FOR TAKRORLASH OPERATORI
Dasturlash davomida kodimizning biror qismini bir necha marta takrorlash talab etilishi mumkin. Misol uchun, ro'yxat ichidagi har bir elementni alohida qatordan konsolga chiqarish, yoki bo'lmasa har bir elementni kvdartaga oshirish va hokazo.
Mana shunday vaziyatlarda bizga for operatori yordam beradi. Dasturlashda bu tsikl (loop) deb ataladi.
Keling quyidagi misolni ko'ramiz. Bizda mehmonlar ro'yxati bor, biz har bir mehmonning ismini yangi qatordan chiqarmoqchimiz. Buning uchun quyidagi kodni yozamiz:
mehmonlar = ['Ali','Vali','Hasan', 'Husan','Olim']
for mehmon in mehmonlar:
print(mehmon)Keling, kodni tahlil qilaylik.
- 1-qatorda biz
mehmonlardegan ro'yxat yaratdik va uni mehmonlarning ismi bilan to'ldirdik. - 2-qatorda
fortsiklini boshladik. Bu qator Pythongamehmonlardegan ro'yxatdan har bir elementini olib uni yangi,mehmondegan o'zgaruvchiga yuklashni buyuryapti (o'zgaruvchiga istalgan nom berishingiz mumkin. Biz tushunarli bo'lishi uchunmehmondeb atadik) - 3-qatorda biz
mehmondegan o'zgaruvchining qiymatini konsolga chiqardik. Bu tsikl tomehmonlarro'yxatida elementlar tugagunga qadar takrorlanadi.
"For" so'zi ingliz tilidan "uchun" deb tarjima qilinadi.
Yuqoridagi kodni oddiy tilga tarjima qilsak "Mehmonlar ro'yxatidagi har bir mehmon uchun uning ismini konsolga chiqar" degan ma'noni beradi.
for QANDAY ISHLAYDI
Keling yana bir misol ko'raylik.
mehmonlar = ['Ali','Vali','Hasan', 'Husan','Olim']
for mehmon in mehmonlar:
print(f"Hurmatli {mehmon}, sizni 20 Dekabr kuni nahorga oshga taklif qilamiz")
print("Hurmat bilan, Palonchiyevlar oilasi")Yuqoridagi kodda 2-qator bu tsikl boshi deyiladi. Aynan shu qator kodimiz nech marta takrorlanishini aniqlaydi. Bizning holatimizda tsikl mehmonlar ro'yxati ichidagi elementlar tugagunga qadar takrorlanadi. Tsikl boshlanishi ikki nuqta (:) bilan tugaydi. Undan keyingi 3 va 4-qatorlar bu tsiklning badani deyiladi.
Tsikl badani surilish (indentation) bilan ajratiladi, ya'ni tsiklning takrorlanuvchi qismi asosiy koddan bir muncha o'ngroqqa surilgan bo'ladi. Agar biz mana shu surilishni tark qilsak kodimiz xato beradi:
mehmonlar = ['Ali','Vali','Hasan', 'Husan','Olim']
for mehmon in mehmonlar:
print(f"Hurmatli {mehmon}, sizni 20 Dekabr kuni nahorga oshga taklif qilamiz")
print("Hurmat bilan, Palonchiyevlar oilasi\n")Natija: IndentationError: expected an indented block
Ko'rib turganingizdek for dan keyingi qatorni o'ngga surmaganimiz uchun indentation error (surishda xatolik) degan xabarni oldik.
Shunigdek, ko'pchilik yo'l qo'yadigan yana bir xato, qo'shimcha qatorlarni surish esdan chiqishi:
mehmonlar = ['Ali','Vali','Hasan', 'Husan','Olim']
for mehmon in mehmonlar:
print(f"Hurmatli {mehmon}, sizni 20 Dekabr kuni nahorga oshga taklif qilamiz")
print("Hurmat bilan, Palonchiyevlar oilasi\n")Yuqoridagi kodimizda 4-qatorni o'ngga surmaganimiz uchun, Python bu qatorni tsikl tashqarisida deb qabul qildi va faqatgina 1 marta, tsikl tugaganidan so'ng bajardi.
