November 9, 2025

Zulmatdagi nur 💫

Ep:6

Kechki payt,Taera uyda Jungkookni kutib o‘tirardi. U kirib kelishi bilan jilmayib qarshi oldi:
— Keldingizmi? Amman telefon qildilar, bugun bizni uylariga mehmonga taklif qildilar.

Jungkook ko‘zini olib qochdi.
— Sen boraver, men keyin boraman. Ishim bor.

Taera hayron bo‘ldi:
— Yana qanaqa ish?.. Jungkook, siz yana oldingi ishingizga qaytdingizmi?...

Ammo Jungkook uning gapini bo‘lib, sokin ohangda dedi:
— Bu sen oʻylagan narsa emas, doʻstim yordam soʻrab kelgandi, unga yordam beraman. Iltimos, sen oʻzing mensiz boraver oldin ham borgan sanku uning ustiga ammam bilan yaqin sizlar.

Taera Jungkookning tushkun holatini koʻrib biroz ajablandi va bosh irgʻib xoʻp ishorasini qildi.

Jungkook yonida turgan qo‘riqchiga qarab:
— Taeraga ko‘z-quloq bo‘l, — dedi qat’iy ohangda va xonasiga chiqib baʼzi kerakli narsalarini olib uydan chiqib ketdi.

Tashqarida tun qorong‘u, shamol esa dengiz yo‘nalishidan esardi.
Jungkook mashinasiga o‘tirdi, qo‘lida telefon. Bir necha daqiqadan so‘ng Taehyungning ovozi eshitildi:
— Hammasi tayyormi?

— Ha, — dedi Jungkook.

— Bandargohda uchrashamiz.

Ular odamlarini olib, bandargoh tomon yo‘l oldilar. Uzoqdan kemaning chiroqlari ko‘rinar, suv yuzida to‘lqinlar sekin silkinardi.
Taehyungning yordami bilan donor yashirincha, hech qanday tekshiruvsiz chegaradan o‘tkazildi.

Jungkook donorni olishi bilan, Jimin aytgan manzilga — shahar chetidagi eski omborxonaga yetib bordi.
U yerda Jiminning odamlaridan biri — Hyunwo kutib turardi.

— Buni ol — dedi Jungkook sovuqqina.

Hyunwo bosh irg‘adi va unga kichik bir fayl hamda fleshka tutqazdi.
— Janob Park shuni sizga berishimni tayinlagan. U yerda onangiz haqidagi haqiqat yozilgan, — dedi u, so‘ng donorni olib ichkariga kirib ketdi.

Jungkook bir necha soniya joyida qotib qoldi.
Qo‘lidagi fayl unga tog‘day og‘ir tuyulardi.

"Onam haqidagi haqiqat..."
Bu so‘zlar uning qulog‘ida jaranglab, yuragini titratdi.

U sekin mashinasiga qaytdi. Uyga kelganida esa, Taera yo‘q edi.
Taera — Jungkookning ammasi taklif qilgan mehmondorchilikda edi...

Jungkook esa qorong‘u xonada yolg‘iz o‘tirar, qo‘lida esa o‘sha fayl.

U bilardi — bu faylni ochsa, hayoti endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi.

Jungkook faylni mehmonxonadagi stol ustiga qo‘ydi va xonasiga chiqib ketdi.
Xonaga kirgach nimagadur yuragi g‘alati bo‘lib ketdi. U toʻgʻri yuvinish xonasiga kirib yuvinib chiqgach.Derazaga yaqinlashdi — tashqarida yomg‘ir tinimsiz yog‘ar, tomlarning ustida tomchilar ritm bilan urilardi.
U beixtiyor Taerani o‘yladi.

Telefonini oldi.
Ekranda yangi xabar yonib turardi:

Taera: “Jungkook, bugun shu yerda qolaman. Yomg‘ir juda kuchayib ketdi, ammam ham ruxsat bermadilsr. Mendan havotir olma.”

Jungkook yengil nafas oldi, labining cheti bilan jilmaydi.

— Yaxshi... faqat ehtiyot bo‘l, — deb shivirladi va javob yozmadi.

U yotoqqa cho‘zildi, ko‘zlarini yumdi.
Ammo oradan ko‘p o‘tmay, qorong‘ulik uni o‘z domiga tortdi...

