Scarlet Justice
Tun bo‘yi mahkama binosida tinchlik bo‘lmadi.
Taehyung va Jungkookning qochib ketgani haqidagi xabar yuqori lavozimdagi xodimlargacha yetib bordi. Oradan ko‘p o‘tmay, ularning suratlari va ma’lumotlari barcha patrul guruhlariga yuborildi.
Seon-hwa esa markaziy boshqaruv xonasida xarita qarshisida turardi.
— Shaharning barcha chiqish yo‘llari tekshirilsin, — dedi u qat’iy ohangda. — Aeroport, vokzal, port va asosiy avtomobil yo‘llari nazoratga olinsin.
Xodimlardan biri bosh irg‘adi.
— Ular yordam olishi mumkin bo‘lgan barcha joylarni ham tekshiringlar.
Stol ustiga Taehyung va Jungkookning suratlari qo‘yildi. Seon-hwa ularga bir necha soniya tikilib turdi.
— Bu safar hech qanday taxmin bilan ishlamaymiz. Faqat dalil bilan.
Xodimlar guruhlarga bo‘linib, shaharning turli qismlariga tarqalishdi. Ko‘chalarda patrul mashinalari birin-ketin harakatlana boshladi. Kameralardan olingan yozuvlar tekshirildi, yo‘l nazorati kuchaytirildi, ehtimoliy yashirin joylar ro‘yxatga olindi.
Seon-hwa esa xaritadagi belgilarni kuzatib turardi. Uning nigohida birgina fikr bor edi: Bu safar Taehyungni topishi kerak.
Yarim tun allaqachon ortda qolgan edi.
Taehyung va Jungkook shaharning gavjum qismidan uzoqlashib, eski sanoat hududiga kirib kelishdi. Ular bir-birining ortidan yugurmas, bir-biridan ham ajralmasdi. Faqat tez yurishardi.
Orqalarida nima borligini ikkalasi ham yaxshi bilardi.
Taehyung bir necha bor ortiga qaradi.
— Tezroq, — dedi Jungkook past ovozda.
Ular qorong‘i ko‘chadan o‘tib, yillar davomida qarovsiz qolgan eski binoga kirishdi. Eshik yopilgach, ikkalasi ham bir zum nafas rostladi.
Jungkook devorga suyanib qoldi.
Eski xona. Chang bosgan stol. Singan deraza. Hech qanday tayyorgarlik yo‘q.
Jungkook buni ham darhol sezdi.
— Sen bu joyni oldindan tayyorlamagansan.
— Demak, bularning hech biri reja bo‘lmagan.
— Men qochishni rejalashtirmaganman.
Taehyung javob berishdan oldin uzoq sukut saqladi.
— Chunki Seon-hwa menga nafrat toʻla koʻzlari bilan qarashiga hali tayyor emasdim.
Jungkook indamay qoldi. Taehyung deraza tomon yurdi.
— Men jinoyatlarim fosh bo‘lishini bilardim.
— Shunga qaramay, qochish uchun joy tayyorlamading?
— Chunki men oxirigacha vaziyatni boshqa yo‘l bilan hal qilish mumkin deb o‘yladim.
Taehyung javob topolmadi. Bir necha soniyadan keyin:
— Bilmayman. Baʼzan hamma narsani taqdir hukmi ostiga topshirgan yaxshi.
— Unda aslida sen qochishdan emas... Seon-hwa bilan yuzma-yuz kelishdan qo‘rqyapsan.
— Men uning meni qanday ko‘rishini bilaman.
— Men uni yana bir marta o‘sha nigoh bilan ko‘rishga chiday olmayman.
Jungkook jim qoldi. Taehyungning ovozi yanada pasaydi.
— Men qochayotganim uchun emas. Men hali ham uning oldida tugamagan gaplarim borligi uchun ketdim.
Shu vaqtda shaharning boshqa tomonida Seon-hwa xarita qarshisida turardi. Xodimlar birin-ketin ma'lumot berishardi.
