November 23, 2025

Zulmatdagi nur 💫

Ep:7

Ko‘zlarimni ochganim zahoti nimadir noto‘g‘ri ekanini his qildim.

Havo og‘ir edi. Juda og‘ir. Go‘yoki xona devorlari bo‘g‘ib turgandek. Nafasim qisildi, yutindi. Yotgan joyim yumshoq, lekin begona edi — kasalxona emas, hotel emas… yod bo‘lmagan hid.

Egnimga qaradim. Ular menga yupqa, tanamni butunlay ochib qo‘yadigan tungi kiyim kiygizib qo‘yishgan… Qo‘llarimda igna izi, bilaklarimda tugun bo‘lib qolgan ko‘karishlar bor edi.

Nimani xohlaganlarini bilmasdim.

Nimani kutayotganlarini ham.

Shu payt eshik asta ochildi.

Ichkariga o‘rta yoshdagi erkak kirdi. U qadam tashlagan sayin yuragim muzlab borardi. Ko‘zlaridagi sovuqlik odamni muzlatib yuborardi. U biron odamga emas, o‘ljaga qarayotgandek ko‘rinar edi.

U menga uzoq tikildi — jim, hech qanday mimikasiz.

Keyin xitoy tilida nimanidir past ovozda aytdi. Men tushunmadim, ammo ohangidagi buyruqdan ichim uvishdi.

U kostyumining ustki qismini yechdi. Yerga tashladi. Qadamlarini menga tomon tashladi.

O‘sha zahoti ichimni vahima bosdi.

O‘rnimdan turishga urinib, qo‘llarim bilan yotoq chetidan mahkam tutdim. Lekin oyoqlarim qaltirardi — ularning tanamga nima berganini bilmasdim, lekin tanam isitmadan yonayotgandek edi.

Erkak qo‘limdan tutdi. Qattiq. Og‘riqdan nafasim ichimga tiqildi.

— Qo‘ying… iltimos… — dedim ovozim arang chiqib.

U esa eshitmadi. Yoki eshitib, atay e’tibor bermadi.

Men qarshilik ko‘rsatdim. Qo‘limni tortdim. Bu esa uni battar jahli chiqardi. Ko‘zlari qonga to‘lgandek qorong‘ulashdi.

Birdan sochimdan qattiq tortdi.

Og‘riq shu darajada keskin ediki, bir lahza ko‘zlarim qorong‘ulashib ketdi. U meni yotoqqa tortib sudradi.

Yuragim ko‘kragimga sig‘may ura boshladi.

Aksincha yonboshlab yiqilganimda, yonimdagi stol ustidagi oq atirgullar ko‘zga tashlandi.

Oq atirgullar.

Men bolaligimdan yaxshi ko‘rgan gullarim.

Bu gul aynan shu yerda turishi — dahshatli darajada noto‘g‘ri edi.

Qorong‘u xona. Begona erkak. Tanamdagi issiq. Oq atirgul. Bu voqealarning birga sig‘maydigan qo‘rquvli uyg‘unligi meni hushimdan ketkazgudek bo‘ldi.

Erkak menga yaqinlashayotgan paytda qo‘lim avtomatik ravishda gul solingan vazaga cho‘zildi.

Vaqt go‘yoki sekinlashdi.

Men na o‘yladim.

Na reja tuzdim.

Faqat qo‘rquv meni boshqardi.

Guldonni ko‘tardim.

U menga yetib kelgan lahzada, bor kuchim bilan uning boshiga urdim.

Ovoz baland chiqdi — o‘zim ham cho‘chib ketdim.

Erkak tizzalab qoldi, qo‘li bilan boshini ushladi. Qon barmog‘iga surtildi.

U menga qaradi.

O‘sha qarash… men hech qachon unutmayman.

Hayvon qarashi edi.

G‘azab. Yovuzlik. O‘lim.

U biror so‘z aytmasdan, birdan menga tashlandi — lekin muvozanatini yo‘qotib, yonboshlab yiqilib tushdi. Boshini polga urdi.

Men o‘zimni ortga sudrab, devorga suyandim. Nafasim bo‘g‘ilib chiqardi. Qo‘llarim titrar, yuragim bezovta urardi.

— U o‘ldi…? Yo‘q… yo‘q, iltimos… — dedim o‘zimga o‘zim.

