January 6

THE GOVERNESS

- Birinchi bob -

Fransiya - Parij.


Osmonni chulgʻab olgan qora bulut,hademay yomgʻir yogʻishini koʻrsatardi. Qattiq chaqmoq ayrim paytlarda oʻzining qoʻrqinchli ovozi bilan tahdid qilgancha yashinlarini hadeb osmonda sochardi. Mitti yomgʻir tomchilari tushishni boshlagan on, har bir inson soyabonini axtarib qoldi. Biroz tezlashgan koʻyi davom etayotgan yomgʻir bugun toʻxtamasligini bildirgancha qarsillatib chaqmoq chalishini osmonga buyurardi goʻyo.

Qop qora mashinaning ulkan bino yoniga kelib toʻxtashi bilan tushgan erkak,qarshisidagi binoga nazar tashladi.
"Service de Gouvernantes Grace" - Binoning zarxal harflar bilan yozilgan nomi bu enagalar topish uchun qulay joy ekanini bildiradi.
Eshik yonida biroz turib qatʼiyat va sovuqlik ufurib turgan nigohlarini ichkariga toʻgʻriladi. Eshikning astalik bilan ochilishidan keyingina u yerga qadam bosib,koʻzlari bilan oʻziga kerakli boʻlgan insonni izladi.
– Janob Jeon - egniga och shaftolirang kofta va yubka kiyib olgan,sal qariroq ayol unga vazminlik bilan yurib kelishi davomida,erkakning qattiq nigohlari bilan tutashdi. Darxol qilgan xatosini sezib toʻgʻrilashga kirishdi. – Kechirasiz.. Janob Angelot xush kelibsiz.
Angelot deb atalgan bu odam yuzida mamnuniyat ufurib,ayolning keyingi berishi mumkin boʻlgan takliflarini kutdi.
– Bu yerga oʻtiring. - Ayol yumshoq va vazmin ohangda uni yaqinroqdan joylashgan stolga oʻtirishni taklif qildi va erkak ham taklif qilingan joyga oʻrnashdi.
– Rasmiyatchilikka hojat yoʻq menimcha Grace xonim.
Grace miyigʻida jilmayib,boshini yaxshi degandek silkib qoʻydi.
– Hoʻsh Jung.. - Ayol biroz toʻxtab gapini toʻgʻriladi. – Edward,bu safar ham enaga uchunmi yoki meni koʻrish uchun keldingmi?
– Har doimgidek enaga uchun. Men sizga telefonda aytgan tafsilotlariga mos tushadigan qiz topilar ekanmi jamiyatingizda - U bir qoshini tepaga koʻtarib,kresloga suyandi.
– Sen juda qaysar boʻlganing kabi oʻgʻling ham shunday. Men undayini topguncha,oqarmagan sochim qolmadi. - dadi Grace norozi ohangda
– Oʻzi sochlaringiz oqku - Jungkook qarib qolgan ayolni ustidan kulgan boʻlib jilmaydi. Unga parvo qilishni istamay qattiq xoʻrsingan Grace, biroz narida yurgan xizmatchini chaqirdi va uni chaqir deb kirgazib yubordi.
– Men tanlagan bu safargi enaga, nihoyatda mukammal. Shaxsan oʻzimnimg qoʻlimda tarbiyalangan.
– Mukammal boʻlmaganlari nima ahvolga tushganini yaxshi bilasiz - Edward gaplariga urgʻu berib Gracening gezarib ketgan yuziga duch keldi. Oraga kelgan tarang vaziyatni qizning past ovozda tomoq qirishi buzdi. Edward nigohini bir tekis ustiga huddi Gracenikidek och shaftolirang kofta yubka kiyib olgan qizga qaratdi. Biroz qisilgan koʻzlari va nozik yuz tuzilishi koreyslarnikidek edi. Beligacha uzun boʻlib tushgan sochlari bir tekisda yigʻilgan peshonasining yoniga esa biroz kokil tushirilgandi. Edward shu onda Gracening jamiyati qanchalik tartibli ekaniga yana bir bor guvoh boʻldi. Va qizning qovoqlari biroz shishib mayin qizarish hosil qilgan yuzining yoqimli ekanini his qildi.
– Edward tanish bu Emili Fleur sen aytgandek koreys tilini mukammal biladi. Edward uning ismini eshitgach koreysligi haqidagi taxminlarni chippakka chiqib uni yana bir bor sinchiklab tekshirdi.
– Salom Emili - Edwardning qattiq ovozi koreys tilida yangradi. Albatta u qizni imtihon qilib koʻrmoqchi.
– Salom Janob Angelot - dedi qiz bir tekis jasurlik bilan javob berib.
– Men haqimda va oʻgʻlim haqida allaqachon bilgandirsan. Sen hamma shartlarga rozimisan? - Edward u bilan suxbatni koreys tilida davom ettirdi.
– Albatta. Men allaqachon shartlar va muxim detallar bilan tanishib chiqdim. Va yagona qolgan ish sizning shartnomaga qoʻl qoʻyishingiz. - Edward qizning haqiqiy koreyslardek gapirishiga hayratlanib,Gracega qaradi.Qoʻlini uzatib undan shartnomani soʻradi. Ayol kulib,stolning narigi burchagida turgan katta faylni u tomon surib qoʻydi. Edward shartnomani oʻqimasdan ham qoʻl qoʻyib oʻrnidan turdi.
– Demak Emili Fleur,bugundan eʼtiboran uyimda yashaysan va farzandimga asosiy masʼul shaxs sensan - Emili bosh qimirlatib qoʻydi. Ichida biroz qoʻrquv bor,uning ilk ishi bunday xavfli inson bilan boʻlishi uni ancha bezovta qiladi