— Janubiy chiqishlar tekshirildi.
— Patrul guruhlari tekshiryapti.
Seon-hwa xaritaga egildi. Taehyungning rasmi uning qarshisida turardi. Bir xodim yaqinlashdi.
— Ular birga ekaniga ishonchingiz komilmi?
— Ha, — dedi Seon-hwa. — Ular bir-biridan ajralmaydi.
U xaritadagi belgilarni kuzatdi.
— Ular oldindan tayyorlangan yashirin joyga bormagan.
— Chunki Taehyung bunday odam emas.
— Yo‘q. U oxirigacha bu kun kelmasligiga yoki kelgan taqdirda ham vaziyatni o‘zi hal qila olishiga ishongan. Men uni yaxshi bilaman...
— Shuning uchun biz tayyorlangan joyni emas, tasodifan tanlanadigan joylarni qidiramiz.
Mahkamada sukunat hukm sura boshladi. Hamma oʻylardi... Seon-hwa oʻziga oʻzi pichirlab shunday derdi:
"Oʻyla... Oʻyla... Agar sen jinoyatchi boʻlsang, mahkamadan qochsang, qayerga borasan... Qayerga?"
U xaritadan koʻzini uzmasdi. Sukunatni birdan buzib:
— Eski sanoat hududi... Hilvat joylar... Oʻsha yerga boramiz...
— Vaqtni yoʻqotmaylik.... U yerda odamlar gavjum emas... Tezroq...
Eski binoda esa Jungkook deraza yonida turardi.
Taehyung javob bermadi. U cho‘ntagidan telefonini chiqardi. Ekranga qaradi. Bir nechta o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar. Ularning orasida bitta ism bor edi.
Taehyung barmog‘ini ekranga yaqinlashtirdi, ammo qo‘ng‘iroq qilmadi. Jungkook buni ko‘rib:
Taehyung uzoq vaqt ekrandagi ismga qarab turdi.
— Chunki u meni tinglash uchun emas, ushlash uchun keladi.
Tashqaridan uzoqdan sirena ovozi eshitildi. Ikkalasi ham jim qoldi. Sirena bir oz yaqinlashdi. Jungkook derazadan qaradi.
Taehyung esa derazaga qaramadi.
— Bu safar qancha uzoqqa yashirinsam ham, baribir uning oldiga qaytaman.
Taehyung bir necha soniya sukut saqladi.
— Chunki men undan qochib qutula olmayman. Buni oʻzim ham xohlamayman...
Tashqarida esa sirena ovozi yana yangradi. Bu safar ancha yaqin. Seon-hwaning mashinasi shaharning shu tomoniga burilgan edi. Qorong‘i bino ichida esa ikki odam bir-biriga qarab, bir narsani anglab turardi:
qochishlari mumkin edi, ammo bu qochish endi faqat vaqt sotib olayotgan edi.
Va Seon-hwa ularning iziga tobora yaqinlashardi.
Tong otishi bilan shahar odatdagidek uyg‘ona boshladi. Ammo Seon-hwa uchun bu kun oddiy kun emasdi.
Taehyung va Jungkook qochib ketganiga bir necha soat bo‘lgan, biroq ularning izlari hali topilmagandi. Markaziy bo‘limda katta xarita stol ustiga yoyilgan edi. Unda shahar bir nechta hududga ajratib belgilangan.
Seon-hwa xaritaning boshida turardi.
— Birinchi guruh — shimoliy hudud.
U xaritaning bir qismini ko‘rsatdi.
— Vokzal, eski sanoat ko‘chalari va atrofdagi barcha mehmonxonalar tekshiriladi.
— Ikkinchi guruh — janub. Port, omborlar va asosiy avtomobil yo‘llari.
— Uchinchi guruh — markaz. Ko‘p qavatli binolar, tungi klublar va Golden Mist bilan ilgari aloqasi bo‘lgan joylar.
