Zulmatdagi nur 💫
Tehyung stol ustidagi hujjatlarga tikilib turgan paytda telefon jiringladi. Oddiy qo‘ng‘iroq emas — mahkama ichki liniyasi.
— “Kapitan Kim Tehyung, zudlik bilan mahkamaga yetib keling.”
Ovoz qisqa va sovuq edi. Izohsiz.
U telefonni o‘chirib, kurtkasini oldi. Ichida nimadir g‘ashlik qilardi. Avtohalokat bo‘yicha tergov uni tinch qo‘ymayotgan edi — juda ko‘p mos kelmaydigan jihatlar bor edi.
Mahkama binosiga kirishi bilan u to‘g‘ri mudir xonasiga yo‘naldi.
— “O‘tir,” dedi mudir, fayllarni yopib.
— “Vaziyat o‘zgardi.”
U stol tortmasidan qizil belgi qo‘yilgan papkani chiqardi.
— “Josusimizdan xabar keldi. Bugun tunda rus mafiya yetakchisi Seulga kirib keladi.”
Tehyungning nigohi jiddiylashdi.
— “Qora dorilar masalasi ham aniqlandi,” dedi mudir davom etib.
— “Qayerda tayyorlanayotgani va qaysi omborda saqlanishi ma’lum.”
— “Mafiya boshlig‘i boshqa bo‘linmaga topshirildi. Sen esa omborni tekshirasan.”
— “Ichkaridagi barcha modda musodara qilinadi. Ombor egasi tirik holda olib kelinadi.”
— “Gyeonggi-do. Namyangju-si. Hwado-eup.”
Shu zahoti Tehyung anglab yetdi:
Bu ish oson bo‘lmaydi.
Tungi Seul orqada qolarkan, shahar chiroqlari xiralashib bordi. Mashinada faqat dvigatel tovushi va yo‘lning jimligi bor edi.
Orqa o‘rindiqda Kang Woo qurolini tekshirardi. Dae Jin esa planshetdagi xaritaga qarab, manzilni yana bir bor aniqlab oldi.
— “Eski shifoxona,” dedi u.
— “1985-yilda qurilgan. 2006-yilda yopilgan.”
Tehyung oynadan tashqariga qaradi.
— “Bunday joylar eng xavflisi,” dedi u.
— “Hamma unutgan joy — jinoyat uchun eng qulay makon.”
Mashina Guksu-gil yo‘liga burildi. O‘rmon boshlanib, yo‘l toraydi. Chiroqlar kamaya boshladi.
— “Kapitan,” dedi Kang Woo.
— “Bu joy menga yoqmayapti.”
Tehyung javob qilmadi. Ichidagi og‘irlik yanada kuchaygan edi.
Seul yo‘llari jim emas edi. Tun bo‘lishiga qaramay, Jungkook mashinani oxirgi tezlikda haydab borardi. Yo‘l chiroqlari ko‘z oldida xira chiziqlarga aylangan, yomg‘irdan keyin asfalt yaltirab turardi. Rulni shu qadar qattiq ushlab olgandiki, barmoqlari oqarib ketgan edi.
— Chidagin, Taera… iltimos, chidagin… — dedi u tishlarini tishiga bosib.
Telefoniga yana qaradi — javob yo‘q.
Ichida nimadir uzilib ketgandek bo‘ldi.
Shu payt qulog‘idagi quloqchin jiringladi. Jimindan kelgan qo‘ng‘iroq.
— Gapir, — dedi Jungkook sovuq ohangda.
— Rais allaqachon yetib kelibdi tezroq harakat qil, — dedi Jimin sokin, lekin xavfli ohangda. — Taxminan yigirma daqiqada Ammangni uyida boladi. Agar kechiksang… Taera faqat tajriba bo‘libgina qolmay Raisning qoʻgʻirchogʻiga aylanadi gapimni tushunding degan umiddaman..
— Agar unga biror narsa bo‘lsa… — Jungkookning ovozi past, ammo titroq edi, — seni ham, raisni ham tirik qoldirmayman.
Jimin jim qoldi. Keyin asta dedi:
— Bugun sen kim ekaningni isbotlaysan, Jungkook. Qurbonmi yoki yirtqich.
Qo‘ng‘iroq uzildi.
Jungkook asabiy telefonida raqam terib Taehyungga qo‘ng‘iroq qildi.
