3-kazus
А.Турғунов 2022 йил 20 май куни соат 20:00 ларда Мингбулоқ тумани, Баланд Гуртепа МФЙ, Дўмса кўчаси марказида жойлашган жамоат жойи ҳисобланган А.Тўраевга тегишли автомашиналар эҳтиёт қисмлари сотиладиган савдо шаҳобчаси яқинида Д.Жакбаров қариндоши Д.Салайдинов билан ўзаро тортишиб турганида, ҳеч бир сабабсиз, фуқаролар тўпланишига сабабчи бўлиб, жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, Д.Жакбаровни дастлабки тергов давомида аниқлаш имкони бўлмаган қаттиқ жисм (тош) билан бош ва танасини турли қисмига уриб-дўппослаб, суд-тиббий экспертизасининг 2022 йил 26 майдаги 815/700-сонли хулосасига кўра, Д.Жакбаровга соғлиғини бузилишига сабабчи бўлган енгил шикаст етказган. Бундан ташқари, А.Турғунов жиноий ҳаракатларини давом эттириб, 2022 йил 20 май куни соат 23:00 ларда Д.Жакбаров “телефон аппаратиниА.Турғунов олиб кетган бўлса керак” деб ўйлаб, телефон аппаратини олгани ўзига тегишли бўлган “Нексия” русумли 50 L 665 NA давлат рақам белгили автомашинасида танишлари О.Мамадалиев ва О.Тожиддиновлар билан бирга Мингбулоқ тумани, Баланд Гуртепа МФЙ, Толливол кўчасига борганида, қўниқўшниларни тинчини бузиб, бақир-чақир қилиб, О.Мамадалиев ва О.Тожиддиновларни ўроқ ва дастлабки тергов ҳаракатлари давомида аниқлаш имкони бўлмаган қаттиқ жисм билан уриб-дўппослаб, Д.Жакбаровга тегишли “Нексия” русумли 50 L 665 NA давлат рақам белгили автомашинага қасддан шикаст етказиб, О.Тожиддиновга зўрлик ишлатиб, уни уйи яқинидаги тол дарахтига арқон орқали қўл-оёқларидан боғлаб, ғайриқонуний равишда озодликдан маҳрум қилган. Суд-тиббий экспертизасининг 2022 йил 26 майдаги 816/701-сонли хулосасига кўра, О.Мамадалиевга соғлиғини бузилишига сабабчи бўлган енгил, 30 майдаги 850/728-сонли хулосасига кўра, О.Тожиддиновга ҳаёт учун хавфли бўлган оғир шикаст етказган.
1. Жиноят субъектининг ҳаракатларини жиноят қонунчилигига кўра квалификация қилинг.
Mazkur holatga jinoyat huquqi nuqtayi nazaridan baho berar ekanmiz, jinoyat subyetkti bo'lmish fuqaro А.Турғунов jinoyat Kodeksi bilan taqiqlangan, bir nechta aybli ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan. Jumladan:
- jamoat joyi hisoblangan savdo shaxobchasi yaqinida fuqarolar to'planishiga sababchi bo'lib, hech bir sababsiz fuqaro Jakbarovning tanasining turli qismlariga tosh bilan urib,соғлиғини бузилишига сабабчи бўлган енгил шикаст етказган - JK - 277 - Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa, — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining "Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida" Qarorining 1-bandida Tushuntirilsinki, bezorilik jamoat tartibiga qarshi qaratilgan jinoyat bo‘lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslikda ifodalangan harakatlar shaxsni urish-do‘pposlash, unga yengil tan jarohati yetkazish yoki o‘zganing mulkiga ancha miqdorda shikast yetkazish yoxud uni ancha miqdorda nobud qilish bilan bog‘liq holda sodir etiladi. Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasining 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilish uchun yuqorida ko‘rsatilgan oqibatlarning barchasi bir vaqtda mavjud bo‘lishi talab etilmaydi. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik deganda, normativ-huquqiy hujjatlar, odob va axloq normalari, urf-odat, an’analar bilan belgilangan jamoat tartibini (odamlararo munosabatlar, yurish-turish qoidalari, shakllangan ijtimoiy turmush tarzini) qo‘pol tarzda buzish tushuniladi. Jamoat tartibi qo‘pol tarzda buzilishi shaxs tomonidan JK 277-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan harakatlardan birortasi sodir etilishida ifodalanadi.(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)Qonun mazmuniga ko‘ra aybdor o‘zining harakatlari bilan jamoat tartibini buzayotganligini anglashi lozim. Bunda mazkur xatti-harakatlar bilan jamoat tartibini buzish o‘rtasida sababiy bog‘lanish bo‘lishi shart. Sababiy bog‘lanish aniqlanmagan holda qilmish shaxsga yoki mulkka qarshi qaratilgan jinoyat deb baholanishi lozim.
