Zulmatdagi nur 💫
Taera :— Taehyung unga oxirgi ishida yordam berdi — o‘g‘ri qo‘lga olindi, o‘g‘irlangan mollar egasiga qaytarildi. Endi hammasi yakun topgan. Barchasi tugadi. Ular endi jinoyat dunyosining bir bo‘lagi emaslar.
Deraza oldida turib, iliq shamolni his qilarkanman, ko‘nglimda faqat bitta tilak bor edi — bu tinchlik uzoq davom etsin. Chunki men hozir... Jungkook bilan birga, nihoyat chinakamiga baxtliman.
Quyosh nurlari ko‘zgudek yarqirab, osmonni oltin tusga bo‘yagan. Pastda shahar hali uyg‘onmagan, lekin hayot asta harakatga kelayotgandi. Shu payt orqamdan tanish qo‘l belimni quchoqladi.
Jungkook:— Bu tong... senga o‘xshaydi, Taera. Iliq, lekin yurakni larzaga soladigan.
Men jilmaydim. Uning ovozi hanuz yuragimni titratadi.
Taera:— Endi bizning hayotimiz ham tong kabi toza bo‘lishiga ishonaman.
Jungkook :— Bo‘ladi. Chunki bu safar men seni himoya qilish uchun yashayman.
U qo‘llarini yanada mahkamroq bog‘ladi, men esa uning yurak urishini sezdim — tinch, ishonchli va mehrga to‘la.
Taera:— Ba’zan odam butun hayotini o‘zgartiradigan insonni tasodifan uchratadi. Men uni jinoyatlar, qorong‘ulik va og‘riqlar orasida topdim... ammo u menga yorug‘lik olib keldi.
Pastga tushganimizda, xizmatchilar allaqachon nonushtani tayyorlab qo‘yishgan edi. Stol ustida issiq non, yangi pishgan tuxum va kofe hidi butun zalni to‘ldirib yuborgan.
Jungkook stulni tortib menga joy berdi, o‘zi esa Taehyung qarshisiga o‘tirdi. Har galgidek ular hazil bilan suhbatni boshlashdi.
Taehyung: — Hyung
Jungkook: — Hm...
Taehyung: — Endi ofisni ham tark etib, politsiyachi bo‘lgin. Birgalikda... dadamni qo‘lga olamiz?
Jungkook baland ovozda kulib yubordi.
Jungkook:— Hm, yaxshi g‘oya. Taerani esa bosh komissar qilamiz!
Taera:— Agar meni buyrugʻlarimni bajarmasanglar ikkimizni ham oʻldiraman.
Taehyung:— Unda ishdan boshading kelinoyijon.
Taera:— Sizlarning jinniligingiz tugamaydi, shekilli.
Uchovlon kulgu ichida nonushta qilishar, orada Taehyung yana bir-ikki marta Jungkookni hazil bilan jigʻiga tegardi. Ammo shu payt Jungkookning telefoni jiringladi.
Jungkook:— eshitaman,
Kotib Yun:— Janob Jungkook, sizni ofisda kutishyapti,
Jungkook:— Kim kutyapti?
Kotib Yun:— Katta mafiya to‘dasi boshlig‘i... Park Jimin.
Shu so‘zni eshitgan zahoti Jungkookning yuzida birdan sovuq ifoda paydo bo‘ldi. Uning ko‘zlari go‘yo qorong‘ilashib ketgandek bo‘ldi.
Men va Taehyung bir-birimizga qaradik. Taehyung sekin so‘radi:
Taehyung:— Jungkook, nimadir bo‘ldimi?
Jungkook:— Yo‘q... hammasi joyida. Men ketishim kerak, — dedi u qisqa qilib, o‘rnidan turib chiqib ketdi.
Uning orqasidan eshik sekin yopildi, lekin yuragimni g‘ashlik bosdi.
Taera:— Nega u birdan ketib qoldi?
Taehyung kulimsirab yelka qisdi.
Taehyung:— Bilmayman, mitti kelin oyijon. Men esa mahkamaga ketdim, zerikmay o‘tir, xo‘pmi?
U chiqib ketarkan, orqasiga qarab, menga kinoyali tabassum bilan qaradi.
Men esa jiddiy ohangda to‘xtatdim:
Taera:— Taehyung! Iltimos, Jungkookning nega ketganini bilib kel.
Taehyung:— Unday qilmayman, bu men uchun ahamiyatsiz, — dedi u beparvo ohangda.
Taera:— Axir sen komissarsan-ku! Agar mendek Mudiragni zarracha hurmat qilsang, aytganimni bajar!
Taehyung kulib, qo‘lini yuragiga qo‘ydi.
