Misr davlatining tashqi siyosati 🇪🇬🇪🇬🇪🇬
Misr davlati xalqaro munosabatlarda faol tashqi siyosat olib boruvchi davlat hisoblanadi. Misr davlati bir vaqtning o‘zida ham Arab davlatlari ligasi, ham Afrika ittifoqining a’zosi hisoblanadi. Abdulfattoh as-Sisi 2013-yildan buyon davlat rahbari hisoblanadi. Ushbu prezident davrida Misr davlati tashqi siyosatida o'z milliy manfaatlarini qat'iy ilgari suruvchi davlatga aylandi.
Misr tashqi siyosati bir-biriga o'zaro bog'liq bo'lgan bir necha maqsadlarga erishishga qaratilgan:
1. Misr milliy xavfsizligini ta'minlash va davlat milliy manfaatlarini himoya qilish;
2. Yuqoridagi maqsadga erishish uchun turli sohalarda har tomonlama taraqqiy etish;
3. Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash va uni ommaviy qirg'in qurollaridan xoli zonaga aylantirish;
4 Xalqaro darajadagi terrorizmga qarshi kurash;
5. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash;
6. Misrning milliy manfaatlarini yuzasidan xalqaro hamjamiyatning yirik davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlash.
Misrning tashqi siyosatining asoslaridan biri sifatida qo'shni hududlarda sodir bo'layotgan nizolarni bartaraf etish hisoblanadi.
Falastin masalasida Misrning tashqi siyosati:
- Misr davlati AQSH ning sobiq prezidenti Trampning AQSH elchixonasini Quddusga ko'chirish to'g'risidagi qarorini qo'llav-quvvatlamadi;
- Misr Quddusni Falastinning doimiy poytaxti deb tan oladi.
Sudaning janubidagi qurolli to'qnashuvlar bo'yicha Misrning siyosati:
- Misr o'zining janubiy chegaralari xavfsizligini ta'minlash, Janubiy Sudandagi siyosiy vaziyat barqarorligi bilan o'zaro bog'liqdir;
- 2017 yil noyabrda Misr va Uganda davlatlari Sudan xalqining ozodlik harakatlari ustidan bevosita davlati nazoratini o'rnatish to'g'risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Qatar bilan aloqalarda Misr siyosati:
- 2017 yil 5 iyunda Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn rasmiylari Qatarning terroristik tashkilotlarni qo'llab-quvvatlashda aylab diplomatik munosabatlarni to'xtatishdi. Buning ortidan, ma'lum bir omilar Misr davlatining Qatar bilan munosabatlarni to'xtatishiga olib keldi;
- 2021 yilda esa ushbu davlatlar Qatar bilan qaytadan diplomatik munosabatlarni o'rnatishni ma'lum qilishdi.
Liviya inqirozini hal qilishda ishtirok etish
- Misrning Liviya ishlari bo'yicha qo'mitasi Liviyaning Sharq va G'arbdagi qonuniy sub'ektlari o'rtasida tinchlik o'rnatish tarafdoridir. Shunindgek, Misr Liviya inqiroziga barham berish va tinchlik o'rnatish bo'yicha "Sxirat" kelishuviga rioya etilish tarafdoridir
- Misr Liviya bilan chegaradosh davlatlarning Liviyaga har jihatdan yordam berish tarafdoridir.
Misrning Suriya inqirozi bo'yicha siyosati: -
- BMT Xavfsizlik Kengashi Misrning Suriyaga gumanitar yordam ko'rsatish taklifini qo'llab-quvvatlaydi ;
- Misr va Rossiya Suriyadagi jangovar harakatlar va zo'ravonliklarni to'xtatish bo'yicha ham samarali hamkotlik aloqalarini olib bormoqda.
Tayyorladi: Ismoil Abduxamidov👨🏻🎓