Huddi shu kabi agar takrorlanishi kerak bo'magan kodni tsikldan so'ng o'ngga surib qo'ysak Python bu qatorni tsiklning tarkibida deb hisoblab, qayta-qayta bajaradi:
mehmonlar = ['Ali','Vali','Hasan', 'Husan','Olim']
for mehmon in mehmonlar:
print(mehmon)
print(mehmonlar) # bu qator tsikl tashqarisida bo'lishi kerak ediYuoqirdagi misolda 5-qator o'ngga surilib qolgani uchun Python bu qatorni ham bir necha bor takrorlab, konsolga chiqardi. To'g'ri kod quyidagicha bo'ladi:
mehmonlar = ['Ali','Vali','Hasan', 'Husan','Olim']
for mehmon in mehmonlar:
print(mehmon)
print(mehmonlar)for YORDAMIDA SONLI
RO'YXATLAR BILAN ISHLASH
sonlar = list(range(1,11))
for son in sonlar:
print(f"{son} ning kvadrati {son**2} ga teng")for yordamida yangi ro'yxat ham shakllantirish mumkin:
sonlar = list(range(11)) # 1 dan 10 gacha sonlar ro'yxatini yaratamiz
sonlar_kvadrati =[] # bo'sh ro'yxat yaratamiz
for son in sonlar: # sonlar dagi har bir son uchun
sonlar_kvadrati.append(son**2) # uning kv.ni hisoblab, sonlar_kvadrati ga yuklaymiz
print(sonlar)
print(sonlar_kvadrati)[0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10]
[0, 1, 4, 9, 16, 25, 36, 49, 64, 81, 100]
for va input()
for operatori va input() funktsiyasini jamlab, ro'yxatni foydalanuvchidan olingan qiymatlar bilan to'ldirish mumkin:
dostlar = [] # bo'sh ro'yxat
print("5 ta eng yaqin do'stingiz kim?")
for n in range(5): # n bu yerda 0 dan 4 gacha qiymatlar oladi
dostlar.append(input(f"{n+1}-do'stingizning ismini kiriting: "))
print(dostlar)- 1-qatorda bo'sh
dostlarro'yxatini yaratdik - 2-qatorda ekranga
"5 ta eng yaqin do'stingiz kim?"degan xabarni chiqardik - 3-qatorda tsiklni boshladik.
range(5)funktsiyasi 0 dan 5 gacha sonlar ketma-ketligini yaratadi(0,1,2,3,4)tsikl esanshularning har biriga teng bo'lib chiqquncha davom etadi. - 4-qatorda tsikl badani kelgan. Bu yerda biz foydalanuvchidan
n+1do'stingizni kiriting deb so'radik. Nima uchunn+1(nemas)? Sababin0 dan 4 gacha qiymatlarni oladi, foydalanuvchiga tushunarli bo'lishi uchun esa biz "0-do'stingizni ismini kiriting:" deb emas, balkin+1ya'ni 1-ismni kiriting deb murojat qilyapmiz. - 5-qatorda shakllangan ro'yxatni konsolga chiqardik.
for tsikli har qanday dasturlash tilining eng muhim qismlaridan hisoblanadi va biz bu operatoraga hali takror-takror qaytamiz.
if OPERATORI
if so'zi ingliz tilidan "agar" deb tarjima qilinadi va deyarli barcha dasturlash tillarida shartlarni yozish uchun foydalaniladi.
Keling quyidagi misolni ko'ramiz. Bizda avtolar ro'yxati bor:
avtolar = ['audi','bmw','volvo','kia','hyundai']
Biz ro'yxatdagi har bil elementni katta harf bilan konsolga chiqarmoqchimiz. Bunda istisno sifatida "BMW" mashinasi nomini hamma harflarini katta bilan chiqarishimiz kerak.
for avto in avtolar: # avtolar ichidadi har bir avto uchun ...
if avto == 'bmw': # ... agar avto bmw ga teng bo'lsa ...
print(avto.upper()) # avto nomini hamma harflarini katta bilan yoz.
else: # aks holda ...
print(avto.title()) # avto nomini faqat birinchi harfini katta bilann yoz.- 1-qatorda biz for tsiklini boshladik: avto ichidagi har bir avto uchun.