Xodimlar yozib olishardi. Seon-hwa bir zum ham to‘xtamadi.
— To‘rtinchi guruh sharqiy hududni tekshiradi. Hech qanday joy “ahamiyatsiz” deb tashlab ketilmasin.
— Siz qaysi guruh bilan borasiz?
Seon-hwa xaritadan ko‘z uzmadi.
— Markazda qolib boshqarib turishingiz xavfsizroq bo‘lardi.
— Bu qidiruvning birinchi kuni. Men kabinetda o‘tirib, boshqalarning xabarini kutmayman.
— Qaysi guruhga ehtiyoj bo‘lsa, men o‘sha yerga boraman.
Oradan yarim soat o‘tmay, bo‘lim oldidagi mashinalar birin-ketin yo‘lga chiqdi.
Seon-hwa ham mashinaga o‘tirdi. Uning qo‘lida Taehyungning rasmi bor edi. U rasmga bir necha soniya tikildi. Keyin uni papkaga solib qo‘ydi.
Shahar bo‘ylab qidiruv tobora kengayib borardi. Bir guruh vokzal atrofidagi kameralarni tekshirardi.
Boshqa guruh port hududidagi tashlandiq binolarni ko‘zdan kechirardi.
Yana bir guruh Golden Mist bilan bog‘liq bo‘lgan eski manzillarga borardi.
Har bir topilgan ma’lumot markazga yuborilardi.
— Shimoliy hududdan natija yo‘q.
— Janubiy yo‘nalish tekshirildi.
— Markazdagi kameralar ko‘rib chiqilmoqda.
Seon-hwa esa o‘zi turgan hududdagi xodimlar bilan birga eski omborlar qatorini tekshirardi.
Eshik ochildi. Ichkarida hech kim yo‘q.
Seon-hwa vaqtga qaradi. Tushga yaqinlashib qolgan edi.
— Ular shahardan chiqib ketgan bo‘lishi mumkinmi? — deb so‘radi xodimlardan biri.
— Hali bunday xulosa qilishga erta.
— Chunki qochishlari rejalashtirilganiga dalil yo‘q.
— Ular tayyorlangan joyga ketgan odamlar emas. — biroz sukut saqlab, — vaqtinchalik yashirinishgan bo‘lishi mumkin. — Shamol esib turgan joyga qarab, — shuning uchun qidiruvni kengaytiramiz.
Kunning ikkinchi yarmida politsiya nazorat punktlari ko‘paydi. Shaharning asosiy chiqishlari tekshirildi.
Yo‘l kameralaridan olingan yozuvlar birma-bir ko‘rib chiqildi. Seon-hwa esa markazga qaytib, kelgan ma’lumotlarning barchasini o‘zi ko‘rib chiqdi.
Bir xodim yangi faylni stolga qo‘ydi.
— Bugun shaharni to‘liq tekshiramiz. Men ham sizlar bilan chiqaman.
U paltosini olib, eshik tomon yurdi.
— Ularni topmagunimizcha qidiruv to‘xtamaydi.
Eshik yopildi. Tashqarida esa kun allaqachon kechga og‘ayotgan edi. Qidiruvning birinchi kuni hali tugamagan...
Ammo Seon-hwa uchun bu shunchaki ikki qochqinni izlash emasdi. U o‘zining eng og‘ir haqiqatidan qochib ketgan odamni izlayotgan edi. Va u Taehyungni topishiga ishongan holda, yana ko‘chaga chiqdi.
Eski omborlar joylashgan hududda qidiruv ishlari davom etardi.
Bir guruh politsiyachi qarovsiz qolgan binolarni birma-bir tekshirayotgan edi.
— Tashqarisini ko‘rib chiqinglar.
— Orqa tomonni ham tekshiring.
— Hech qanday izni qoldirmanglar.
Xodimlarning bir qismi bino atrofini aylanib, eshiklar, derazalar va yerda qolgan izlarni tekshira boshladi. Yana bir necha politsiyachi esa ichkariga kirib, birinchi qavatni ko‘zdan kechirishga tushdi.
