October 12, 2025

Zulmatdagi nur 💫

Ep3:

Jungkook otasining uyidan chiqdi-da, to‘g‘ri uyiga yo‘l oldi. Bugun yolg‘iz qolganidan quvongan Taera kun bo‘yi oshxonadan chiqmay, yegisi kelgan nima bo‘lsa, barchasini tayyorladi: shirinliklar, turli xil ovqatlar, mevalardan har xil sharbatlar… Hammasini bir kunda yeb tugatolmasligini bilsada, buni zavq bilan qilardi. Chunki har safar uyda yolg‘iz qolgandagina o‘zini erkin his qiladi, boshqa payt Jungkookning g‘azabi va nigohlari uni hatto turgan joyida ham bog‘lab qo‘yardi.

Jungkook bugun uyga kelmaydi degan hayolda, qo‘shiq hirgoya qilib kimbap tayyorlayotgan Taera eshikdan kirib kelgan Jungkookni payqamadi. Jungkook jahl bilan uyga kirib keldi va zalda to‘xtab qoldi. Oshxonadan mazali taom hidi taralayotganini sezib, to‘g‘ri o‘sha yerga yo‘naldi. Eshik yoniga kelgach, ko‘rgan manzarasiga o‘zi ishonmadi — bu go‘yo tushdek edi. Chunki Jungkook hech qachon xotinini qo‘shiq hirgoya qilganini, tabassum bilan taom tayyorlaganini ko‘rmagan.

Aslida unga bularni qilishga imkon bermagan — hatto tabassumini ham tortib olgan edi. Taera ishga kirishib ketganidan Jungkookni payqamadi. Jungkook esa eshik oldida uning tabassumiga mahliyo bo‘lgancha unga tikilib, o‘yga cho‘mdi.

Jungkook:— Nimalar qilib qo‘yding, Jungkook? Bir qizni xarob qilding. Uni orzularidan, tabassumidan, hatto o‘zligidan ham ayirding. Sen shunchalar vahshiy edingmi? Otangdek bo‘lmaslikka urinib, undan battar botqoqqa botding. Bu qizning gunohi nima? Onangni alamini shu begunoh qizdan oldingmi? Endi unga yaxshilik qilish ham befoyda. Baribir seni sevmaydi, sendan qo‘rqadi va nafratlanadi. Menimcha, uni ozod qilish vaqti allaqachon kelgan… hatto kech bo‘ldi. Unga ajrashish haqida aytishim kerak.

Shu hayolda uzoq turib qoldi.

Taera ishini tugatib, bir on unga tikilib turgan Jungkookni ko‘rib cho‘chib ketdi va beixtiyor baqirib yubordi. Uning ovozini eshitib, Jungkookning ham xayollari tarqab ketdi.

Jungkook: — Qo‘rqdingmi? — dedi u sokin ovozda, Taera tomon yurarkan.

Taera: — Hmm… — deb bosh irg‘adi, ko‘zlarida qo‘rquv aks etib.

Jungkook unga yaqinlashayotganini ko‘rib, Taera turgan joyida qotib qoldi. Jungkook yoniga kelgach, Taera biroz orqaga tisarildi.

Jungkook: — Mendan qo‘rqasanmi?

Taera: — Ha…

Jungkook: — Demak, qo‘rqasan. … Bu yerdan ket. Juda uzoqqa ket, shunday ketginki, mening zulmatim seni yutib yubormasin.

Taera: — Bu bilan nima demoqchisiz?

Jungkookning lablari chetida mayin jilmayish paydo bo‘ldi. U Taeradan ko‘zini olib, stol ustidagi kimbap va turli ajoyib taomlarga qaradi.

Jungkook: — Barchasini sen pishirdingmi?

Taera: — Ha… — dedi u past ovozda.

Jungkook: — Uxuu, bir yilga yetadigan taomnoma tuzibsanku. Hammasini hozir yemoqchimisan? — dedi u beixtiyor tabassum qilib.

Taera hayron edi, go‘yo Jungkook emas, uning qiyofadoshi kelib qolgandek.

Taera: — Yo‘q, men yetgunimcha yeb qolganini muzlatgichga qo‘yaman, — dedi u.

Jungkook: — Hmm… mazaliga o‘xshaydi. Ovqat pishirishingni bilmagan ekanman. Bilganimda oshpaz yollamagan bo‘lardim.

