January 26, 2025

4-kazus

Д.Собирова Тошкент шаҳридаги 45-сонли марказий кўп тармоқли поликлиникада консультант кардиолог лавозимида ишлаб келиб, 2024 йил 20 февраль куни соғлиги ёмонлашган марҳум Исмаилова Мохира Аминджановнани соғлиги ёмонлашганлиги сабабли Шайхонтоҳур туманидаги 45-сонли марказий кўп тармоқли поликлиникада тиббий кўрикдан ўтказиб, унга «ўткир миоркард инфаркти» ташхиси қўйишига қарамасдан, касб юзасидан ўз вазифасини лозим даражада бажармасдан, касалга шарт бўлган ёрдамни кўрсатмасдан, беморни кардиология бўлимига госпитализация қилмасдан, уни ўзи яшаш жойига юбориши натижасида бемор М.Исмаилова 2024 йил 21 февраль куни тахминан соат 23:30ларда ўз уйида «юрак ишемик касаллиги» оқибатида вафот этганлиги аниқланган.Ўтказилган комиссион суд-тиббий экспертизасининг 2024 йил 06 март кундаги 33-сонли хулосасида 45-сонли оилавий поликлиника шифокор-кардиологи томонидан беморни шифохона кардиология бўлимига госпитализация қилмаслиги билан тиббий ёрдам кўрсатиш нуқсонига йўл қўйилганлиги, буни олдини олиш учун шифокор беморни тез тиббий ёрдам машинасига ётқизиб, дарҳол шифохонага юбориши лозимлиги, ўз вақтида беморга стационар шароитда юқори малакали тиббий ёрдам кўрсатилганида, унинг ҳаётини сақлаб қолиш мумкинлиги кўрсатилган.

1. Жиноят субъектининг ҳаракатларини жиноят қонунчилигига кўра квалификация қилинг.

Fuqaro D.Sobirova sodir etgan harakat va harakatsizligi natijasida Jinoyat Kodeksining Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik - 116-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan. Ya'ni Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganlik – shaxsning oʻz kasb majburiyatlari doirasiga kiruvchi harakatlarni qilishi lozim va mumkin boʻlgan hollardagi harakatsizligidir. Kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam koʻrsatishi shart boʻlgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam koʻrsatmaganligi natijasida odam oʻlishi tarzidagi oqibatlar yuz bergan boʻlsa, aybdor JK 116-moddasi 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi. Bunday hollarda aybdorning qilmishi Oʻzbekiston Respublikasi JK 102-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida odam oʻldirish) bilan qoʻshimcha ravishda kvalifikatsiya qilinmaydi.

2. Жиноят субъектининг қилмиши бўйича жиноят таркиби объектив белгиларини муҳокама қилинг.

Mazkur savolga javob berishda jinoyat tarkibini aniqlashtirib olamiz.

JK 116-moddasida javobgarlik belgilangan jinoyatning obyekti inson hayoti yoki sogʻligining xavfsizligini ta’minlash sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.

JKning 116-moddasi1-qismida nazarda tutilgan jinoyat obyektiv tomondan shaxsning oʻz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda boʻlishi tufayli kasb yuzasidan oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazilishiga sabab boʻlishida ifodalanadi.

Ushbu jinoyatning subyekti oʻziga kasbi bilan bogʻliq muayyan vazifalar yuklangan 16 yoshga toʻlgan, har qanday aqli raso shaxs boʻlishi mumkin.

Koʻrib chiqilayotgan jinoyat subyektiv tomondan:

a) egri qasd bilan sodir etilishi mumkin, ya’ni agar shaxs JK 116- moddasi 1- yoki 2-qismida nazarda tutilgan qilmishni sodir etayotganligini bilsa, jabrlanuvchiga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir tan jarohati yetkazilishi mumkinligiga koʻzi yetsa va bunday oqibatlar kelib chiqishiga yoʻl qoʻysa;

b) ehtiyotsizlikdan sodir etilishi mumkin, ya’ni agar aybdor xavfli oqibatlar kelib chiqishini anglasa, asossiz ravishda ularning boshqa shaxslar tomonidan bartaraf qilinishiga umid qilsa va oldini olishga harakat qilmasa, lekin oʻz kasbi yuzasidan yoki unga yuklatilgan majburiyatlar tufayli ularning oldini olishi lozim va mumkin boʻlsa.