U Gracening ishorasi bilan,yuklarini olish uchun tepaga koʻtarilib ketdi.
– U sizning kimingiz boʻladi Grace xonim - Edwardning sovuq nigohi unga qaratildi. Nimadirdan shubxa qilayotgandek koʻzlarini qisib,javob ber degandek bir qoshini koʻtardi.
– Umuman olganda hech kim. Lekin kichikligidan oʻzimni qoʻlimda katta boʻlgan - dedi Grace eski xotiralarini eslaagancha.
– Xonim menga enaga boʻlganingizni unutmadingizmi? Bizni uyda yashar edingiz qanday qilib unga qaraysiz - dedi Edward turgan joyidan sal yaqinroq kelib.
– Toʻgʻri.Fransiyaga koʻchganimizdan keyin sizlar bilan yashamay qoʻydim. Unda sen ham ancha uylgʻayganding.- Edward uning gaplaridan xulosa qilib, Emilining yoshi ancha kichik ekanini bilib oldi. Xujjatga eʼtiborini qaratib,u haqidagi maʼlumotni ochdi va yoshiga nazar tashladi. "Yoshi - 21 " jumlasini oʻqib,u undan 12 yoshga katta ekanidan biroz hayratlandi.
Chamadonini sudrab chiqayotgan qizga ikkisi ham qaradi. Hattoki chamadoni ham och shaftolirangda,bu ularning ramziy rangimi?
Emili Gracening yoniga kelib hayrlashish uchun qoʻl choʻzdi. Ayol uni bagʻriga tortib olganidan ikkisi ham ajablanib qoldi. Toʻgʻrida,Grace hech qachon hech qaysi enagasi bilan shunday xayrlashmagandi.
– Bir yilga ketasan-u qoʻl berib xayrlashamizmi? - Grace uning sochidan silab,biroz oʻzini nari oldi – Omad Emili Fleur!