Taera: — Bularni qiziqqanim uchun tayyorladim. Hech kim yo‘q paytda xotirjam ishlay olaman… — dedi u qo‘rqib-pisa.

Jungkook birdan jiddiy qiyofaga kirdi.

Jungkook: — Men bo‘lsamchi? Men bo‘lsam seni uraman. Shuning uchun ham xonangdan chiqmay o‘tirassanmi? Seni shunchalar qo‘rqitdimmi? Hatto hozir ham mening yonimda bo‘g‘ilyapsan…

Taera: — Bu rost… sizdan qo‘rqaman ham nafratlanaman. Chunki hayotimni barbod qildingiz, meni zulmat ichida tashladingiz. Hech narsa qilmasam ham meni kaltakladingiz. Sizdan nafaqat qo‘rqaman, balki nafratlanaman ham… — dedi Taera ichidagi bor gaplarni Jungkookga to‘kib soldi, garchi keyin bu gapi uchun tovon to‘lashini ham bilsa-da.

Jungkook Taeraning ko‘ziga qarab turarkan, uning yonoqlaridagi yoshlarni qo‘li bilan artdi.

Jungkook: — Ajrash…

Taera: — Nima?

Jungkook: — Men bilan ajrash. Xavotir olma, buning uchun sendan qasd olmayman. Shunchaki ajrashishga ariza ber, men uni imzolayman. Sen bu qorong‘u qasrdan ham, mendek zolimdan ham qutulasan…

Jungkook: — Hmm… men hozir ochman, boshqa narsa haqida o‘ylay olmayman, — deb gapni boshqa yoqqa burdi. So‘ng kulimsirab, — Men hozir kelaman. Menga ham qoldir, agar hammasini yeb qo‘ysang, jazolanasan, — dedi va eshik tomon yo‘naldi.

Taera bu so‘zlarni eshitib negadir hissiz bo‘lib qoldi. Ich-ichidan bo‘m-bo‘sh edi. Men doim undan qutulishni istardim. Hozir ajrim haqida eshitib qotib qoldim. Ikki yo‘l oldimda turibdi: bir tomondan “Taera, bo‘ldi, bari tugadi, endi ozodsan” deydi, ikkinchi tomondan esa negadir ketgim kelmayapti…

Taera bir xo‘rsindi va Jungkookning ortidan sekin yurdi. Sababini so‘rashim kerak, deb o‘ziga shivirladi. Eshikni asta ochdi-yu, qo‘rqib ketdi.

Jungkook oq ko‘ylagini yechib, yotoqqa tashladi. Uning orqasidagi chuqur va qo‘rqinchli chandiqlar ko‘rinib qoldi. Bu kecha yoki bugungi urush izlari emasdi, balki ancha oldingi, og‘riq va azoblarni eslatuvchi chandiqlarga o‘xshardi.

Jungkook futbolkasini kiyib, ortiga o‘girildi. Orqasida qo‘rquvdan yuzi oqarib ketgan Taerani ko‘rib, bir zum hayron qoldi…

Jungkook: — Taera, ahvoling yaxshimi? Biror nima bo‘ldimi? — dedi u hayron bo‘lib.

Taera: — Haligi… chandiqlar… ular… — so‘zlari bo‘g‘zida tiqilib qoldi, qo‘rquvdan tili aylanmay qoldi.

Jungkook: — Orqamdagimi? Ular oldindan qolgan. Xavotir olma, bu endi og‘riq bermaydi. Yur, ovqatlanamiz. Men rafiqamning qo‘lidan ilk bor ovqat yeyman. Yuraqol.

Taera: — Jungkook… rostan ham ajrashishni xohlaysizmi?

Jungkook: — Buni ovqatdan keyin gaplashamiz. Senga aytmoqchi bo‘lgan gaplarim juda ko‘p. Yuraqol, Taera. Qo‘rqma… buguncha men mehribon erman. Senga ziyon yetkazmayman.

Taera bir lahza joyidan qimirlamay turdi. Uning yuragi tez ura boshladi. Jungkookning ovozi bu safar avvalgidan boshqacharoq — unda g‘azab emas, balki charchoq va og‘riq sezilardi. U bir necha soniya ikkilanib turdi-da, sekin Jungkook ortidan yurdi.

