WHILE TSIKLI
input()
Dasturlar foydalanuvchining muammolarini hal qilish uchun yoziladi. Buning uchun esa, foydalanuvchi bilan aloqa o'rnatish, undan turli ma'lumotlarni qabul qilib olib talab etiladi. Misol uchun, dasturimiz foydalanuvchiga ismi bilan murojat qilishi uchun, avval uning ismini so'rashi kerak. Yoki, foydalanuvchi istagan ma'lumotni topish uchun avval undan biror kalit so'z kiritishni so'rash kerak va hokazo.
Biz avvalgi darsimizda input() yordamida foydalanuvchidan qiymat qilishni o'rgangan edik. Dastur davomida input() funktsiyasini chaqirganimizda dastur foydalanuvchi biror matn kiritiib, Enter tugmasini bosgunga qadar to'xtab turadi.
Foydalanuvchi kiritgan qiymatni biror o'zgaruvchiga yuklash, va undan dastur davomida foydalanish mumkin.
ism = input("Ismingiz nima? ")
print(f'Salom, {ism.title()}')input() finktsiyasi ichidagi matn ingliz tilida prompt, savol deyiladi. Aslida biz savolni ham o'zgaruvchiga yuklab, shaxsiy so'rovnomalar ham yaratishimiz mumkin.
ism = input("Ismingiz nima? ")
savol = f"Salom, {ism.title()}. Yoshingiz nechida? "
yosh = input(savol)Yuqorida birinchi input() bilan foydalanuvchi ismini so'radik va yangi savol matnini yasab oldik.
Sonlar va input()
input() funktsiyasi har qanday kiritilgan qiymatni matn sifatida qabul qilib oladi. Agar foydalanuvchidan son talab qilinsa, foydalanuvchi kiritgan qiymatni butun (integer) yoki on'lik (float) son ko'rinishiga o'tkazib olish kerak.
Buning uchun int() yoki float() funktsiyalaridan foydalanamiz.
ism = input("Ismingiz nima? ")
savol = f"Salom, {ism.title()}. Yoshingiz nechida? "
yosh = input(savol)
yosh = int(yosh) # yosh ni butun songa o'tkazamiz
height = input("Bo'yingiz necha metr? ")
height = float(height) # bo'yni o'nlik songa o'tkazamizFoydalanuvchidan qiymat so'raganingizda input()ichidagi savolni aniq va tushunarli qilib yozing. Masalan: input("Tug'ilgan yilingizni kiriting: ")
while TSIKLI BILAN TANISHAMIZ
Biz avvalroq for tsikli bilan tanishgan edik. for tsikli ma'lum bir ro'yxatni olib, ro'yxat ichidagi qiymatlar tugaginga qadar biror kodni takrorlar edi. while ham takrorlash operatori bo'lib, for dan farqli ravishda, toki ma'lum bir shart to'g'ri (True) bo'lsa, kodni takrorlayveradi.
while so'zi ingiz tilidan "toki" yoki "-gacha" deb tarjima qilinadi.
Keling sodda misol ko'ramiz, while yordamida 5 gacha sanaymiz:
son = 1 # son ga 1 qiymatini beramiz
while son<=5: # toki son 5 dan kichik yoki teng ekan...
print(son, end=' ') # son ni konsolga chiqaramiz,
son = son+1 # songa 1 qo'shamiz.Yuqoridagi kodni tahlil qilamiz:
- avval
sondegan o'zgaruvchi yaratdik va unga1qiymatini berdik. - 2-qatorda esa toki
son5 dan kichik yoki teng ekan 3-4-qatorlarni bajar dedik. - 3-qatorda
sonni konsolga chiqardik - 4-qatorda
songa1qo'shdik. - 4-qatordan so'ng kod yana 2-qatorga qaytadi va
son<=5shartini tekshiradi, agar shart bajarilsa 3-4 qator qayta-qayta bajarilaveradi. - 5-qadamdan so'ng
son=5bo'lgandawhiletsikli to'xtaydi.
