August 15, 2023

Qayta tiklanadigan energiya manbalari (“Yashil” texnologiyalar)

Qayta tiklanadigan energiya manbalari nomi bilan mashhur “yashil” texnologiyalar zamonaviy fan va muhandislik sohasida yangi, istiqbolli va strategik yo‘nalish hisoblanadi.

“Qayta tiklanadigan energiya manbalari” SIUT talabalari orasida tobora ommalashmoqda.

“Yashil” texnologiyalar deganda aslida nimani tushunamiz?

“Yashil” texnologiyalar energiya ishlab chiqarishda atrof-muhit va iqlimga zararli ta’sirlarni kamaytirishga yordam beruvchi quyosh, shamol va gidroenergetika kabi tabiiy resurslardan samarali foydalanishga asoslanadi. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, “yashil” texnologiyalar energetika olamining kelajagidir.

Ushbu yo‘nalishda SIUTda tahsil olish talabalarga mamlakatimizda energetika va infratuzilma sohasida innovatsion va ekologik barqaror yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Talabalar o‘zlarining bo‘lajak kasbiy faoliyatlarida qayta tiklanadigan “yashil” energiya samaradorligi, uni saqlash va tarqatish borasida tadqiqotlar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

SIUT bitiruvchilari “Eriell”, “SANEG”, “Enter Engineering” kabi yirik kompaniyalarda o‘z orzularidagi kasblarda ishlashlari mumkin. Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, “Enter Engineering” kompaniyasi fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish orqali energetikaning ham atrof-muhitga zararsiz, ham qayta tiklanadigan istiqbolli turlaridan faol tarzda foydalanishni ilgari surmoqda.