Scarlet Justice
>Jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi – maxsus xonada
Xona ichi qorong‘i. Faqat kompyuter monitorlari yaltiraydi. Ekranda “Golden Mist – ichki hujjatlar” deb nomlangan papka ochilgan. Seon-hwa stolda qotib o‘tirar, uning kaftida – qattiq siqilgan qalam. Qalam allaqachon sinib ketgan, lekin u buni sezmadi ham.
— Catherine… — dedi u, ovozida charchoq emas, o‘t bor edi. — Bu fayllar... bu odamlar... bu nomlar...
U monitorni aylantirdi. Fayl ichidan chiqqan ismlar orasida nafaqat taniqli biznesmenlar, balki politsiyachilar, sudyalar, hatto o‘zining sobiq ustozlari ham bor edi.
— Bu tizim... bizni ham ichkaridan chiriganmiz.
Catherine yonidan o‘tib, yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— Lekin siz hali to‘liq kirmagansiz. Endi biz ularga qarshi chiqamiz.
Seon-hwa o‘rnidan turdi. Peshonasini ishqaladi. Nigohi qattiq, ammo ich-ichida og‘riq qaynayapti. U zo‘rg‘a so‘z boshladi:
— Men... kecha Taehyungning ko‘zlariga qaradim. U yolg‘on gapirdi. Men buni sezdim, toʻgʻrirogʻi bildim. Men uning qayerda bo‘lganini bilaman, lekin... yuragim inkor qildi. Bugun esa aqlim buni inkor qilmaydi.
U ekranga tikildi. Papka ostidagi “Client_001 – K.Taehyung” fayl chiroqday yonib turardi.
— Endi men unga raxm qilmayman. Kim bo‘lishidan qat’i nazar.
> Oradan 2 soat o‘tib – Jinoyatga qarshi kurash bo‘limida yig‘ilish soat 11:50da boshlandi
Yig‘ilish stoli atrofida tergovchilar, maxsus bo‘lim boshliqlari o‘tirgan edi. Seon-hwa qo‘lida proyektor pulti bilan sahnaga chiqdi. Ekranga “Golden Mist – ichki tarmoq” diagrammasi tushirildi.
— Bugun sizlarga 72 ta ismni ochib beraman. Bu tarmoqda ular bir-biri bilan bog‘liq. Va bu nomlarning biri... bir... mening... erim. Bular orasida mening erim.
Hammani yuragidan nimadir o‘tdi. Qattiq, og‘ir sukunat bo‘ldi.
— Men bu tergovdan chetga chiqmayman. Aksincha, boshida o‘zim turaman. Men Insu uchun, haligacha topilmagan yuzlab qizlar uchun, va bu tizimni halol deb ishonib yashayotgan xalq uchun kurashaman.
> 97-qavatga olib boruvchi ichki yo‘lak
> 19:46
Mehmonxonaning uzoq, sukunatga cho‘kkan ichki yo‘lagida oyoq tovushlari eshitilar edi. Xuddi u yo‘lak hozirgacha hech kim bosmagan changli, unutilgan joydek tuyulardi. Ichki lift eshigi ochildi. Undan chiqayotgan Minseo yelkasida kitoblar, qo‘lida planshet ko‘tarib olgancha pastga qarab ketayotgan edi. Bir necha qadam yurganidan so‘ng, yon tomondan chiqib kelayotgan ayol bilan yelkasi tegib ketdi.
— Oh! Kechirasiz... — dedi Minseo, hayajon aralash ohangda, bir qadam orqaga chekindi.
— Hammasi joyida, — dedi ayol, mayin, ammo sirli ohangda jilmayib. Bu Yeon Mi edi — har doimgidek betakror, o‘ziga xos.
Minseo unga tikildi. Yeon Mi juda chiroyli edi — yuzida tabiiy go‘zallik, harakati nafis. Ammo bu safar uning ko‘zlarida nimadir boshqacha edi. Xavotir, og‘riq... yoki balki og‘ir bir sir.
— Qizim, — dedi Yeon Mi sekin, ataylab shoshmay gapirayotganday, — hayotda hamma narsa ko‘ringandek bo‘lavermaydi. Ayniqsa, bu yerda...