Agar u o‘lgan bo‘lsa…
Ammam meni tirik qoldirmaydi. Buni juda yaxshi bilar edim.

Eshik ortidan qattiq ovozlar keldi. Yugurish. Baqiriq. Qulfning tortilishi.

Eshik sharaqlab ochildi.

Qora kiyimdagi qo‘riqchilar ichkariga bostirib kirishdi.

Men jim turdim.

Qo‘rqib emas.

Hayratdan emas.

Shunchaki… tanam endi qochishga ham kuch topolmasdi.

Men endi bilardim:

O‘lim — yomon variant emas ekan.
Balkonga yugurdim.

Sovuq shamol yuzimni kesib o‘tganday bo‘ldi, nafasim esa go‘yo kimdir tomog‘imni siqayotgandek qisilib qoldi. Pastga qaradim — shahar qorong‘ulik ichida jim yotardi, chiroqlar xuddi uzoqdagi yulduzlardek ko‘rinardi. Ammo men hech narsani aniq ko‘rmasdim.

Ko‘zlarim xira, quloqlarim shovqin bilan to‘lgan, yuragim esa tanamni yorib chiqishga urinayotganday urardi.

Ichimdagi vahima chaqmoqdek chaqnardi.
Bir fikr — bir og‘riq — bir qo‘rquv.

Nima qilishni bilmasdim. Hatto nafas olishni ham.

Orqaga sekin tisarildim. Oyoqlarim qaltirab ketdi. Ongimda bittagina fikr aylanardi:

“Agar o‘sha odam o‘lgan bo‘lsa… ammamm meni ham tirik qo‘ymaydi.”

Bu fikr shu qadar aniq, shu qadar keskin bo‘lib eshitildiki, hatto shamolning uvillashini ham bosib ketdi.

Birdan eshik ortidan shovqin eshitildi. Og‘ir qadamlar, yugurayotgan odamlar nafasining tarangligi… Keyin eshik qo‘pol tarzda ochildi.

Ichkariga bir to‘da qora kiyimdagi qo‘riqchilar yugurib kirdi.

Ularning qiyofasi — men uchun hukm edi.
Ularning ko‘zidagi jiddiylik — menga berilgan so‘nggi ogohlantirish.
Yaxshi bo‘lib ketishim haqidagi barcha umidlarim — o‘sha lahzada parchalanib ketdi.

Men qotib qoldim.

Qo‘rquv butun tanamni muzlatib qo‘ydi.

Ular menga yaqinlashayotganini ko‘rdim.
Lekin ongim allaqachon o‘sha qarorni berib bo‘lgandi.

“Hech kim meni o‘ldira olmaydi…
Agar tugash kerak bo‘lsa — men o‘zim tugayman.”

Shu fikr ko‘z yoshlarimni quritdi, qo‘rquvni muzlatdi, yurak urishini sekinlashtirdi.

Men panjaraga qo‘llarimni qo‘ydim. Sovuq metall terimni kesgandek bo‘ldi.

Qo‘riqchilardan biri qo‘lini cho‘zdi:

— Yoʻq unday qilma...

Ammo men ular aytgan so‘zlarni eshitmadim. Eshitishni xohlamadim. Ularga ishonmadim.

O‘sha lahza xuddi vaqt sekinlashgandek tuyuldi.

Shamol yuzimni kesdi.
Shahar chiroqlari ko‘z yoshlarim bilan birga xiralashdi.
Yuragimdagi og‘riq butun dunyoni yo‘qotib yubordi.

Va men — hech bir so‘zsiz, hech kimga qarab emas — bo‘shliq tomon bir qadam tashladim.

Tana pastga uchayotganda, hamma ovozlar yo‘qoldi.
Faqat ichimdagi eng so‘nggi o‘y qoldi:

“Jungkookning hayotiga nur olib kelaman deb…
o‘zim zulmatga tushib ketdim.
Men bir kun unutiladigan hikoya edim…”

Shu bilan men zulmat bilan quchoqlashdim.

Pov avtor: Seul soat19:30

Professor Xan qo‘lida tibbiy kartoni bilan xonani kuzatdi. Ko‘zlarida ikkilanayotgan, ammo vaziyatni to‘liq tushunayotgan shifokorga xos jiddiyat bor edi.