— Taehyung, qayerdasan?!
— Jungkook…Men shahar tashqarisidaman. Tinchlikmi nimadir boldimi?.
— Seulga qachon qaytasan?.
Jungkook...kechir lekin men hozir yetib bora olmayman… Biror muammoying boʻlsa politsiyaga xabar ber borsam albatta koʻmaklashaman xoʻpmi.
Bu javob so‘nggi tomchi bo‘ldi.
Jungkook gazni oxirigacha bosdi.
Hashamatli xonada havo og‘irlashib borardi. Shamlar yaltirab yonar, ularning soyasi devorlarda raqsga tushardi. Taera yotoqda yotardi — rangi oqarib ketgan, nafasi sekin, ammo notekis.
Ammasi deraza oldida turib, telefonida xabar o‘qirdi. Lablarida qoniqarli tabassum paydo bo‘ldi.
— Rais kelyapti, — dedi u xizmatchilarga. — Hammasi reja bo‘yicha.
Oq xalatli ayol ehtiyotkorlik bilan yaqinlashdi.
— Dori ta’siri kuchli. U uyg‘onganda qarshilik ko‘rsata olmaydi, — dedi u past ovozda.
— Juda yaxshi, — dedi Amma sovuqqina. — Jungkook ham keladi. Men buni sezayapman.
U Taeraga qarab davom etdi:
— Bechora qiz… sen uning eng zaif nuqtasisan. Onasidan keyin qolgan yagona narsa.
Xizmatchilardan biri xonaga yugurib keldi: Xonim Rais shu yerda..
— Judasoz uni ichkariga kiriting...
Darvoza tomondan birdan tormoz tovushi eshitildi.
Allaqachon yana yomgʻir yogʻishni boshlagan edi.
— Keldi, — dedi Amma, ko‘zlari chaqnab.
Xizmatchilar bir-biriga qarashdi. Ammo ulardan biri yugurib kirdi:
— Xonim! Qo‘riqchilar bilan aloqa uzildi! Old darvozadagi kameralar o‘chib qoldi!
Ammaning yuzi bir zumga o‘zgardi, lekin tezda o‘zini qo‘lga oldi.
— Demak… Jungkook ulg‘ayibdi, — dedi u past ovozda.
Shu payt pastdan shovqin, singan oynaning ovozi, baqiriqlar eshitildi.
Bir necha soniya o‘tmay, eshik kuch bilan ochildi.
Eshik ostonasida Jungkook turardi.
Ko‘zlari qip-qizil, kiyimlari yomg‘irdan ho‘l, nafas olishi tez. Qo‘lida qurol bor edi.
— Uni menga ber, — dedi u asta, ammo ovozida o‘lim nafasi bor edi.
Amma jilmaydi.
— Kech qolding, jigarim, — dedi u xotirjam. — Rais allaqachon uning yonida va ular hozir yolgʻiz.
Jungkook gʻazabdan qizarib ketdi.
Ammasiga yaqin kelib soʻradi: — Taera qayerda..
— Agar unga nimadir boʻlsa… — dedi u qurolni ko‘tarib, — bu uy qon bilan to‘ladi.
Birdan yuqoridan nimanidir singan ovozi eshitildi.
— Taera... Jungkook yugurgancha yuqoriga chiqib ketdi orqasidan qoʻriqchilar ham yugurdi.
Amma asta burilib yuqoriga qaradi.
— Juda yaxshi, — dedi u pichirlab. — O‘yin endi qiziq bo‘lyapti.
Va shu payt…
Bir qoriqchi yugurib kelib: — Xonim Rais qonga belangan holda xushsiz yotibdi.
Birdan Ammaning yuzini xavotir egalladi
— Tezda Raisni bu yerdan olib ketish kerak.
Jungkook barcha xonalarni birma-bir koʻzdan kechirdi axiyri bir xonaning eshigini ochdi va koʻrgan manzarasidan dong qotdi...
Xona did bilan bezatilgan yotogʻ yonida Rais qonga belangan holda xushsiz yotardi Taera esa deraza yonida karaxt xoldan dr dir titrardi.
Jungkook Taeraga yaqinlashgan zahoti... Taera balkim tomon yugurdi... Jungkook uning ortidan balkonga chiqdi va qoʻrqib ketdi.
Taera allaqachon balkon tutqichini tutib pastga sakrashga tayyor turgandi.