U yo‘lak devoriga bosh barmog‘i bilan asta ishora qildi. Yuqoriga emas — pastga.
— Ba’zida eng go‘zal joylarning ostida chirigan, sassiq narsalar yashirinadi. Bu mehmonxona qanchalik baland bo‘lsa, tagi shunchalik qora bo‘lishi mumkin. Qavatlar pastga qarab chuqurlashadi... lekin odamlar undan bexabar, — dedi u, nigohini Minseo yuzidan olib, devorga qadadi.
Minseo seskandi. Uning yuragida nimadir qimirlagandek bo‘ldi. Bir zumga hushyor bo‘lib qoldi. Yeon Mi oddiy gapirayotgandek tuyulardi, ammo bu gaplar tasodif emasligini, sirli ishoralar borligini sezdi.
— Nima demoqchisiz? — deb so‘radi u, ehtiyotkorlik bilan.
Yeon Mi javob bermadi. Faqat jilmaydi. Ammo bu endi mehribonlik jilmayishi emas edi — bu jilmayishda “ko‘rganman”, “bilaman”, “og‘ir haqiqatni ichimda saqlayman” degan iztirob yashiringandi.
— Ba’zi eshiklar bor... ochish oson, yopish esa... umrbod bo‘ladi, — dedi Yeon Mi va asta orqaga yurdi. U shunchaki ketmadi — go‘yo u joydan uzoqlashayotgan emas, balki o‘zi bilgan haqiqatlardan Minseoni sekin-sekin uzoqlashtirayotgandek edi.
Minseo o‘sha joyda bir necha soniya jim qotib turdi. Yuragidagi bezovtalik asta ulg‘ayib borayotgandi.
“Pastki qavatlar... eshiklar... yashirin joylar... Chirigan narsalar?”
U Yeon Mi ketgan yo‘nalishga bir oz qarab turdi. Ichki sezgi unga bir narsani aytmoqda edi: bu gaplar oddiy ogohlantirish emas. Bu yashirin haqiqatga boshlovchi bir tugma edi. Yeon Mi— unga kalitni uzatdi.
> Egizaklarning yotoqxonasi
21:18
Kechki jimlikda Minseo deraza yonida turardi. Shahar chiroqlari uzoqdan chaqnardi. Orqada esa Minjun yotoqda, planshetiga termulib o‘tirardi. Minseo asta yurib akasining yoniga keldi, tovushini pasaytirib so‘radi:
— Minjun... u ayol bugun menga juda g‘alati gap aytdi. Pastki qavatlar, yashirin joylar haqida... oyim biror narsa yashiryapti
Minjun planshetini sekin qo‘ydi. Ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Bu savol uni hayratlantirmadi — aksincha, kutgandek edi.
— Men allaqachon bitta sirli eshikni ko‘rganman, — dedi u sekin, yuragini urib yuborgan sirni oshkor etayotganday. — 99-qavatdan pastga tushmaydigan lift bor. Rasmiy ravishda lift 99 bilan tugaydi. Lekin men ko‘rganman — ba’zi xodimlar kalit bilan yon yo‘lakka o‘tishadi. U yerda maxsus lift bor. U pastga — juda pastga tushadi.
Minseo ko‘zlarini katta ochdi.
— Demak... pastda nimadir bor?
Minjun boshini qimirlatdi.
— Ha. Menimcha, u joy hammaga ham ko‘rinmaydi. Maxfiy. U yerga faqat tanlangan odamlar kira oladi.
Bu savol havoda osilib qoldi. Ikkalasi ham ko‘zlarini bir-biriga tikdi. So‘zsiz javob yuraklarini o‘rtib o‘tdi.
Minseo past ovozda davom etdi:
— Biz u yerni topishimiz kerak.
—Menimcha, bu oddiy narsa emas. Yeon Mi...
— Menga o‘sha joylar haqida ataylab aytdi. U istagan — men qiziqib qolishimni.
Minjun o‘rnidan turdi, deraza yoniga bordi, uzoqdan mehmonxonaga qaradi.
— Agar sen tushungan boʻlsang... men eshikda turaman. Hech kim seni tutmasligi kerak.
Ular jim turishdi. Faqat yurak urishlari eshitilardi.
