October 23, 2025

Zulmatdagi nur 💫

Ep:4

Kechagi suhbatdan so‘ng Jungkookni ko‘rmadim. Nonushtaga chaqirmoqchi bo‘lib, xonasiga kirdim — lekin u tong sahardan ketib qolgan ekan.
Xonani tartibga keltira boshladim. Shunda ko‘zim stol ustida tartibsiz sochilib yotgan suratlarga tushdi.

Qiziqib, sekin stol yoniga bordim va suratlarni birma-bir tomosha qila boshladim. Har bir surat o‘tmishdan bir parcha edi, lekin bittasi... meni butunlay hayratda qoldirdi.

Suratda Jungkookning dadasi va onasi — ularning qo‘lida esa hali yoʻrgakga o‘ralgan, kichkina Jungkook bor edi. Ularning yonida esa... mening xolam turardi. Qo‘lida ikki yoshlar chamasidagi o‘g‘li, yonida eri bilan birga.

Bir zumda hayratdan qotib qoldim.
Xolamni yaxshi eslayman. Bobomning qarshiligiga qaramay, u yitimxonada ulgʻaygan bir yigitga turmushga chiqqandi.
Ularning oilasi juda nochor edi — ba’zan hatto bolalariga ovqat topa olmagan paytlari ham bo‘lgan.

Ammo bu suratda esa... hammasi boshqacha edi.
Kiyimlar, taqinchoqlar, uyning interyeri — barchasi hashamatli, brendli, boy oilanikiga o‘xshardi.

Ichimda minglab savollar girdobdek aylanardi:
“Nima bo‘ldi ularga? Uning eri kim edi? Mafiya... bo‘lganmi? Yoki men ularni shunchaki kimlargadir o‘xshatyapmanmi?..”

Jungkook: Nima qilyapsan? —

Ortimdan eshitilgan ovozdan birdan seskanib ketdim va ortga oʻgirildim.
Qo‘limdagi suratni yashirishga ulgurmadim ham.

— Uy yig‘ayotgandim...bu suratlar stol ustida tartibsiz yotgandi — dedim qo‘rquv aralash tovushda.

U yaqinlashdi va qo‘limdagi suratga bir zum tikilib qoldi.
Jungkook : — Uni menga korsatasanmi? — Taer : N...n..nima? Jungkook: — qoʻlingdagi suratni aytmabman. Taera: — Ha...bumi?..bu... haligi...— Hech qanday izoh bildirolmadim.Suratni sekin Jungkookga uzatdim.

Jungkook suratga uzoq tikilib qoldi. Bir necha soniya hech narsa demadi, so‘ng past ovozda:
Jungkook: — Suratdagilar kimligini bilasanmi? — dedi.

Men bosh chayqadim. U chuqur xo‘rsindi.
Jungkook:— Bu... dadamning boshlig‘i bo‘lgan odam, — dedi u sovuq ohangda. — Ularning orasida nima o‘tganini aniq bilmayman, lekin keyinchalik ular ashaddiy dushmanga aylanishgan.

Jungkook suratdan ko‘z uzmasdan davom etdi:
— Hozir u odam vafot etgan. Lekin ishlarini o‘g‘li davom ettiryapti. U... Janubiy Koreyadagi eng yirik mafiya to‘dasi rahbari va dadamning zaif nuqtasi. Dadam bir kun kelib shu yigit uning ustidan hukmronlik qilishidan qoʻrqadi.

U shunday dedi-yu, suratni stolga qaytarib qo‘ydi. Uning nigohi sovuq, ammo yuragi og‘riq bilan to‘la edi. Men esa jim turardim — so‘z topolmasdim.

Jungkook chuqur nafas oldi. Nigohi stoldagi suratda emas, go‘yo o‘tmishining qorong‘u burchaklarida edi.

Jungkook:— Men o‘sha yigitni bolaligimdan bilaman, — dedi u sekin, tovushi biroz titrab. — U menga o‘xshash... ammo undan ham sovuq, undan ham xavfli. U otasini oʻlimiga sabab boʻlgan insonlarni oilasi bilan yoq qildi.

Men unga qarab turdim, so‘zsiz. Yuragimda g‘alati bir his uyg‘ondi — achinish, qo‘rquv va... ehtimol, qiziqish.

