ohangda. Arkin jilmayib oʻrnidan turdi.

– Vanihoyat bilibsan..jaxling chiqmasin senga yaxshiroq taklifim bor.

–Eshitishni ham istamayman,tushunyapsanmi seni oʻgʻzingdan chiqqan hech bir soʻzni tinglagim kelmayapti! Menga taklif kerak emas shunchaki menga qahvaxonani qaytar... -Ren kuyunchak ohangini qoʻymagan holda ich ichidan gapirdi.

– Kechir.Ammo bu qoʻlimdan kelmaydi. Istagan narsangni soʻra beraman lekin bu qoʻlimdan kelmaydi.

Ren lablarining titrogʻini yashirish uchun qattiq qimtib tishladi. Taqdirga tan bergandek ortiga burildi. Endi hammasi befoyda ekanini,qahvaxonani unutishi kerakligini oʻziga oʻzi uqtira boshladi.

– Shoshma - Arkinning ovozi uni toʻxtatdi. – Qahvaxonang evaziga senga mexmonxonaning raetoranini beraman. U yerda nima qilgan boʻlsang shu yerda ham qilaverasan. Oʻylab koʻr bunaqa imkoniyat qaytib berilmaydi.

Renning hozirgi holatida oʻylash tugul aqlga sigʻdira olish ham katta gap edi. Gʻururi ustunlik qilib ortiga ham qaramay eshikni zardali yopib tark etdi.

Osmondan mittigina boʻlib tushayotgan qor goʻyo laylakchalarni tasvirlardi. Yerga toʻplanmasligini aniq bilgan holda qoʻlini ularni his etish uchun tutib turgan Ren,uzoqdan koʻringan Neroni sharpasini sezdi.

Ohista qadam tashlab yurib kelgan yigit hanuz yerdan bosh koʻtarmay turgan qizni qoʻlidan tortdi.

– Reni bunday turgandan foyda yoʻq. Yuraqol - qimir etmasdan turgan qizni sekin olib keta boshladi.

– Nega doim mendan hamma narsani tortib olishadi dedi Ren yigʻlamsiragan ohangda. Qoʻyib bersa hozir yigʻlab yuborishga ham tayyor.

Nero chuqur nafas oldi va uning sochlaridan siladi. – Har bir ish bekorga boʻlmaydi Reni, hali koʻrasan bir sabab borki senga shunday kulfat keldi.

Ren koʻz yoshlarini qoʻyib yubordi. Nero hafsala bilan nafas olib,mayin tebranib tushayotgan qorga qarab ichidagi havosini chiqarib yubordi. U ustgi kiyimini yechib,yelkalari silkinib yigʻlayotgan qizning ustiga tashladi va boshiga kiyimdan chiqqan bosh kiyimni tushurib qoʻydi.

– Reni kuchli boʻl. Hammasi yaxshi boʻladi hali... - Yigit uning boshiga qoʻlini qoʻyib silab qoʻydi va qoʻlini yelkasidan oʻtkazib sekin oldinga yura boshladi.

1 soatdan soʻng.

Tashqariga olib chiqilyotgan buyumlar yuk mashinasiga ortilib ikkinchi qoʻl matixlar sotiladigan joyga eltib qoʻyildi. Boʻm-boʻsh qolgan qahvaxonasida pianinoga bosh qoʻyib oʻtirib qachon ketishlarini kutib oʻtirgan Ren, bir soatdan beri hayollariga berilib ketdi. Hammasini birma-bir taxmin qildi...nimalarda xatoga yoʻl qoʻyganidan tortib,qaysi ishlardan yaxshi xulosalar olganigacha.

Nero kelib pianinoni taqillatmagunicha u shu holatda turdi. Keyin uyqusiragan odamdek ketishga shaylanganda eshik yonida turgan kimsani koʻrib oʻz joyida qotdi.

– Oʻtir Ren - Nero qaqayib turgan qizni joyiga qayta tortdi.

