April 25, 2021

Misr davlatining tashqi siyosati 🇪🇬🇪🇬🇪🇬

https://t.me/Sharqshunos_tahlilchilar

Misr davlati xalqaro munosabatlarda faol tashqi siyosat olib boruvchi davlat hisoblanadi. Misr davlati bir vaqtning o‘zida ham Arab davlatlari ligasi, ham Afrika ittifoqining a’zosi hisoblanadi. Abdulfattoh as-Sisi 2013-yildan buyon davlat rahbari hisoblanadi. Ushbu prezident davrida Misr davlati tashqi siyosatida o'z milliy manfaatlarini qat'iy ilgari suruvchi davlatga aylandi.

Misr tashqi siyosati bir-biriga o'zaro bog'liq bo'lgan bir necha maqsadlarga erishishga qaratilgan:

1. Misr milliy xavfsizligini ta'minlash va davlat milliy manfaatlarini himoya qilish;

2. Yuqoridagi maqsadga erishish uchun turli sohalarda har tomonlama taraqqiy etish;

3. Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash va uni ommaviy qirg'in qurollaridan xoli zonaga aylantirish;

4. Xalqaro darajadagi terrorizmga qarshi kurash;

5. Xalqaro iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash;

6. Misrning milliy manfaatlarini yuzasidan xalqaro hamjamiyatning yirik davlatlari bilan munosabatlarni mustahkamlash.

Misrning tashqi siyosatining asoslaridan biri sifatida qo'shni hududlarda sodir bo'layotgan nizolarni bartaraf etish hisoblanadi.

Falastin masalasida Misrning tashqi siyosati:

  • Misr davlati AQSH ning sobiq prezidenti Trampning AQSH elchixonasini Quddusga ko'chirish to'g'risidagi qarorini qo'llav-quvvatlamaydi;
  • Misr Quddusni Falastinning doimiy poytaxti deb tan oladi.

Sudaning janubidagi qurolli to'qnashuvlar bo'yicha Misrning siyosati:

  • Misr o'zining janubiy chegaralari xavfsizligini ta'minlash, Janubiy Sudandagi siyosiy vaziyat barqarorligi bilan o'zaro bog'liqdir;
  • 2017 yil noyabrda Misr va Uganda davlatlari Sudandagi vaziyat yuzasidan nazorat o'rnatish to'g'risidagi deklaratsiyani imzoladi.

Qatar bilan aloqalarda Misr siyosati:

  • 2017 yil 5 iyunda Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn rasmiylari Qatarning terroristik tashkilotlarni qo'llab-quvvatlashda aylab diplomatik munosabatlarni to'xtatishdi. Buning ortidan, ma'lum bir omillar Misr davlatining Qatar bilan munosabatlarning to'xtalishiga olib keldi;
  • 2021 yilda esa ushbu davlatlar Qatar bilan qaytadan diplomatik munosabatlarni o'rnatishni ma'lum qilishdi.

Liviya inqirozini hal qilishda ishtirok etish

  • Misrning Liviya ishlari bo'yicha qo'mitasi Liviyaning Sharq va G'arbdagi qonuniy sub'ektlari o'rtasida tinchlik o'rnatish tarafdoridir. Shunindgek, Misr Liviya inqiroziga barham berish va tinchlik o'rnatish bo'yicha "Sxirat" kelishuviga rioya etilish tarafdoridir
  • Misr Liviya bilan chegaradosh davlatlarning Liviyaga har jihatdan yordam berish tarafdoridir.

Misrning Suriya inqirozi bo'yicha siyosati: -

  • BMT Xavfsizlik Kengashi Misrning Suriyaga gumanitar yordam ko'rsatish taklifini qo'llab-quvvatlaydi ;
  • Misr va Rossiya Suriyadagi jangovar harakatlar va zo'ravonliklarni to'xtatish bo'yicha ham samarali hamkotlik aloqalarini olib bormoqda.

Tayyorladi: Ismoil Abduxamidov👨🏻‍🎓