May 3, 2021

Photoshop haqida 5ta fakt

1. Bu dastur har doim Adobe tomonidan boshqarilmagan. 1987-yilda ishlab chiqilganidan ikki yil oʻtgach, Photoshop Adobe tomonidan sotib olinib, keyinchalik u dasturni kengaytirish uchun turli xil foydali vositalarga boy qilib ishlab chiqildi. Oʻsha paytda uning narxi 300 dollar edi.

2. Ilova asli oʻylaganingizdan ancha eski boʻlishi mumkin, lekin, “Adobe Photoshop 32 yoshda”. Dastlabki ilova birinchi boʻlib, 1987-yilda doktorlik dissertatsiyasi yoqlamoqchi boʻlgan talaba Tom Knoll tomonidan tuzilgan.

3. Ushbu dastur har doim ham Photoshop deb nomlanmagan. Dastlab dastur Displey nomi bilan tanilgan. Bu faqat qora va oq rangli displeyda kulrang rangdagi tasvirlarni namoyish etardi.

4. Photoshop dastlab rasmlar bilan ishlovchi dastur boʻlmagan. Tomas Knolning akasi Jon Knol dastur bilan tanishmaguncha, u hatto rasmlarga ishlov bera olmagan. Tomning akasi dasturiy taʼminotni shu yoʻnalishda oʻzgartirishga harakat qildi. Tez orada dastur oʻzgartirildi va Photoshop tugʻildi.

5. Photoshopda tayyorlangan birinchi rasm asoschining rafiqasi boʻlgan. Adobeʼning raqamli marketing kompaniyasining bir qismi sifatida, Photoshopga tushirilgan birinchi rasm bu rafiqasining plyajdagi qiyofasi aks ettirilgan rasm edi.

Facebook | Instagram | Telegram