Pythonda += operatori bor. Bu operator o'ng tarafdagi qiymatni chap tarafdagi qiymatga qo'shadi. Misol uchun, yuqorida son = son + 1 o'rniga son += 1 deb yozishimiz mumkin.
while va input()
Shu paytgacha yozgan dasturlarimiz faqatgina bir martta bajarilayotgan edi. while tsikli yordamida dasturni to'xtatish imkoniyatini foydalanuvchiga berishimiz mumkin.
print("Kiritilgan sonning kvadratini qaytaruvchi dastur.")
savol = "Istalgan son kiriting "
savol += "(dasturni to'xtatish uchun 'exit' deb yozing): "
qiymat = ''
while qiymat != 'exit': #!= => ! =
qiymat = input(savol)
if qiymat != 'exit':
print(float(qiymat)**2)Yuoqridagi dasturimiz toki foydalanuvchi exit deb yozguniga qadar takrorlanaveradi.
Ishora (flag)
Yuqoridagi dasturda dasturni to'xtatish uchun yagona shartni tekshirdik (qiymat!='exit'), katta dasturlarda bir emas bir nechta shartlarni tekshirish, va ulardan biri bajarilgan taqdirda dasturni to'xtatish talab qilinishi mumkin.
Bunday holatlarda biror o'zgaruvchidan ishora (flag) sifatida foydalanishimiz mumkin. Agar dastur bajarilishi davomida dasturni to'xtatish shartlaridan biri bajarilganda ishora o'zgaruvchining qiymatini o'zgartiramiz va dastur o'z-o'zidan to'xtaydi.
print("Kiritilgan sonning kvadratini qaytaruvchi dastur.")
savol = "Istalgan son kiriting "
savol += "(dasturni to'xtatish uchun 'exit' deb yozing): "
ishora = True
while ishora:
qiymat = input(savol)
if qiymat == 'exit':
ishora = False
else:
print(float(qiymat)**2)BREAK OPERATORI
Break operatori yordamida ma'lum bir shartni tekshirish va while tsikli bajarilishini to'xtatib qo'yish mumkin.
print("Kiritilgan sonning kvadratini qaytaruvchi dastur.")
savol = "Istalgan son kiriting "
savol += "(dasturni to'xtatish uchun 'exit' deb yozing): "
while True: # abadiy tsikl
qiymat = input(savol)
if qiymat == 'exit':
break # tsiklni to'xtatish
else:
print(float(qiymat)**2)Break operatori for tsiklini to'xtatish uchun ham ishlatiladi.
sonlar = list(range(1,11))
for son in sonlar:
if son == 5: # son 5 ga teng bo'lsa kod to'xtaydi
break
print(f"{son} ning kvadrati {son**2} ga teng")while tsikli ichida bir nechta break operatori ham bo'lishi mumkin.
CONTINUE OPERATORI
Continue operatori esa aksincha, ma'lum bir shart bajarilganda qadam tashlab o'tish uchun mo'ljallangan.
sonlar = list(range(1,11))
for son in sonlar:
if son == 5: # son 5 ga teng bo'lsa tiskl boshiga qaytadi
continue
print(f"{son} ning kvadrati {son**2} ga teng")son = 0
while son<10:
son += 1
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)while tsikli ichida bir nechta continue operatori ham bo'lishi mumkin.
ABADIY TSIKL TUZOG'I
Tsikllar bilan ishlashda abadiy tsikl yaratib qo'yishdan ehtiyot bo'lishimiz kerak. Abadiy tsiklga turli mantiqiy xatolar sabab bo'lishi mumkin: noto'g'ri shart, o'zgarmas qiymat, kodlar ketma-ketligida xatolik va hokazo.
