"ORZULAR SARI ILK QADAM" JANR: MELODRAMA, ROMANTIK, KOMEDIYA ROLLARDA Park Jimin,Kim lnji
Inji xizmatkorim bilan birga yuqoriga chiqib ketdi. Ortidan kuzatib qoldim. Xuddi onasining o‘zi bo‘libdi. O‘sha kuni yoq, Yunxvaning qizi ekanini yuragim sezgandi. Qo‘riqchilardan biriga qo‘ng‘iroq qildim.
Tansoqchi: Eshitaman, honim.
Yondo ishga keldimi?
TS: Ha, keldi, honim. U yonimda edi. Bu yerga chaqir.
TS: Xo‘p, honim.
Yondo: Nima gap, tinchlikmi? Nega meni chaqiryapti?
TS: Bilmayman, borsang bilasan. Menimcha, senga muhim vazifa topshirmoqchi.
Yondo: Hm... vazifa, TS: Haya... Sen eshitmadingmi? Honimning jiyani keldi bugun.
Yondo: Jiyani? Axir u o‘lmaganmidi?!
TS: O‘lmagan ekan. Uni asrash uchun yolg‘on gapirishgan. Yondo: Uni ko‘rdingmi? Qanday qiz?
TS: U xuddi oyisiga o‘xshaydi.
Yondo: Mayli, unda men honimning yoniga boray. TS: Biror nima bilsa xabar ber.
Yondo: Xo‘p.
Uy xizmatchisi meni xonamga kuzatib qo‘ydi. Sekin eshikni ochib ichkariga kirdim va xonani ko‘zdan kechirdim. Bu xonadagi barcha narsa oppoq rangda edi — pardadan tortib, choyshabgacha. Hattoki divan va stol-stullarning rangi ham.
Sekin yotoq yoniga bordim va stol ustidagi rasmlarga ko‘zim tushdi. Ularga birma-bir nazar tashlab chiqdim. Bularni men atayin ko‘rishim uchun qo‘yib qo‘yishganiga o‘xshaydi. Suratlarni o‘tkazayotganimda bir surat diqqatimni tortdi. Oyim va dadam. Ular to‘y kuni suratga tushishgan edi. Men bu suratni ilgari ko‘rgandim. Oyimdan: “Bular kim?” deb so‘raganimda, “dugonamlarim” degandi. Demak, u meni oyim va dadamni taniganmi?..
Suratlarni qo‘yib, garderobga kirdim. U yerda juda ko‘p kiyimlar bor edi. Meni kelishimni bilib, ammam menga turli xil kiyimlar sotib olibdi. Xizmatkor esa o‘zimning narsalarimni joylab qo‘yibdi.
U yerdan sekin yuvinish xonasiga kirdim.
— Hm, Inji, buni hatto tushingda ham ko‘rmaganding. Bir kunda malikaga aylangandek bo‘lding. Endi nima qilay? Nima qilishni, qanday yo‘l tutishni bilmayapman...
Yana xonaga qaytib, yotoqqa yotdim. O‘tgan hayotim haqida o‘ylay boshladim. Juda charchaganimdan ko‘zim ilinib, uxlab qolibman.
Yondo: Xayrli kun, honim. Meni chaqirtirgan ekansiz.
Kim xonim: Ha, kel, Yondo. Ahvoling yaxshimi? Oying qanday, tuzalib qoldimi?
Yondo:Rahmat, honim. Oyim yaxshilar asta-sekin tuzalyapdilar.
Kim xonim: Yaxshi. Seni chaqirganimning sababi — senga aytishgan bo‘lsa kerak, bugun jiyanim kelganini.
Yondo: Ha, honim, xabarim bor.
Kim xonim: Yaxshi. Unda quloq sol: bugundan boshlab unga o‘zing g‘amxo‘rlik qilasan. Qayerga borishidan qat’iy nazar, birga borasan. Undan ko‘z uzmaysan. Har bir qadamini menga hisobot qilib turasan. Meni tushundingmi?
Yondo: Ha, honim, sizni tushundim. Xavotir olmang. Men qo‘limdan kelgancha jiyaningizni himoya qilaman.
Kim xonim: Uning ismi Inji.
Yondo: Tushundim, honim.
Kim xonim: Yaxshi tushunganingdan xursandman.