Jungkook sekin unga yaqinlashmoqchi boʻldi qiz oʻzini ortga tortdi.
Ikkita qoriqchi Raisni koʻtarib pastga olib tushdi.
Amma allaqachon orqa eshikdan ularni kutib turardi.
Zang bosgan darvoza Taehyung va yigitlarini qarshi oldi. O‘chib ketgan yozuv hanuz xira ko‘rinardi:
Binoning devorlari chirigan, oynalari siniq, tomidan suv tomardi. Havo nam va sovuq edi.
— “Ombor orqa tomonda,” dedi Tehyung.
— “O‘rmon yo‘li orqali.”
Ular binoni aylanib o‘tishdi. Orqa tomonda tor yo‘lak, 25 metr narida esa alohida ombor bloki ko‘rinardi.
Metall eshik qattiq yopilgan.
— “Ichkaridan mustahkamlangan,” dedi Dae Jin.
— “Bu yerda kimdir bo‘lgan.”
Tehyung jim qoldi. Atrof juda sokin edi.
Juda ham sokin.
— “Eshikni ochamiz,” dedi u nihoyat.
— “Hamma tayyor tursin.”
Kang Woo temir qoziqni eshikka tiradi.
— “Uchga sanaysanmi?”
Tehyung bir soniya to‘xtadi. Yuragi g‘alati urardi.
— “Boshlaymiz.”
Temir eshik qarsillab ochila boshladi… va birdan....Bum💥
Portlash ovozi atrofni qamrab oldi.
Tehyung ko‘zini ochganida, dunyo jim edi.
Yo‘q… bu jimlik emasdi. Bu — quloqlarni yirtadigan, ichkaridan bosib keladigan sukunat edi.
U nafas oldi. O‘pkasiga achchiq, kuygan havo kirdi. Tomog‘i qattiq achishdi, yo‘talgisi keldi, ammo kuchi yetmadi. Ko‘z oldida hamma narsa xiralashgan, atrof kulrang tutun bilan qoplangan edi.
— “Hamma…?” — ovozi chiqmay, lablari zo‘rg‘a qimir etdi.
U qo‘lini harakatlantirmoqchi bo‘ldi. Og‘riq bilagidan yelkasigacha o‘qdek o‘tib ketdi. Shunda u anglab yetdi — u tirik, lekin jarohatlangan.
Shiftning bir qismi qulab, chiqish yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi. Yong‘in hali to‘liq o‘chmagan, alangalar devor bo‘ylab yaltirab yonardi.
— “Kang Woo… Dae Jin…”
Bu safar ovoz chiqdi. Xira. Ammo titragan ovoz.
— “Kap… kapitan…”
O‘ng tomondan kelgan ovoz Tehyungni o‘ziga keltirdi. U tutun ichida sudralib bordi. Kang Woo beton bo‘laklari orasida yotar, boshi qonagan, arang koʻzlarini ochar edi.
— “Ko‘zingni ochiq tur,” dedi Tehyung tishini tishlab.
— “Uxlab qolma.”
Kang Woo zo‘rg‘a bosh irg‘adi.
— “Bu… tuzoq edi…”
— “Bilaman.”
Dae Jin esa biroz narida, temir quvur ostida qolgan edi. Oyog‘i qimirlamas, lekin nafas olayotgani bilinardi.
Tehyung atrofga qaradi. Ombor endi ombor emasdi — qabrga o‘xshardi. Ammo u bitta narsani aniq bilardi:
Bu tuzoq va hali oʻlishga erta.
Tehyung qo‘lidagi qon va changni artib, cho‘ntagiga qo‘l soldi. Telefon. Ekrani yorilgan, ammo ishlardi. Barmog‘i titrardi. Arang raqam terib qutqaruv guruhiga qoʻngʻiroq qildi
— “Bu Kapitan Kim Tehyung,” dedi u nafasini zo‘rg‘a ushlab.
— “Manzil: Gyeonggi-do, Namyangju-si, Hwado-eup, Guksu-gil 12.”
U yo‘taldan so‘ng davom etdi:
— “Eski Yonghwa shifoxonasi ombori portlatildi. Uch kishi tirik. Ikki kishi og‘ir jarohatlangan. O‘t o‘chirish va tibbiy yordam darhol kerak.”
Bir necha soniya sukunat.
— “Qabul qilindi,” dedi operator.
