Rux ta'qibi
Tonggi quyosh nurlari kampusni asta-sekin yoritarkan, universitet odatdagidek hayotga to'ldi. Talabalar qo'llarida kitob va daftarlarini ko'targancha auditoriyalar tomon shoshilishar, yo'laklarda esa tanishlar bir-biri bilan salomlashib, qisqa suhbat qurishardi. Oshxonadan yangi tayyorlangan nonushta hidi taralar, asosiy maydonda esa olimpiada ishtirokchilari guruh-guruh bo'lib jam bo'lib, musobaqa boshlanishini hayajon bilan kutishardi. Kampus har qadamda eshitilayotgan suhbatlar, kulgilar va shoshqin qadam tovushlari bilan odatdagi gavjum hayotini davom ettirardi.
Olimpiadaning ilk kuni rasman boshlandi. Asosiy zal oldida ishtirokchilar birin-ketin roʻyxatdan oʻtib, oʻzlariga ajratilgan auditoriyalar tomon yoʻl olishardi. Kimdir qoʻlidagi qaydlarini yana bir bor koʻzdan kechirsa, yana kimdir jamoadoshlari bilan soʻnggi bor mavzularni takrorlayotgandi.
Universitet boʻylab hayajonli muhit hukm surardi. Auditoriyalar oldida navbatlar hosil boʻlgan, koridorlarda esa musobaqa va imtihon haqida qizgʻin suhbatlar yangrardi. Har bir ishtirokchi bor eʼtiborini oldinda turgan sinovga qaratgan, kampus esa olimpiadaning ilk kuniga xos hayajon va shiddat bilan yashayotgandi.
Olimpiada boshlangan bo‘lsa-da, eski sport majmuasida yuz bergan g‘alati voqea hanuz universitetning eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzusi bo‘lib qolayotgandi.
Koridorlarda darsga shoshayotgan talabalar ham, oshxonada navbat kutayotganlar ham shu haqda pichirlashardi.
— Eshitdingmi? O‘sha yo‘lakni bir kechada ta'mirlab qo‘yishibdi.
— Kamera bo‘lsa hammasini yozib olgandir.
— Shunday deyishyapti, lekin yozuvlar buzilib qolgan emish.
— Rost. Hamma shuni gapiryapti.
Bu gaplar tobora ko‘payib, oxiri yana universitet rahbariyatining qulog‘iga yetib bordi.
Xavfsizlik xonasida bir necha mas'ul xodim monitor qarshisida jim turardi.
Texnik yozuvni qayta ishga tushirdi. Ekranda ishchilarning binodan chiqib ketgani, brigadir eshikni qulflab, muhr qo‘ygani aniq ko‘rinardi.
Bir necha daqiqa davomida hammasi odatdagidek edi. So‘ng tasvir asta-sekin xiralasha boshladi. Ekranda oq-qora chiziqlar paydo bo‘ldi.
G‘uvillagan shovqin butun xonani to‘ldirdi. Oradan bir necha soniya o‘tib, tasvir butunlay uzildi. Qayta tiklanganda esa tong allaqachon otgan edi.
Texnik yozuvni ortga surdi. Natija o‘zgarmadi. Yana oldinga o‘tkazdi. Xuddi o‘sha vaqtda tasvir yana shovqin bilan uzildi.
Ikkinchi yozuv ham tekshirildi. Unda ham aynan shu holat takrorlandi. Xonada sukut cho‘kdi. Mas'ullardan biri qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirib, monitordan ko‘z uzmadi.
— Demak, bir necha soatlik yozuv yo‘qolgan.
— Ha. Qiziq tomoni, boshqa kameralarda bunday muammo bo‘lmagan.
— Agar nosozlik bo‘lsa, faqat bitta kamerada emas, tizimning boshqa qismlarida ham kuzatilardi.