Professor Xan:
— Janob Park… operatsiyani haqiqatan ham shu yerda, uyingizda o‘tkazishimizni xohlaysizmi? — dedi u ehtiyotkor, past ohangda.

Jimin:
— Ha.
Uning javobi qisqa, qat’iy edi. Ko‘zlarida esa charchoq, umid va qo‘rquvning g‘alati qorishmasi yaltirar edi.
— Aynan shu xonada bo‘ladi. Hammasini tayyorlab qo‘ydim. Kerakli jihozlarning barchasi bor. Hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Professor Xan bir muddat sukutga cho‘mdi. So‘ng og‘ir nafas chiqardi.

Professor Xan:
— Lekin janob… bu oddiy jarrohlik emas. Bu yurak operatsiyasi. Singlingiz o‘n ikki yil davomida koma holatida. Bu nafaqat u, balki siz uchun ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Jimin boshini biroz egib, achchiq tabassum qildi — u jilmayishni istamagan, ammo boshqa iloji yo‘qdek edi.

Jimin:
— Meni yaxshi bilasiz, doktor. Bizda vaqt yo‘q. Donor yo‘lda. Agar uni kasalxonaga olib borsam, darhol shov-shuv boshlanadi… Men bunga yo‘l qo‘ya olmayman.
— Bir tomchi imkon bo‘lsa ham, men uni qo‘ldan boy bermayman.

U bir lahza chuqur nafas oldi, so‘ng ohangi yanada qat’iylashdi:

— Sizga yordam berishi uchun professor Lee Hanani Amerikadan olib keldik. U sizning shogirtingiz. Sizlar ikkala dunyodagi eng tajribali jarrohlar ekansiz — bitta yurakni asray olishingizga ishonaman.

Professor Xanning qo‘lidagi qog‘ozlar asta titradi. U bir nima demoqchi bo‘ldi.

Professor Xan:
— Lekin janob…

Jimin uning gapini bo‘lib, nigohini ko‘tardi — sovuqqon, ammo o‘ta qat’iyatli.

Jimin:
— Operatsiyadan keyin nima bo‘lishidan qat’i nazar, barcha javobgarlikni o‘z zimamga olaman. Muvaffaqiyatsizlik bo‘lsa ham — sizni ayblamayman. Bu borada ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, doktor.

Xonada og‘ir sukut cho‘kdi.
Faqat yurak monitorining uzoqdan eshitilayotgan “bip… bip…” ovozi vaqtning qanday o‘tayotganini, har soniyaning ahamiyati borligini eslatardi.

Xonaga hukmron bo‘lgan og‘ir sukunatni eshikning asta ochilishi buzdi. Metall tutqichning mayin chiyillashi ham shu yerda yotgan og‘riqlarni uyg‘otganday jarang berdi.

Jimin ham, Professor Xan ham bir zumda o‘sha tomonga qarashdi.

Eshikdan Jiminning eng yaqin do‘sti — Lee Joonsuk kirib keldi. Ko‘zlari charchagan, rangi oqarib ketgan, ammo yuzidagi jiddiylikdan vaziyatning nechog‘li og‘irligini darrov sezish mumkin edi.

Joonsuk:
— Janob…
Ovozi past, ammo titramasdan eshitilardi.
— Donor yetib keldi. Professor Lee Hanan ham shu yerda. U operatsiya uchun tayyorlanmoqda.

Jimin chuqur nafas olib, bir lahzaga ko‘zlarini yumdi. Yelkalari biroz bo‘shashdi — og‘ir qaror qabul qilgan odamning qisqa yengilligi edi bu.

Jimin:
— Yaxshi, Joonsuk. Ularni ichkariga kirit. Barchasi tayyor bo‘lsin.

Joonsuk bosh irg‘ab ortga burildi, biroq eshikdan chiqishdan oldin to‘xtab qoldi.
U Jiminning orqa tomoniga qaradi — nigohida xavotir, do‘st sifatidagi qo‘rquv bor edi, uni yashirishga urinmadi.

Joonsuk:
— Janob… iltimos, yana bir bor o‘ylab ko‘ring. Bu operatsiya — oddiy tajriba emas. Agar nimadir noto‘g‘ri ketsa…

Jimin unga yuzini burib, sokin, ammo alamli jilmaydi.