Egizaklar hali bolalikda edilar. Ammo ularning qalbida allaqachon katta haqiqatlar jo‘sh urayotgan edi.
> Kecha – Mahfiy zona kirish eshigi
23:03
Zulmatda faqat favqulodda chiroqlar yonardi. Bu joy g‘ayritabiiy darajada sokin edi. Biroq, yurak urishlari har bir burchakda yangrayotgandek tuyulardi.
Minjun eshik oldida tik turgancha, yonidagi singlisi Minseoga qaradi. Ular bir-birlarining ko‘zlariga qaraganlarida — bu oddiy sarguzasht emasligini tushunishar edi. Bu – haqiqatga yuzlanish, insoniylikka qarshi kurash edi.
— Men faqat bir qarab chiqaman. Rasmga tushiraman. Hech kimga aytmayman, — dedi Minseo, ammo tovushidagi titroq ichki qo‘rquvni yashira olmasdi.
Minjun chuqur nafas oldi. Uning bolaligidan beri birinchi bor yuragida haqiqiy xavotir paydo bo‘lgan edi.
— Men qo‘riqchilik qilaman. Kimdir kelayotganini sezsam, signal beraman, — dedi u jiddiy va qat’iy ohangda.
Minseo eshikni sekin ochdi. Sovuq havo yuziga urildi. Ichkaridan faqat jimlik va og‘ir havo kelardi — g‘alati, begona hid aralashgan havoning og‘irligi yuragiga bosim qilayotgandek. Asta harakatlana boshladi.
So‘nggi marotaba orqasiga qaradi — Minjun hali ham u yerdan qimirlamay turardi. Qiz yuragini bosib, qorong‘ulik sari qadam tashladi.
> B1 zona — “Ishlatilgan” qizlar joyi
23:11
Minseo asta qadam tashlab ichkariga kirdi. Boshida u bu yerda ko‘kargan, charchagan, jim va sust qizlarni kutgan edi… lekin ko‘rgan manzarasi uning fikrlaridan ancha yiroq, jirkanch va vahimali bo‘ldi.
Yarim yalang‘och tanalar. Tana qismlari ochiq, oyoqlar keng ochilgan. Qizlar devor bo‘ylab emas, endi erkin harakatda. Ba’zilari bir-birining orqasiga o‘zini ishqalab kulishardi. Ba’zilari esa ochiqchasiga bir-birining ko‘kragini siqib, kulgu bilan hazil qilar, jinsiy a’zolarini ustma-ust surib, kulgili ovozlar chiqarardi.
— Mana buning sonlariga qaranglar! Menga o‘xshab ketadi, ha? — deya qichqirdi biri kulib.
— Kecha kim bilan eding? T. yoki J.? — dedi boshqasi.
— T.! U kechasi meni ikki marta olib chiqdi, rosa yoqdi. Qaytib kelishini sabrsizlik bilan kutyapman! — deya bir qiz lablarini yalab kuldi.
Minseo labini tishlab, ko‘zlarini katta ochdi. Bu — jinoyatdan ko‘ra battar edi. Bu — ruhiy o‘lim edi.
Bu qizlar… endi og‘riqni his qilmasdi. Ular qachonlardir yig‘lagan, nido qilgan, yalinib qolgan edi. Lekin endi… ular bu chirkin dunyoga moslashib bo‘lgan edi. Zo‘rlik — ularning “kundalik hayoti”, tanalari — “savdo vositasi”, va kulgu — “himoya mexanizmi”ga aylangan.
Ular o‘zlarining beg‘uborliklarini emas, jozibasini qadrlashardi. O‘zlarini emas, erkaklarning ko‘zida ko‘rgan bahoni maqtashardi.
Minseo yuragini changallab, zo‘rg‘a tik turgan holda telefonini ko‘tardi.
> Minseo Video yozishni boshladi.
Kamera ularni birma-bir oldi. Kimdir Minseo tomonga qaradi, lekin beparvo ko‘z tashlab, yana yonidagining ustiga o‘zini tashladi. Kulgu, siypalash, istak… va o‘lik ko‘zlar.
— Bu yer... bu yer shaytonlar uyi... — pichirladi Minseo titrab.