— “Guruh yo‘lda. 30 daqiqada yoningizga boradi.”
Tehyung telefonni qo‘ydi. Bu 30 dadiqa— abadiyatga teng edi
Alangalar yaqinlashardi. Shift yana qarsillab ovoz chiqardi.
Tehyung kurtkasini yechib, Kang Wooning boshi ostiga qo‘ydi.
— “Menga qarab tur. Ismingni ayt.”
— “K… Kang Woo…”
— “Yaxshi. Nafas ol. Men shu yerdaman.”
U Dae Jinning oyog‘ini ehtiyotkorlik bilan tekshirdi. Og‘riq kuchli edi, ammo qon to‘xtagan.
— “Seni bu yerdan olib chiqaman,” dedi u qat’iy.
— “Ikkingizni ham.”
Tutun ichida uzoqdan sirenalar ovozi eshitila boshladi. Juda sust, ammo umid bor.
Tutun ichidan avval uzoq sirenalar eshitildi. Avval sust, keyin tobora yaqinlashib, eski shifoxona devorlariga urilib aks-sado berdi. Tehyung qulog‘ini ding qilib, ko‘zlarini yumdi — bu ovoz xato bo‘lishi mumkin emas edi.
— “Eshitdinglarmi?” dedi u past ovozda.
— “Yordam kelyapti.”
Kang Woo zo‘rg‘a jilmaydi. Dae Jin ko‘zlarini ochib, nafasini rostlashga harakat qildi.
Tashqarida shovqin kuchaydi. Temir darvoza qarsillab ochildi, qadam tovushlari, qisqa buyruqlar yangradi.
— “Bu yerda! Pastki qavat! Tutun ko‘p!”
— “Nafas apparatlarini tayyorlang!”
Bir zumdan so‘ng yorqin chiroqlar yo‘lakni yorib kirdi. Oqartirilgan nur tutunni kesib o‘tar, xuddi zulmatni tilayotgandek. Qutqaruvchilarning niqoblangan yuzlari ko‘rindi.
— “Tiriklar bormi?!” deb baqirdi yetakchi.
Tehyung oxirgi kuchini jamlab, qo‘lini ko‘tardi.
— “Bu yerda! Uch kishi tirik!”
Qutqaruvchilar darhol harakatga tushishdi. Biri Kang Wooning yoniga yugurdi, ikkinchisi Dae Jinning oyog‘ini ehtiyotkorlik bilan bo‘shata boshladi. Tibbiy xodim Tehyungning yoniga cho‘kdi.
Tehyung bosh irg‘adi, ammo ko‘zlari xiralashib borardi.
— “Xavotir olmang. Hammasi nazoratda.”
Kislorod niqobi yuziga qo‘yildi. Sovuq, toza havo o‘pkasiga kirib, og‘riqni biroz chetga surdi. U ko‘zini yarim ochiq holda atrofga qaradi — omborning qorong‘u qorni endi yorug‘lik bilan to‘layotgandi.
— “Shift yana qulaydi!” degan ovoz yangradi.
Kang Woo zambilda ko‘tarildi, Dae Jin ortidan. Tehyung esa oxirgi bo‘lib olib chiqildi. Qutqaruvchilar uni yo‘lakdan olib o‘tayotganda, u oxirgi marta orqasiga qaradi.
Yonib turgan ombor.
Yarim qulagan devorlar.
Va sukutga botgan tuzoq.
Tashqarida sovuq tun ularni qarshi oldi. O‘rmon orasida tez yordam mashinalari, o‘t o‘chirish texnikalari, qizil-ko‘k chiroqlar miltillardi.
Tehyung zambil ustida yotar ekan, sirenalar yana yangradi. U ko‘zlarini yumdi.
— “Bu hali tugamadi…” dedi u pichirlab.
Chunki u bitta narsani aniq bilardi:
Bu portlash — oxiri emas. Bu faqat boshlanish edi.
-------
Mana yorobun fanfikni navbatdagi qismi. Suratlar bilan yozolmadim voxtim yoq edi uzila tasavvur qilvorurasila. Kamchiliklar va xatolari boʻlsa uzr soʻriman. Yoqadi degan umiddaman. Yoqimli mutolaa tilab qolaman 🫠. Fikr va reaksiya bildirishni unutmilara yana bolmasam xafa boʻlib qolishim mumkin 🥺