Uxlab yotganimda, birdan qo‘ng‘iroqning ovozidan cho‘chib uyg‘ondim. Bu Yujin edi. Go‘shakni ko‘tarib, sekin qulog‘imga qo‘ydim... keyin esa bundan afsuslandim.
Yujin: Inji! Qayerdasan? Nega bizga aytmay ketib qolding? Qanday xavotir olganimizni bilasanmi?
Inji: O‘zimni... o‘zimni uyimdaman.
Yujin: Uyingga? Nima, O‘zbekistonga ketdingmi?
Inji: Yo‘q, o‘z uyimga keldim.
Yujin: Nima? Seni tushunmadim. Inji: Uchrashganimizda tushuntirib beraman.
Yujin: Yaxshi unda. Kechga yoningga boramiz manzilni ayt.
Inji: Hannamdong...
Yujin: Nima? Qayer?! U yerda mashhurlar yashaydi-ku!
Inji: Hannamdonga yaqin joydagi biror restoranga keling. Manzilni yuborsangiz, o‘zim yoningizga boraman.
Yujin: Xo‘p, unda shunday qilamiz. Rostdan kelasanmi?
Inji: Ha, rostdan ham boraman.
Yujin: Yaxshi, unda kechga uchrashamiz.
Inji:Hm... ko‘rishguncha.
Yujin:Ko‘rishguncha.
Go‘shakni qo‘yib, soatga qaradim. Tushdan o‘tgan, soat 03:00 bo‘libdi. “Oʻzim ham aytdim nega qornim bunchalar och qoldi deb.Turib yuvinish xonasiga bordim, yuz-qo‘limni yuvdim va ust-boshimni almashtirib sekin pastga tushdim.
Ammam zalda qahva ichib o‘tirardi. Sekin oshxonaga yo‘l oldim.
Xan honim: Xayrli kun, Inji xonim. Biror nima yeysizmi, tayyorlab beraymi? Tushlik uchun chaqirishga borganimda uxlab yotgan ekansiz. Uyg‘otgim, kelmadi.
Inji: Ha, charchagan ekanman. Birdan uxlab qolibman...
Xan xonim: Sizga qanday taom tayyorlab beray. Hmm... biror mazali taom yeyishni xohlayapman, dedim biroz o‘ylab.
Xizmatkor xonim menga qarab jilmaydi.
— Yaxshi, unda biror mazali taom tayyorlayman, — dedi.
Men biroz jilmayib:
— Sizga nima deb murojaat qilay? — deb so‘radim.
— “Xan honim” deyaqoling, dedi u yumshoq ohangda.
— Uuvv, yaxshi, “Xan honim”.
Biz bir-birimizga qarab jilmayib turdik...
Keyin men Xan xonimdan oyim haqida so‘radim. U oyim haqida bilgan barcha narsalarini aytib berdi. Meni asrab olgan ayol — oyimning yaqin dugonasi ekan.
— Xan xonim... ha, Inji honim? Oyim bilan dadamning ismi nima edi?
— Haa... buni aytishni unutibman. Dadaingizning ismi Kim Jivon, oyingiz esa Lee Yunhva.
— Oyimning ismi chiroyli ekan...
— Albatta, o‘zi ham juda chiroyli edi, — dedi u muloyimlik bilan.
Men biroz jilmayib qo‘ydim.
— Xan xonim, men uning qizi ekanimni qanday bildingiz? Chunki bugun kelganimda ajablanmadingiz...
— Birinchi kelgan kuningizda sizni ko‘rib, Yunhva honimni ko‘rganday bo‘ldim. Ushandayoq yuragim sezgandi.
— Ha, shundaymi...
— Ha, honim. Mayli, unda sizga xalaqit qilmayman. Ovqat tayyor bo‘lgach, chaqiraman.
— Yaxshi.
Oshxonadan chiqib yuqoriga chiqmoqchi bo‘lganimda, ammam meni to‘xtatib qoldi.
— Inji!
— Ha, amma? — dedim hayrat bilan ammamga qarab.
U xursand bo‘lib menga tikildi.
— Meni “amma” deb murojaat qilganingdan juda xursand bo‘ldim.
— A?.. Rostdanmi?