Tushida u qorong‘i, sovuq xonada edi.
Eshik orqasidan yordam soʻrab yigʻlayotgan ayolning ovozi eshitilardi — onasining ovozi.

“Jungkook... Jungkook, yordam ber menga...!”

U yugurdi, eshikni mushtladi, ammo eshik ochilmadi.
Ichkarida onasi derazaga yopishib, ko‘zlaridan yosh to‘kardi.

Bir zumda orqasida qora sharpa paydo bo‘ldi — yuzi ko‘rinmasdi, faqat sovuq nafas eshitilardi.
Sharpa onasining ortiga o‘tdi, bir zumda qo‘lidagi pichoqni ko‘tardi va…

Qon sachradi.
Onasining boshi yerga qulab tushdi.

Jungkook baqirib yubordi —

— Oyiii!!!

Shu payt uyg‘onib ketdi. Nafasi qisilib, tanasidan sovuq ter chiqdi.
Soatga qaradi — 2:00.

U yuzini qo‘llari bilan ishqalab, chuqur nafas oldi.

— Xayriyat... bu tush edi... faqat tush...

Ammo yuragi tinchimadi. Nimadir uni ich-ichidan bezovta qilardi.
U sanaga qaradi.
21-avgust.

Bu sana... onasining o‘lim kuni edi.
Jungkookning yuragi muzlab ketdi.

Bir lahzada yotoqdan turdi, xuddi kimdir uni tortib olgandek.
Oʻqday otilib mehmonxona tomon yugurdi.
Stol ustida turgan fleshkani olish uchun borganida, birdan...

U qarshisida Jiminni ko‘rdi.

Jungkook ko‘zlariga ishonmady qaradi, ammo og‘zidan so‘z chiqmadi.
Jimin esa sukut bilan televizor pultini bosdi.

Ekranda video yoqildi.
U yerdagi tasvir Jungkookning yuragini muzlatdi.

Tasvirdagi joy — klinika xonasi edi.
Onasi kresloda qoʻl oyogʻi bogʻlangan oʻtirardi, yonida esa ammasi.

Ammasining sovuq ovozi yangradi:

“U haddan oshdi. Bu doridan keyin jim bo‘ladi.”

Qo‘riqchiga qaradi:

“Dorini yubor.”

Shprits onasining qo‘liga sanchildi. Ayol bir zumda hushini yo‘qotdi.

Amma esa shunchaki qo‘lini silkitdi:

“Qolgani sening ishing,” — dedi u, yuzida sovuq ifoda bilan va chiqib ketdi.

Ekran qoraydi.
Jungkookning qo‘llari qaltirardi.

— Yo‘q... bu... bu yolg‘on... — dedi u ovozi titrab.

Ammo Jimin sekin unga qaradi, yuzida na kulgu, na achinish bor edi.

— Endi bilib olding, haqiqat qanchalik og‘irligini? — dedi u past, sovuq ohangda.

Jungkook esa faqat jim qoldi— uning ko‘zlarida g‘azab, yuragida esa ogʻriq bor edi.

Nafasi qisildi, yuragi muzlab qolgandek edi. Ko‘z oldida onasining ojiz qiyofasi — qo‘rquv, iltijo, va nochorlik bilan to‘la nigohlar...
U bir zumda bolalik dahshatlarini qayta his etdi. Qon tomirlarida g‘azab va nafrat qaynadi.

Shu on... Taera yodiga tushdi.
Uning so‘nggi jilmayishi, xayrlashuv paytidagi nigohi. Yuragiga gʻashlik paydo boʻldi.

— Taera… — deb pichirladi u, ko‘zlarida vahima chaqnab.

Jimin esa shunchaki sovuq kuldi.
— Senga bir soat vaqt, Jungkook. Agar hozir yo‘lga chiqmasang — kech bo‘ladi. Taera raisning o‘ljasiga aylanadi.

Jungkookning sabri uzildi. U Jiminning yoqasidan mahkam ushlab, g‘azab bilan baqirdi:
— Sen buni qayerdan bilasan?! Qanday qilib bu yerga kelding?! Singling axir singlingni operatsiyasi bor edi yoki bu oʻyin edimi?!