Oshxonada hali ham issiq taomlarning hidi ufurib turardi. Jungkook stulni tortib, Taeraga o‘tirishni ishora qildi. Taera shoshilmay o‘tirdi, qo‘llarini tizzasida siqib, ko‘zini pastga tikdi.

Jungkook: — Ovqatni o‘zing pishirding, demak, birinchi luqma seniki bo‘lsin, — dedi u tinch ohangda.

Taera indamay kimbapdan bir bo‘lak oldi, keyin asta Jungkook tomonga surdi. Jungkook esa u tomonga biroz egilib, Taera pishirgan ovqatdan tatib ko‘rdi. Bir zum jimlik cho‘kdi. Faqat soatning chiqqillagan tovushi eshitilib turardi.

Jungkook: — Yaxshi pishiripsan, — dedi u nihoyat. — Men bunday iliq taomni eslolmayman. Bolaligimdan beri, hatto onam ham menga bu qadar shirinlik bilan ovqat pishirmagan.

Taera bu so‘zlardan hayron qoldi. Jungkook birinchi marta o‘z onasini tilga olgan edi.

Taera: — Sizning… orqangizdagi chandiqlar… onangiz sababmi? — dedi u ehtiyotkorlik bilan.

Jungkook bir muddat jim qoldi. Nigohini ovqatdan olib, deraza ortidagi qorong‘ulik tomon qaratdi.

Jungkook: — Onam emas… otam, — dedi u past ovozda.Chunki men doim onamni himoya qilganman. Garchi u… yomon, fohisha ayol bo‘lsa ham.

Taera: Jungkook...
Jungkook: Hm...
Taera: Bir savol bersam maylimi?
Jungkook: Hm.
Taera: Oyingiz... yomon ayol bo‘lganini qachon bilib qolgansiz?

Jungkook bir necha soniya jim qoldi. Ko‘zlari bir nuqtaga tikilgan, go‘yo xotiralari orasida yo‘qolib ketgandek edi. U asta chuqur nafas oldi, ovozi past, ammo og‘riqli chiqdi.

Jungkook: Olti yoshimda... Dadam xizmat safariga ketgandi. Har kuni maktabdan qaytishim bilan onamni kutardim. O‘sha kuni esa uyga yaqinlashayotganimda, ichkaridan g‘alati ovozlar eshitildi. Bolalarcha qiziqish bilan derazadan qaradim... va onamni boshqa erkak bilan ko‘rdim.

U bir zum to‘xtadi. So‘zlari bo‘g‘zida tiqilib qolgandek edi.

Jungkook past ovozda gapirdi:
O‘sha payt dunyo ko‘z oʻngimda ag‘darilib ketdi. Onamga ishonardim, u meni hammadan koʻra koʻproq yaxshi ko‘radi deb o‘ylardim... lekin o‘sha manzara...hayotimni butkul o‘zgartirdi.

Jungkook: O‘sha kundan keyin men avvalgiday bola bo‘la olmadim.
Bir necha hafta o‘tib, dadam safardan qaytdi. Men jim edim, hech narsa aytmadim. Ammo bir kuni… u hammasini o‘zi bildi.

Jungkookning ovozi pasaydi, go‘yo yillar oldingi og‘riq qaytib kelgandek.

Jungkook: Men yotoqxonada o‘tirgan edim, pastdan onamning qichqirig‘i eshitildi. Yugurib chiqdim — dadam onamni sochidan sudrab chiqayotgandi. Men oraga tushdim. “To‘xtang!” deb baqirdim...
Lekin u menga qaramadi. Faqat bir zarba... va men devorga urildim.

Jungkook qo‘lini bo‘yniga qo‘ydi, xuddi o‘sha og‘riqni yana his qilgandek.

Jungkook: O‘sha zarba bilan bolaligim tugadi. Keyin har safar onamni himoya qilganimda, meni urardi. Ba’zan tayoq, ba’zan kamar bilan... Men esa jim turardim. Chunki har zarbada, onam ozgina bo‘lsa ham qutular, deb o‘ylardim.

Taeraning ko‘zlari yoshga to‘ldi. U asta Jungkookning qo‘lini tutdi.
Taera:— Siz bolalikdan azobni tanigansiz... lekin baribir mehrni unutmagansiz. Chunki hozir siz... hali ham sevishni bilasiz.