Keyin u orqaga chekindi. Hali B2ga o‘tishi kerak edi. Ammo bu ko‘rganlari — uni abadiy o‘zgartirib yubordi. Endi u hech qachon uydagidek yengil kulib, ota-onasini quchoqlay olmaydi.
> “Endi men ham o‘sha pastlikni ko‘rgan insonman.”
> B2 zona — “Bokira” qizlar uchun
23:14
Keyingi xona — jimjitlik yana boshqa tus oldi. Bu yerda ham qizlar faqat ichki kiyimda edi, lekin bu yerda vaziyat tamoman boshqacha edi.
Qo‘rquv.
Dahshat.
Vujudga singib ketgan zo‘ravonlikning yaqinrog‘i.
Qizlarning ko‘zlari shunchalik keng ochilganki, go‘yo ular abadiy shunday holatda qolib ketgandek. Ular orasida hali 14–15 yoshli qizaloqlar ham bor edi. Ba’zilari devorga qarab turardi, ba’zilari yerga o‘tirgancha o‘zini quchoqlab olgan, o‘zga olamga o‘tib ketgandek.
Yig‘ilar eshitilmasdi. Ular ko‘p yig‘lagan, hozir esa faqat jimlik qolgan edi.
Minseo o‘pkasi qattiq zarbaga uchragandek, chuqur nafas ola olmay, yana telefonini ko‘tardi... suratga oldi... yana va yana.
> Sirli yo‘lak — Ikkita eshik
23:18
B1 va B2 oralig‘idan o‘tib, Minseo tor, sirli yo‘lakka kirdi. Xira chiroqlar devorlarga shubhali soya solib turardi. Yo‘lak oxirida ikki eshik.
> T. Love — Fuck
J. Love — Love & Love
Bu yozuvlar yuragini siqib qo‘ydi. U kimga tegishli ekanini tushunib bo‘lgandi.
Minseo yuragini bosib, tebrangan qadamlar bilan T. Love eshigiga yaqinlashdi. Eshikni sekin ochdi.
Ichkaridan chinqiriq emas... balki yurakni teshib yuboruvchi opera sadosi eshitildi:
> 🎵 “Lascia ch’io pianga…”
("Yig‘lashimga ruxsat ber...")
Ichkariga qaradi. Yorug‘lik sust edi, lekin yetarli.
U bir yosh qiz ustida yotgan edi. Yuzining faqat yon tomoni ko‘rinib turardi — lekin bu yetarli edi. U harakat qilmoqda edi. Qiz esa yotgancha, bo‘g‘iq ovozda yig‘lamaslikka urinardi, chunki bu ishni oʻz ixtiyori bilan qilayotgan edi, qo‘llari ustiga bosilgan, ko‘zlari umidsizlikka to‘la.
Minseo titray boshladi. Nafasi qisildi. Oyoq-qo'llari qaltirardi, lekin baribir telefonini ko‘tardi.
Boshqa endi yo‘l yo‘q edi. Bu video — haqiqat. Bu video — otalik niqobidagi jinoyat. Bu — “yo‘qotilgan insoniyat” hujjati edi.
Minseo hali ham titrab turardi. U telefonini qo‘liga mahkam ushlagancha, orqaga yurdi. Yuragi qattiq urardi. Ko‘rgan manzaralari, yozib olgan kadrlar — bularning barchasi boshiga og‘ir toshdek tushgandi.
To‘satdan…
Qadam tovushi eshitildi. Orqadan...
Qattiq, dag‘al panja uning og‘zini berkitdi. Qo‘riqchi! Katta gavdali, qora niqobli erkak uni birdan ko‘tarib oldi.
Minseo tipirchilab qarshilik ko‘rsatdi, lekin qo‘li bilan na urishga, na qichqirishga ulgura oldi.
Qo‘riqchi qizni yelkasi ustida ko‘tarib, qorong‘i yo‘lak bo‘ylab sudrab ketar ekan:
— MINSEO!!! — degan vahimali qichqiriq yangradi
Minjun elektr chaqmoqdek yugurib keldi. Egasini tortib olgan yirtqich ustiga chang solganday yopirildi. Qo‘riqchi burilib ulgurmasdan, Minjun chap qo‘l kafti bilan uning qulog‘iga tushirdi.
