April 12, 2021
Rossiya qurollarni kosmosga joylashtirishni taqiqlash bayonoti bilan chiqdi
Qurollarni kosmosga joylashtirishni taqiqlash bo'yicha muzokara jarayonlarini boshlash Rossiyaning asosiy maqsadidan biri ekani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning bayonotiga asoslanib "RBK" nashri ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Sergey Lavrov Yuriy Gagarinning kosmosga uchganining 60 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan videomurojaatida ushbu bayonot bilan chiqdi.
Lavrovning ta'kidlashicha, Rossiya kosmosda har qanday turdagi qurollarni joylashtirmaslik, shuningdek kuch ishlatish yoki kuch bilan tahdid qilishni taqiqlovchi xalqaro qonun hujjatini ishlab chiqish bo'yicha muzokaralarni boshlash tarafdori.