Yana bir necha daqiqa davomida yozuvlar qayta-qayta tekshirildi. Hech qanday yangi natija chiqmadi. Oxiri xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i chuqur xo‘rsinib monitorni o‘chirib qo‘ydi.
Xonadagi hech kim bunga qarshi biror fikr ayta olmadi.
Bu orada eski sport majmuasida ta'mirlash ishlari odatdagidek davom etardi.
Bolg‘a zarbalari, temirning jarangi va sement aralashtirgichning shovqini bino ichida tinmay yangrardi.
Ammo ishchilarning kayfiyati avvalgidek emasdi. Har kim indamay ishini qilayotgan bo‘lsa-da, goh-gohida atrofga xavotir bilan nazar tashlab qo‘yardi.
— Kecha bu yerda narvon turganmidi? — dedi ulardan biri.
— Yo‘q, menimcha narigi tomonda edi.
— Men ham shunday deb eslayman...
Ular bir-biriga qarab yelka qisishdi. Biroz narida ishlayotgan boshqa ishchi qo‘lidagi cho‘tkani qo‘yib qo‘ydi.
— Bilmadim... ichkariga kirganimdan beri g‘alati bo‘lib turibman.
— Yo‘q... xuddi kimdir kuzatayotgandek.
Atrofdagilar kulishga urinishdi.
— Juda ko‘p dahshatli kino ko‘ribsan.
U ham kulib qo‘ydi, ammo kulgisi samimiy emasdi. Oradan ko‘p o‘tmay yana biri gap boshladi.
— Ertalab qo‘ygan asbobimni topolmay qoldim.
— Hozir esa narigi xonadan chiqdi.
— Balki o‘zing olib borgandirsan.
Hech kim uning gapiga ishonmadi. Lekin hech kim uni inkor ham qila olmadi.
Kun davomida shunga o‘xshash mayda hodisalar ketma-ket takrorlandi.
Kimningdir qo‘lqopi boshqa joydan topildi. Bir chelak bo‘yoq hech kim tegmagan bo‘lsa ham joyini o‘zgartirgandek tuyuldi.
Ba'zi ishchilar esa ortidan qadam tovushiga o‘xshash ovozni eshitib ortiga o‘girilishar, ammo yo‘lakda hech kim bo‘lmasdi. Hech kim bu voqealarni oshkora muhokama qilishni istamasdi.
Ammo bitta narsa aniq edi. Eski sport majmuasida ishlayotganlarning barchasi ich-ichidan bir xil hissiyotni sezayotgan edi. Go‘yo ular bu binoda yolg‘iz emasdek edilar.
Tushlikdan keyin kampus yana odatdagi gavjumligiga qaytdi. Talabalar bir auditoriyadan boshqasiga shoshilar, olimpiada ishtirokchilari esa o'z guruhlariga bo'linib, navbatdagi mashg'ulotlarga kirib borishardi.
Xuddi shu paytda auditoriya eshigi sekin ochildi.
Ichkariga oq ko'ylak, qora yubka kiygan, uzun qora sochlari yelkasiga yoyilgan bir qiz kirib keldi. U hech narsani demadi.
Faqat xonani birma-bir ko'zdan kechirdi. Auditoriyada o'tirganlarning deyarli hammasi beixtiyor unga qarab qoldi.
Pichirlashlar asta-sekin butun xonaga tarqaldi. Qiz esa xotirjam qadamlar bilan bo'sh joylardan biriga borib o'tirdi. Uning chehrasida na hayajon, na ikkilanish bor edi. Go'yo bu yerga allaqachon tegishli odamdek sokin o'tirardi.
Bir necha daqiqadan so'ng yonidagi talabalardan biri sekin jilmaydi.
— Tanishganimdan xursandman. Qaysi universitetdansan?
Javob sodda edi, ammo nimadir g'alati tuyuldi. Boshqa talabalar ham u bilan tanisha boshlashdi. Kimdir ismini so'radi, kimdir qayerdan kelganini bilmoqchi bo'ldi. U esa barcha savollarga xotirjam, qisqa javob berardi.