Taehyung:— Xo‘p bo‘ladi, mudiram, — dedi u hazilomuz tazim qilib.
U chiqib ketdi. Men esa yolg‘iz qoldim. Koʻz oʻngida faqat Jungkookning sovuq nigohi namoyon boʻldi.
Jungkook shoshilinch tarzda ofisga yetib keldi. Qadam tovushlari yo‘lakda aks sado berardi. U xonasining eshigini ochishi bilan, qarshisida stulda bemalol o‘tirgan Park Jiminni ko‘rib qotib qoldi.
Jungkookning nigohi sovuq, g‘azabga to‘la edi.
— Nima ishing bor bu yerda? — dedi u past, ammo keskin ohangda. — Men barcha mollarni senga topshirganman. Bizning o‘rtamizdagi aloqalar tugagan.
Jimin kulimsirab javob qaytardi:
— Bilaman, meni ko‘rishdan xursand emassan. Lekin men bu yerda jinoyatchi sifatida emas... do‘sting sifatida keldim.
Jungkook qahr bilan stolga tayanib oldi.
— Do‘st deysanmi? Bu so‘zni og‘zingga olma, Jimin.
— Eslaysanmi, biz bolaligimizda ajralmas edik? — Jimin jilmaydi, ammo ko‘zlarida g‘am yiltiradi. — Bugun esa men faqat bir yaxshilik so‘rab keldim. Evaziga onangning qotili kimligini isboti bilan aytaman.
Jungkookning yuragi bir zumda muzlab ketdi.
— Menga qanday ishonishni kutyapsan?
— Menda dalillar bor, Jungkook.
— Unda oldin o‘sha odam kimligini ayt, keyin nima xohlasang shuni qilaman... hatto odam o‘ldirishga ham roziman, — dedi Jungkook sovuq ohangda.
Jimin boshini chayqadi.
— Yo‘q, avval meni aytganimni qil.
— Shveysariyadan dengiz yo‘li orqali yurak donori kelmoqda. Uni chegaradan o‘tkazish kerak, — dedi Jimin sekin, ammo qat’iy ohangda.
Jungkookning yuzida shubha paydo bo‘ldi.
— Qanaqa donor? Nega u senga kerak?
— Singlim Sunan uchun. U hali tirik... hozircha koma holatida.
Jungkook hayratdan qotdi.
— Sunan tirikmi?.. Bu qanchalik imkonsiz... axir ancha yil bo‘ldi-ku!
Jimin yengil nafas oldi:
— Ha, tirik. Lekin unga mos donor topilmagandi. Endi esa topildi. Qiz o‘zi rozi bo‘lgan, pulini oldindan olgan. Ammo odamlarim borganida u o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Shifokor vaqtida yetib bormaganda, hammasi tugardi.
Jungkook jim bo‘lib qoldi, lekin nigohi Jimin yuzidan uzilmadi.
— Qol ostingda odamlar ko‘p, nega o‘zing qilmayapsan?
Jimin ko‘zini yerga tikdi.
— Bu borada sendan boshqa hech kimga ishonolmayman. Bilasan-ku, singlim borligini faqat sen va otang bilasiz. Shuning uchun... bu safar menga yordam ber, Jungkook.
Jungkook oxiri jim bo‘lib, Jiminning gaplarini tingladi. Yuragi shunchalik tez urayotgandiki, xonadagi sukut orasidan yurak urishi eshitilayotgandek edi.
U sekin boshini ko‘tardi:
— Mayli, Jimin. Donorni olib kelaman. Faqat bu so‘nggisi bo‘ladi.
Jimin jilmaydi — sovuq, ma’nosiz jilmayish.
— Shunday bo‘lishiga umid qilaman, Jungkook. Donor bugun kechki payt dengiz yo‘li orqali yetib keladi. Men manzilni senga yuboraman, — dedi u, so‘ng orqasiga o‘girilib chiqishga hozirlandi.
Ammo eshik oldida to‘xtab, orqasiga qaradi:
— Aytgancha... onang giyohvand bo‘lganini bilarmiding?
Bu so‘zlar Jungkookning yuragiga o‘qdek sanchildi.
U bir zum jim qotdi.
— Nima deding?.. — dedi u past ovozda.
Ammo Jimin javob bermadi. Faqat beparvo yelka qisib, eshikni ochdi va chiqib ketdi.
Xona yana jim bo‘lib qoldi.
Jungkook esa joyidan qimirlay olmadi.
"Onam... giyohvandmi?.. Jimin yolg‘on gapiryaptimi yo... bu ham o‘yinmi?"
Uning boshi og‘ridi, yuragi esa og‘irlikdan ezilardi.
Mana yorobun fanfigimni navbatdagi qismi yoqadi degan umiddaman🫠