Qo‘riqchi titrab ketdi, ammo o‘zini tutdi va Minjungga musht otdi. Musht uning yelkasiga tegdi, Minjun yelkasini orqaga tortdi, og‘riqni bosdi.
— Sen o‘zingni kimligingni bilasanmi? — deb g‘azab bilan g‘o‘ldiradi qo‘riqchi.
— Ha, men — singlisini himoya qiladigan akaman! — deb tishlari orasidan g‘ijindi.
Minjun chap oyog‘i bilan tizzasiga zarba berdi. Qo‘riqchi orqaga qadam tashladi, ammo birdan unga chang solib tizzasini bukib, Minjunga yelka bilan urildi. Minjun orqaga uchib tushdi, ammo to‘xtamadi. Zamin bo‘ylab sirg‘algancha, qop-qora metall trubkani qo‘liga olib, birdan sakrab turdi.
— Ol, mana bu senga! — deb trubkani butun kuchi bilan uning beliga urdi.
Qo‘riqchi og‘riqdan ingrab qoldi, ammo orqaga chekinmadi. Endi u Minjunni bo‘g‘ishga tushdi. Uning qo‘llari Minjunning bo‘yniga qattiq yopishdi. Minjun ko‘zlarini yumdi, rangi oqarib ketdi.
Bu paytda Minseo hushiga keldi. Titrab turgan qo‘llari bilan yonida turgan qalin shisha idishni ko‘rdi. Ko‘zlari alangalanib ketdi. U kuchini yig‘ib, bor kuchi bilan…
— SEEEEN!!! — deb baqirib, shishani qo‘riqchining boshiga urdi.
Boshga urilgan shishaning tovushi yangradi. Shisha parcha-parcha bo‘ldi.
Qo‘riqchi bir lahza qotdi. Keyin qaddini tiklay olmadi. Gavdasi belidan bukilib, tizzalab tushdi… va yuztuban yerga quladi.
Minseo qo‘lini labiga bosgancha, titrab ketdi. Ko‘zlari yoshga to‘lgan. Ammo u yig‘lamadi.
Minjun esa oldinga yurib, hali hushini yo‘qotgan dushmanni tekshirdi. Nafas olayotgani aniq edi, lekin u harakatsiz yotardi.
— Minseo, u o‘lmadi. Faqat hushini yo‘qotdi, — dedi Minjun, labini tishlab. — Men uni sudrab maxfiy xona ichiga yashiraman. Sen telefonni o‘chir. Lekin... rasmni o‘chirma.
Minseo bosh irg‘adi. Uning ko‘zida — qo‘rquv emas, endi g‘azab porlab turardi. Haqiqatni yuzaga chiqarishga bo‘lgan qat’iylik unga ancha qimmatga tushgandi.
> Mahfiy zona — chiqish yo‘lagi
00:03
Yuraklar hanuz dukillab urmoqda. Qo‘riqchi hushsiz, ammo har qanday titroq yoki ovoz ularni fosh qilishi mumkin.
Minjun polga ag‘anab tushgan tanaga egilib, bir oz nafas rostladi. Keyin yelkalaridan ushlab, asta ko‘tarib oldi. Yigit zo‘rg‘a nafas olib, quvvatini to‘pladi. Qo‘riqchining gavdasi kattaroq edi, ammo Minjunning qo‘rquvi uni kuchli qilgandi.
— Nafas ol... faqat ovoz chiqarma, — dedi Minseo past ovozda, ortga qarab. U yuragidagi vahimani bosishga urinayotgan edi.
Koridorlar jim. Kamera yoki signal yo‘qligiga ishonchlari komil emas. Har bir burilish — xavf. Har bir qadam — xavotir.
Minseo oldinga yurdi. Qo‘lida telefon, ekran qorong‘i. U darvoza tomon yurib, eshikni asta ochdi. Sovuq havo yuziga urildi.
Minjun hushsiz gavdani yelkaga olib, og‘ir nafas bilan yurdi. Og‘irlik bosib turardi, lekin orqaga qaytish imkonsiz edi.
— Chapdagi yo‘l... u yerda texnik xona bor, — dedi Minseo yodlaganidek. Bu yo‘lni ular birinchi kirishganda ham ko‘rishgan edi.
