Zulmatdagi nur 💫
Xonada og‘ir sukunat cho‘kkan, derazadan kirayotgan oy nuri esa xuddi mening qalbimni masxara qilayotgandek edi. Qorong‘ilik mening qo‘lim, yuragim, hatto nafasim bilan birga yashardi. Men zulmat edim.
Taehyung qarshimda jim o‘tirardi. Uning ko‘zlarida g‘azab ham, rahm ham, tushunolmas iztirob ham mujassam edi. U oxiri tilga kirdi:
— Qachongacha shunday yashaysan? Taeraga nega azob berasan? U senga hech nima qilmagan, u begunoh!
So‘zlari yuragimni yirtib tashlagandek bo‘ldi. Begunoh... Bu so‘zni eshitishga haqqim yo‘q edi. Men unga sekin qaradim, kulgim alam bilan chiqdi.
— Sen tushunmaysan, Taehyung, — dedim, ovozim past, ammo dag‘dag‘a bilan. — Men zulmatman. Zulmatning yonida turgan har kim baribir qorong‘ilikka botadi. Men qo‘l tekkizganlarning hayoti izdan chiqadi. Men kimga yaqinlashsam, uni ham o‘zimga o‘xshataman.
Taehyung boshini chayqadi. — Yolg‘on! Sen o‘zingni oqlash uchun bahona topayapsan. Haqiqat esa oddiy: qo‘rqasan. Unga yaqinlashishdan, sevishdan qo‘rqasan!
Unigcha, men oddiy qo‘rqoqman. Ammo bu qo‘rquv emasdi. Bu... la’nat edi.
Ko‘zlarim qorong‘iga cho‘mdi. — Uning nigohi... xuddi onamnikidek. O‘sha mayus boqishlar, o‘sha chidashga majbur bo‘lgan iztirob. Faqat bir farqi bor... u onamga o‘xshab tuban emas. Onam meni zulmatga itargan bo‘lsa, Taera... u meni shu zulmat ichida ham nur bilan qamrab olishga urinmoqda.
Qo‘llarim qaltirab ketdi. O‘zimni ushlab turolmay, qattiq kulib yubordim. Bu kulgi men uchun ham dahshatli edi.
— Men zulmatman, Taehyung. Taera esa... mening zulmatim ichida yonayotgan yagona nur.
Lekin bilasanmi, zulmat nurni sevsa, uni o‘ldirishdan boshqa yo‘lni bilmaydi...
Xona yana sukunatga cho‘mdi. Faqat oy nuri meni mazax qilardi. Taehyung esa bir so‘z demadi. Balki, u ham yuragida men kabi zulmatning sovuq qo‘lini his qilgandir.
Taera ko‘zlarini zo‘rg‘a ochdi. Gavdasi arang ko‘tarildi — har bir a’zosi qaqshab, og‘riqdan qotib qolgandek edi. Nafasi og‘ir, yuragi esa g‘amning og‘ir toshlari ostida ezilayotgandek.
U asta yuvinish xonasiga kirdi. Ko‘zguga qarashi bilan yuragi titrab ketdi. Ko‘z ostlari ko‘kargan, labining cheti yorilib, qotib qolgan qon izlari hanuz ketmagan edi. U biroz jim tikildi... o‘zining so‘nib borayotgan qiyofasiga qarash og‘ir bo‘lsa-da, nigohini uzolmadi.
Ko‘zlaridan yosh chiqib ketmoqchi bo‘ldi, lekin u birdan yuzini yuvib yubordi — go‘yo ko‘z yoshlarini yashirmoqchidek. So‘ng kiyimlarini kiydi, makiyaj qutisini olib, qalin qilib surdi. Ko‘kargan joylarni yopishga harakat qilar ekan, oynada o‘zini begona bir ayolga o‘xshatib qo‘ydi.
U oxirgi marta yuziga qaradi. Qalin makiyaj ostida ham ko‘zlaridagi og‘riq yashirinib ketmagan edi. Shunga qaramay, u majburlab jilmaydi. Tabassum... bu yolg‘on jilmayish edi. O‘zini baxtli ko‘rsatish uchun qo‘yilgan soxta niqob.
Sekin eshikni ochib, pastga tushdi. Har bir qadami og‘ir edi, go‘yo butun dunyo yelkasiga yuk bo‘lib tushgandek. Ammo u jilmayishni davom ettirdi. Chunki uning yagona quroli shu edi — og‘riqlarini jilmayish ortiga yashirish.