Jungkook nigohini menga qaratdi. Endi uning ko‘zlari g‘azabdan emas, og‘riqdan qoraygandek edi.
Jungkook:— Taera, sen bu dunyoning naqadar iflos va qon bilan yo‘g‘rilganini bilmay turibsan, — dedi u past, ammo qat’iy ohangda. — Bu suratlar, bu odamlar... hammasi o‘sha zulmatning bir bo‘lagi.

Men bu soʻzlarni eshitib hayratda qoldim.
Taera:— Siz... siz ham o‘sha odamga ishlaysizmi, Jungkook? Bu juda xavfli emasmi? — dedim qo‘rquv aralash tovushda.

Jungkook bir zum jim qoldi. So‘ng derazaga qarab, chuqur xo‘rsindi.
— Men bu yo‘lni tanlamaganman, Taera, — dedi u ohista. — Bu yo‘l meni tanlagan. Otamning qarorlari, uning gunohlari... men ularning soyasida ulg‘ayganman.

Uning ovozida beozor og‘riq, yillar davomida yig‘ilib kelgan alam sezilib turardi.
Jungkook:— Men hayotimda hech narsadan qo‘rqmayman, — dedi u davom etib, — lekin bir narsadan doim qoʻrqqanman.

Men unga yaqinlashdim, nigohimni ko‘zlaridan uzmadim.
— Nimanadan? — dedim sekin.

Jungkook menga qaradi. Nigohlari chuqur, ammo charchagan edi.
— Sendan, Taera, — dedi u past ovozda. — Men seni yoqtiraman... lekin senga yaqinlashishdan qo‘rqaman. Chunki agar sen men bilan qolsang — sen mening zaif nuqtamga aylanasan.

Bu so‘zlardan keyin yuragim gupillab ura boshladi.
Jungkook davom etdi:
— Men sendan nafratlanishga urindim, senga ozor berdim, lekin endi... endi buni davom ettira olmayman. Chunki men seni sevaman, Taera.

Bu soʻzdan soʻng jim bo‘lib qoldi. Faqat yurak urishim va uning og‘ir nafaslari eshitilardi.

Jungkookga tikilib turibdi deb tasavvur qilasila 🤭

Jungkook jim turardi. Nigohi yerda, yelkalari esa og‘ir yillarning yukidan cho‘kkan edi.

— Chunki... o‘zimni yomon ko‘rardim, — dedi u titroq ovozda. — Senga har safar qaraganimda onamni eslardim. U ham meni tashlab ketgan. Men seni yo‘qotishdan qo‘rqardim, Taera... lekin shu qo‘rquvni yashirish uchun senga og‘riq berardim.

Bu so‘zlar yuragimni tilka-pora qildi. Men qarshimda yillar davomida sovuq va qo‘rqinchli deb bilgan odamni emas, ichida sinib ketgan bir insonni ko‘rdim.

Jungkook menga tikilib qoldi, so‘ng sekin yaqinlashib, quchoqlab oldi.

Uning quchog‘i iliq edi, ammo ich-ichidan larzaga to‘la. U yig‘layotganini his qildim — yelkasi mayin qaltirardi.

Uning ovozi qulog‘imga titroq bilan, yuragining tubidan chiqqandek eshitildi:

Jungkook:— Iltimos... meni tark etma, Taera. Endi senga ozor bermayman. Hech qachon meni tashlab ketma... iltimos...doim yonimda zulmatimni yorituvchi nur boʻlib qol.

Bu so‘zlar yuragimni ezib yubordi.
Ko‘zlarimni yumdim va yuzimni uning bo‘yiniga yashirdim.

Bu quchoq... yillar davomida izlagan osoyishtaligimga o‘xshardi.

Taera:—Balki bu safar barchasi oʻzgarar, men orzu qilgan kunlar kelar.

Shuni Jungkook va Taera deb tasavvur qilasila

Mana yorobun fanfigimni new qismi. Kech chiqarayotganim uchun uzr soʻrayman voqt ajratolmadim.Yoqadi degan umiddaman fkr va reaksiya kutib qolaman.lekin bilaman baribir bolmidi xa mayli qolgani oʻzimga xavola. Yoqimli mutolaa tilayman 😊