Seon-hwa ham ular bilan birga edi.
U ichkariga kirib, atrofga bir qarab chiqdi.
— Birinchi qavatni tugatganingizdan keyin yuqoriga chiqinglar, — dedi u.
Xodimlar turli tomonga tarqalishdi.
Seon-hwa esa hech kim e’tibor bermayotgan paytda zinadan yuqoriga ko‘tarila boshladi.
Har bir qadamida eski yog‘ochlarning g‘ichirlashi eshitilardi.
Yuqori qavatda esa Taehyung va Jungkook hammasini eshitib qolishgandi.
Pastdan kelayotgan ovozlar tobora yaqinlashardi.
Jungkook deraza yonidan qaradi.
— Seni xotining aqlli, yana nimani kutish mumkin edi.
Ular bir-biriga qarashdi. Bu safar vaqt juda oz edi. Pastga tushishning iloji yo‘q edi. Jungkook atrofga qarab, boshqa chiqish yo‘lini izlay boshladi. Shu payt zinadan qadam tovushi eshitildi.
Taehyung qotib qoldi. Jungkook unga qaradi. Yana bir qadam. Taehyung beixtiyor eshik tomon yurdi. Ammo shu payt yuqori qavatga Seon-hwa chiqib keldi. U bir necha qadam tashladi-yu... to‘xtab qoldi.
Qarshisida Taehyung turardi. Bir lahza. Faqat bir lahza. Ikkalasi bir-biriga tikilib qoldi. Seon-hwaning ko‘zlarida hayrat chaqnadi. Taehyung esa qotib qolgan edi. Go‘yo butun shovqin birdan yo‘qolgandek.
Faqat ikkalasining nigohi. Seon-hwa lablarini qimirlatdi.
Taehyungning nigohi bir zum uning yuzida qoldi. Keyin u ortiga o‘girildi.
Ular boshqa tomonga yugurishdi.
Seon-hwa ratsiyasini darhol qo‘liga oldi.
— Barcha xodimlar, yuqori qavatga! Gumondorlar topildi!
Pastdagi xodimlar shovqin bilan zinadan yuqoriga ko‘tarila boshlashdi. Seon-hwa esa ularning ortidan yugurdi. Taehyung va Jungkook binoning yuqori qismidan chiqish yo‘lini izlab, oldinga qarab yugurishardi.
— Bu tomonga! — dedi Jungkook.
Ular burilishdi. Seon-hwa ham qoʻlida qurol bilan ortlaridan yetib kelardi.
Seon-hwa bir necha marta oʻq uzdi, biroq nishonga tegmadi. Ammo ular bir necha soniya ichida ko‘zdan g‘oyib bo‘lishdi. Xodimlar yetib kelganda yo‘lak bo‘sh edi.
— Tez-tez pastga... ularga yetib olishimiz kerak, — Seon-hwa yugurayotib, qoʻliga ratsiyani oldi va, — binoni orqa tarafiga, gumondorlar qochyapti. Tezroq harakat qiling.
Pastdagi xodimlardan biri shu yaqin atrofda qanday yoʻl patrul xizmalari boʻlsa jamoalariga eʼlon qildi:
— Ikki qochoq qidirilyapti. Hamma avtomobillarni koʻzdan kechiring. birortasini ichida boʻlishi mumkin, — Qolganlar oʻrmonga. Atrofni to‘liq o‘rab olamiz.
Seon-hwa pastga tushib vaqtni yoʻqotishdan koʻra, u ham yuqori qavatdan pastga sakradi. Oʻrmon ichiga kirib ketdi. Oxiri ularni oʻzini yoʻqotganini tan olishga majbur boʻldi. Ammo ich-ichidan u boshqa narsani his qilardi. U Taehyungni yana bir marta ko‘rgan edi. Va bu safar u undan bir necha qadam narida turgandi. Lekin yana qo‘lidan chiqib ketdi. Seon-hwa atrofga nazar tashlab, past ovozda dedi:
— Bu safar seni ko‘rdim, Taehyung.