Ular darvoza orqasidagi tor yo‘lakdan yurib, metall eshikka yetishdi. U zanglagan, ammo qulflanmagan edi. Minseo eshikni ochdi.
Ichkarida chiriyotgan ta’mirlash qutilari, g‘ishtlar, kabel simlar, chang bosgan skameykalar va is gazi hidlanib turardi. Bu xona, ko‘rinishidan, yillar davomida foydalanilmagan.
Minjun qo‘riqchini shipka yaqiniga sudrab bordi. U yerdagi eski qoplama, yog‘ochlar orasiga yotqizdi. Keyin devordan osilib turgan eski pardani olib, uning ustiga tortdi. Yuragi tinmay urardi.
— Shu yerda yashirinib tursin... Ertaga boshqa joyga koʻchiramiz, — dedi Minjun, kaftlari bilan peshonasini artib.
Minseo ortga qarab turardi. Uning ko‘zlari jim, lekin yuragi qichqirardi. Telefonidagi rasm va videolarni ochdi: yarim yalang‘och qizlar, yig‘layotganlar, devorga tikilgan, go‘yoki hayoti o‘g‘irlangan ko‘zlar... va oxiri — Taehyungning yon tomoni.
U barmoqlari qaltirab fayllarni tanladi. Birdan qo‘llari titrab ketdi, lekin o‘zini majburlardi. Ular navbat bilan fayllarni tanlab, Send tugmasini bosishdi. Yeon Mi nomi ekranida paydo bo‘ldi.
Fayllar yuborildi.
Telefonni o‘chirdi. Uzoq vaqt hech narsa demadi. Faqat ko‘zlarini yumdi.
Minjun eshikni sekin yopdi. Ular yuqoriga olib chiqadigan yo‘lakdan yurib borishdi. Endi qorong‘i yo‘l ortda qolayotgandi, ammo yurakdagi zulmat endi kirayotgandi...
> 100-qavat — Yeon Mi xonadoni
00:38
Tungi sukunatni faqat telefonning titrashi buzdi.
Yeon Mi yostiqni quchgancha uxlardi. Telefon chinqirgani yo‘q, faqat asta qaltiradi. U ko‘zlarini yarim ochdi, charchagancha cho‘zilib telefonga qo‘l cho‘zdi. Qop-qorong‘i xona, birgina ekran nuri yuzini yoritdi.
U dastlab tushunmay qaradi — fayllarning sarlavhalari yuragini g‘ash qildi:
“B1_qizlar.mp4”
“T.Love_xona.mov”
“B2_saralangan_qizlar.jpg”
“Zarba izlari - skrin.jpg”
Yeon Mi boshini ko‘tardi. Ko‘zlari chirt ochdi. Ichini vahima bosdi.
— Bu… bu nima?! Minseo… — deb pichirladi u. Yuragi bo‘g‘ziga tiqilib kelayotgandi.
U videolarning birini bosdi.
Qizlarning orqalarini bir-biriga ishqalab kulayotgan holati… Boshqalari esa oyoqlarini ochgancha to‘kilib yotardi. Ba’zilarining tanasi, ko‘zlari o‘ziga emasdi. Bu kulgu emasdi — bu singan ruhlarning jirkanch kulgisi edi. Bu insoniylikni yo‘qotganlarning “moslashuvi” edi.
Yeon Mi titrab ketdi. Nafasi qisildi. Yuragi silkinib urar, go‘yo ichida nimadir qiyshayib tushayotgandek edi.
U o‘tirib oldi. Hech kimni uyg‘otmadi. Og‘zidan na ovoz, na so‘z chiqmadi.
Fayllarni daraxtning shoxlari singari so‘zsiz yetkazdi.
Ular og‘ir edi, ammo og‘irligini o‘lchashga so‘z ojiz edi.
U ularni darhol Catherinega yubordi.
Hech qanday izohsiz.
Hech qanday savolsiz.
Faqat dalil. Faqat haqiqat.
Yuragi hali ham tez urardi.
Ekranni uzoq vaqt qo‘lida tutib o‘tirdi. Chunki bilardi — bu fayllar qayerga yetib boradi. Va bilardi — bu boshlanishi. Oxiri esa... qon bo‘lishi mumkin edi.
U o‘ziga pichirladi:
— Minseo… sen endi orqaga qaytolmaysan...