Jimin:
— Joonsuk… men qarorimni allaqachon qabul qilganman.
— Bu — singlim uchun. Uning yuragi… yana urishi uchun.

Joonsuk bosh egib, so‘zsiz chiqib ketdi. Eshik ohista yopildi. Xona yana sukunatga to‘ldi. Faqat yurak monitorining tinimsiz “bip… bip…” tovushi vaqtning o‘tishini eslatardi.

Jimin derazaga yaqinlashdi. Tashqaridagi qorong‘u osmon, uzoqda miltillagan ko‘cha chiroqlari va qish tunining darz ketgan sovuqligi unga tanish edi. Bir muddat u shu manzaraga tikilib qoldi — dardini yashirgan, lekin taslim bo‘lmayotgan odamning sokin sukunati bilan.

U lablarini arang qimirlatdi.

Jimin:
— Park Hesu…
Ovozi past, titroq, ammo mehr bilan to‘ldi.
— Va’da berganding, mitti malikam. Qayt. Men senga so‘nggi imkoniyatni berayapman.

Shu on xonadagi sovuq havo ham jim qolayotgandek tuyuldi — go‘yo Hesu bunga javob berarmikan, degandek.

Eshik yana ochildi. Ichkariga oq xalat kiygan, sovuqqon nigohli ayol — Professor Lee Hana kirib keldi. Uning qadamlarida shoshilish yo‘q edi, biroq qat’iylik, mas’uliyat va sovuq matematik aniqlik u bilan birga kelgandek tuyulardi.

U jarrohlik hujjatlarini ko‘targancha Jiminga yaqinlashdi.

Hana:
— Janob Park, — dedi u ovozidagi muzday ohangni yashirmay. — Holatni ko‘rib chiqdim. Yurak faoliyati deyarli nol darajada. Agar donor yurak zudlik bilan moslashtirilmasa, u tirik qola olmaydi. Bundan tashqari, professor Xan…
Ayol so‘zini tugatmay qoldi.

Jimin uning gapini kesdi.

Jimin:
— Bilaman. Shuning uchun sizni Amerikadan keltirdim, professor Lee. Bu ishni bajara oladigan yagona odam — siz.

Hananing lablari qattiq yopilib, jag‘i taranglashdi. Ko‘zlarida g‘azab, qo‘rquv va achinish aralashib ketdi.

Hana:
— Siz mendan mo‘jiza kutyapsiz, janob Park. Lekin bu — tibbiyot. Afsona emas.

Jimin unga yaqinlashdi. Nigohi sovuq, tovushi past, lekin har bir so‘zi zangdek og‘ir edi.

Jimin:
— Balki bu afsona emasdir. Lekin men singlimni yo‘qotib yashashdan charchadim. Agar yo‘limda bitta imkoniyat qolgan bo‘lsa — men undan voz kechmayman.

Hana bir zum jim qoldi. Atrofdagi jarrohlik asboblarining tovushi, monitorlarning g‘ichirlashi hamon havoni tarang tutib turardi.
Ayol nihoyat chuqur nafas oldi.

Hana:
— Xo‘p. Men buni qilaman. Lekin siz hammasiga tayyor turing. Agar operatsiya muvaffaqiyatsiz bo‘lsa… siz nafaqat singlingizni, balki o‘zingizni ham yo‘qotasiz.

Jimin sekin jilmaydi — bu kulish emas, ma’nisiz, o‘lik tabassum edi.

Jimin:
— Men allaqachon o‘lik odamman, professor Lee.
So‘ng jilmayishi yo‘qoldi.
— Boshlang. Vaqt biz tomonda emas.

Hana bosh irg‘adi va tibbiyot jamoasiga ishora qildi.

Xonaga oq xalatli hamshiralar, tibbiy jihozlar va donor kiritildi. Har bir qadam, har bir harakat jarrohlik teatridagi sahnadek mukammal aniqlik bilan bajarilar, havo esa taranglikdan muzlab borardi.

Jimin esa deraza yoniga bordi. Qorong‘u osmonda qorlar yog‘ardi — xuddi o‘tayotgan vaqtni sanayotgandek.

U asta pichirladi:

— Hesu… endi hammasi sening qo‘lingda.
Iltimos… qayt.