- Bundan tashqari, Jakbarov telefoni yo'qolgani va uni fuqaro А.Турғунов olib ketgan deb o'ylab, Turg'unovni mahallasiga 2 do'sti bilan borgan vaqtida А.Турғунов жиноий ҳаракатларини давом эттириб, қўниқўшниларни тинчини бузиб, бақир-чақир қилиб (JK -277 ikkinchi qism "v" bandi) - Qilmishni Jinoyat kodeksi 277-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun bezorilik zamirida sovuq qurol yoki shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni namoyish qilish (ko‘rsatish)ning o‘zi yetarlidir. Bunda ularni qo‘llashga nisbatan tahdid bo‘lgan-bo‘lmaganligining ahamiyati yo‘q, biroq bu holat sud tomonidan jazo tayinlash paytida hisobga olinishi kerak.Sovuq qurol yoki shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni qo‘llash deganda, aybdorning ular vositasida bezorilik harakatlari davomida jabrlanuvchiga nisbatan tan jarohati yetkazgan yoki yetkazishga harakat qilgan hollar tushunilishi lozim.Oldingi tahrirga qarang.Sudlar jinoyat qurolini sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan ashyo deb topishda O‘zbekiston Respublikasining “Qurol to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan tushunchalarga amal qilishlari lozim. Zarur hollarda ushbu masala bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sud-kriminalistik ekspertizasi tayinlanishi mumkin.(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)Oldingi tahrirga qarang.Shaxsning sog‘lig‘iga amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar turkumiga aybdor tomonidan o‘sha maqsadlarda foydalanilgan har qanday narsalar kiradi. О.Мамадалиев ва О.Тожиддиновларни ўроқ ва дастлабки тергов ҳаракатлари давомида аниқлаш имкони бўлмаган қаттиқ жисм билан уриб-дўппослаб,
- Д.Жакбаровга тегишли “Нексия” русумли 50 L 665 NA давлат рақам белгили автомашинага қасддан шикаст етказиб - JK 277
- О.Тожиддиновга зўрлик ишлатиб, уни уйи яқинидаги тол дарахтига арқон орқали қўл-оёқларидан боғлаб, ғайриқонуний равишда озодликдан маҳрум қилган. О.Тожиддиновга ҳаёт учун хавфли бўлган оғир шикаст етказган. JK - 138. Birovni zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha harakat 138-modda ikkinchi qism b) hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda sodir etilgan bo‘lsa, — uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, О.Тожиддиновга ҳаёт учун хавфли бўлган оғир шикаст етказganligi sababli JK 104 modda birinchi qism bilan kvalifikatsiya qilinadi. Oliy sud Plenumining 6-sonli qarorida Badanga qasddan bezorilik tuygʻusida yetkazilgan ogʻir shikast JK 104-moddasi ikkinchi qismining «e» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi va JK 277-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. «Agar aybdor mazkur jinoyatdan tashqari yana bezorilik jinoyati belgilari mavjud boshqa harakatlarni sodir etgan boʻlsa, qilmish JK 104-moddasi ikkinchi qismining «e» bandi va 277-moddasining tegishli qismida koʻrsatilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim deb belgilangan.
Yuqorida ko'rsatilgan holatlar jinoyatlar majmuyi sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
2. Жиноят субъектининг қилмиши бўйича жиноят таркиби зарурий ва факультатив белгиларини юридик таҳлил қилинг.
Savolga javob berish uchun avval, Жиноят таркибининг тўрт асосий элементи таҳлил қилинади: 277-modda bezorlik jinoyati Tarkibli jinoyatdir. Bunda ikki yoki undan ortiq oddiy mustaqil jinoyatlardan iborat bo‘lgan jinoyatlardir, ular alohida olinganida har biri mustaqil jinoyat tarkibini tashkil etadi.
Asosiy bevosita Obyekt- jamoat tartibini ta’minlovchi munosabatlardir.
Qo‘shimcha bevosita obyekt - shaxsning sog’lig’i, jismoniy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmatini, shuningdek, o‘zganing mulki xavfsizligini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Obyektiv tomon - bezorilik jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish natijasida ancha miqdorda zarar yetkazishda ifodalanadi.
JK 277-modda ikkinchi qismi "v" bandi sovuq qurol jinoyat obyektining zaruriy belgisi hisoblanadi.
Subyekt - 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs JK 277-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan bezorilikning subyekti hisoblanadi, ko‘rib chiqilayotgan moddaning 2- va 3-qismlari bo‘yicha esa 14 yoshga to‘lgan shaxslar ham shunday subyekt sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Subyektiv tomon - bezorilik to‘g’ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor jamoat tartibini buzayotgani, do‘pposlayotgani, badanga shikast yetkazayotgani yoki o‘zganing mulkini nobud qilayotgani yoki unga shikast yetkazayotganini anglaydi va bu harakatlarni amalga oshirishni istaydi.