Kelin ba'zi misollarni ko'ramiz:
# infinite loop
son = 0
while son<10:
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)Yuqoridagi kod abadiy davom etadi, sababi biz son ning qiymatini o'zgartirishni esdan chiqardik.
son = 0
while son<10:
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)
son += 1Bu kod ham abadiy davom etadi, lekin nima uchun?
son = 1
while son>0:
son += 1
if son%2!=0:
continue
else:
print(son)Yuqoridagi kodda esa xato shart tufayli (son>0) kod abadiy aylanadi.
Dastur bajarilishini to'xtatish uchun konsolda Ctrl+C tugmasini bosing
WHILE, RO'YXATLAR VA LUG'ATLAR
While tsikli yordamida ro'yxatlar bilan ishlashni o'rganamiz.
Ro'yxatlar (lug'atlar) bilan ishlashda while tisklining foydalari juda ko'p. Misol uchun foydalanuvchidan bir nechta ma'lumotlarni qabul qilib olish, ro'yxatdan takrorlanuvchi qiymatlarni o'chirib tashlash yoki bir ro'yxatni ikkinchi ro'yxatga ko'chirishda while tsiklidan foydalanishimiz mumkin.
WHILE YORDAMIDA RO'YXATNI TO'LDIRISH
Quyidagi dasturga e'tibor bering, avval ismlar degan bo'sh ro'yxat yaratib oldik. Keyin esa while tsikli yordamida foydalanuvchidan ro'yxatga ism qo'shishni so'raymiz. So'ngra foydalanuvchidan yana ism qo'shmoqchi yoki yo'q ekanin so'raymiz va foydalanuvchining javobiga ko'ra yoki while ni boshiga qaytamiz, yoki tsiklni to'xtatamiz.
ismlar = []
print("Yaqin do'stlaringiz ro'yxatini tuzamiz.")
n=1 # ismlarni sanash uchun o'zgaruvchi
while True:
savol = f"{n}-do'stingiz ismini kiriting:"
ism = input(savol)
ismlar.append(ism)
javob = input("Yana ism qo'shasizmi? (ha/yo'q)")
if javob =='ha':
n+=1
continue
else:
breakprint("Do'stlaringiz ro'yxati:")
for ism in ismlar:
print(ism.title())WHILE YORDAMIDA LUG'ATNI TO'LDIRISH
Yuqoridagi usul bilan lu'gatlarni ham shakllantirishimiz mumkin. Quyidagi kodda ism bu kalit, yosh esa klaitga mos keluvchi qiymat. while tsiklining davomiyligi esa ishora ning qiymatiga bog'liq.
print("Do'stlaringiz yoshini saqlaymiz.")
dostlar = {}
ishora = True
while ishora:
ism = input("Do'stingiz ismini kiriting: ")
yosh = input(f"{ism.title()}ning yoshini kiriting: ")
dostlar[ism] = int(yosh) # ism kalit, yosh qiymat
javob = input("Yana ma'lumot qo'shasizmi? (ha/yo'q)")
if javob == "yo'q":
ishora = False
for ism, yosh in dostlar.items():
print(f"{ism.title()} {yosh} yoshda")RO'YXAT ELEMENTLARINI O'CHIRISH
Avvalgi darslarimizning birida ro'yxat elementini o'chirish uchun .remove(qiymat) metodi bilan tanishgan edik. Esingizda bo'lsa, bu metod ro'yxatdan eng birinchi uchragan qiymatni o'chiradi. Agar ro'yxatimizda ma'lum bir qiymat bir necha bor takrorlangan bo'lsa, ularning barchasini o'chirib tashlash uchun while tsiklidan foydalanishmiz mumkin.
cars = ['lacetti','nexia','toyota','nexia','audi','malibu','nexia']
while 'nexia' in cars: # toki nexia cars ro'yxati ichida ekan...
cars.remove('nexia') # nexia ni ro'yxatdan olib tashla
print(cars)Natija: ['lacetti', 'toyota', 'audi', 'malibu']
Yuqoridagi tsikl toki cars degan ro'yxatda 'nexia' qiymati tugagunga qadar takrorlanaveradi.