Zalda nonushta hidlari taralib turgan, stol atrofida Jungkook va Taehyung jim ovqatlanishardi. Taera asta pastga tushdi, go‘yo qadamlarining tovushidan ham qo‘rqayotgandek.
Taehyung uni ko‘rib jilmaydi:
— Taera, kel, bizga qo‘shil, — dedi u mehribon ohangda.
Taera sekin yurib bordi va Jungkookning ro‘parasiga o‘tirdi. Unga qarshi o‘tirishi bilan yuragi tez ura boshladi. Biroq u o‘zini qo‘lga olib, yuziga soxta jilmayishni qo‘ydi. Makiyaj ostida yashirilgan iztiroblarini hech kim sezmasin deb, tabassumiga yanada kuch berdi.
— Xayrli tong, — dedi u mayin ovozda, Jungkookka tik qarab.
Jungkook esa unga bir necha soniya jim tikildi. Uning ko‘zlari Taeraning jilmayishida nimadir yolg‘on, nimadir yashirilganini anglagandek bo‘ldi. Ammo hech narsa demadi. Faqat ko‘zlarini olib, yana ovqatiga sho‘ng‘idi.
Taera esa jilmayishda davom etdi. Go‘yo bu jilmayish uni himoya qilar, Jungkookning nigohi esa uni butunlay yechib tashlashdan qo‘rqitardi.
Stol ustida soxta sukunat hukm surar, ammo ichkarida — Jungkookning zulmati va Taeraning yashirilgan og‘rig‘i yashirin jangi davom etardi.
Taera qarshimda jilmayib o‘tirardi. O‘sha jilmayish… qanchalik chiroyli bo‘lmasin, uning ko‘zlari haqiqatni aytib turardi. Men esa jim ovqatni kavshab, unga qarashdan qochdim.
“Bu jilmayish yolg‘on. U og‘riqni yashirmoqda. Men buni bilaman.”
Mening zulmatim unga yetdi. Uni sindiryapman. Kechagi iztiroblarining izlari yuzida hanuz ko‘rinib turibdi, faqat qalin makiyaj bilan yopilgan. Ammo men baribir ko‘ryapman. Men undan yashira olmayman.
Taehyungning nigohi yonimda turib, meni hukm qilayotgandek. Go‘yo u pichirlab aytyapti: “Qizda nima gunoh?”
Ha… u haq. Taerada hech qanday ayb yo‘q. U mening zulmatimga loyiq emas.
Lekin… nega u hanuz yonimda? Nega u qochmaydi? Nega u har gal shunday majburlangan jilmayish bilan qaraydi?
Men qanchalik qarashdan qochsam ham, uning nigohi meni o‘zimdan ham qattiqroq jazolaydi. Chunki u nigoh — onamniki. O‘sha mayus boqish, o‘sha iztirob. Farqi shundaki… u onam emas. U — nur.
Ammo men… men zulmatman. Zulmat esa nurni sevsa, uni yo‘q qiladi.
Men undan qocholmayman. Lekin uni sevishga ham haqqim yo‘q.
Nonushtadan so‘ng Jungkook ofisga ketdi. Taera va Taehyung dasturxon boshida yolg‘iz qolishdi.
Taehyung gap boshladi:
— Nega doim shunday qilasan? Azob cheksang ham uning yonidasan. Qochib ketsang bo‘ladiku. Imkoniyat bor, tutqunlikda emassan. Agar “ajrashaman” desang ham, senga yordam beraman.
Taera nim tabassum qildi.
— Qochish oson, lekin agar men qochsam, u dadamni o‘ldiradi, — dedi u, ko‘zida yosh qalqib.
Taehyung ajablanib so‘radi:
— Kim? Jungkookmi? Buni o‘zi aytdimi?
Uning gaplari vajohatli, qo‘rqinchli qarash bilan birga chiqdi. Taera biroz cho‘chib javob berdi:
— Jungkook emas… uning otasi. Ularning suhbatini eshitib qolgandim. O‘sha payt bu uyga kelganimga bir oycha bo‘lgan edi. Men qo‘rqaman, Taehyung. Dadam ilojsizlikdan meni Jungkookga turmushga berdi, lekin meni deb unga ziyon yetishini xohlamayman.
Taehyung xo‘rsinib, ohista dedi:
— Bu og‘riqlarga chidashga majbur emassan, Taera.
Taera past ovozda dedi:
— Majburman. Men bunga ko‘nikib qoldim, hayot tarzim shu yo‘sinda ketyapti. Bu ora-orada bo‘ladigan oddiy hol xolos, boshqa narsa emas.