Ko'p o'tmay o'qituvchi auditoriyaga kirib keldi. Davomat tekshirilayotganida talabalardan biri qo'l ko'tardi.
— Ustoz, yangi talaba ham keldi. Ismi Seon-hwa ekan.
O'qituvchi ro'yxatga ko'z yugurtirdi.
U varaqlarni yana bir bor sinchiklab tekshirdi.
— Qiziq... bunday ism ro'yxatda yo'q ekan.
Talabalar hayron bo'lib bir-birlariga qarashdi.
O'qituvchi qoshlarini chimirib auditoriyaga ko'z tashladi.
Xonada sukut cho'kdi. Talabalar bir ovozdan auditoriyaning o'rtasiga ishora qilishdi.
Ammo o'qituvchining nigohi o'sha tomondan beparvo o'tib ketdi.
— Ustoz, ana... u yerda o'tiribdi-ku.
O'qituvchi yana qaradi. Bir necha soniya jim turdi. So'ng boshini chayqadi.
— Men hech kimni ko'rmayapman.
Talabalar bir-birlariga hayrat bilan qarashdi. Axir Seon-hwa hamon o'sha joyda xotirjam o'tirardi. U esa sinfdagi shovqindan mutlaqo beparvo edi.
Nigohi sekin auditoriya bo'ylab kezdi.
Bir talabaning qo'rquvini.
Boshqasining qiziqishini.
Yana birining hasadini.
U barchasini indamay kuzatardi. Lablari chetida esa hech kim ilg'amaydigan darajada mayin tabassum paydo bo'ldi.
Kun davomida olimpiada bellashuvlari va mashgʻulotlari ketma-ket davom etdi. Auditoriyalar asta-sekin boʻshab, talabalar birin-ketin binolardan chiqib keta boshlashdi. Kimdir kun davomida yechgan masalalarini muhokama qilsa, yana kimdir ertangi bosqich haqida suhbatlashardi.
Quyosh ufq ortiga yashiringach, kampusdagi shovqin ham asta-sekin kamaydi. Olimpiada ishtirokchilari guruh-guruh boʻlib yotoqxona tomon yoʻl olishdi. Ba'zilar oshxonaga kirib kechki ovqatlandi, boshqalar esa xonalariga qaytib, ertangi sinovga tayyorgarlik koʻrish bilan band boʻldi.
Vaqt oʻtgan sayin yoʻlaklardagi qadam tovushlari ham siyraklashdi. Birin-ketin xonalar chiroqlari oʻcha boshladi. Kampusni kunduzgi shovqin oʻrniga mayin sukunat egalladi.
Tun universitet uzra asta-sekin yoyilar, tashqarida faqat shamol yaproqlarni shitirlatib oʻtardi. Kun odatdagidek yakunlangandek, hamma narsa yana oʻz oʻrniga qaytgandek tuyulardi.
Tun tobora chuqurlashib, yotoqxona sukunatga cho‘mdi. Kun bo‘yi olimpiada hayajoni bilan band bo‘lgan talabalar birin-ketin uyquga ketishdi.
Shu kecha ulardan biri g‘alati tush ko‘rdi. U universitet binolaridan birining tomida turardi. Atrofni quyuq sukunat qoplagan, faqat sovuq shamol esardi.
Nigohi tomning eng chekkasiga tushdi. U yerda oppoq ko‘ylak kiygan uzun sochli bir qiz turardi. Qizning orqasi unga qaragan edi.
U qimirlamas, faqat shamolda hilpirayotgan sochlari va ko‘ylagi ko‘rinardi. Talaba yuragi bezovta ura boshladi.
U asta oldinga qadam tashladi. Qiz esa tomning eng chekkasida, birgina qadam tashlasa tubsiz bo‘shliqqa qulab ketadigandek jim turardi.