RO'YXATDAN RO'YXATGA ELEMENT KO'CHIRISH
Tasavvur qiling bizda ma'lum bir ro'yxat bor, biz ro'yxatdagi har bir element ustida biror amalni bajarib, uni birinchi ro'yxatdan ikkinchi ro'yxatga ko'chirib olmoqchimiz. Shunday holatlarda while tsikli juda qo'l keladi.
Quyidagi misolni ko'raylik. Bizda talabalar ro'yxati bor. while tsikli toki ro'yxatda talabalar bor ekan aylanaveradi. Tsikl ichida biz .pop() metodi yordamida talabaning ismini ro'yxatdan sug'urib oldik va foydalanuvchidan talabani baholashni so'radik. Talabaning ismi va bahosini lug'at elementi ko'rinishida saqlab qo'ydik (talaba - kalit, baho - qiymat).
talabalar = ['hasan', 'husan', 'olim', 'botir']
baholangan_talabalar = {}
while talabalar:
talaba = talabalar.pop()
baho = input(f"{talaba.title()}ning bahosini kiriting: ")
print(f"{talaba.title()} baholandi")
baholangan_talabalar[talaba] = bahoYuqorida biz while tsikli yordamida ro'yxat va lug'atlar ustida bajarish mumkin bo'lgan ba'zi misollarni ko'rdik. Albatta dasturlash davomida bundan boshqa holatlar ham uchrashi tabiiy.
AMALIYOT (1)
- Foydalanuvchidan yaxshi ko'rgan kitoblarini kiritishni so'rang. Foydalanuvchi
stopso'zini yozishi bilan dasturni to'xtating - Muzeyga chipta narhi foydalanuvchining yoshiga bog'liq:
7 dan yoshlarga - 2000 so'm,
7-18 gacha 3000 so'm,
18-65 gacha 10000 so'm,
65 dan kattalarga bepul.
Shunday while tsikl yozingki, dastur foydalanuvchi yoshini so'rasin va chipta narhini chiqarsin.
Foydalanuvchiexityokiquitdeb yozganda dastur to'xtasin (ikkita shartni ham tekshiring). - Yuqoridagi dasturni turli usullarda yozib ko'ring (break, ishora, yoki shart tekshirish)
- Quyidagi dasturda bir nechta mantiqiy xatolar bor. Jumladan, xusisiy holatlarda tsikl abadiy qaytarilib qolmoqda. Xatolarni to'g'rilay olasizmi?
savol ="Kiritilgan sonning ildizini qaytaruvchi dastur.\n"
savol += "Musbat son kiriting "
savol += "(dasturni to'xtatish uchun 'exit' deb yozing): "
while True:
qiymat = input(savol)
if qiymat<0:
continue
elif qiymat=='Exit':
break
else:
ildiz = float(qiymat)**(0.5)
print(f"{qiymat} ning ildizi {ildiz} ga teng")AMALIYOT (2)
- Foydalanuvchidan buyurtma qabul qiluvchi dastur yozing. Mahsulotlar nomini birma-bir qabul qilib, yangi ro'yxatga joylang.
- e-bozor uchun mahsulotlar va ularning narhlari lug'atini shakllantiruvchi dastur yozing. Foydalanuvchidan lug'atga bir nechta elementlar (mahsulot va uning narhi) kiritishni so'rang.
- Yuqoridagi ikki dasturni jamlaymiz. Foydalanuvchi buyurtmasi ro'yxatidagi har bir mahsulotni e-bozordagi mahsulotlar bilan solishitiring (tayyor ro'yxat ishlatishingiz mumkin). Agar mahsuot e-bozorda mavjud bo'lsa mahuslot narhini chiqaring, aks holda "Bizda bu mahsulot yo'q" degan xabarni kor'sating.