Binodan chiqib,unga bir qarab qoʻygan qiz kechagi Grace bilan boʻlgan suxbatni esladi. Yurish davomida Gracening qanchalik Angelotlarga enaga boʻlish foyda keltirishi haqida bir soatdan ortiq nutqini eshitishga majbur boʻlgandi. Ular xavfli butun Parijda "Angelot - Farishta" nomi ostiga berkingan bu odamlarning chirkin tarixi bor deyishadi. Shunga qaramay,qanday qilib bularning hammasiga rozilik bildirganiga oʻzi ham hayron. Balki bu oʻz xohishlari emas taqdirning unga koʻrsatgan yoʻlidir.
Egasidek sovuq qora rangga burkangan mashinaga oʻtirmasdan avval uning raqamiga koʻzi tushdi."Ange0424" raqami koʻz oldida butun umrga muxirlandi. Mashinaga sekin chiqishi bilan ichkaridagi haydovchi mashina oynasini u tomonga qaratib tirjayib salomlashdi. Yoshi Edwardniki bilan teng boʻlishi mumkin boʻlgan bu insonning koʻrinishi ularnikidan farq qilib haqiqiy Fransuzlardek yuz tuzilishiga ega edi. Jingalak sochlari va biroz qoʻyilgan soqoli mavjud,kulganida esa oʻziga yarashib turuvchi kulgichlari paydo boʻladi. Bir qarashda samimiy va optimist odamligini bilib olish mumkin.
Emili ham u bilan salomlashib mashinaning bir burchagida oynaga boshini qoʻyib keta boshladi. Ertalab kallayi saxarlab turib olgani uchun koʻzini uyqu bosa boshladi.
– Nega uyimda ishlashga rozilik bildirding? Odatda buni hech kim xohlamaydi - Erkakning qattiq ovozi endigina koʻzi ilinay degan Emilini hushyor qildi.
– Bu mening birinchi ishim. Uddalay olsam ancha oʻsish boʻladi menda - Emilining ovozi hech qachon hissiyotga berilib ketmaydigan bir tekis va sovuq. Edwardnikichalik emas,lekin unda oʻzgarmas ovoz bor.
– Boshqa takliflar ham talaygina boʻlgandir. Ulardan ham huddi shu foydani olsa boʻlardi - uning hadeb bir savolni turli yoʻllar bilan soʻrashi qizni biroz asablarini qoʻzgʻatdi ammo shunda ham sokinlik bilan javob berishga harakat qildi.
– Yoʻq janob adashasiz. Oʻzingiz bilganingizdek sizga xizmat qilish oson emas va men buni eplay olgan birinchisi boʻlsam qanchalik foyda kelishini tasavvur qilolmaysiz - Emili yetarlicha javob berdim deb oʻylab yana jim keta boshladi.
– – –

Mashinaning toʻxtashidan,sekinlik bilan yerga qadamlarini qoʻygan qiz,birinchi navbatda uyga qaradi. Kiraverish qismi panjaralar bilan oʻralib har 5 metrda qoʻriqchilarning saf tortishi, har qanday eʼtiborsiz insonni ham bir daqiqaga qolmay jalb qila olardi. Ichkariga kiraverishda yashil maydon va taxminan 10 metrdan keyin asosiy uy binosiga kirish mumkin. Oq marmardan ishlangan ustunlar eshik oldida qad rostlagan. Uy koʻrinishidan 5 qavatga oʻxshab koʻrinsada aslida bor yoʻgʻi 3 qavatdan iborat edi.
Edward nigohini qizga tashladi uyni koʻzlari bilan aylanib chiqayotgan qizdan hayratini kutib turdi ammo oʻsha bir xildagi oʻzgarmas yuzga duch keldi.