Jimining yuzida biror his yo‘q edi, faqat beparvo so‘zlar yangradi:
— O‘yin... u allaqachon boshlangan, Jungkook. Va bu safar sen piyodasan. Agar hoziroq yo‘lga tushmasang, uga ham onangning taqdiri takrorlanadi. Singlim...singlimga kelsak uni asrab qololmadim bu qoʻlimdan kelmadi. Rais bir soatdan soʻng Gankongdan Seulga yangi dorini sinash uchun qaytib keladi, uning qurboni Taera...bugungi mehmondorchilik shunchaki uyushtirilgan. Men odamlarimni o‘sha yerga yubordim. Buni... menga yordaming uchun to‘lov deb bil.

Jungkookning yuragi tartibsiz urardi. U hech narsa demay eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.
Tashqarida yomg‘ir allaqachon tingan edi, ammo havoda hali ham sovuq namlik sezilardi.

Jungkook mashinasiga o‘tirdi, motorni yoqdi va ammasining uyi tomon shiddat bilan yo‘l oldi.
Yo‘l bo‘yi faqat bitta fikr boshini egallagan edi:

“Bu safar hech kimni yo‘qotmayman.”

Mehmonxona ichida sokinlik hukm surardi. Tashqarida yomg‘ir tinmay deraza oynalariga urilardi.
Taera choyni asta aralashtirar ekan, Jungkookning ammasi bilan suhbatlashardi. U ayolning so‘zlari orqasidagi sirli ohangni his qilgandek, ich-ichidan biroz bezovta edi.

— Jungkook bolaligida qanday edi? — deb so‘radi Taera, tabassum qilishga urinib.

Jungkokning ammasi bir lahza sukut saqladi, nigohi uzoqqa qadaldi. Keyin sekin, ammo sovuq ohangda dedi:
— Senga bir narsa aytaman, Taera…dedi u va biroz sukut saqlab davom etdi. Jungkook o‘z onasini o‘ldirgan.

Taera choy qoshiqchasini tushirib yubordi.
— Nima...nimadedingiz?.. Bu...bu mumkin emas. Jungkook bunday qilmaydi!

Amma og‘ir xo‘rsindi, keyin stol ustidagi planshetni yoqdi.
— Isbot kerakmi? Mana, o‘zing ko‘r.

Ekranda qon bilan belangan xona.
Yerdagi ayol — Jungkookning onasi.
Yonida esa — qo‘lida to‘pponcha bilan turgan Jungkook.
Taera ekranga tikildi, nafas ololmay qoldi.

— Yo‘q… bu...bu rost bo‘lishi mumkin emas, — dedi u titroq ovozda. — Bu... bu montaj!

Ammo ammaning yuzida shunchaki beparvo, sovuq tabassum paydo bo‘ldi.
— Haqiqat og‘riqli bo‘ladi, azizim, lekin undan hech kim qocholmaydi.

Shundan so‘ng, ayol:
— Men hozir kelaman, — deb chiqib ketdi.

Tashqarida uni xizmatchisi kutib turgan edi.
— Xonim, dorini olib keldik. Hammasi tayyor, — dedi u past ovozda.

— Qo‘riqchilar-chi? — dedi ayol, shubhali jilmayib.

— Ularni xushsizlantirdik. Mashinaga joyladik. Hozir dengiz bo‘yidagi jarga yo‘l oldi.

Ammaning yuzida yovuz tabassum paydo bo‘ldi.
— Ajoyib. Men Taerani o‘zim olib boraman.

U qaytib kirganida Taera yig‘lab o‘tirardi.
— Taera, yur, bugun charchading. Xonangni ko‘rsataman, dam olgin, — dedi u yumshoqlikka o‘xshash, ammo sovuq ohangda.

— Men ketaman, — dedi Taera, turib. — Jungkook bilan gaplashishim kerak.

— Yomg‘ir yog‘yapti, qayerga ketmoqchisan? Qo‘riqchilarga ham xona ajratdik, ular dam olishyapti. Sen ham tinchlan, — dedi ayol, derazaga qarab bu havoda hech qayerga ketolmaysan.