— Iltimos... orqaga qayting...
Talaba ovozini balandroq chiqardi. Ammo qiz javob bermadi. U faqat boshini juda sekin yon tomonga burgandek bo‘ldi.
Yuzi hali ham ko‘rinmasdi. Talaba yana bir qadam tashladi. Xuddi shu lahzada qizning oyog‘i oldinga siljigandek tuyuldi...
Talaba qo‘rquv bilan unga qarab yugurdi.
Cho‘chib uyg‘onib ketdi. Xona jimjit edi. Faqat yuragining tez urishi va peshonasidagi sovuq ter tushning ta'siri hali ham ketmaganini bildirib turardi.
O'sha kecha yana bir talaba ham bezovta uyqu og'ushiga cho'mdi.
Tushida u qorong'i, huvillab qolgan ko'chada yolg'iz ketayotgan edi. Atrofda na odam, na mashina bor edi. Faqat yo'l chetidagi chiroqlar xira yorug'lik taratardi.
Birdan u yo'lning o'rtasida kimnidir payqadi. Oppoq ko'ylak kiygan uzun sochli bir qiz...U qimir etmay, yo'lning naq o'rtasida jim turardi.
Talabaning qadami sekinlashdi.
— Hoy... bu yerda nima qilyapsiz?
Qiz javob bermadi. Shamol uning uzun sochlarini asta tebratar, ammo u hatto ortiga ham qaramasdi.
Talabaning ichini tushunarsiz xavotir qopladi.
— Eshityapsizmi? Mashina kelib qolishi mumkin!
U shoshilib qiz tomon yugura boshladi. Har bir qadami bilan masofa qisqarayotgandek tuyulardi. Endi qo'lini uzatsa, unga yetadigandek edi.
Ammo qiz hamon qimirlamas, yo'lning o'rtasida tik turganicha qolardi. Talaba unga yetib borish uchun yana bir qadam tashladi...
Va shu onning o'zida tush birdan uzildi. U cho'chib uyg'onib ketdi. Nafasi tezlashgan, yuragi esa ko'ksidan chiqib ketgudek urardi. Bir necha soniya davomida u hali ham ko'z o'ngida yo'lning o'rtasida qimir etmay turgan oppoq ko'ylakli qizni ko'rayotgandek bo'ldi.
Tun sukunati orasida qorong'i bir xona ko'z oldida gavdalandi. Xonada hech qanday ovoz yo'q edi.
Faqat shiftdan osilib turgan arqon shamol bo'lmasa ham sekin tebranardi. Arqon ostida esa oppoq ko'ylak kiygan, uzun sochlari yuzini to'sib turgan qiz jim turardi.
U qimirlamas, boshini ham ko'tarmasdi. Tush ko'rayotgan talaba beixtiyor unga yaqinlasha boshladi.
Har bir qadam bilan qiz yaqinlashardi, ammo uning yuzi hanuz ko'rinmasdi.
Arqon esa sekin, bir maromda tebranishda davom etardi. Talaba yana bir qadam tashladi.
Endi qizning yuzini ko'rishiga sanoqli lahzalar qolgandek edi. Ammo aynan o'sha paytda... Tush kutilmaganda uzildi.
U cho'chib uyg'onib ketdi. Yuragi qattiq urar, xayolidan esa qorong'i xona, oppoq ko'ylakli qiz va tebranayotgan arqon ketmayotgandi.
Taehyung uyquga ketishi bilan o'zini yana bolaligidagi uy oldida topdi.
Osmonni qora bulutlar qoplagan, atrofni esa g'alati sukunat bosgandi.
U bu manzarani yaxshi tanirdi.
Har bir daraxt.
Har bir zinapoya.
Har bir deraza...
Hammasi xotirasidagi kabi edi.
Javob kelmadi. U shoshilib ichkariga yugurdi. Yo'lak bo'ylab choparkan, yuragi tobora tez ura boshladi.