— Oddiy hol? — Taehyung ajablanib qaradi Taeraga. — Seningcha bu oddiymi, Taera? Esgingni yig‘, hech biri oddiy hol emas. Oldingiga qaraganda bu dahshatli. Men har doim ham bu yerda bo‘lolmayman, seni himoya qilolmayman. Men yo‘qligimda seni urib o‘ldirib qo‘ysachi? Shunchalik ham hayotdan to‘yganmisan, Taera?
U chuqur xo‘rsindi. — Kel, men senga yordam beraman. Dadangning ham xavfsizligini taʼminlayman. Jungkook bilan ajrashishga ariza ber, iltimos.
Taera past ovozda:
— Yana biroz vaqt ber dedi.
Taehyung ajablanib so‘radi:
— Vaqt—shuncha vaqt yetmadimi? Nima qilmoqchisan o‘zi dedi Taehyung.
Taehyung nonushtadan soʻng uyni tark etdi mana yana o‘zim qoldim — yolg‘iz, katta va hashamatli uyda.
Xizmatkorlarga ruxsat berib yubordim, qo‘riqchilar esa bugun dam olishda.
Jungkook ofisga kelgach, kotibi unga kechagi ish bo‘yicha hisobot berdi.
— Janob, agar politsiya bu ishlarda biz aloqadorligimizni bilib qolsa, kompaniya obro‘siga putur yetkazadi. Nimadir qilish kerak, — dedi kotib.
— Qo‘rqma, kotib Xan. Bu masalani Taehyungning o‘zi hal qiladi, — dedi Jungkook va unga ketishi uchun ruxsat berdi.
Kotib chiqib ketgach, Jungkook ofis oynasidan shaharni kuzatar ekan, chuqur o‘yga toldi. Kotib Xanning gaplari to‘g‘ri edi, lekin hozir eng muhimi — politsiyaga xabar bergan odamni topish edi.
U qora charimli, aylana stuliga bemalol o‘tirdi va shiftga tikilib, o‘zini erkin tutdi. Mafiya olamiga qadam qo‘yganiga 13 yil bo‘lgan bo‘lsa-da, u hech qachon bunday vaziyatga tushmagan edi. Doim bundan-da katta miqdordagi giyohvand moddalarni chegaradan o‘tkazgan, ammo bu galgi ish Jungkook uchun katta yiqilish bo‘ldi.
Otasi esa ilgari ham o‘z merosini unga qoldirishni istamasligini ta’kidlab kelgan. Jungkook esa shu paytgacha barcha topshiriqlarni so‘zsiz va behato bajarib kelgan bo‘lsa-da, otasi uni baribir xushlamasdi.
Jungkook qora stulda o‘yga cho‘mib o‘tirgan payt, stol ustidagi telefon keskin jiringlab yubordi. U chuqur nafas olib, ekranga qaradi. “Otam…” Ekrandagi ismni ko‘rganida yuragi biroz tez urdi.
— Ha, otam, — dedi u xotirjam gapirishga urinib.
— Darhol uyga kel, — dedi otasi sovuq ohangda. — Gaplashamiz.
Telefon darhol uzildi. Hech qanday ortiqcha so‘z, izoh yo‘q. Jungkook stulda bir zum qotib qoldi. Otasining ovozidagi muzdek ohangda nimadir bo‘layotganidan darak bor edi.
Uyga yetib kelgach, u kirish xonasidagi zulmatni darrov sezdi. Yirik xonani faqat bitta lampaning xira nuri yoritib turardi. Otasi stol ortida o‘tirgan, qo‘lidagi sigareta tutuni havoga asta taralib, xona ichini bo‘g‘ib yuborardi.
— O‘tir, — dedi u boshini ko‘tarmasdan.
Jungkook jim holda qarshi stulga cho‘kdi. Bir zum sukunat cho‘kdi. Faqat soatning yengil taqillashi eshitilar edi.
— Chegaradagi ishlaring haqida eshitdim, — dedi otasi nihoyat. — Sen qaysi aql bilan bunday xatoga yo‘l qo‘yding?
Jungkook jag‘ini qisdi.
— Bu mening nazoratimda, otam. Men hal qilaman.
— Hal qilasan? — otasining ovozi birdan balandlashdi. — Senga bir umr ishonmadim, bugun esa yana isbotlab berding. Men seni ogohlantirgan edim. Sen mening nomimni balchiqqa aralashtirding!
— Men buni to‘g‘rilayman, — dedi Jungkook sovuqqina, lekin ko‘zlarida g‘azab chaqnab.
— To‘g‘rilaysanmi? — otasi kulimsirab sigaretni kuldonga tashladi. — Mening merosimni sen emas, boshqa odam oladi. Sen bunday odam emassan.
