Azob yoki Malham
Yoongi~siz meni doim yaxshi bilgansiz... hop maqsadga o‘taman kecha uylandim
Yoongining qo‘qistdan aygan gapidan direktor shok bo‘lib qoldi ammo o‘zini qo‘lga oldi
D~to‘y o‘tgan bo‘lsa meni to'yga aytgani kelmagandirsan
Direktorning bu kesatishidan Yoongi kulib qo‘ydi
Yoongi~to‘g‘ri to'yga aytgani kelmadim rafiqamning oldiga kelgandim
D~bizda faqatgina Suna ayol o‘qituvchi demak sen unga uylandingmi?
Yoongi Direktorning gapiga kulib yubordi
Yoongi~Sunagaya? Men-a qo‘ysangizchi axr biz eng yaxshi do'stlar edik nikoh bo‘lishi mumkin emas
Yoongining reaksiyasini ko‘rgan Direktor biroz o‘ylanib qoldi
Yoongi~Sellya men unga uylandim shuning uchun uning familyasi o'zgargani haqida habar bermoqchi edim
Direktor Yoongini bu so'zlaridan keyin biroz o‘zini yo‘qotib qo‘ydi
Yoongi~ha biron bir muammo bormi?
D~yo‘q yo‘q shunchaki hayron bo‘ldim axr u juda yosh...
Direktor nima diyishni bilmay gapni yoshga taqadi
Yoongi~yosh ekanini o‘zim ham bilaman janob... lekin biz oila qurdik endi buni o‘zgartira olmaymiz...
Yoongi yuzini boshqa tomonga qaratdi
D~yaxshi bu haqida gaplashmaymiz menimcha bu senga yoqmasa kerak
D~darslar tugadi rafiqangni olib ketishing mumkin men hujjatlar bilan o‘zim shug‘ullanaman havotirlanma
Deya o‘rnidan turib Yoongiga ehtirom ko'rsatdi
Yoongi Direktorning xonasidan chiqib to‘g‘ri mashinasi oldiga bordi va Sellyani o‘sha yerda kutdi birozdan so‘ng esa Sellya Jungkookni qo‘lidan quchgancha chiqib kelayotganini ko‘rgan Yoongi biroz jaxl va anchagina rashkni his qildi
Sellya~kelganingizga ancha bo‘ldimi?
Yoongini ko‘rishi bilan Jungkookni qo‘yib yuborib Yoongiga yaqinlashgan Sellya ohista so‘radi
Yoongining qovog‘idan qor yog‘ardi ammo o‘zini xotirjam tutardi
Yoongi o‘zini qanchalar xotirjam tutmasin Sellya uning jaxli chiqayotganini biroz his qildi
Yoongi Sellyaga old o‘rindig‘ eshigini ochib uni o‘tqazdi o‘zi esa haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirib uy tomon haydadi
Yoongi~ho‘sh turmushga chiqqaning haqida kimgadir aytdingmi?
Bir necha daqiqalik mashina ichidagi sovuq sukunatni buzgan Yoongi Sellyaga qiziqish bilan qaradi
Sellya biroz qiziquvchanlik bilan javob berdi u Yoongi bunga qanday munosabat bildirishiga qiziqardi
Yoongi~nima uchun? yoki menga turmushga chiqqaning uchun yomon gap aytishlari mumkinmi?
Yoongi Sellyadan biroz ranjigandi ammo uni tushunishni istadi shu sababdan havotir bilan so‘radi
Sellya~shunchaki ular bilishini istamadim agar bilishsa o‘zini bosa olmay o‘zidan katta yigitga osilibdi deyishlaridan qo'rqdim...
Sellya boshini quyi egib mashina derazasi orqali tashqarini kuzata boshladi Yoongi ham boshqa gapirmadi
Ular uylariga qaytishdi Yoongi mashinadan tushib Sellya uchun mashina eshigini ochib berdi va mashinadan tushishiga ko‘maklashdi
Sellya momaqaldiroq ovozidan uyg‘onib ketdi u momaqaldiroqdan juda qo‘rqardi doim momaqaldiroq bo‘lgan payti onasi uni quchib yotardi onasining tafti orqali u qo'rquvni yengardi lekin hozirchi? yonida onasi yo‘q endi nima qiladi ?