U ratsiyasini yana qo‘liga oldi.
— Hamma chiqishlarni tekshiringlar. Ular shu atrofda.
Seon-hwa darhol hududni yopish haqida buyruq berdi.
— Bu atrofdagi barcha bo‘limlarga xabar beringlar. Taehyung va Jungkook shu hududda ko‘ringan. Qidiruvni aynan shu yerga jamlanglar.
Ratsiyalar orqali xabar birin-ketin boshqa bo‘limlarga yetib bordi. Yaqin hududlardagi patrul guruhlari ham qidiruvga qo‘shildi. Ko‘chalar, tor yo‘laklar, eski binolar va chiqish yo‘llari yana bir bor tekshirila boshlandi.
Seon-hwa esa omborlar atrofida qolib, xodimlarning harakatini kuzatib turdi.
— Hech bir yo‘l ochiq qolmasin. Ular shu hududdan chiqib ketgan bo‘lsa ham, qaysi tomonga ketganini aniqlashimiz kerak.
Qidiruv yana bir necha soat davom etdi. Ammo Taehyung va Jungkookdan darak chiqmadi.
Kun asta-sekin qorong‘uga aylandi. Ko‘chalar chiroqlari yona boshladi. Xodimlar hali ham hududni tekshirishardi, ammo Seon-hwa vaqtga qarab, bir muddat sukut saqladi.
Bu qidiruvning birinchi kuni edi. U butun kun davomida o‘zi ham qidiruvning ichida bo‘ldi. Endi esa tun tushgani sababli ishlarni mahkamada davom ettirishga to‘g‘ri kelardi.
Seon-hwa ratsiyasini qo‘liga oldi.
— Hududdagi qidiruvni davom ettiringlar. Men mahkamaga qaytaman. Har qanday yangi ma’lumotni darhol menga yetkazinglar.
U mashinasi tomon yurdi. Bir necha daqiqadan so‘ng mashina eski omborlar joylashgan hududdan uzoqlashib, mahkama tomon yo‘l oldi.
Seon-hwa esa butun yo‘l davomida jim qoldi. Bugun u Taehyungni ko‘rgan edi. Juda yaqin. Ammo yana ushlay olmagan edi.
Tun allaqachon shaharga cho‘kkan paytda Seon-hwaning mashinasi mahkama oldida to‘xtadi.
U mashinadan tushib, bir zum binoga qarab turdi. Kun bo‘yi davom etgan qidiruv, Taehyungni ko‘rgan lahzasi va yana uni qo‘ldan boy bergani xayolidan o‘tardi.
Seon-hwa chuqur nafas oldi-da, ichkariga kirdi. Mahkama ichida hali ham bir nechta xodimlar ishlayotgan edi. U to‘g‘ri o‘z xonasiga yo‘l oldi.
Xonaga kirganida Catherine va Yeon Mi allaqachon u yerda o‘tirishardi. Ular Seon-hwani ko‘rishi bilan o‘rinlaridan turishdi.
— Nihoyat keldingiz, — dedi Catherine.
Seon-hwa bosh irg‘ab, stol yonidagi kresloga o‘tirdi. Yeon Mi unga bir stakan suv uzatdi.
— Bugun qilgan ishingiz to‘g‘ri edi, — dedi u sokin ovozda. — Taehyungni ko‘rganingizda uni ushlashga harakat qilganingiz ham, butun hududni yopib qidiruvni davom ettirganingiz ham.
— Siz vazifangizni bajardingiz, Seon-hwa. Agar siz o‘sha paytda ikkilanib qolganingizda, ular yana uzoqlashib ketishardi.
Seon-hwa suvga qarab turdi. Bir necha soniya hech narsa demadi. Keyin sekin boshini ko‘tardi.
