February 25, 2025

JPK KAZUS:

2025-yil 15-yanvar kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan "Kamolaxon" supermarketining oldida fuqaro Akmalov Jamshid (25 yosh) noma’lum shaxs tomonidan pichoq bilan yaralangan. Hodisa joyida bo‘lgan guvohlar tez yordam chaqirishgan, jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan va unga jarrohlik amaliyoti ko'rsatilgan. Uch kundan keyin, ya'ni 18-yanvar kuni soat 10:00 da shifokorlar tomonidan Chilonzor tumani ichki ishlar bo‘limiga fuqaro Akmalov Jamshid pichoq orqali og'ir tan jarohati olgani to‘g‘risida xabar berilgan. Shu asosda tergov organlari tomonidan mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari boshlangan.

Guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs qora kapyushonli kurtka kiygan bo‘lib, hodisadan so‘ng voqea joyidan qochib ketgan. Shuningdek, supermarket oldidagi kuzatuv kameralarining yozuvlaridan shaxsning taxminiy belgilari aniqlandi.

Bundan tashqari, jabrlanuvchi o‘ziga hujum qilgan shaxs bilan o'tmishda yaqin do'st bo'lishgani, u bilan ilgari muammo yuzaga kelganini va hozirda mazkur shaxs Turkiya Respublikasiga qochib ketganini bildirgan. Unga ko‘ra, gumonlanuvchi Qo‘chqorov Anvar ismli shaxs bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Savollar:

  1. Mazkur holatda jinoyat ishini qo‘zg‘atish asosini hamda tartibini keltiring.
  2. Tergov organlari dastlabki tergov va surishtiruv doirasida qanday protsessual harakatlarni amalga oshirishi lozim?
  3. Gumon qilinuvchining shaxsini aniqlash va uni qo‘lga olish uchun qanday choralar ko‘rilishi mumkin?
  4. Ushbu holatda tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish lozimmi? Javobingizni asoslang.
  5. Jabrlanuvchining ko‘rsatmalarining ishonchliligini tekshirish maqsadida qanday protsessual harakatlar amalga oshirilishi lozim?