Mazkur jinoyatning bevosita obyekti jabrlangan shaxsning shaxsiy (jismoniy) erkinligini kafolatlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Koʻpgina hollarda, qoʻshimcha obyekt sifatida shaxsning hayoti va sogʻligi xavfsizligi namoyon boʻladi.
Jinoyatning obyektiv tomoni zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda shaxsni harakat qilish erkinligidan mahrum etish, jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻrlik ishlatib, odamni uning xohishirodasiga qarshi ma’lum bir joyda majburan ushlab turish maqsadida jabrlanuvchini bandi qilish, unga uyqu dorisini berish, odamni aldash yoʻli bilan oʻzi kirishni istamagan xonaga olib kirish va hokazolar, uning qayerda boʻlishini erkin tanlash huquqini cheklash kabi xattiharakatlarni sodir etishda ifodalanadi. Jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻrlik (jabrlanuvchining qarshiligini engish maqsadida uni bogʻlash, uyqu dorisi berish, kishan bilan qoʻzgʻalmaydigan jismlarga biriktirish; jabrlanuvchi yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan zoʻrlik ishlatish bilan yoki mulkni nobud qilish bilan qoʻrqitib binoga gʻamab qoʻyish) qoʻllanilishi mumkin.
Jinoyat subyektiv tomondan toʻgʻri qasd bilan sodir etiladi, aybdor jabrlanuvchini qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etayotganligini biladi va shuni istaydi.
Ushbu jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan aqli raso jismoniy shaxslar boʻlishi mumkin.
Zoʻrlik ishlatib gʻayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish quyidagi holatlarda JK 138-moddasi 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi: a) jismoniy azob berish bilan; b) hayot yoki sogʻligi uchun xavfli boʻlgan sharoitda ushlab turish bilan. Agar koʻrib chiqilayotgan mazkur jinoyatni sodir etish jarayonida jabrlanuvchiga nisbatan doʻpposlash, qiynash yoki tana uchun noqulay sharoitda uzoq muddat ushlab turish (toʻliq turish, qoʻllar qoʻzgʻalmas jismlarga biriktirilganda ularni tushirish imkoniyati cheklangan va boshq.) harakatlari sodir etilgan boʻlsa, aybdor harakatlari JK 138- 261 moddasi 2-qismi «a» bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Agar aybdorning jabrlanuvchiga jismoniy azob berish bilan bogʻliq harakatlari alohida jinoyat tarkibini tashkil qilsa, (masalan, qasddan ogʻir tan jarohatlari yetkazish, nomusga tegish) qilmish jinoyatlar jami tariqasida kvalifikatsiya qilinishi lozim (JK 138-moddasi 2-qismi «a» bandi va 104-moddaning tegishli qismi yoki 118-modda boʻyicha).
Fakultativ belgilar – jinoyat tarkibining mavjudligini anglatmaydigan, kvalifikatsiyaga ta’sir etmaydigan, lekin jazoni individuallashtirishda hisobga olinadigan belgilar. Fakultativ belgilarga quyidagilar kiradi: jinoyat predmeti; formal jinoyat tarkibining obyektiv tomonida – jinoiy oqibatlar, sababiy bog‘lanish, jinoyat sodir etish vaqti (2022 йил 20 май куни соат 20:00 va 2022 йил 20 май куни соат 23:00 лар), joyi (Мингбулоқ тумани, Баланд Гуртепа МФЙ, Дўмса кўчаси марказида жойлашган жамоат жойи ҳисобланган А.Тўраевга тегишли автомашиналар эҳтиёт қисмлари сотиладиган савдо шаҳобчаси яқинида va Мингбулоқ тумани, Баланд Гуртепа МФЙ, Толливол кўчаси), usuli, vositasi, quroli (tosh va qattiq jism), sharoiti, moddiy jinoyat tarkibining obyektiv tomonida esa faqatgina jinoyat sodir etish vaqti, joyi, usuli va boshqa tashqi holatlar; subyekt tomonda – motiv va emotsional holat; subyektda – maxsus subyektning belgilari.
3. Жиноят субъектининг ҳаракатларини тегишли Олий Суд Пленуми қарори асосида таҳлил қилинг
Oliy sud Plenumining 6-sonli - BADANGA QASDDAN ShIKAST YETKAZIShGA OID IShLAR BO‘YIChA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA gi qarori hamda "Bezorilikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti haqida" 9-sonli qarorlar asosida tahlil qilinadi.