— Men ham bu qarorni to‘g‘ri deb hisoblayman.
Catherine va Yeon Mi bir-biriga qarab qo‘yishdi.
— Lekin bu qaror menga juda qattiq va og‘ir ta’sir qildi.
Seon-hwa boshini egib, yigʻlab yubordi. Xonada jimlik cho‘kdi. Seon-hwa qo‘llarini bir-biriga tutashtirib, stol ustida ushlab turardi.
— Men uni ko‘rdim, — dedi u. — Ko‘zlarim bilan ko‘rdim. U bir necha qadam narimda turardi.
— Shuncha vaqt qidirgan odamim qarshimda turdi. Men esa uni yana qo‘ldan chiqarib yubordim.
— Men uni ushlashim kerak edi, — dedi Seon-hwa. — Lekin o‘sha bir lahza...
U gapini tugatmay, ko‘zlarini yumdi. Catherine uning yoniga biroz yaqinlashdi.
U deraza tomon qaradi. Tashqarida tun chiroqlari yonib turardi.
— Ertaga qidiruv yana davom etadi.
Uning ovozida charchoq bor edi. Ammo qarorida ikkilanmaslik sezilardi.
Xonada yana bir muddat sukut hukm surdi. Seon-hwa stol ustidagi hujjatlarga ko‘z yugurtirdi. Ertangi qidiruv uchun berilgan topshiriqlar, hududlar bo‘yicha ma’lumotlar, kelgan xabarlar...
Hammasi joyida edi. Lekin uning xayoli bu yerda emasdi. U asta o‘rnidan turdi.
— Bugun yetarlicha ishladingiz.
— Ertaga yana erta turishingiz kerak bo‘ladi.
Seon-hwa faqatgina bosh irg‘adi.
U stol ustidagi bir nechta hujjatni tartibga soldi, so‘ng xonasidan chiqdi. Mahkama yo‘laklari avvalgidan ancha sokin edi. Kunduzgi shovqindan asar ham qolmagan, faqat uzoqroqda ishlayotgan xodimlarning ovozlari eshitilardi.
Seon-hwa binodan chiqib, mashinasiga o‘tirdi. Eshik yopilgach, tashqaridagi barcha shovqin bir zumda pasaygandek bo‘ldi.
U dvigatelni ishga tushirdi. Mashina tun qorong‘usiga chiqdi. Shahar hali uxlamagan edi. Ko‘chalarda mashinalar qatnar, ayrim do‘konlarning chiroqlari yonib turardi. Seon-hwa esa yo‘l davomida deyarli gapirmadi.
Ratsiyasini yonidagi o‘rindiqqa qo‘ygan edi. Bir necha daqiqa o‘tgach, undan yana ovoz eshitildi.
— Qidiruv guruhlari joylashuvini tasdiqlang.
Seon-hwa ratsiyani qo‘liga oldi.
— Shimoliy hudud tekshirilmoqda. Hozircha yangi ma’lumot yo‘q.
— Tushunarli. Yangilik bo‘lsa, darhol xabar beringlar.
Ratsiyani yana joyiga qo‘ydi. Mashina yo‘lida davom etdi. Bir necha ko‘chadan o‘tib, nihoyat ularning uyi ko‘rindi.
Seon-hwa mashinani to‘xtatdi. U bir muddat rul ortida qimirlamay o‘tirdi. Bugun ertalabdan beri birinchi marta atrofida hech kim yo‘q edi.
Na xodimlar.
Na ratsiya.
Na qidiruv.
Faqat tun.
Seon-hwa mashinadan tushdi va Lotte World Tower mehmonxonasi tomon yurdi. Ichkarida hammasi doimgidek ketardi. Hammasi joyidadek goʻyo. Oʻz qavatiga chiqib, xonasi tomon yurdi. Eshikni ochib ichkariga kirdi.