Taera beixtiyor telefonini olib Jungkookga qo‘ng‘iroq qildi, ammo javob bo‘lmadi. U yuvinish xonasida edi.
Shunda Taera xabar yozdi:

“Yomg‘ir kuchaygani uchun bugun borolmayman. Shu yerda qolaman.”

Xabar yuborilgach, Taera yuragini bosib o‘tirib qoldi. Ko‘zlarida bexos ko‘z yoshi yugurdi — qandaydur yomon hodisa roʻy beradigandek his qildi.

Ko‘zlari yoshga to‘lib, qo‘lidagi telefonni mahkam siqib turardi. Jungkookning ammasi esa sokin ohangda unga yaqinlashdi, sochlarini ohista silab dedi:

— Yig‘lashni to‘xtat, azizam.
Taera uning ko‘zlariga qaradi — ular iliq ko‘ringandek edi, ammo ichida sovuq narsa yashiringanini his qildi.

— Men buni shunchaki senga og‘riq yetkazish uchun aytmadim, — dedi ayol, ohista jilmayib. — Faqat… Jungkookdan ehtiyot bo‘l, shirinim. U kimligini sen o‘ylagandek emas.

Taera boshini chayqadi, ovozi titradi:
— Yo‘q… men bunga ishonmayman. Jungkook bunaqa narsa qilmaydi.

Amma chuqur xo‘rsindi, keyin Taeraning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi:
— Hayotda hamma narsa go‘zal ko‘rinavermaydi. Ba’zida eng yaqin insoning ham seni eng og‘riqli joyingdan uradi.
U yumshoqlikka o‘xshash ohangda davom etdi:
— Qani, turaqol, shirinim. Bi-roz dam olgin. Hozir yuraging og‘riyapti, lekin tonggacha hammasi unut bo‘ladi.

Taera indamay turdi. Unga qarab turgan ammasining jilmayishi g‘alati edi — mehrdan ko‘ra, bu jilmayishda sovuq reja yashirindek.

Ular koridordan o‘tisharkan, tashqaridagi yomg‘ir oynalarga ohista urilar, uyning ichi esa tobora qorong‘ulashib borardi…

Taera ammasi bilan birga hashamatli xonaga kirdi. Har bir burchak gullar va shamchiroqlar bilan bezatilgan, go‘yo yangi kelin uchun tayyorlangan xonadek edi. Taera atrofga hayrat bilan qaradi.

Taer:— Bu... nima uchun? — dedi titroq ohangda.

Ammo javob o‘rniga eshik asta ochildi. Ichkariga bir necha kishi kirib keldi — yuzlari jiddiy, kiyimlari esa qopqora edi. Ularning ortidan esa oq xalatli oʻrta yoshlar atrofida bir ayol ko‘rindi, tibbiyot xodimiga o‘xshardi.

Taera ortga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin uni xizmatchilardan biri tutib qoldi.
Taera:— Nima bo‘lyapti? Menga tegmang! — deb baqirdi, lekin hechkim unga quloq solmadi.

Oq xalatda kelgan ayol stol ustida buyumlarini qoʻyib shprisga qandaydur dorini tortdi va Taera yoniga yaqinlashdi qiz qancha harakat qilmasin iki yonidan mahkam tutib turgan qoʻriqchilarga kuchi yetmadi shiprisni qoʻliga sanchib dori joʻnatdi.

Ammasi esa jilmaydi.
— Hamma narsa sening foydang uchun, azizam. Faqat biroz tinchlan, — dedi u sokin, lekin sovuq ohangda.

Tibbiyot xodimi undan uzoqlashdi. Taera qoʻriqchilardan qutilishga urinarkan bir necha soniyalardan soʻng sekin karaxt xolga keldi.

Shundan so‘ng, Taera boshi aylanib, ko‘zlari yumila boshladi. Atrofdagi ovozlar uzoqlashib, xira tus oldi. U faqat ammasining ovozini eshitdi:

— Qolganini rais kelgach davom ettiramiz...

Mana fanfikning yana bir qismi😊. Yoqadi degan umiddaman😊. Fkr va reaksiya soʻrab murojaat qilgim yoq, chunki soʻray verganimdan bezor boʻlib ketgansilar🤭 Yoqimli mutolaa tilayman 🫠.Va yana Taera qizim senga sabr tilayman😂