— Ha. Aytgancha... — uzoqroqda turgan yigitni yoniga chaqirdi. — Bu — Yondo. Bundan buyon u seni qo‘riqlab yuradi.
— Salom, men Inji. Tanishganimdan xursandman, — dedim qo‘l uzatib.
— Men ham, xonim, — deb jilmayib qo‘ydi Yondo.
— Unga aytmasdan hech qayerga ketma, xo‘pmi Inji? — deya ta’kidlab qo‘ydi ammam.
— Xo‘p, — degandek bosh irg‘adim. — Mayli unda, men xonamga boray.
— Yaxshi, boraqol.
— Xo‘p, — deb biroz hurmat ila egilib, yuqoriga chiqib ketdim.
Xonamga kirib derazadan qaradim. Bu yerda balkon bor ekan-ku! Birdan negadir quvonib ketdim. Derazani ochib, ayvonga chiqdim va atrofga qarab chiqdim. Aftidan bu uyning orqa tomoni katta bog‘. Chap tomonda ham xuddi shunday ayvon bor ekan. Biroz qarab turdim, uzoqdagi darvozaga ko‘zim tushdi. Aftidan bu — orqa eshik. Yana tikildim. Eshikdan sal nariroqda, devor yonida katta zardoli daraxti bor ekan. Daraxtga qarab turib, o‘ng tomonidagi tomga ko‘zim tushdi. Tomdan devorga chiqib, daraxt yordamida pastga tushsa bo‘larkan...
Birdan xayolimga Yujin bilan uchrashmoqchi bo‘lganim keldi. “Hech kimga bildirmay, shu yerdan chiqib ketsam bo‘ladi!” Qoyil! Uydan chiqish yo‘lini topganimdan juda xursand edim ichimda.
O‘zimcha kulimsirab turganimda, eshik taqillab ketdi. Ichkariga Xan xonim kirib keldi. Qo‘lida patnisda bir nechta idishlar bor edi.
— Inji xonim, ovqatingiz tayyor bo‘ldi.
— Shuncha tezmi? — dedim hayron bo‘lib.
— Tez emas. Yaqinda quyosh botadi.
— A... to‘g‘ri, — dedim tasdiqlab.
Olib kelgan taomlarga ko‘z yugurtirdim.
— Nima bo‘ldi, honim? Yoqmadi-mi? — dedi birdan.
— A? Yo‘q-yo‘q, yoqdi. Shunchaki oldin qaysidan boshlashni bilmayapman.
— Sizga katta rahmat!
— Arzimaydi, honim. Sizga mazali ko‘ringanidan boshlang.
— Xo‘p.
Ovqatimni yeb bo‘lib, idishlarni pastga olib tushdim. Buni ko‘rib, Xan xonim birdan kelib, qo‘limdan patnisni tortib oldi. Hayron qoldim.
— Bu nima qilganingiz, xonim? Menga aytsangiz, o‘zim olib tushardim. Yosh xonim patnis ko‘tarib yurishi yaxshi emas!
— Men shunchaki bosh kelmay dedim... Bunda hech qanday yomon joyi yo‘q-ku, honim.
— Endi siz oddiy odam emassiz. Kimlar oilasining merosxo‘ri! Bunday ishlarni qilishingiz to‘g‘ri emas. Meni tushundingizmi?
— Ha... rahmat, sizni yaxshi tushundim.
— Ha, aytgancha, menga pishirgan keklaringiz juda yoqdi!
U menga qarab kuldi.
— Yoqqanidan xursandman, xonim.
— Xan xonim, agar yana shu keklardan tayyorlab berishingizni so‘rasam bo‘ladimi?
— Albatta, xonim! Istaganingizcha tayyorlab beraman.
— Yaxshi, unda men biroz bog‘da sayr qilmoqchiman.
— Yaxshi. Kim honimga aytib qo‘yaman.
— Axa, xo‘p... rahmat.
Unga muloyimlik bilan minnatdorchilik bildirib, bog‘ga chiqdim. Uyning atrofini aylanib chiqdim. Vanihoyat manzilim — o‘sha darvoza bo‘ldi. Darvozani ochib ko‘rmoqchi bo‘ldim, lekin u qulflangan ekan. Qulfni ko‘zdan kechirdim.