Ovozi devorlarda aks-sado berdi, ammo javob bo'lmadi. U xonama-xona yugurib izlardi. Nihoyat uzoqdan tanish ikki siymo ko'rindi. U ota-onasi tomon yugurdi.
Qancha yugurmasin, ular undan tobora uzoqlashayotgandek edi.
U qo'lini uzatdi. Ammo barmoqlari ularga yetishiga oz qolganda, hamma narsa xiralasha boshladi. Atrofni quyuq zulmat qopladi.
Taehyung cho'chib uyg'onib ketdi. Nafasi tezlashgan, peshonasi sovuq ter bilan qoplangandi.
Bir necha daqiqa joyida qimirlay olmadi. Bu tushni u ilgari ham ko'rgan edi. Ammo bu safar u avvalgidan ham aniqroq, ham og'riqliroq tuyulgandi.
Ertasi kuni ertalab kampus yana odatdagidek gavjum edi. Olimpiada ishtirokchilari nonushta uchun oshxonaga yig'ilishar, ayrimlari esa qo'llaridagi qahva bilan navbatdagi bellashuv haqida suhbatlashardi.
Taehyung, Jungkook va kecha tush ko'rgan talabalar ham bir stol atrofida o'tirishgandi.
— Kecha g'alati tush ko'rdim, — dedi ulardan biri kulimsirab. — Bir qiz tomning chetida turardi. Qancha chaqirmay, ortiga qaramadi.
Qarshisida o'tirgan talaba hayron bo'lib unga tikildi.
— To'xta... oq ko'ylak kiyganmidi?
— Chunki men ham shunga o'xshash tush ko'rdim. Faqat u yo'lning o'rtasida turardi. Men yugurganimda esa uyg'onib ketdim.
Stol atrofida qisqa sukut cho'kdi. Shunda uchinchi talaba sekin bosh irg'adi.
— Menda ham oq ko'ylakli qiz bor edi... Qorong'i xonada. Tepasida arqon osilib turardi.
Bir necha soniya davomida hech kim gapirmadi. So'ng ulardan biri kulib yubordi.
— Chamasi kecha hammamiz dahshatli kino ko'rib uxlaganmiz.
Boshqalar ham kulishga urinishdi.
Suhbat asta-sekin boshqa mavzuga ko'chdi. Musobaqa, savollar va bugungi rejalar haqida gaplar yana davom etdi.
Ammo stol atrofidan tarqalgan har bir talabaning xayolida bitta savol qolgan edi.
Nega turli tushlarda ko'rilgan qiz... har safar aynan oq ko'ylakda edi?
Kun odatdagidek davom etdi. Olimpiada shovqini yana kampusni egalladi, eski sport majmuasida esa ta'mirlash ishlari to'xtamadi.
Kechga yaqin ishchilar asbob-uskunalarini yig'ishtira boshlashdi. Brigadir odatdagidek xonalarni birma-bir aylanib chiqdi.
Ishchilar binoni tark etishdi. Chiroqlar birin-ketin o'chirildi. Temir eshik qulflandi.
Eski sport majmuasi yana sukunat bag'rida qoldi.
Oradan bir necha daqiqa o'tdi.
Bo'm-bo'sh yo'lak bo'ylab hech kim yo'q edi.
Shunda yo'lak oxiridagi oppoq devorda nimadir paydo bo'ldi.
So'ng uning yonida ikkinchisi.
Devor yuzasida xuddi chang bosgan kichkina kaft izlari sekin-asta namoyon bo'la boshladi.
Go'yo kimdir ko'rinmas holda devorga qo'llarini tekkizib, yo'lak bo'ylab yurayotgandek...
Kaft izlari birin-ketin paydo bo'lar, so'ng hech narsa bo'lmagandek asta yo'qolardi.
Yo'lak yana oppoq va benuqson holiga qaytdi.
Xuddi u yerda hech narsa sodir bo'lmagandek.