Uy odatdagidek edi. Ammo bu safar u boshqacha tuyuldi. Seon-hwa eshikni sekin yopdi. Bir necha soniya o‘sha yerda turib qoldi. Bu uy bir paytlar Taehyung bilan birga yashagan joy edi. Endi esa Taehyung qochqin edi.
Seon-hwa sumkasini yon tomonga qo‘ydi. So‘ng charchagan holda mehmonxona tomon yurdi. Bugungi kun tugagan edi. Ammo uning uchun qidiruv hali tugamagan edi.
Tong otishi bilan qidiruv yana boshlandi. Seon-hwa kechagi ombor voqeasidan keyin shaharning o‘sha qismini alohida nazoratga oldi. Taehyung va Jungkook ko‘ringan hudud atrofidagi barcha chiqish yo‘llari tekshirildi. Ertalab soat sakkizlarda bir patrul guruhidan xabar keldi.
— Eski omborlardan birining orqa tomonida ikkita odamning izlari topildi.
Seon-hwa darhol o‘sha yerga bordi. Omborning orqa qismida yer yumshoq edi. Xodimlar oyoq izlarini ko‘rsatishdi.
Seon-hwa egilib, ularga qaradi.
Qidiruv guruhi shu yo‘nalishda harakatlandi. Bir necha yuz metr narida yana izlar topildi. Ammo keyin izlar asfaltga chiqib, yo‘qolib ketgan edi.
Seon-hwa o‘sha joyda bir muddat jim turdi. Ular bu yerda bo‘lgan. Balki bir necha soat oldin. Balki undan ham kamroq vaqt oldin.
— Kameralarni tekshiringlar, — dedi u. — Shu ko‘chadagi barcha kameralarni.
Kechga borib, kameralar tekshirildi. Bir tasvirda ikki kishiga o‘xshash siluet ko‘ringan, ammo yuzlari aniq emasdi.
Seon-hwa ekranga uzoq tikildi. U Taehyung bo‘lishi mumkinligini his qilardi. Ammo “bo‘lishi mumkin” — uning uchun yetarli emasdi.
Shu sababli qidiruv davom etdi. O‘sha kuni kechqurun u mahkamaga qaytganida, charchoqdan ko‘zlari og‘irlashgan edi. Ammo uxlay olmadi. Ko‘zlarini yumganida yana o‘sha eski ombor ko‘z oldiga kelardi.
Taehyungning o‘sha paytdagi nigohi. U uni ko‘rgan edi. Va Taehyung ham uni ko‘rgan edi. Seon-hwa ichida bir savol aylanardi:
Nega o‘sha paytda bir soniya bo‘lsa ham to‘xtab qoldi?
Ikkinchi kun qidiruv boshqa tomonga ko‘chdi. Ertalab port yaqinidagi kichik omborlardan birida shubhali harakat bo‘lgani haqida xabar keldi. Seon-hwa o‘sha yerga yetib borguncha, xodimlar binoni o‘rab bo‘lishgan edi.
— Ichkarida hech kim yo‘q, — dedi xodim. — Lekin yaqinda odam bo‘lgan.
Seon-hwa ichkariga kirdi. Xonaning bir chetida oddiy oziq-ovqat qadoqlari, suv idishlari va tashlab ketilgan kiyimlar bor edi.
Ularning hech biri Taehyungga tegishli ekanini tasdiqlovchi dalil emasdi. Ammo hammasi bir narsani ko‘rsatardi. Bu joy yaqinda yashirinib yurish uchun ishlatilgan. Seon-hwa atrofga qaradi.
— Aniq emas. Lekin uzoq vaqt bo‘lmagan.
Shu payt tashqaridan shovqin eshitildi. Xodimlardan biri yugurib kirdi.
— Komissar, xonim! Orqa tomonda mashina ko‘rindi!
Hamma darhol tashqariga chiqdi. Mashina uzoqlashayotgan edi. Bir necha patrul avtomobili uning ortidan ketdi. Seon-hwa ham mashinasiga o‘tirdi.