Bu so‘zlar Jungkookning yuragiga pichoqday botdi. U otasining ko‘zlariga tikildi.
— Men hamon sizning o‘g‘lingizman. Bu imperiyani men tiklayman. Siz xohlasangiz ham, yo‘q, xohlamasangiz ham.
Otasi bir lahza jim bo‘ldi, keyin yuzida keskin tabassum paydo bo‘ldi.
— Ko‘ramiz, — dedi u. — Ammo bugun sening birgina xatoying hamma narsani tugatishi mumkin.
Jungkook sekin o‘rnidan turdi. Yuragi g‘azab va qat’iyat bilan to‘lib, xonani tark etdi. Ichida esa bitta o‘y aylanardi: “Bu ishni men tugataman. Va otamga ham isbotlayman.”
Jungkook qora stulda o‘yga cho‘mib o‘tirgan payt, stol ustidagi telefon keskin jiringlab yubordi. U chuqur nafas olib, ekranga qaradi. “dadam…” Ekrandagi ismni ko‘rganida yuragi biroz tez urdi.
— Ha, dada, — dedi u xotirjam gapirishga urinib.
— Darhol uyga kel, — dedi otasi sovuq ohangda. — Gaplashamiz.
Telefon darhol uzildi. Hech qanday ortiqcha so‘z, izoh yo‘q. Jungkook stulda bir zum qotib qoldi. Otasining ovozidagi muzdek ohangda nimadir bo‘layotganidan darak bor edi.
Jungkook otasining uyiga yetib kelgach, darvozadan ichkariga kirayotganda yuragi g‘alati tez urila boshladi. Uy ichidagi sukunat juda og‘ir edi — hech qanday xizmatkorning ovozi, hech qanday odatiy harakat yo‘q edi. U sekin zal boʻylab yurar ekan, shaxsiy ofis eshigi oldida to‘xtadi.
Eshik yarim ochiq edi. Ichkaridan faqat tutun ko‘rinardi. Jungkook chuqur nafas olib, sekin eshikni itardi.
Otasi qora charm stul ustida o‘tirgan holatda, qo‘lida sigareta, oynadan tashqariga qarab turardi.
— Salom… dada, — dedi Jungkook past ovozda, biroz cho‘chib.
Otasi asta-sekin orqasiga o‘girildi. Nigohlarida sovuqlik va keskinlik bor edi. — Keldingmi, — dedi u qisqagina. — O‘tir, nigoh bilan.
Jungkook stulni asta tortib, stol qarshisiga cho‘kdi. Uning qo‘llari biroz titrar edi, ammo u buni yashirishga urinardi.
— Bo‘lgan ishlarni eshitdim, — dedi otasi, sigaretani kuldonga bosib. — Qayerda xato qilding, bilasanmi?
Jungkook bir lahza jim turdi, lablarini qattiq qisdi. — Men… xato qildim, lekin tuzataman.
Otasi chuqur nafas olib, yuzini biroz pastga egdi, keyin birdan keskin qaradi. — Sen ham xuddi onang kabilaysan.
Bu so‘z Jungkookning yuragini muzlatib yuborgandek bo‘ldi. Ko‘zlari keng ochildi, nafas olishi to‘xtadi. Bir lahza hech narsa eshitilmadi, faqat devordagi soatning sekin taqillashi.
— Nega… bunday dedingiz? — uning ovozi titradi, lekin g‘azab bilan aralashgan edi.
Otasi nigohini undan uzmadi. — Chunki u ham juda ko‘p ishonib, oxirida hammasini barbod qilgan edi. Sen ham shunday qilayapsan.
Jungkookning ko‘zlarida alam yondi. — Onamni bunday tilga olmang, — dedi u past, ammo sovuq ohangda. — U siz o‘ylaganingizdek emas edi. Uni oʻzingiznikiga aylantirdingiz.
Otasi jim bo‘ldi. Bir necha soniya davom etgan og‘ir sukunat butun xonani bosib ketdi. Jungkook esa ichidagi alamni yutib, past ovoz bilan qo‘shib qo‘ydi: — Men onam kabi emasman. Men xatolarimni o‘zim tuzataman. Va siz menga ishonsangiz ham, ishonmasangiz ham, men bu ishni oxiriga yetkazaman.
Otasi sekin stulga suyanib, yuzidagi ifodasiz nigoh bilan o‘g‘liga tikildi. Ularning orasida og‘ir, lekin so‘zsiz jang boshlanib bo‘lgan edi.