Jungkook unga qaradi, nigohlari bir zumda yumshab ketdi.
Jungkook sekin:— Balki sen menga shuni eslatayotgandirsan, Taera dedi.
Ular jim bo‘lib qolishdi. Atrofda faqat yurak urishlari, arang eshitilayotgan nafaslar...
Taera qo‘lini tortmoqchi bo‘ldi, ammo Jungkook uni qo‘yib yubormadi — qo‘lini mehr bilan, lekin qat’iyat bilan ushlab turardi.

Sukunat tobora cho‘zilib borardi. Har ikkisining yuragi g‘alati ohangda urar, ichlaridagi hislar esa so‘zlardan balandroq edi.

Jungkook Taeraning yuziga qaradi — uning ko‘zlarida qo‘rquv o‘rnini sokin ishonch, iliqlik egallaganini sezdi. Shu on, ichidagi sovuq devorlar qulayotgandek tuyuldi.

U asta egildi... va lablarini Taeraning lablariga tekkizdi.
Bo‘sa yumshoq, ehtiyotkor va his-tuyg‘uga to‘la edi.

Taera hayratdan qotib qoldi. Na uni itarib yubordi, na bo‘sani qaytardi — shunchaki ko‘zlarini yumdi, yuragi esa qattiq urardi.

Bir necha lahzadan so‘ng Jungkook o‘zini tutib oldi. U orqaga chekinib, Taeraga hayrat aralash nigoh bilan qaradi.

U bir lahza Taeraga qarab turdi — ko‘zlarida allaqanday og‘ir, lekin shirin tuyg‘ular qorishgan edi. So‘ng chuqur nafas olib, past ovozda dedi:

— Buni... unut. Hech narsa bo‘lmagandek tut o‘zingni.

Shu so‘zlardan keyin u o‘rnidan turdi. Qadam tovushlari jimjitlikni bo‘lib o‘tdi, eshik yopildi — orqasidan esa faqat sokinlik qoldi.

Taera esa o‘tirgan joyida qotib qoldi. Qo‘llari hali ham stul chetida qaltirab turar, yuragi esa tartibsiz urayotgan edi.

Jungkook xonasiga kirib eshikni sekin yopdi.
Qo‘llari titrardi, yuragi esa hanuz boshi berk ko‘chadek urib turgan edi. U devorga suyanib, ko‘zlarini yumdi.

"Nima qildim men...?" — degan fikr o‘tdi miyasidan. "U... u faqat savol berdi. Men esa... buni qanday izohlashim mumkin?"

U chuqur nafas oldi, so‘ng yuzini qo‘llari bilan bekitdi.
Har safar Taeraning ko‘zlari ko‘z o‘ngida gavdalanar, u ko‘rganini, his qilganini yana-yana eslab yuragi qisilib ketardi.

U o‘zini sovuq, muvozanatli tutishga odatlangan, lekin bugun u bunday qila olmadi.
Taeraning so‘zi, nigohi, ko‘z yoshlari, uning mayin va iliq ovozi — hammasi Jungkookni o‘ziga tortgan edi.

"Men bunga yo‘l qo‘ymasligim kerak edi," — dedi u ichida.
"Men uchun hissiyotlar zaiflik. U esa... men yo‘qotishdan qo‘rqadigan yagona inson bo‘lishi mumkin."

U stol ustidagi suv shishasini olib, bir oz suv ichdi, lekin baribir tinchilanmadi.
Ko‘z oldida Taeraning qizargan yonoqlari, hayron nigohi... va o‘sha bir soniyalik bo‘sa — qayta-qayta namoyon bo‘lardi.

Jungkook chuqur nafas oldi, o‘zini yig‘ib olishga urindi.
— Bu xato edi... — dedi u past ovozda. — Men... buni to‘xtatishim kerak.

Lekin yuragi uni inkor etardi.

“Ba’zan inson aql bilan yurak o‘rtasida qamalib qoladi. Jungkook esa aynan shu lahzada shu ikki dunyo orasida adashib turgandi.”

Tasavvur time 😊

Mana yorobun 3 qismi.Sizlarga yoqadimi yoʻqmi bilmayman. Hech boʻlmaganda Jungkookning aslida yomon odam boʻlmaganini bilib olasiz .Fikir va reaksiya kutib qolaman🫠.