Qisqa ta’qibdan keyin mashina to‘xtatildi. Ammo ichidagi odamlar Taehyung va Jungkook emasdi. Yana bir noto‘g‘ri iz. Seon-hwa mashinadan tushib, bir necha soniya ko‘zlarini yumdi.
Uning sabri tugab borayotganini o‘zi ham sezardi. Ammo undan ham kuchliroq narsa bor edi.
Qo‘rquv. Taehyung qayerdadir shu shaharda edi. U ochiq ko‘chalarda yurmasdi. Har safar joyini o‘zgartirardi. Demak, vaqt o‘tayotgan sari uni topish qiyinlashishi mumkin edi. Seon-hwa o‘ziga sekin dedi:
Bu gapni u xodimlariga emas, o‘ziga aytgandi.
Uchinchi kun ertalab qidiruvga yangi ma’lumot kelib tushdi. Chekka hududdagi tashlandiq binolardan birida ikki kishi tunab chiqqani haqida xabar berilgandi.
Bu safar Seon-hwa xabarni eshitishi bilan o‘sha joyga yo‘l oldi. Bino tekshirildi. Koʻrinishidan bu yerga anchadan beri hech kim kelmagan. Qarovsiz qolgan bino. Ichkarida odam yo‘q edi. Ammo yuqori qavatdagi xonada yaqinda kimdir bo‘lganining aniqroq belgilari bor edi.
Stol ustida ochilgan suv idishi. Yaqinda surilgandek ko‘ringan stul. Deraza yonidagi chang ustida yangi izlar. Seon-hwa deraza oldiga bordi.
Tashqariga qaradi. Binodan chiqib ketish uchun eng qulay yo‘l aynan shu tomonda edi.
— Ular bu yerdan ketgan, — dedi u.
Xodimlar tashqariga yugurishdi. Ammo yana kech edi. Taehyung va Jungkook allaqachon ketishgan. Seon-hwa deraza yonida yolg‘iz qoldi.
Uch kun.
Uch kun davomida ularning izidan borardi. Har safar ularga yaqinlashardi. Har safar esa ular undan bir qadam oldinda chiqardi.
Lekin bu safar Seon-hwa avvalgidek hafsalasi pir bo‘lmadi. Chunki endi u bir narsani aniq bilardi.
Taehyung shunchaki yashirinib yurgan emasdi. U ham qidiruvni sezayotgan edi. Demak, ularning har bir harakati bir-biriga bog‘lanib borardi.
Seon-hwa xonadan chiqishidan oldin yana bir bor ortiga qaradi. Uning ko‘z oldiga uyidagi sokin tunlar keldi. Taehyung bilan birga o‘tgan oddiy kunlar.
Keyin esa B1 va B2. Mahkamadagi hibs. Bolalarining yuzlari. Va nihoyat, eski ombordagi o‘sha bir lahzalik nigoh.
Seon-hwa ko‘zlarini yumdi. U Taehyungni hali ham sevishini inkor qila olmasdi. Ammo bu tuyg‘u endi uning ishini to‘xtata olmasdi. Aksincha, har safar Taehyungga yaqinlashganida, u o‘zini yanada qattiqroq tutishga majbur bo‘lardi. U xonadan chiqib, xodimlariga qaradi.
— Qidiruvni davom ettiringlar.
Seon-hwa bir lahza o‘ylanib turdi.
— Ular oxirgi uch kunda tanlagan joylarni solishtiringlar. Bir xil xususiyatga ega barcha binolarni ajratinglar.
Xodim bosh irg‘ab, ketdi. Seon-hwa esa uning ortidan qarab qoldi. Uch kun ichida Taehyungning izi tobora aniqroq bo‘lib borayotgandi. Endi bu shunchaki qidiruv emasdi.
Bu ikki odamning bir-biriga tobora yaqinlashib borayotgan yo‘li edi. Va Seon-hwa ich-ichidan buni sezardi:
keyingi uchrashuv avvalgidek tasodifiy bo‘lmasligi mumkin.