Operatsion xonaga kirgan zahoti Hananing yelkalariga sovuq yorug‘lik tushdi. Oq xalatining qirrasi ostida uning qadamlaridagi keskinlik, ko‘zlaridagi sovuqlik va chuqur ichidagi yashirin qo‘rquv sezilardi.

Metall asboblarning biri ikkinchisiga tegib chiyillaganida xona yanada bo‘sh, yanada vahimali eshitildi.

Monitor:
bip… bip… bip…
Hesu yuragi hali bor, ammo sust. Xuddi uzoqdan “Men hali ketmadim” degandek.

Professor Xan stolning narigi tomonida turardi — tizginni shogirdiga topshirgan ustoz. Biroq nigohi hamon jarrohlik stolida.

Professor Xan (ichida):
Hana… men seni tanladim. Faqat sen bu qizni olib chiqara olasan. Jimin… bolam… sening og‘riqlaringni yana koʻrsam, men ham sinaman.

Ikki hamshira — Soojin va Mira — tayyor holatda. Ularning harakati tez, ammo aniq. Ko‘zlarida qo‘rquv yo‘q, faqat “xatoga o‘rin yo‘q” degan tushuncha bor.

Deraza ortida esa Jimin turardi. Uning qo‘llari yengining ichida titrar, lablari qattiq qisilgan. Ammo ko‘zlari… ko‘zlarida o‘n ikki yil davomida yig‘lab yig‘lab qurigan iztirob bilan yonayotgan bitta so‘z bor edi:

“Hesu… men seni qaytaraman.”Hana chuqur nafas olib, niqob ostidan ovozini eshittirdi:

Hana:
— Kesish boshlanadi. Tizimni tekshiring.

Soojin:
— Yurak ritmi barqaror. Qon bosimi tushib boryapti, ammo nazoratda.

Professor Xan yoniga turib, bosh irg‘adi.

Hana skalpelni oldi. Uning qo‘li titramadi.
Shu lahza — o‘z kasbining eng og‘ir onida — u mutlaqo muzdek bo‘ldi.

Kesish bajarildi. Qon mayin oqdi, hamshira darhol suvorra bilan tozaladi.

Hana:
— Qon oqimini to‘liq bo‘g‘ing. Qabul qiluvchi tomirlarini oching.

Mira:
— Tayyor.

Jimin eshik ortidan yana yaqinroq keldi. Uning yuragi monitor tovushidan tez urayotgandek. Ammo u o‘z nafasini ham eshitmas, faqat jarayonni kuzatar edi.

Jimin (ichida):
Bor kuching bilan kurash, Hesu… iltimos… meni yana bir marta opa deb chaqirishing uchun kurash.
Hana qo‘llarini cho‘zdida, hamshira unga yangi yurakni uzatdi. Yurak kichkina, ammo hali ham issiq edi — xuddi unda hali ham kimningdir hayoti qolgandek.

Professor Xan yonidan pichirladi:

— Shoshilmang, Hana. Bu qadam — eng nozik qism.

Hana (ichida):
Men buni uddalayman. Bu qiz… qaytishi kerak.

U yurakni o‘ta ehtiyotkorlik bilan o‘rniga joylashtirdi.

— Qon aylanishini ulaymiz. Tayyorlaning.

Hamshira tizimni ishga tushirdi.
Vaqt go‘yoki to‘xtab qoldi.

Monitor jim.
Jiminning tomirlaridan sovuq yurib o‘tdi.

Hana (past, ammo aniq):
— Yurakni ishga tushiramiz… Hoziroq.

Mira defibrillyatorni uzatdi.

— 50 joule.

Hananing qo‘llari ko‘tarildi.

Jimin lablari orasidan faqat bitta so‘z chiqdi:

— Iltimos…

Hana bosdi.

“TZZZT!”

Monitor jim.
Bir lahza… ikki lahza…

Monitor:

bip…

bip… bip…

bip… bip… bip…

Yurak urdi.
Past, sust, lekin urdi.

Hamshira qo‘rqqanidan ko‘zlarini kattaroq ochdi. Professor Xan chuqur nafas oldi. Hananing qo‘llari asta-asta pastga tushdi.

Jimin eshik ortida tiz cho‘kib yubordi. Ko‘zlaridan yosh oqdi — u ovoz chiqarmasdan yig‘lardi.