– Bu lanati nega bu yerda! - Renning ovozi ham jaxl ham titroq aralash chiqdi.

– Tinchlan..oʻtir bafurja gaplashamiz

–Nero! - Ren unga olaqarash qilib qoʻlini silkitib chiqarib oldi. Chiqib ketish uchun eshik tomon qaraganda oʻsha nigohlarga duch kelib,lovullab yondi.

– Arkin bilan shunchaki gaplashamiz. Unda yaxshi taklif bor. Bir marta eshitib koʻr. Faqat bir marta agar yoqmasa mayli hech qachon duch kelmaysan qaytib unga.

U joyiga qaytib joylashdi shu bilan birga Arkin ham. Xona sukutda. Hamma bir birining gap boshlashini kutyapti.

– Nima gaping bor edi? Nega choʻzyapsan. - Ren asabiy koʻzlarini oʻqatdi.

– Men senga haligina aytgan taklifmni qaytarib bermoqchiman.

aytgan taklifmni qaytarib bermoqchiman.

– Ovora boʻlma men rozi boʻlmayman - U qoʻllarini bir biriga bogʻlab fikrida qatʼiy turib oldi.

– Ren bu ikki taraf uchun ham foydali boʻladi. Bunchalik tez javob berma. - Nero tezlikda gapga aralashdi. – Bunday qolib keta olmaysanku. Ishli boʻlishing,rivojlanishning kerak.

– Men usiz ham rivojlana olaman. Yana qayta qahvaxona ochish yoki biznes boshlash muammo emas.

– Senga muammo emas ammo yer olish hozirgi kunda muammodan ham katta narsa.

Ren qattiq uh tortib,boshini quyi soldi. Nima qilishi kerakligi mujmal bir narsa boʻlib qolgan. Haqiqatdan ham biznes boshlash oson ammo yer mulk olish qiyin edi.

– Yaxshi men roziman. - Xonadagi keskin vaziyat uning javobidan yumshagandek boʻldi. – Ammo mening ham shartlatim bor. Oʻzim istagandek muhit yarataman mexmonxonaning menga tegishli qismida.

– Yaxshi dedi Arkin hotirjam yuz ifodasini saqlab. Qilt etmaydigan harakteri bilan ikkisini ham hayratga solgancha eshik tomon ildam qadam bosdi. –Ertaga mexmonxonaga kel. Boshqa mayda narsalarni shu yerda gaplashamiz.

• • •

Mehmonxonaning ovqatlanish qismi ostin ustun boʻlib,qayta boʻyash ishlari olib borilayotgani. Renning boshchiligida qilinayotgan bu ishga hech kim daxl qilmay,tashrif buyuruvchilar ming hammasi oʻz xonalaridan bir necha kundan beri chiqqani yoʻq.

– Hoy sekinroq harakat qilsangizchi tushurib yuborasiz axir - Ren tepaga ilish uchun koʻtarilayotgan rasmga imo qilib qoʻlini tepaga koʻtardi. –Biroz chetroqqa suring qiyshiq boʻlib qolyapti.

Renning injiq harakatlaridan 3 kundan beri birga ishlayotganlar allaqachon bezib qolishgandi. Mana hozir ham pastdan turib buyruq berayotganiga burnini jiyirib qoʻygan usta koʻngildagidek boʻlishi uchun chetga surib boʻldimi degandek unga qaradi. Ren boshini silkib tasdiqlangach u pastga tusha boshladi.

– Bunaqada ishchilarni ajalidan 15 kun oldin oʻldirasanku dedi ortda kuzatib turgan Arkin.

– Ishchilarning menga qanchaga ha fosh bera olishini koʻrmoqchiman - Ren ham unga monand hotirjam ohangda koʻzini suzib javob berdi.

Arkin stolni teskari tarafiga oʻtirib iyagini tiragancha Renga yaqinroq joylashib oldi.

-Toʻrtinchi bob - tugadi.

Sirelle|Gathering all my feelings in one place🦢

Muallif: Sirelle