— Qoyil, — dedim o‘zimga. — Axir bunday qulflarni ilgari ochganman-ku!
Bu meni xursand qildi. Keyin daraxtga qaradim — rostdan ham u uncha baland emas edi. Devor tomdan oshib tushsa bo‘lar ekan. Rejam ish berishini bilib, xursand bo‘ldim.
Ortga qaytayotganimda, Yondo yonimga yugurib keldi.
— Tinchlikmi?! — deb so‘radi. U chuqur chuqur nafas oldi. — Sizni ketib qolgan deb o‘ylabman. Hamma joyni aylanib chiqdim.
— Qo‘rqmang. Qayerga ham ketardim axir? Endi kelgan bo‘lsam...
— To‘g‘ri, — deb kuldi. — Sizni Kim honim chaqiryapti. Kechagi ovqat vaqti bo‘ldi.
— Ha-a, mana ketyapman. Sen ham yur, ovqatlanamiz.
— Yo‘q, xonim. Biz alohida ovqatlanamiz.
— Ha, tushunarli. Aytgancha, necha yoshdasan?
— Menmi? 23.
— Ha, hali yosh ekansan. O‘qiysanmi?
— Ha, albatta. Faqat kechki bo‘limda o‘qiyman. To‘lovni Kim honim to‘lab beryapti.
— Ha, rostdanmi? Yaxshi-ku! Qaysi yo‘nalish?
— Arxitektura.
— Men ham arxitektura yo‘nalishida o‘qiyman!
— Nechanchi kurssan?
— 4-kurs. Ha, bu oxirgi o‘quv yiligim. Keyin tugataman, magistraturaga topshirib ko‘rmoqchiman.
— Qaysi universitetda o‘qiysan?
— Yonsel.
— Yonsel?! — deb ajablanib qaradim. — Axir biz bitta universitetda o‘qir ekanmiz-ku!
Qoyil! Xursand bo‘lib ketdim.
— O‘qishingni kunduzgiga ko‘chirsang bo‘lmaydimi? — dedim.
— Nega honim?
— Birga o‘qishga borib-kelgan bo‘lardik-ku. Axir baribir men uchun ham universitetga borasan, shundaymi?
— Hmm... Ammamdan sen uchun so‘rab ko‘raymi, nima deysan?
— Yo‘q, shart emas. O‘zim so‘rab ko‘raman.
— Yaxshi.
— Rostini aytsam, o‘sha yerda tanishlarim ko‘p emas. Agar birga borsak, menga juda yaxshi bo‘ladi.
— Shunday deb o‘ylaysizmi?
— Ha, albatta.
— Unda... yaxshi. Shunday bo‘la qolsin. Endi ichkariga kiring.
— Xayrli tun, xonim.
— Xayrli tun, Yondo.
Aqlimga qoyil... O‘zimdan o‘zim sevinib ketdim. Mening niyatim bu — Chanxo. Agar Yondo universitetda yonimda yursa, Chanxo menga zarar yetkaza olmaydi. Ajoyib!
Ichkariga kirib, zalga o‘tdim. Stol usti bezatilgan — dasturxonda har xil taomlar va menga yoqadigan keklar ham bor edi.
— Kel, Inji. Qani, o‘tir.
— Yaxshi, amma. Sizga bir gapim bor edi...
— Haligi... eshitishimcha, Yondo Yonsel universitetida o‘qirkan?
— Ha, shunday. Nega bu haqda so‘rayapsan? Tinchlikmi?
— Ha... yo‘q, shunchaki o‘zim.
— Amma... balki Yondo kunduzgi ta’limga o‘tsa, yaxshi bo‘larmidi?
— Nega?
— Axir, u men bilan birga universitetga borsa, ikki marta borishga majbur bo‘lmasdi. Uning ustiga... universitet ichida ham meni himoya qila olardi.
Ammam jim qoldi. Bu taklifni bexosdan berganim uchun ajablandi. Men esa kozimni yerdan uzmay aytgan gaplarimdan uyalib ketdim ish qilib ammam meni notoʻgʻri tushunmagan bolsin...biroz oʻylanib yana gapimda davom etdim.
— Bilaman, balki bu g‘alati tuyulgandir... Lekin men bu yerdagi hayotga hali unchalik o‘rganmadim. Yondo yonimda bo‘lsa, o‘zimni ancha xotirjam his qilardim.