Jinoyat tarkibi deganda jinoyatning obyektiv va subyektiv belgilari tushunilishi lozim. Jinoyat tarkibi mavjudligi shaxsni javobgarlikka tortish asosi hisoblanadi. Jinoyatning obyektiv belgilari deganda jinoyat obyekti va obyektiv tomoni tushuniladi. Masalan jinoyat obyekti deganda jinoiy tajovuz qaratilgan va shu tajovuz orqali zarar yetkazilgan yoki shunday zarar yetkazilishi mumkin bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Ya’ni jinoyat obyekti hamisha ma’lum bir ijtimoiy munosabat hisoblanadi. Jinoyat obyekti jinoyat tarkibining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Jinoyat obyektining vertikalligiga ko’ra 4 turga bo’linadi:

Umumiy – JK ning 2-moddasi

Maxsus – JK bo’limlari

Turdosh – JK boblari

Bevosita – JK moddalari

Obyektiv tomonning zaruriy belgilari: Ijtimoiy xavfli qilmish, oqibat, sababiy bog’lanish hisoblanadi. Ya’ni sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmish natijasida oqibat kelib chiqishi kerak, ularni o’rtasida sababiy bog’lanish bo’lishi kerak.

Kazusdagi holat bo'yicha ijtimoiy xavdli qilmish - JK 116, oqibat - fuqaro o'limi, sababiy bog'lanish esa ayanan shifokorning noto'g'ri harakati natijasida fuqaroning o'limi kelib chiqmoqda.

Жиноятнинг объектив томони қуйидагича аниқланади:

-Жиноятнинг ижтимоий хавфли оқибати: Беморнинг ҳаёти учун хавфли ҳолатда бўлишига қарамасдан, Д.Собирова зарур ёрдамни кўрсатмагани оқибатида М.Исмаилова вафот этган.

-Ҳаракат ёки ҳаракатсизлик: Шифокор беморни стационарга ётқизиш ўрнига уни уйига юборгани, яъни зарур ҳаракатларни амалга оширмаганлиги.

-Сабабий боғлиқлик: Суд-тиббий экспертиза хулосасида кўрсатилганидек, беморга ўз вақтида стационар шароитида тиббий ёрдам кўрсатилганда, унинг ҳаётини сақлаб қолиш мумкин эди, бу эса шифокорнинг ҳаракатсизлиги ва оқибат ўртасидаги сабабий боғлиқликни кўрсатади.

-Жиноят содир этилган жой ва вақт: 2024 йил 20 февраль куни 45-сонли марказий поликлиникада, тиббий кўрик пайтида.

3. Жиноят субъектининг қилмиши бўйича жиноят таркиби субъектив белгиларини муҳокама қилинг.

Subyektiv tomon belgilari bu subyekt va subyektiv tomonning zarur va fakultativ belgilari hisoblanadi.

Subyektiv tomonning zaruriy belgisi - ayb, fakultativ belgisi esa motiv va maqsad.

Ayb :

  1. Qasd - to'g'ri va egri
  2. Ehtiyotsizlik - beparvolik yoki o'z-o'ziga ishonish.

Жиноятнинг субъектив томони бепарволик ва эҳтиётсизлик шаклида намоён бўлган.

  • Айб шакли:

- Эҳтиётсизлик (бепарволик): Д.Собирова беморнинг оғир ҳолатига тўғри баҳо бермасдан, уни уйига жўнатиш орқали ўз мажбуриятларини бажаришда беэътиборлик кўрсатган. У ўз ҳаракатлари оқибатида инсон ўлимини келтириб чиқариши мумкинлигини олдиндан билмаган, аммо билиши лозим эди.

-Мақсад ва мотив: Жиноят субъектида шахсий ғараз ёки зарар етказиш мақсади бўлмаган, балки касбий масъулиятсизлик натижасида жиноят содир этилган.

-Жиноят субъекти: 16 ёшдан ошган, тиббий маълумотга эга бўлган, касбий фаолият билан шуғулланувчи шахс.