- 2-qatorda shart yozdik: agar avto bmw ga teng bo'lsa (bu yerda
==belgisi tenglikni tekshirish belgisi hisoblanadi va "avtobmwga tengmi?" deb o'qiladi). - 3-qator yuqoridagi shartning badani hisoblanadi va faqatgina shart bajarilgandagina ishga tushadi va avto nomini hamma harflarini katta bilan yozadi (
.upper()metodi). - 4-qatorda yana bir yangi operator,
elsebilan tanishamiz. "Else" ingliz tilidan "aks holda" deb tarjima qilinadi vaifsharti bajarilmagandaelseqismi ichidagi kod bajariladi. - 5-qator esa
else(aks holda, ya'ni 2- qatordagi shart bajarilmaganda) ishga tushadi va avto nomining faqat birinchi harfini katta bilan yozadi (.title()metodi)
Diqqat! Shart "badani" shartdan biroz o'ngga surib yoziladi (huddi for tsikli kabi). if/else dan keyin kelgan va o'ngga surib yozilgan har bir qator if/else shartining badani hisoblanadi.
Yuoqridagi kodni bajaramiz, va natijani ko'ramiz:
avtolar = ['audi','bmw','volvo','kia','hyundai']
for avto in avtolar: # avtolar ichidadi har bir avto uchun ...
if avto == 'bmw': # ... agar avto bmw ga teng bo'lsa ...
print(avto.upper())
# avto nomini hamma harflarini katta bilan yoz.
else: # aks holda ...
print(avto.title())
# avto nomini faqat birinchi harfini katta bilan yoz.IKKI RO'YXATNI SOLISHTIRISH
Ikki ro'yxatning tarkibi quyidagicha tekshiriladi:
menu = ['osh','qazonkabob','shashlik','norin','somsa']
buyurtmalar = ["osh","somsa","manti", "shashlik"]
for taom in buyurtmalar:
if taom in menu:
print(f"Menuda {taom} bor")
else:
print(f"Kechirasiz, menuda {taom} yo'q")RO'YXAT BO'SH EMASLIGINI TEKSHIRISH
Yuqoridagi dasturimizda biz foydalanuvchi buyurtma berdi deb tasavvur qilyapmiz. Lekin foydalanuvchidan bo'sh ro'yxat kelsachi? Demak for tsiklini bajarishdan avval ro'yxat bo'sh emasligiga amin bo'lishimiz kerak. Buning uchun avvalgi kodimizni quyidagicha o'zgartiramiz:
menu = ['osh','qazonkabob','shashlik','norin','somsa']
buyurtmalar = ["osh","somsa","manti", "shashlik"]
if buyurtmalar: # ro'yxatda biror element bo'lsa bu ifoda TRUE qaytaradi
for taom in buyurtmalar:
if taom in menu:
print(f"Menuda {taom} bor")
else:
print(f"Kechirasiz, menuda {taom} yo'q")
else: # agar ro'yxat bo'sh bo'lsa
print("Savatchangiz bo'sh!")Demak if royxat_nomi: ifodasi agar ro'yxatda bir dona element bo'lsa ham TRUE qiymat qaytaradi, aks holda FALSE qiymatini qaytaradi.
AMALIYOT
- Kamida 5 elementdan iborat ismlar degan ro'yxat tuzing, va ro'yxatdagi har bir ismga takrorlanuvchi xabar yozing
- Yuoqirdagi tsikl tugaganidan so'ng, ekranga "Kod
nmarta takrorlandi" degan xabarni chiqaring (no'rniga kod necha marta takrorlanganini yozing)
- 10 dan 100 gacha bo'lgan toq sonlar ro'yxatini tuzing. Ro'yxatning xar bir elementining kubini va kvadratini yangi qatordan konsolga chiqaring.