Ichkari ham tashqi koʻrinishi kabi mukammal tuzilishga ega boʻlib,har bir narsa oʻz oʻrnida joylashgandi. Emili uydan koʻngli toʻlib,chuqur nafas olib qoʻydi. Uyni ichini ham koʻzlari bilan aylanib chiqish chogʻida,xoʻmrayib turgan mitti bolakay bilan toʻqnashdi. Bola taxminan 5 yoshlar atrofida boʻlib, Edwardning kichik nusxasiligidan ular ota-oʻgʻil ekanini ayta olish mumkin. Emilini hayratda qoldirgan narsa bolaning kostyum shimda turishi va qilt etmagan galstugi edi.Uning koʻzlari otasidan farqli ravishda moviy rangda ekanligidan qiz bu koʻzlar onasidan oʻtganligi haqida taxmin qildi.
U tez qadamlar bilan qizning yonidan burnini jiyirib oʻtib ketib, dadasining oyoqlariga yopishdi. Emili bolakay bilan chiqishib keta olish qiyinligi haqida oʻylab,unga achchiq tabassum qilib qoʻydi.
– Bu sening yangi enagang. Umid qilamanki bu safar eski hunarlarini qilmaysan - Edwardning biroz qoʻpol ovozi bor ammo oʻgʻliga qaratilgan nigohlaridan mehrga joʻshib turganini sezish qiyin emas.
Emili unga yaqin keldi. Boʻyi tengi oʻtirib yuzini burib olgan tarafdan oʻziga qaratdi.
– Salom kichik Angelot. Mening ismim Emili - U qizning qoʻlini mitti qoʻlchalari bilan qattiq qisib yuzidan pastga tushirdi. U ham xuddi otasi kabi qoʻpol...
– Qoʻlingizni yuzimga olib kelmang. Zarar koʻradi. - Emili uning bolalarga xos shirin ovozini eshitib yuziga keng tabassumini oldi.
– Yaxshi,kichik Angelot. Ismlarini bilsam boʻladimi? - Qoʻlini koʻksiga bogʻlab turib olgan bola,eʼtiborini unga qaratdi. Koʻzlaridan bilish mumkin boʻlgan narsa faqat norozigarchilik va nafrat. Ancha injiq va erka ekanligi koʻrinib turgani uchun Emili yaxshi muomala qilishga urindi.
– Jorjino..Jorjino Angelot - biroz vaqt oʻtgandan soʻng uning ovozi istamaygina chiqdi. Ammo ancha dadil va magʻrurona yangraydi uning ovozi.
– Hoʻsh unda men seni Jorj deb chaqiraman boʻladimi? - Emili uning bir biriga bogʻliq turgan qoʻllaridan ushlab unga kulib qaradi.
– Agar meni shunday chaqirsangiz men ham sizni Emi deb chaqiraman - Jorjning talabchan ohangi yangradi. Emili shunchaki bosh irgʻab qoʻydi. Oʻrnidan turish davomida uning yodiga tushgan xotiralardan eti jimirlab ketdi.
Emi - otasi uni Emi deb chaqirardi. Va otasidan eshitgan soʻngi soʻzi ham shu boʻlgan. Oʻsha damlar koʻz oldidan daxshatli kino kasetsidek 13 yildan beri aylanadi. Bu uni bezovta qila oladigan yagona hodisa edi.
Hushini oʻziga keltirgan qiz,boyagi haydovchini yengil kulgu bilan uning chamadonini olib kelayotganini koʻrdi va uni olish uchun biroz oldinga surildi. Qoʻliga narsalarini olgach halitdan beri uni kuzatib turgan oʻtkir nigohli ota va ogʻilga murojaat qilish uchun ularga qaradi.
– Mening xonam qayerdaligini bilsam boʻladimi?
– Yuklaringni xizmatchilar oladi. Senga ham koʻrsatib qoʻyishadi - Edward Seranna ismli qizni baland ovozda chaqirib Emilining qoʻlida turgan chamadonini olishga undadi. Biroz jingalak sochlari, yuzining tabiiy qizarib turishi va uning ustidagi mayda sepkillar uni jozibali koʻrsatardi. Koʻrinishidan yoshi 18 lar atrofida boʻlgan Seranna undan yuklarni olib ortimdan yuring degancha ikkinchi qavatga boshladi. Ammo nimadir esidan chiqqandek toʻxtab qolgan qiz,ortga oʻgirildi.
– Jorj menga xonangni koʻrsatmaysanmi? - Emili biroz gapidan toʻxtalib Serannaga ketishi mumkinligi haqida xabar berdi.
– Hali xonamni koʻrsatishchalik yaqin emasmiz - dedi Jorj oʻqrayib qarab. Emili gaplariga biroz qitmirlik va hazil qoʻshib uni rozi qilishga undamoqchi boʻldi.
– Shoshmachi...balki sen xonangni qizlarni oʻyinchoqlari bilan toʻldirganingni koʻrsatging kelmayotgandir - dedi Emili ovozini mugʻombirlik bilan oʻzgartirib. Koʻzini qisib shubxalanayotgandek koʻrinishga oʻtib oldi. Jorj ham juda gʻururli emasmi, uning gaplaridan darxol jaxli chiqdi. Emilining hayolida esa uning mitti ajdarxodan olov purkayotgan koʻrinishi gavdalandi.
– Umuman unday emas! - U Emilining oyogʻi tagiga zarb bilan qadam qoʻydi. Kichkina qoʻllari bilan uning qoʻlini ushlab,xonasini koʻrsatish uchun keta boshladi. Ularni ortidan kuzatib turgan Edward esa miyigʻida kulib qoʻydi.

- Birinchi bob - tugadi.

•Sirelle|Gathering all my feelings in one place~🦢