— Xavotir olma, seni to‘g‘ri tushundim. Bu haqda o‘ylab ko‘raman.
Hozir ta’til davri. Uning ustiga seni bir nechta fanlar bo‘yicha kurslarga yozdirib qo‘yganman.
— Xo‘sh, bunga nima deysan? Yoki alohida murabbiy tayinlaymi?
— Yo‘q, shart emas. Siz aytgan kurslarga qatnashaman.
— Yaxshi unda. Ertaga soat 8:00 dan 12:00 gacha ingliz tili bo‘yicha dars bo‘ladi. Tushdan so‘ng esa matematika va fransuz tili bo‘yicha repetitorga borasan.
Indinga esa faqat jismoniy tarbiya mashg‘uloti bo‘ladi.
Meni tushundingmi?
— Ha, amma. Sizni yaxshi tushundim.
— Mayli unda, ovqatingni yeb ol. Qani, olaqol.
— Yaxshi.
Ovqatlanib bo‘lgach, keklar to‘la likopchani xonamga olib ketdim. Ammam menga hayron bo‘lib qaradi-yu, jilmayib qo‘ydi.
Xonamga kirgach, kiyimlarimni almashtirdim. So‘ng... qochish rejasini amalga oshirish maqsadida Yujinga qo‘ng‘iroq qildim.
— Salom, Inji. Ahvoling qanday? Yaxshimisan?
— O‘zim yaxshi, sen-chi?
— Xo‘sh, yo‘lga chiqdingizmi?
— Endi chiqamiz. Hannamdonga yaqin joydagi bir restoranni topdik. Hozir senga lokatsiya tashlab qo‘yaman.
— Restoran nomi qanaqa?
— Heson.
— Nima?.. Heson?
— Ha, Heson. Kela olasanmi ishqilib?
— Ha, boraman. Sizlar yo‘lga chiqa bering. Mening uyimdan unchalik ham uzoq emas ekan.
— Yaxshi unda. Ko‘rishguncha!
— Ko‘rishguncha...
Go‘shakni qo‘yib, Yujin tashlagan lokatsiyani ko‘zdan kechirdim. Ikki yo‘l bor ekan.
— Men qisqa yo‘ldan boraman, — dedim o‘zimga. — Ajoyib!
Telefonimni yotoq ustiga qo‘yib, balkonga chiqdim. Yonimdagi xona balkoniga chiqqan odamga ajablanib qaradim.
— Nima? Ammamning o‘g‘li bormi?..
U telefonda allanimalarni gaplashar, birdan kulib yubordi.
Qiziq... men bu tabassumni qayerdadir eshitgandekman...
Birdan u men tomonga o‘girildi. Men esa tezda teskari qarab oldim.
U sekin ichkariga kirdi. Men esa ajablanib ichkariga o‘tdim, telefonimni olib, yo‘lga tushdim.
Sekin balkondan tomga o‘tdim. Tomdan devorga, devordan esa daraxtga osilib sakrab tushdim.
— Yo xudoyim... juda baland ekan! — dedim o‘zimga.
Sakraganimda oyog‘im og‘rib qoldi.
Shu zahotiyoq eshik tomonga yugurdim. Atrofda hech kim yo‘q — fursatdan foydalanib, sochimga taqib olgan zakolkamni qo‘limga oldim va eshikni ochishga urinib ko‘rdim
Eshik ochilgach, ko‘chaga chiqdim va lokatsiyaga qarab yo‘lga tushdim. Qisqa yo‘ldan borayotib, tor bir ko‘chaga kirdim. Uzoqroqda bir to‘da ichib olgan erkaklar sigaret tutatib turishardi. Qo‘llarida qandaydir dorilar bor edi.
Rostini aytsam, juda qo‘rqdim.
Ular meni ko‘rib, joylaridan qo‘zg‘alib, yonimga yaqinlasha boshlashdi. Qorqib ketganimdan u yerdan qochdim. Birdan shovqin kotarib ortimdan quvib ketishdi.
Qochayotganimda, birdan kimdir baquvvat qo‘li bilan bilagimdan ushlab, meni o‘ziga tortdi. Oʻzim bilmagan holda borib, uning ko‘ksiga urildim...