Jimin (ichida):
Mittigim… qayt… iltimos, qayt…
Operatsiya xonasida nihoyat yengil yengil nafaslar eshitila boshlagan edi. Hana teri ostiga so‘nggi tikuvni qo‘ydi-da, asta jilmaydi.
Bu tabassumning ichida charchoq ham, yengillik ham bor edi.

Hana (ichida, lablarini qimirlatib):
— Nihoyat… buni uddaladik, Hesu. Mana, endi sening yuraging… yana uradi.

Professor Xan hana yonida turib, bosh irg‘adi.
Jimin esa deraza ortida, qo‘llari qaltirab turgan bo‘lsa-da, nihoyat o‘zini ushlay boshlagan edi.

Jimin (pichirlab):
— Rahmat… rahmat sizlarga… Hesu, sen qaytasan. Menda yana imkoniyat bor…

Hana chuqur nafas olib orqaga chekindi. Soojin va Mira asboblarni yig‘ay boshlashdi. Monitor esa barqaror ritm bilan jaranglardi:

bip… bip… bip…

Xonadagi og‘irlik asta ko‘tarilayotgandek edi.

Ammo… o‘sha payt.

Birdan monitorning ovozi qaltiradi.

bip… bi— …

Hana kesib olingan ignalarni qo‘ygancha, qotib qoldi.

Monitor:
— — — — —

Soojin (dahshatga tushib):
— Doktor… yurak… yurak to‘xtadi!

Hana:
— Nima?! Yo‘q, bu mumkin emas! Hozirgina hammasi normal edi!

Professor Xan stolga yaqinlashdi:

Professor:
— Shok berishga tayyorlang! Tezlikda!

Soojin defibrilyatorni uzatadi. Hana qo‘llarini yuvishga ham ulgurmay, zudlik bilan paddlarni ushlaydi.

Hana qichqirib yubordi:
— Hesu, iltimos… meni shunday oson tark etma!
Zaryad 200!
Bir… ikki… uch! — BOSHLANG!

— PACH! —

Hesu tanasi ko‘tarilib tushdi, ammo monitor jim…

Professor Xanning yuzi oqarib ketdi.
Mira qo‘lidagi asbobni tushirib yubordi.

Hana:
— Yana! Zaryad 250!
Bir… ikki… uch! — BOSHLANG!!!

— PACH! —

Monitor… jim.

Soojin ko‘zlaridan yosh quyildi:
— Javob yo‘q… hech qanday javob yo‘q…

Hana lablarini tishlab, yelkalari titray boshladi.

Hana:
— Yana bir bor! Oxirigacha kurashamiz!
Zaryad 300! — BOSHLANG!

— PACH!!! —

Monitor chizig‘i esa o‘zgarmadi.

Jimin oynaning ortidan qotib qoldi. Uning oyoqlari qulab tushgudek bo‘ldi. Nafasi bo‘g‘ildi.
Har bir jim chiziq unga pichoqdek botardi.

Jimin:
— Yo‘q… yo‘q, Hesu… Hesu!!!
HANA!!! Uni qaytaring! Iltimos!!!

Lekin hana asta qo‘lini tushirdi.
U paddlarni stolga qo‘ydi.
Ko‘zlari yoshga to‘lgan edi.

Hana xonaga qattiq eshitilgan ohangda...
— soat… 23:41.
Park Hesu… yuragi qaytmadi.

Xona muzdek jimlikka botdi.

Soojin yuzini bukib yig‘ladi.
Mira lablarini tishlab, qo‘llarini ko‘ksiga bosdi.
Professor Xan ko‘zlarini yumdi, ammo titragan nafasini yashira olmadi.

Jimin esa tizzasiga qulab tushdi.
Qo‘llari oynaga tiralib, ovozi bo‘g‘ilib chiqdi.

Jimin:
— Men senga so‘nggi imkoniyat berdim…
Sen qaytaman deganding, Hesu…
Nega meni yolg‘iz qoldirding?..

Hana stol yonida turib, qo‘lidagi lateks qo‘lqoplarini asta yechdi.
Ko‘zlari qizarib ketgan edi.

U past ovozda, faqat o‘zi eshitadigan tarzda pichirladi:

Hana:
— Men seni saqlab qola olmadim… kechir meni… Hesu…